ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1
177
USMON AZIM HIKOYALARIDA BADIIY TASVIR VOSITALARI VA
KO‘CHIMLAR TAHLILI
Javliyev Poyonbek Shavkat o‘g‘li
Termiz davlat muhandislik va
agrotexnologiyalar universiteti
Annotatsiya
Ushbu maqolada Usmon Azimning ayrim hikoyalari tahlilga tortilib, hikoyada
badiiy tasvir vositalari o‘rni hamda adabiy asarlarni badiiylashririshda muallif
foydalanadigan usul va vositalar ochib berishga e’tibor qaratilgan.
Kalit so‘zlar
Uslub, hikoyada badiiy ko‘chimlar, adabiy asarlarni badiiylashtirish, yozuvchining
tasviriy tuyg‘ulari, stilizatsiya.
Ko‘chimlar va badiiy tasvir vositalari adabiyot va san’atda obrazlilik yaratish, asar
mazmunini ta’sirchanroq va qiziqarli qilish, shuningdek, muallif fikrini bilvosita
ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Usmon Azim hikoyalarida bu vositalar keng
qo‘llanib, asarda obrazlilik, tuyg‘ularning teranligi va uslubiy yuksaklikni ta’minlashga
hizmat qiladi. Umuman olganda, XX asr soʻnggi choragidan boshlab badiiy soʻz
san’atining shiddat bilan oʻzgarish va yangilanish jarayoni ancha faollashdi. Eskirgan
nazariy qolip va tushunchalarning yemirilishi natijasida ijodkorlar oldida yangicha ijod
tamoyillari, yangi-yangi shakllarni kashf etish muammosi paydo boʻldi. Adib
hikoyalarida yangilik sifatida oʻziga xos tasvir usulini yaratdi. Bu esa Ijodkorning ona
tilimiz imkoniyatlaridan keng foydalanishida yaqqol namoyon boʻladi.
Stilizatsiya–“Biror uslubga solib, keltirish yoki monand,o‘xshatib asar yaratishdir”(1)
uslubidagi badiiy jihatdan pishiq va goʻzal asarlar yaratib, uni kitobxon ommasiga taqdim
etish, katta mashaqqat, ijodiy kuch talab qiladi. Ijodkorning “Jodu” nasriy toʻplamidan
joy olgan “Siz bilmaydigan zamonlarda”, “Gʻoz” kabi hikoyalari shu uslubda yaratilgan
nodir asarlar sirasiga kiradi. Adibning hikoyalari badiiy tili xalq tiliga juda yaqinligi
bilan ajralib turadi:
“
Alpomish chohga tushganini bilasiz. Chohga yarador gʻoz qulaganini ham bilasiz.
Gʻozni otolmagan shakaman mergan oru nomusdan yurak bagʻri ezilib yiqilganini ham
bilasiz. Alpomish gʻozni davolab, qanotiga xat boylab, yurtiga elchi qilib uchirganidan
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1
178
ham xabaringiz bor. Gʻoz yana mergan kulbasi ustidagi togʻning boshiga qoʻnib,
qangʻillaganidan ham, kasal yotgan ovchi qoʻliga yoy olganidan ham, shu gʻoz oʻlsa
Alpomish xor, Qoʻngʻirot eli zor boʻlishini xudo koʻngliga solgan merganning enasi «hay-
hay»lab qushni uchirib yuborganini ham eshitgansiz. Alpomish yurtiga qaytib, Barchin
yoriga tasallilar aytib, Yodgor oʻgʻlini bagʻriga bosib, Qoʻngʻirotning koʻnglini yozib
oʻtganini ham qulogʻingiz ilib qolgan.”
(2)
“Gʻoz hikoyasidan keltirilgan mazkur parchada adibning ishlatgan soʻzlarga eʼtibor
qaratsak, bular shevaga xos soʻzlardir:
kulba, enasi, qangʻillaganidan, mergan, oʻtakasi
yorilib;
Adib qoʻllagan fraziologik birliklar ham oʻziga xos:
yurak bagʻri ezilib, xudo
koʻngliga solgan, bagʻriga bosib, koʻnglini yozib, qulogʻingiz ilib qolgan
Hikoyani oʻqimishli qilishini oshirgan muhim jihatlardan biri ham asar tilining
xalqona ibora-yu qochirimlar bilan ziynatlanganligidir. Hikoyada eng koʻp ana shunday
ibora va qochirimlar qoʻllanilgan. Merganning kasal yotgandagi holati koʻrsatilgan
oʻrinlarda uning aniq tasvirlab berishdagi iboralar ham nihoyatda xalqchildir: “
Mergan
kun sayin kuchdan ketib, qoq suyak boʻlib qolyapti, soʻnggi kuni armonda – Azroilning
sharpasini sezib boryapti… Or-nomus uchun oʻladigan zamonlar ham boʻlgan-da,
birodarlar
!”(3) Hikoya xuddi xalq dostonlari kabi jonli suhbat-muloqot tarzida bitilgan.
“Siz bilmaydigan zamonlarda” hikoyasidan olingan boshlanmaga eʼtibor qaratamiz:
“Kunduzi boshingizda pulning hisob-kitobi,
Kechqurun koʻzingiz oynayi jahonda –
Bizning zamonlar esingizdan chiqib ketgan.
Men Elomon baxshi nur toʻla lahadimdan chiqib,
Xunobar oʻz gʻoringizga qoʻshilib yurarkanman,
Shuncha oʻtgan dono dunyodan
Bularni olib qolgani
Mana shu aldar koʻsa qutiyu
necha-necha pastkash ajdarholar
sassiq bagʻrini bosgan
pul ekanda deb, oʻpkam toʻladi”
(4)
.
Hikoya ilk jumlalardan oq tanbeh, istehzo ohangi bilan boshlanib, lahad, xunoba
roʻzgʻor, aldarkoʻsa quti, pastkash ajdarholar, sassiq kabi umum isteʼmoldagi soʻzlarning
zamirida yotgan achchiq istehzo va kinoyaga boy ohang uygʻunlashib ketadi. Hikoyaning
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1
179
boshlanishidayoq Usmon Azimning mavjud milliy oʻzbek leksikasiga murojaat qilgani
koʻzga tashlanadi. Isteʼmolga kirib boʻlgan va odatiy holga aylanib borayotgan «yangi
soʻz»(telivizor)lar qoʻllashdan qochadi va bu soʻz oʻrnida «oynayijahon» va «aldarkoʻsa
quti» kabi milliy leksikadan foydalanadi. Birinchi marta ushbu soʻzning oʻzbekcha
varianti (oynayi jahon)ni qoʻllasa, ikkinchi martada esa «aldarkoʻsa quti» deya metafora
yaratadi. Shuningdek, «pastkash ajdarholar» deya soʻz qoʻllashida ham majozning
allegorik («Mavhum tushuncha yoki hodisani konkret narsa orqali ifodalashga asoslangan
koʻchim turi») turiga guvoh boʻlamiz. Hikoyadagi ilk ovoz yaʼni kinoya va istehzo ohangi
mana shu kabi badiiy koʻchimlar zamiriga singdirib yuborilgan.
Hikoyada, odatda, xalq ogʻzaki ijodining epik janrlariga xos boʻlgan
paralellizmning uchrashi, asarning ritmik quvvatini oshirib, folklorizmga xos boʻlgan
badiiy tasvir vositalari va badiiy tilni qaytadan jonlantirgan. Shuningdek, adibning
dastlabki hikoyalari faqat dostonlargagina xos boʻlgan badiiy ifoda va obrazli tasvirlarga
boyligi bilan ajralib turadi.
Badiiy adabiyot namunalari tilida uslub talabiga koʻra muayyan tarixiy davr
koloritini tasvirlash maqsadida turli xil qadimiy leksik va sintaktik birliklar oʻz ifodasini
topadi. Zamonaviy tilimiz uchun eskirgan, hozirgi kundalik nutqiy jarayonlarda
ishlatilmaydigan bunday birliklar deyarli barcha turdagi asarlar matnida keng koʻlamni
tashkil qiladi. Tarixiy soʻzlar ilmiy adabiyotlarda istorizm atamasi bilan yuritilib,
“oʻtmishga oid voqea-hodisalarni ifodalaydigan”(5). Leksik birliklar nazarda tutiladi.
Arxaizm yunon tilidagi “archaios – qadimgi” soʻzidan olingan boʻlib, maʼlum davr uchun
eskirgan, isteʼmoldan chiqa boshlagan til birliklari (soʻz, ibora va boshqalar)
tushuniladi.(6).
Usmon Azim asarlari tilida uchraydigan tarixiy soʻzlar va arxaizmlar tematikasi
rang-barang boʻlib, xalqimiz turmushining turli sohalariga aloqador birliklar boʻlib
chiqadi. Quyida shunday birliklardan ayrimlari borasida toʻxtalamiz.
Qabo –
xotin-qizlar kiyadigan yengil chopon. Ushbu birlik arabiy tillarga aloqador
deb hisoblanadi. Izohli lugʻatda “uzun va keng ustki kiyim”(7) deb izohlangan. Ushbu
kiyinish madaniyatiga aloqador istorizm Usmon Azim asarlari leksikasida turli sabablarga
koʻra qoʻllanilgan. Birinchidan, voqealar tasvirida badiiylikni taʼminlashga, ikkinchidan
esa, tinglovchilarga kuchli hissiy taʼsir oʻtkazish uchun zarur deb hisoblangan:
Uning keng oq koʻylak ustidan tortib kiygan aqiqday qip-qizil qabosi shamolda
hilpirab, qonli sharsharaday orqasida toʻlgʻonar, qora sochlari esa qon isini sezgan
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1
180
quzgʻunday boshiga mahkam yopishib, bezovtalikdan mavjlanar – Ragina bu vahshatning
qutqusidan qochib, Artibning panohi tomon jon-jahdi bilan talpinayotganday edi.(8)
Jarchi – tarixiy soʻzi “odamlar koʻp toʻplanadigan joylarda baland ovoz bilan
rasmiy eʼlonlar eshittirib yuruvchi kishi”(9) maʼnosini anglatadi:
Jazoni ovoza eta fuqarolarni haqdan yetgan jazoning guvohligiga chorlovchi
jarchining chaqirigʻi bozor tarafdan eshitilavermagach, asta-asta paydo boʻlgan uzun-
qisqa sukunatlar birlashib, suhbatni zabt etdi.(10)
Eshik ogʻasi – Oʻrta Osiyo xonliklarida xon saroyidagi bosh xizmatkor; oliy
hukmdorning turli qabul marosimlarini oʻtkazish ishlariga mutasaddi boʻlgan shaxs(10).
Amir Jondorning qaytganini eshikogʻ
asi eʼlon etganda, sukunatdan zoʻriqqan majlis
erkin nafas oldi.(11)
Aqcha – tarixiy soʻzi Usmon Azim asarlarida aynan bugungi kunda ishlatiluvchi
“pul” soʻzining sinonimi sifatida ishlatilgan.(12)
- Usta boshidan qancha aqcha olding!? (13)
Ulus – ushbu birlik moʻgʻul tillarga aloqador deb hisoblanib, izohli lugʻatda
“davlat; el, xalq” deb izohlangan.(14)
- Usta Saroyi ulusidan, sohibqiron.(15)
Mashvarat – kengash, koʻrsatma; yoʻl-yoʻriq.(16) Usmon Azim asarlari tilida
qoʻllanilgan mazkur arxaiklashgan leksema, arabiy tillarga aloqador birlik sifatida tilga
olinadi. Mazkur lisoniy birlik forsiy va turkiy tillar taraqqiyotining muayyan davrlarida
oʻzlashgan hamda ancha faol qoʻllanilgan. Y.A.Rubinchik tahriri ostida nashr qilingan
lugʻatda ham mazkur nofaol leksema Usmon Azim asarlari tilida qoʻllanilgan maʼnolar
doirasida “sovet, konsultatsiya, soveщanie” deya sharhlanadi.(17)
“Sohibqiron va usta” hikoyasidan olingan quyidagi parchada kuzatamiz:
Bomdod namozini oʻqib, ertalabki nonushtadan soʻng odatiy mashvaratga
yigʻilgan beklar bugun sohibqiron saltanat shaʼniga yarashmaydigan beparda
gʻiybatlarning paymonasiga yetishga ahd qilganligini eshitdilar.
(18)
Usmon Azim ona tili imkoniyatlaridan foydalanish, va baʼzan uni kengaytirishda
yangichalikka intiladi. Injular tizmasidek jilolangan ona tili lugʻat boyligini botiniy koʻz
bilan koʻra olgan shoir, nosir, dramaturg har bir soʻzni chertib-chertib tanlaydi, tafakkur
“tarozusi”da oʻlchab qoʻllaydi.
Umuman olganda, Usmon Azim ijodida tilimizdagi soʻzlardan badiiy foydalanish
bir necha koʻrinishlarga ega. Demak, adibning nasriy asarlari tilini oʻrganishga har
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1
181
birida ijodkorning betakror poetik idroki, badiiy mahoratining ochib berilishiga xizmat
qiladi. Bu esa serqirra ijodkor fenomenini talqin qilish va tegishli xulosalar berishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Usmon Azim. Jodu. —Toshkent: Sharq, 2003.
2.
Quronov D., Mamajonov Z.,Sheralieva M. Adabiѐtshunoslik lug‘ati. –Toshkent:
Akademnashr, 2010.
3.
Sarimsoqov B. O‘zbek adabiyotida saj. – Toshkent:Fan. – 1978.
4.
Adabiy tur va janrlar. 3 jildlik. 1 jild. Epos. – Toshkent: Fan, 1991.
5.
Adabiyot nazariyasi. Ikki jildlik. I jild (Adabiy asar). – Toshkent: Fan, 1978.
6.
Ahmedov H. Nasriy sheʼr – adabiy hodisa. /Soʻz hayrati va saboqlari./ Risola. –
Toshkent: Innovatsiya-ziyo. – 2020.
7.
