KIMYOVIY BOG’LANISH HAQIDA TUSHUNCHA

Abstract

.Kimyoviy bog’lanish turlarini o’rganish va yoshlarni bu mavzu bo’yicha 
qiziqishlarini oshirish hamda biz kundalik turmushda foydalanib kelayotgan 
moddalarimiz qaysi bog’lanishga kirayotgani ,keyin ularni bizga qanchali kerakligini 
tushuntirib o’tilgan .

Universal science research jurnali
Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
CC BY f
76-79
57

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Xurramova Sayxuna. (2025). KIMYOVIY BOG’LANISH HAQIDA TUSHUNCHA. Journal of Universal Science Research, 3(1), 76–79. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/64211
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

.Kimyoviy bog’lanish turlarini o’rganish va yoshlarni bu mavzu bo’yicha 
qiziqishlarini oshirish hamda biz kundalik turmushda foydalanib kelayotgan 
moddalarimiz qaysi bog’lanishga kirayotgani ,keyin ularni bizga qanchali kerakligini 
tushuntirib o’tilgan .


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

76

KIMYOVIY BOG’LANISH HAQIDA TUSHUNCHA

Xurramova Sayxuna

Termiz Davlat Pedagogika institutining 2-kurs talabasi

Annotatsiya:

Kimyoviy bog’lanish turlarini o’rganish va yoshlarni bu mavzu bo’yicha

qiziqishlarini oshirish hamda biz kundalik turmushda foydalanib kelayotgan
moddalarimiz qaysi bog’lanishga kirayotgani ,keyin ularni bizga qanchali kerakligini
tushuntirib o’tilgan .

Kalit so’zlar:

Kimyoviy bog’lanish ,kovelent bog’lanish ,ion bog’lanish ,metall

bog’lanish ,donor -akseptar bog’lanish ,vodorod bog’lanish ,kovalent bog’lanish va
valentlik .

Kimyoviy bog’lanish haqidagi ta’limot -hozirgi zamon kimyosining asosiy

masalasidir .Bu ta’limotni bilmay turib kimyoviy birikmalarning turli -tumanligi
sabablarini ,ularning hosil bo’lish mexanizmini ,tuzilishini va reaksiyaga kirisha olish
xususiyatlarini tushunib bo’lmaydi .Bog’lanishlar yuzaga kelishi mexanizmi ,tabiati
ularda ishtirok etuvchi zarrachalarning turlariga ko’ra bir necha xil bo’ladi .Kimyoviy
bog’lanishlarga va ularning hosil bo’lishiga atomlarning elektron tuzilishi nuqtai
nazaridan qarash lozim .Chunki kimyoviy bog’lanishlarning hosil bo’lishida ishtirok
etuvchi asosiy vosita -elektronlar va electron bulutdir .Umuman har qanday kimyoviy
bog’lanishlar o’zaro biriktiruvchi atomlar tashqi elektron qavatdagi bir yoki bir nechta
elektron bulutlarining yadrolari o’rtasida qayta taqsimlanishi (bir -birini o’zaro qoplanishi
) natijasida hosil bo’luvchi ko’p yadroli va elektronli sistemasidir .Shu nuqtai-nazardan
,kimyoviy bog’lanish haqidagi ta’limotlarni o’rganish hozirgi zamon kimyosining asosiy
masalalaridan biridir .Har qanday kimyoviy modda atomlar va ularning hosil bo’lgan
kristallar ,molekulalar va ionlardan tashkil topgan materiyadir . Bu bog’lanishlar yuzaga
kelish mexanizmi ,tabiatda ularda ishtirok etuvchi zarrachalarning turlariga bir necha xil
bo’ladi .Kimyoviy bog’lanish deganda , biz atomlararo ta’sir etuvchi va ularni birgalikda
ushlab turuvchi kuchlarni tushunishimiz kerak .


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

77

Kimyoviy bog’lanishga quyidagicha ta’rif berish mumkin:

Kimyoviy birikmalar molekulasi hosil bo’lishiga atomlararo ta’sir etuvchi va ularni
birgalikda ushlab turuvchi kuchlar yig’indisiga kimyoviy bog’lanish deyiladi.Kimyoviy
bog’lanish turlari asosan,

Kovalent bog’lanish

Ionli bog’lanish

Donor -akseptor (koordinatsion ) bog’lanish

Metall bog’lanish

Vodorod bog’lanish turlariga bo’lib o’rganamiz .Bularning birinchisi bo’lgan

kovalent bog’lanishga to’xtalamiz . “Kovalent ‘’ so’zi ‘’birlashgan ‘’degan manoni
bildiradi .Bu so’zdagi ’’ ko ‘’ old qo’shimcha birgalikda ishtirok etish degan ma’noni
bildiradi .Bu ikki elektronli va ikki markazli (ikki yadroni tutib turadi)bog’lanishdir
.Kovalent bog’lanishli birikmalar gomeopolyar yoki atom birikmalari deyiladi .Bunday
bog’lanish bir elektronli qarama qarshi spinli atom bulutlarining bir-birini qoplash
natijasida vujudga keldi. Elektron juftlar tufayli vujudga keladigan kimyoviy bog’lanish
kovalent bog’lanish deyiladi .Kovalent bog’lanish kimyoviy bog’lanishning umumiy
turidir . Hozirgi zamon bog’lanishlar nazariyasi ionli bog’lanishni kovalent bog’lanishdan
electron juftning eng ko’p siljishi natijasiga vujudga kelgan deb tushuntiradi , bunda
birikayotgan atomlarning bittasiga tegishli bo’lib qoladi .

Kovalent bog’lanishning 2 turi bor :qutbsiz va qutbli . Elektromanfiylik qiymati

jihatidan o’zaro teng bo’lgan element atomlari o’rtasida vujudga kelgan bog’lanish
qutbsiz kovalent bog’lanish deyiladi . Qutubsiz kovalent bog’lanish asosan bir xil
atomlar orasida vujudga keladi .Bunda umumlashgan elektron jufti hech qaysi atom
tomon siljimagan bo’ladi , chunki har ikkala atomning o’ziga elektronni tortish qobilyati
,ya’ni elektromanfiyligi bir xil bo’ladi .Bunda atomlar o’rtasida hosil bo’lgan
umumlashgan elektron juftlik har ikkala atom yadrolarida bir xil uzoqlikda joylashadi .
Shuningdek , qutbsiz kovalent bog’lanishli moddalarga ,vodorod bilan birga O

2 ,

CL

2

, N

2

singari oddiy moddalarni hamda ayrim murakkab moddalarni CH

4

, CS

2

misol qilib

keltirish mumkin . Bu moddalarning suyuqlanish va qaynash harorati past bo’ladi, suvda
ionlarga dissotsiyalanmaydi .Qutubsiz bog’lanishli moddalarning ishlatilish sohasi ham


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

78

ancha yuqori. Buni birgina Cl

2

molekulasida ham ko’rishimiz mumkin. Metil xlorid ,

xloroform , raxlormetan ,freonlar va tarkibida xlor tutgan turli polimerlar olishda xlordan
keng foydalaniladi .Xlor zaharli .Xlor ishlatiladigan korxonalarning havosida uning
konsentratsiyasi 1mg/m

3

dan ortiq bo’lmasligi kerak . Xlor ionlari ba’zi fermentlarning

faolligini oshiradi. Natriy xlorid tirik organism hayoti uchun nihoyatda zarur modda
.Odam organizmining qariyb 0,25% ini tashkil etadi.

No

Modda nomi

Formulasi

Molekulaning
tuzilishi

1

Vodorod

H

2

H..H

2

Kislorod

O

2

O::O

3

Xlor

Cl

2

Cl..Cl

4

Uglerod disulfit

CS

2

S:C:S

Elektromanfiylik qiymatlari jihatidan bir biridan oz farq qiladigan element atomlari

orasida vujudga kelgan bog’lanish qutubli kovalent bog’lanish deyiladi . Qutbli kovalent
bog’lanishda elektron bulutli elektromaxfiyroq atomga , ya’ni nisbiy elektromanfiyligi
katta bo’lgan atomga tomon siljigan bo’ladi . Bungga uchuvchan anorganik birikmalari :
HCl , H

2

O ,H

2

S, NH

3

va boshqalarning misol qilib keltirishimiz mumkin .Qutbsiz va

qutbli kovalent bog’lanishli molekulalarda umumiy elektronlar juftining buluti ikkala
atom yadrolariga taalluqli bo’lganligi sababli , bog’lanishning bu ikki turi ,ko’pincha atom
bog’lanish yoki to’g’ridan -to’g’ri kovalent bog’lanish deyiladi . Qutubli kovalent
bog’lanishli moddalarning ham ishlatilishi sohasi ancha yuqori . Buni birgina ammiak
misolida ko’rib chiqishimiz mumkin .Ammiakning suvdagi eritmasi novshadil spirti
hisoblanadi . Ammiak asosan nitrat kislota olishga ,ammoniy tuzlari singari qishloq
xo’jaligida o’g’it sifatida ishlatishda hamda sovituvchi sifatida foydalaniladi .

Qutbli kovalent bog’lanishli moddalar

No Modda nomi

Formulasi

Molekulaning tuzulishi


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

79

1

Suv

H

2

O

H.O.H

2

Vodorod xlorid

HCl

H..Cl

3

Vodorod ftorid

HF

H..F

4

Vodorod sulfit

H

2

S

H.S.H

Qutubsiz va qutbli kovalent bog’lanishli molekulalarda umumiy elektronlar juftining
buluti ikkala atom yadrolariga taalluqli bo’lganligi sababli ,bog’lanishning bu ikki turi
,ko’pincha atomiy bog’lanish yoki to’g’ridan to’g’ri kovalent bog’lanish deyiladi

Foydalangan adabiyotlar ro’yxati:

1.M.B.Matchanova ,,kimyo’’2022-yil.

2.M.T.Abdullayev, O.K.Ergashev , B.A.Hayitov ,,kimyo’’2020-yil

3. G.P.Xomchenka , I.G.Xomchenka ,,kimyo ‘’2019-yil

4.P.N.Mirzayev , M.P.Mirzayeva kimyo .Toshkent ‘’akademnashr’’2017

5.N.Parpiyev A.Muxtafarov ,H .Rahimov ‘’Anorganik kimyo ‘’ Toshkent 2003

6.R.SH.Berdiqulov .O.Yu.Iskandarov ,SH.M.Mirkamilov ‘’anorganik kimyo ‘’Toshkent
‘’2018

7.Yu.T.Toshpo’lotov ,N.G.Raxmatullayev ‘’ Anorganik kimyo’’ Toshkent 2005-yil

References

M.B.Matchanova ,,kimyo’’2022-yil.

M.T.Abdullayev, O.K.Ergashev , B.A.Hayitov ,,kimyo’’2020-yil

G.P.Xomchenka , I.G.Xomchenka ,,kimyo ‘’2019-yil

P.N.Mirzayev , M.P.Mirzayeva kimyo .Toshkent ‘’akademnashr’’2017

N.Parpiyev A.Muxtafarov ,H .Rahimov ‘’Anorganik kimyo ‘’ Toshkent 2003

R.SH.Berdiqulov .O.Yu.Iskandarov ,SH.M.Mirkamilov ‘’anorganik kimyo ‘’Toshkent

‘’2018

Yu.T.Toshpo’lotov ,N.G.Raxmatullayev ‘’ Anorganik kimyo’’ Toshkent 2005-yiL