ZOOMORFIK METAFORANING TASNIFI VA SEMANTIK TAVSIFI (SAID AHMAD ASARLARI BO‘YICHA)

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri Said Ahmad 
asarlaridagi zoomorfik metaforalar haqida so‘z boradi. Said Ahmadga xos bo'lgan uslub 
zoomorfik metaforalar orqali talqin qilinadi.

Universal science research jurnali
Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
https://doi.org/10.5281/zenodo.14734338
CC BY f
210-213
42

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Choriyev Jaloliddin Almirzayevich, & Nargiza Suyarova. (2025). ZOOMORFIK METAFORANING TASNIFI VA SEMANTIK TAVSIFI (SAID AHMAD ASARLARI BO‘YICHA). Journal of Universal Science Research, 3(1), 210–213. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/64241
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri Said Ahmad 
asarlaridagi zoomorfik metaforalar haqida so‘z boradi. Said Ahmadga xos bo'lgan uslub 
zoomorfik metaforalar orqali talqin qilinadi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

210

ZOOMORFIK METAFORANING TASNIFI VA SEMANTIK TAVSIFI

(SAID AHMAD ASARLARI BO‘YICHA)

Choriyev Jaloliddin Almirzayevich

Xorijiy tillari fakulteti Lingvistika (ingliz tili)

yo‘nalishi 1-kurs magistranti

jaloliddinchoriyev476@gmail.com

Ilmiy rahbar: f.f.f.d (PhD)

Nargiza Suyarova

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri Said Ahmad
asarlaridagi zoomorfik metaforalar haqida so‘z boradi. Said Ahmadga xos bo'lgan uslub
zoomorfik

metaforalar

orqali

talqin

qilinadi.

Kalit so‘zlar:

zoomorfik metafora, etalon, semantik tavsif.

Annotation:

This article discusses the zoomorphic metaphors in the works of Said Ahmad, one of the
prominent representatives of Uzbek literature. The style characteristic of Said Ahmad is
interpreted through zoomorphic metaphors.

Key words:

Zoomorphic metaphor, standard (or benchmark), semantic description.

Badiiy asarlarda yozuvchi va shoirlar o‘ziga xos ko‘rinishi uchun zoomorfik
metaforalardan unumli foydalanadi. Zoomorfik metafora - bu hayvonlar va ularning tana
a’zolari nomini ifodalovchi leksemalar ma’nosining metaforik usulda ko‘chishi bo‘lib,
bu turga bo‘ri, tulki, ayiq, ilon, it, shox, dum, qanot kabi leksemalarning
metaforik ma’no hosil qilishi kiradi. Metafora orqali ma’no ko‘chishida
konnotativ ma’no yorqinroq aks etadi. Masalan, ot, eshak, qo‘y, it, bo‘ri, tulki, yo‘lbars,
boyo‘g‘li, musicha, burgut, lochin, qaldirg‘och, bulbul kabi hayvon va qushlarning
nomlari bo‘lgan leksemalar mavjudki, bu so‘zlar o‘z ma’nosidan tashqari, ko‘chma
ma’noda juda keng qo‘llanadi. Otning baquvvatligi, eshakning aqlsizligi, qo‘yning
yuvvoshligi, itning vafodorligi, mushukning epchilligi, tulkining ayyorligi, burgutning
changallashdagi kuchliligi, lochinning ko‘zi o‘tkirligi kabi tipik xususiyatlari
boshqa predmetlarga nisbatan metaforik usulda ko‘chiriladi, natijada konnotativ ma’no
yuzaga keladi hamda matnning ta’sirchanligi oshadi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

211

Qadimgi davrdan boshlab hayvon, qush va o‘simlik nomlarining badiiy adabiyotga
ko‘chishi kuzatiladi. “Devonu lug‘otit-turk” va “Qutadg‘u bilig” asarlarida qushlarning
ma’lum xatti-harakatlari orqali har xil xarakterdagi odamlarning majoziy obrazi
yaratilgan. “Qutadg‘u bilig”da qushlar majozi alohida ahamiyat kasb etib, bunda, ayniqsa,
ushbu badiiy detal asarning g‘oyaviy-estetik qimmatini oshirish, tasvirlanayotgan
voqelikning mohiyatini chuqurroq ochish, qahramonlarning ichki dunyosi, yaxshilik va
yomonlikka asoslangan fazilatlarini obrazli gavdalantirish kabi maqsadlarga
bo‘ysundirilgan. Jumladan, Yusuf Xos Hojib o‘z asarida bekning xarakter-xususiyatlarini
berishda, kuch va mardlik timsollarini ifodalashda arslon va sher timsollaridan
foydalangan

1

.

Asosan, zoomorfik metaforalar ko‘proq she'riy shakllarda uchraydi. Masalan, Iqbol
Mirzo, Muhammad Yusuf, To‘ra Sulaymon ijodida bu xususiyatlar yaqqol namoyon
bo‘ladi.
Said Ahmadning "Ufq" trilogiyasi, "Jimjitlik" romanida davr muammolari,
insonlarning ichki his-tuyg'ulari, kechinmalari zoomorfik metaforalar orqali ifodalanadi
va yozuvchigagina xos bo‘lgan uslubni ko‘rsatadi.
"Jimjitlik" romanida keltirilgan ba’zi zoomorfik metaforalarga to‘xtalib o‘tamiz:

1.

Qashqir so‘zi orqali hosil bo‘lgan metafora.

"Cho‘qqilar jilvasiga ko‘pam mahliyo bo‘laverma, bolam. Bu tog'da qashqirlar bor".
Ushbu jumlada qashqir so‘zi dastlab o‘z ma'nosida tushuniladi. Asar oxirida esa
jamiyatdagi yovuz odamlar qashqir timsolida gavdalanadi. Bu yerda nega bo‘ri yoki
yo‘lbars bor emas, aynan qashqir bor, semasining ishlatilishi yozuvchiga xos bo‘lgan
uslubni yuzaga keltiradi.

2.

Kaptar pati orqali hosil bo‘lgan metafora.

Qop-qora sochlari kaptar patidek bo‘lib ketdi".
Ushbu jumla orqali Said Ahmad qush misolida qahramonning holatini akslantirgan.
Odatda kaptarning qora patlari biroz namiqqan, ko‘rimsiz holatda bo‘ladi. Yozuvchi o‘z
qahramonining holatini kaptar pati orqali o‘quvchiga namoyon qiladi.

3.

Chumchuq so‘zi orqali hosil bo‘lgan metafora.

1

Мирзоҳидова Л. XI

-

XII асрлар туркий адабиѐтида мажозий тасвир бадиияти: Филол. фан. бўйича фалсафа доктори

(PhD) дисс... автореф. –

Самарқанд, 2018.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

212

“U inida chumchuq bo‘lib yotdi”. Odatda, chumchuq chaqimchilik etaloni sifatida
gavdalanadi, lekin yozuvchi bu jumlasi orqali chumchuqqa xos bo‘lgan boshqa
xususiyatni insonga ko‘chiryapti. Chumchuqlar kechasi tinch yotmasdan, ko‘p qimirlaydi.
Qahramonning hayot tashvishlaridan kechasi bilan qimirlab, uxlay olmay chiqishini
chumchuqning holatiga mengzaydi.

4.

Bulbul so‘zi orqali hosil bo‘lgan metafora.

“Bodomgul bulbul edi”. Bu yerda yozuvchi an’anaviy o‘xshatish usulidan foydalanadi.
Badiiy adabiyotda doimo insonning ovozi bulbulga o‘xshatiladi. Bu yerda ham birgina
bulbul so‘zi qahramonning xushovozliligini bildirib kelmoqda.

5.

Burgut so‘zi orqali hosil bo‘lgan metafora.

“Uning burgut ko‘zlaridan ma’no anglash mushkul edi”. Burgut – tezlik, chapdastlik,
o‘tkirlik ramzi sifatida talqin qilinadi. Said Ahmad burgutning ko‘zlari bilan insonning
ko‘zlarini o‘xshatadi. Qahramonning holatini tasvirlashda “kiyikdek beozor”, “ohuko‘z”
metaforalarini emas, balki burgutdek o‘tkir ko‘z sohibi sifatida tasvirlaydi. Bu orqali esa
yana bir ichki ma’no – qahramonning salbiy obrazda ekanligini anglash qiyin emas.
Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarida uch yuzdan ortiq qushlarning insonlar obrazida
gavdalanishi bir qarashda xarakter jihatdan bizga notanish insonlarning xususiyatlarini
ochib bergan.
Odatda, zoomorfik metaforalardan insondagi illatlarni ifodalashda unumli
foydalaniladi. Bu usul albatta, majoziy ma’noni ifodalashda qo‘l keladi. Rossiyalik
tilshunos S.Tolstaya aytganidek, hayvonlar metaforasi o‘simlik metaforasidan farqli
ravishda insondagi salbiy xususiyatlar bilan ko‘proq bog‘liq

.

Xulosa qilib aytganda, said Ahmad ijodida boshqa yozuvchilar ijodida uchramagan
yangicha zoomorfik metaforalarni uchratish mumkin. Ushbu metaforalar majoziy
ma’noda ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, to‘g‘rilik va egrilik, tozalik
va ifloslik, go‘zallik va xunuklik, erkinlik va tutqinlik kabi tushunchalarni ifodalab
kelgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Мирзоҳидова Л. XI-XII асрлар туркий адабиѐтида мажозий тасвир бадиияти:
Филол. фан. бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс... автореф. – Самарқанд,
2018.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

213

2.

Said Ahmad. Jimjitlik romani.Turon zamin nashriyoti. - Toshkent. 2024

3.

Jamolxonov Н. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. - Тoshkent: Talqin, 2005. – b.17

4.

Norkuziyeva D.Sh. Bаdiiy аdаbiyotdа zoomorfizmlаrni qoʼllаnilishining o‘zigа xos
xususiyatlari. Zamonaviy tilshunoslik va derivatsion qonuniyatlar. Respublika
ilmiy-amaliy anjumani materiallari. - Samarqand: SamDCHTI nashri, 2022. – 147-
149 b.

References

Мирзоҳидова Л. XI-XII асрлар туркий адабиѐтида мажозий тасвир бадиияти: Филол. фан. бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс... автореф. – Самарқанд, 2018.

Said Ahmad. Jimjitlik romani.Turon zamin nashriyoti. - Toshkent. 2024

Jamolxonov Н. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. - Тoshkent: Talqin, 2005. – b.17

Norkuziyeva D.Sh. Bаdiiy аdаbiyotdа zoomorfizmlаrni qoʼllаnilishining o‘zigа xos xususiyatlari. Zamonaviy tilshunoslik va derivatsion qonuniyatlar. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. - Samarqand: SamDCHTI nashri, 2022. – 147- 149 b.