SHEROBODDARYO QISHLOQLARI AHOLISI MAROSIMLARINI ETNOGRAFIK TAXLILI

Abstract

 Usbu maqolada Sheroboddaryo qishloqlari aholisi dehqonchilik, 
chorvachilik, hunarmandchilik barcha kasb egalari o‘zlarining kasbiy pirlariga ega 
bo‘lishgan va ularga atab turli xildagi marosimlarni bajarganlari etnografik taxlil bayon 
etilgan.

Universal science research jurnali
Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
https://doi.org/10.5281/zenodo.14734455
CC BY f
214-224
71

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Norqobilov Mansur Norsaitovich. (2025). SHEROBODDARYO QISHLOQLARI AHOLISI MAROSIMLARINI ETNOGRAFIK TAXLILI . Journal of Universal Science Research, 3(1), 214–224. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/64242
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

 Usbu maqolada Sheroboddaryo qishloqlari aholisi dehqonchilik, 
chorvachilik, hunarmandchilik barcha kasb egalari o‘zlarining kasbiy pirlariga ega 
bo‘lishgan va ularga atab turli xildagi marosimlarni bajarganlari etnografik taxlil bayon 
etilgan.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

214

SHEROBODDARYO QISHLOQLARI AHOLISI MAROSIMLARINI

ETNOGRAFIK TAXLILI

Norqobilov Mansur Norsaitovich

Surxondaryo viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi korruptsiyaga

qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis

Annotatsiya:

Usbu maqolada Sheroboddaryo qishloqlari aholisi dehqonchilik,

chorvachilik, hunarmandchilik barcha kasb egalari o‘zlarining kasbiy pirlariga ega
bo‘lishgan va ularga atab turli xildagi marosimlarni bajarganlari etnografik taxlil bayon
etilgan.

Sheroboddaryo qishloqlarida aholi tig‘iz yashaganligidan XX-asrning birinchi

yarmida hukumat tomonidan yangi o‘zlashtirilgan yerlarga tez-tez ko‘chirilib turishiga
olib kelgan. Shu bois, Ko‘hitangtog‘ qishloqlari bilan Surxon vohasi va Tojikistonning
janubiy mintaqalarida yashovchi aholi madaniyatida umumiylik yuzaga kelganligi
etnografik dala yozuvlari va tarixiy manbalar asosida talqin etilgan.

Kalit so‘zlar:

Sheroboddaryo qishloqlari aholisining an’anaviy xo‘jalik marosimlari

dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va ovchilik, yirik ulamolardan

risola

olishlari, Darveshona, Bobodehqon «suv sulton xotin», «suz xotin», «shox moylar», «loy
otar» kabi marosimlar.

Аннотация:

В статье представлен этнографический анализ того факта, что жители

деревень Шерабаддари, занимавшиеся всеми профессиями, включая земледелие,
скотоводство и ремесла, имели своих профессиональных богов и совершали в их
честь различные обряды.

Плотная заселенность деревень Шерабаддари привела к частому переселению их на
вновь освоенные земли правительством в первой половине XX века. Таким
образом, возникновение общих культурных сходств между селами Кохитангтога и
народами, проживающими в Сурханском оазисе и южных районах Таджикистана,
интерпретируется на основе этнографических полевых записей и исторических
источников.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

215

Keywords:

Traditional economic rituals of the residents of Sherobodaryo villages:

farming, animal husbandry, crafts and hunting, receiving treatises from great scholars,
Darveshona, Bobodehkan rituals such as "water sultan wife", "suz wife", "horn oils", "loy
atar".

Sheroboddaryo qishloqlarida yashovchi aholining urf-odat va an’analari uzoq asrlar

davomida shakllangan bo‘lib, kishilarning tabiatga bo‘lgan munosabati, hayot ta’minotini
yaratish natijasida vujudga kelgan. Tog‘ qishloqlari aholisi o‘z xo‘jalik faoliyatlari
davomida turli xil marosimlarni o‘tkazib kelganlar. Ushbu marosimlarni to‘rt guruhga
bo‘lish mumkin. Bular: 1) dehqonchilik marosimlari; 2) chorvachilik marosimlari; 3)
hunarmandchilik marosimlari; 4) ovchilik marosimlari.

XX-asr boshlarida, hatto Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda ham barcha kasb
egalari, shu jumladan, ovchilar ham albatta «risola» olishlari shart edi. Risola yirik
ulamolar tomonidan bitta varaqqa yozilib, unda kasb egasi qilishi lozim bo‘lgan ishlar
ko‘rsatilar edi. Zero shunday qilinsa, ishi yurishib, bemalol kun kechirishi mumkin
deb hisoblashgan. Bunday risolalar tumor kabi olib yurilgan. Xalqimiz orasida «xuddi
risoladagidek bo‘lsin» degan naql ham shundan kelib chiqqan.

Sheroboddaryo qishloqlarida dehqonchilik bilan bog‘liq marosimlar keng tarqalgan
bo‘lib, ular yilning turli fasllarida o‘tkaziladi. Xususan, yiliga bir marta-Yilboshi
(Navro‘z) oldidan aholi tomonidan «darveshona» marosimi uyushtiriladi.
Darveshona-Alloh yo‘lida o‘tkaziladigan sadaqadir. Unda odamlar yil yaxshi kelishi,
turli xil ofatlardan saqlashni maqsad qilishadi. Marosimni o‘tkazish uchun
odamlardan pul yig‘iladi. Boy kishilar qo‘y berishadi. Tegirmonda bug‘doy tortib,
yorma qilib qaynatiladi. Qo‘y so‘yib dumbasiga go‘shtni qovurishadi. Har bir odamga
bir kosadan yorma, kosaning ichiga pishirilgan go‘sht solib beriladi. Odamlar
«

darveshona — tishga davo

» deb ovqatni yeyishadi. Yetim-yesirlar bu tadbirga to‘liq

jalb etiladi va ularga ehson ajratiladi. Darveshonada mulla yoki eshon kelib, elga,
yurtga tinchlik va omonlik so‘rab duo qiladi.

Sheroboddaryo qishloqlari dehqonlari yerni ekinga tayyorlab, urug‘ni ivitib
qadashdan bir kun oldin

Bobodehqon

marosimini o‘tkazadilar. Ushbu marosimda qon

chiqarilib (imkoniyatiga qarab, tovuqdan to qo‘ygacha), Alloh yo‘liga sadaqa qilinadi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

216

Ulamolar Qur’on o‘qib, xuddi darveshonada bo‘lgani singari Allohdan hosil barakali
bo‘lsin deb duo qiladilar.

O‘rganilayotgan hududda bog‘bonlarning piri sifatida hazrati Nuh alayhissalom,
suvchilarda esa, hazrati Sulaymon alayhissalom shaxsi muqaddaslashtirilgan. Hazrati
Nuh alayhissalom to‘fondan keyin yerga birinchi bo‘lib novdani qadaganligi uchun
bog‘bonlar piri sifatida ulug‘langan.

Bahorgi yer haydash oldidan shoxmoylar marosimi o‘tkaziladi. Chilonzor,

Xomkon qishloqlarida bu marosim shox qochov deyiladi. Negaki, qishki sovuqda
buqaning shoxi yorilishi natijasida uning yorilgan uchi odamlar va chorvaga tegib
jarohat yetkazishi mumkin. Buni oldini olish uchun oldiniga buqaning shoxi
moylanadi. Keyin qochov (maxsus egov) bilan uchi egovlanib, yorilgan joyi olib
tashlanadi va to‘mtoq holga keltiriladi. Shundan keyin buqa yer haydashga tayyor
bo‘ladi. Boysuntog‘ tizmasidagi qishloqlarda esa «shoxmoylar» marosimi vaqtida
qo‘shiq aytishadi, ayrim kishilar ehson chiqarishadi. Ushbu udum dushanba,
chorshanba yoki juma kunlaridan birida o‘tkaziladi.

Tog‘ qishloqlarida har yili mart oyida

loy otar

udumi bajariladi. Bunda qishloqning

to‘lib qolgan ariqlari hashar yo‘li bilan tozalanadi. Har bir kishi o‘ziga belgilangan joyni
loyqadan tozalaydi. Denov tumanida ham xuddi shunday udum mavjud bo‘lib, u «loy
tutish» deb ataladi. Farqi shundaki, ariq tozalayotgan kishilar oldidan biror yo‘lovchi o‘tib
qolsa, unga bel yoki ketmonda loy tutishadi. Yo‘lovchi uzatilgan ish asbobini loyi bilan
birga olib, hasharchilar tomonidan ko‘rsatilgan ariqni tozalab berishi, yoki o‘zining biror
hunarini ko‘rsatib, vaziyatdan chiqib ketishi lozim bo‘ladi.

Dehqonchilikning ob-havo bilan bog‘liqligi aholi o‘rtasida turli udumlarni

yuzaga keltirgan. Masalan, 20-fevraldan 21-martgacha bo‘lgan sanoqli kunlarning
dastlabki 15-kuni Hut
deyiladi. Bir naqlda: yaxshi kelsa hut, kadi to‘la sut, yomon
kelsa hut soy to‘la put
deb aytiladi. Hutdan keyin kirgan Ajuzmomo 6 kun davom
etadi. Bu to‘g‘ridagi naqlda: Ajuzmomo olti kun, yetalasa yetti kun, sakrasa sakkiz
kun, to‘qraysa to‘qqiz kun, o‘qraysa o‘n kun
, -deyiladi.

Qurg‘oqchilik bo‘lganda aholi tomonidan suv chaqirish marosimlari o‘tkaziladi.

Ko‘hitangtog‘ qishloqlarida bu marosim «Suv sulton xotin» yoki «Suz xotin», o‘zbek
laqaylarida esa «sus xotin» deb ataladi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

217

Marosimning boshqa shakli «Suz xotin» deyiladi. Bunda kattagina yog‘ochdan

qo‘g‘irchoq xotin yasaladi. So‘ngra marosim egasi xo‘roz so‘yib sadaqa chiqaradi.
Bunda, albatta, qichqiriq xo‘roz so‘yiladi. Uy egasi niyat qilib qo‘g‘irchoqni o‘choq
boshiga olib keladi va uni yerga tikka qilib qo‘yadi. O‘choqdan chiqqan tutun zarar
qilmasligi uchun qo‘g‘irchoqni qozondan bir-ikki metr narida qo‘yishadi. Dasturxonga
ovqat tortilganda qo‘g‘irchoq ham dasturxon boshiga olib kelinadi. Ovqatga duo
o‘qilgach, barcha qo‘g‘irchoqni o‘rtaga olib o‘ynatadi va atrofidan aylangan holda
marosim qo‘shig‘ini kuylashadi. Marosim tugagach, qo‘g‘irchoqni maxsus qurilgan
kichik uychaga kiritib qo‘yishadi. Xalq «Suz xotin»ni xuddi (suvdami yo falakda)
suzayotgan ayoldek tasvirlagan. Shuning uchun ba’zan «sulton» so‘zining o‘rniga
«suzdon» so‘zini qo‘shishadi.

Janubiy Tojikistonda yashovchi o‘zbek laqaylarida yomg‘ir yog‘may qurg‘oqchilik

xavfi yuzaga kelgach, qishloq oqsoqollari maslahatlashib, qiziqchi bitta erkakka ayolning
kiyimlarini kiygizib, eshakka teskari o‘tirg‘izib, «sus xotin» qo‘shig‘ini aytib, eshakni
uyma-uy yetaklab yuradilar. Uy egalari bu «sus xotin»ning ustidan suv quyib, imkon
qadar biron narsa berganlar. Keyin quduq, buloq yoki daryoning boshiga borib, odamlar
bir-birining ustiga suv sepishib, yig‘ilgan xayru-ehsonni o‘rtaga qo‘yishib, birga yeyishib,
Yaratgandan yomg‘ir yog‘dirishni so‘rashadilar.

Qo‘g‘irchoq ishlatib yomg‘ir chaqirish marosimi Kavkazda yashovchi turkiy

xalqlarda ham qayd etilgan. Qozon tatarlari o‘tkazadigan yomg‘ir chaqirish marosimida
qo‘g‘irchoq bo‘lmaydi. Uning o‘rniga qurbonlik ovqati yeb bo‘linganidan keyin kunning
qolgan qismida yoshlar yo‘lida uchragan har bir kishisiga suv sepishadi. S.Ye.Malovning
yozishicha, bu odat qurbonlik oshi bilan birga qurg‘oqchilik vaqtida yomg‘ir
chaqirishdagi shamanlik vositasi hisoblanadi.

Odatda yomg‘ir chaqirish marosimi fevraldan, ya’ni kichik chilla tugab, hut

kirishidan to aprelga qadar bo‘lgan vaqtlarda o‘tkaziladi. Marosim o‘tishi bilan yomg‘ir
yog‘a boshlagach, dehqonlar yer haydab, bug‘doy ekayotgan vaqtda bir qo‘lida o‘sha
qo‘g‘irchoq, bir qo‘lida bug‘doy bo‘ladi. Yerga urug‘ sepayotgan vaqtda marosim
qo‘shig‘ini kuylashadi. «Suz xotin» marosimi yakunida qo‘g‘irchoq kuydiriladi yoki eski
quduqqa tashlanadi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

218

Nima uchun qo‘g‘irchoqda aynan ayol obrazi berilgan? Sababi, qadimgi turkiy

xalqlarda ayol muqaddas, ulug‘lik hamda baraka timsoli hisoblangan. Shu bilan birga,
«Suz xotin» marosimi ko‘p jihatdan qadimgi ajdodlarimizning diniy e’tiqodlari bilan
bog‘liq bo‘lgan. Abu Rayhon Beruniyning yozishicha, qadimgi xorazmiylar ispandormaji
oyining o‘ninchi kunida

vaxshangam

degan hayit bayramini nishonlashgan.

Vaxshangam

Vaxsh suviga, ayniqsa, Jayhun suviga vakil qilingan farishta ismidir. Kushon

tangalarida uchraydigan

Ardoxsho

ma’budasining nomi «Oxsho ruhi» ma’nosida kelib,

tadqiqotchilar tomonidan

Vaxsh

so‘ziga to‘g‘ri kelishi aniqlangan. Qadimgi baqtriyaliklar

Oxsho

(

Oaxsho

) xudosiga atab ibodatxona (Tojikistondagi Taxti Sangin) ham qurganlar.

Arxeologik tadqiqotlar natijasida Termiz yaqinida joylashgan Tallitog‘ora tepaligi
miloddan oldingi I ming yillikda suv xudosiga bag‘ishlab qurilgan inshoot ekanligi
ma’lum bo‘ldi.

Oaxsho/oxsho

qadimgi turkiycha

o‘kuz

so‘zi

bilan bog‘liq bo‘lib, «suv»

degan tushunchani anglatadi. Ko‘p xudolilik davrida bu atama «suv xudosi» degan
ma’noni orttirgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqiladigan bo‘lsa, «Suz xotin» qadimgi suv kulti bilan

bog‘liq marosim bo‘lganligi anglashiladi. Islom dini tarqalgan davrda ham bu marosim
unutilmagan. U zamonasiga moslashib, boshqa ko‘rinishlarda bizning davrimizga qadar
yetib kelgan.

Bug‘doyni o‘rib yanchishdan oldin bitta molni so‘yib xirmonning boshida

ehson berishadi. Agarda bug‘doyni somondan ajratayotganda shamol bo‘lmasa,
yana bir marosim — «Yo Haydar» o‘tkaziladi. Bug‘doy yanchilganidan so‘ng
xirmondan bir g‘alvir donni to‘rvaga solib qishloq ulamosi yoki kambag‘alga olib
borishadi. Har bir xirmondan bir g‘alvirdan bug‘doy olinadi. Bu sadaqa «haqula»
deb ataladi. Aholi xirmon yig‘iladigan joy bilan bedazorlarni asragan, ularni
muqaddas deb bilishgan. Shu bois xirmonjoyga tom qilishmagan, bedapoyada
janoza o‘qishmagan. Bunda hosildan baraka qochadi deb irim qilishgan.

Dehqonchilikda bo‘lgani singari, chorvachilikning ham o‘z marosimlari bor.

Mart oyining oxirlarida cho‘ponlar molni yozgi yaylovga chiqarayotgan paytda
ko‘chaning ikki chetiga xashakka isiriq qo‘shgan holda olov yoqishadi. Bunda ko‘ch
ortilgan eshak va otdan tortib qo‘y-echki va yirik shoxli qoramolgacha olov
o‘rtasidan o‘tkaziladi. Odamlar, yonayotgan olov molni har qanday balo-qazodan


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

219

saqlaydi, deb biladilar. Bu an’ana barcha ko‘chishlarda amalga oshiriladi. Umuman
olganda, XX-asr o‘rtalariga qadar tog‘ aholisi yiliga uch marta bir joydan boshqa
joyga ko‘chib turishgan.

Tog‘liklar o‘z chorvasini asrash uchun bir qator usullardan foydalanadilar.

Chunonchi,

bahorning boshlarida cho‘ponlar mollarini tog‘ yonbag‘irlariga, chukri, oq

chayir va boshqa achchiq ta’mli o‘simliklar – andiz, zirk, yovvoyi kavrak, yovvoyi
bodom, yovvoyi ko‘knor, kampirdevona, afg‘ono‘t unib turgan joyga haydab borib,
o‘sha yerda o‘tlatishadi. Achchiq ta’mli o‘simliklar chorvaga davo bo‘ladi. Negaki, bu
o‘simliklar qo‘ylarning qurtini o‘ldiradi. Agar mol kasal bo‘lib qolsa uchqat
daraxtining shox-shabbalarini bir doshqozonga solib qaynatishadi. Bu jarayon bir sutka
davom etadi va uch marta almashtirib qaynatiladi. Oxirida silta-qaylasi qolgach
chorvaga ichiriladi.

Ko‘klamning ilk kunlarida odamlar o‘z qo‘ylarini

Xomkondagi Oxurliota,

Xo‘jaulkandagi

Xo‘jaulkanota,

Xatak va Panjob oralig‘idagi Mixcha,

Xo‘janqondagi

Xo‘janqonota,

Kampirtepadagi Xo‘jaabdushota va Qizilolmadagi Cho‘ptashar

ziyoratgohlariga olib boradilar. An’anaga ko‘ra, ziyoratgohga cho‘pon tayog‘ini tashlab,
uch marta mollarini aylantiradilar

. So‘ngra Alloh yo‘liga bitta mol so‘yib sadaqa

chiqarishadi. Ba’zi momolar uchta xamirni pishirib, molimiz ko‘paysin deb, bola-
chaqasi bilan bo‘lishib yeyishadi. Maydaroq qo‘y kasal bo‘lsa Xo‘jaulkanga borib
sadaqa berib o‘qitishadi. Ziyoratgohlarning ahamiyati haqida quyidagi xalq naqli
saqlanib qolgan: Mol tilasang Xo‘jaabdush, bosh tilasang Xo‘janqon
.

Bundan 60-70-yillar oldin zamonaviy dori-darmonlar bo‘lmagan vaqtda aholi

chorvasi kana, burga, gang kabi hasharotlardan ko‘p talofat ko‘rar edi.
Hasharotlardan saqlanish uchun turli chora-tadbirlarni o‘ylab topishgan.

Agar

chorvani burga bilan kana bosib ketadigan bo‘lsa, qo‘ton bilan yaylovni almashtirishadi.

Agar chorvada taloq kasalligi tarqab, qirilib ketish xavfi tug‘ilsa, u holda bo‘rini

og‘zini bog‘lab, qo‘ylarning ichida yurg‘iziladi. Bu odat

bo‘ri oralatish

deyiladi. Shundan

keyin kasallik ko‘tariladi. Xomkonda esa qo‘ylarda taloq kasalligi tarqalgan paytda butun
otarni Cho‘pon ota qabriga olib borilib, atrofidan uch marta aylantiriladi va kasallikni olib
qolsin degan maqsadda cho‘pon o‘z tayog‘ini shu yerda qoldirib ketadi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

220

Agar ko‘klam seryog‘in kelib, shamol bilan yog‘adigan bo‘lsa, u holda suruvni

shamolga teskari haydab «o‘rish» yo‘nalishi tanlanadi. «O‘rish»—bu qo‘ylarni
oziqlantirish yo‘nalishidir. Bunda poda qo‘tondan 15 km uzoqlikda o‘tlatiladi. Chorva bir
kunda borish-kelishi bilan o‘rtacha 30 km yurib, qo‘toniga qaytadi. Qishki mavsumda
chorva qo‘tondan 3-5 km masofada o‘tlaydi. Negaki, qish kunlari qisqa bo‘lib, qor,
yomg‘ir, ayniqsa tumanli kunlarda adashib qolishi mumkinligi hisobga olinadi.

Qurg‘oqchilik, bo‘rilar hujumi, qaroqchilar, sel, hayvonlar orasidagi yuqumli

kasalliklar chorvadorlar uchun haqiqiy ofat hisoblanadi. O‘z chorvasini himoya
qilish uchun cho‘ponlar miltiq, pichoq hamda qamchi olib yuradilar.
Cho‘ponlarning yonida maxsus o‘rgatilgan bo‘ribosar itlari bo‘ladi. Agar itlari
bo‘rini bosa olsa, qo‘y so‘yib quyrug‘ini xomlay unga beradilar. Negaki, bo‘ri bilan
olishgan paytda itning tishi, tirnoqlari bo‘shashib qoladi. Shuning uchun itga
issiqlik va jismoniy qobiliyatini yo‘qotmasligi, oldingi holatini tiklashi uchun shu
tadbir o‘tkaziladi.

Cho‘ponlarning yordamchilari—cho‘liqlardir. 3-4 ta cho‘liqning boshlig‘i

«arkar» deyiladi.

Arkar bo‘lish uchun 5-10-yil kerak bo‘ladi. U tog‘ning toponimini

bilishi, qo‘yni qanday boqish, bo‘ri qayerdan kelishi va shu kabi bilimlarni mustahkam
egallagan bo‘lishi lozim.

Arkarlikka o‘tish uchun maxsus sinov o‘tkaziladi. Unga

ko‘ra, arpa yoki bug‘doy unidan ikkita ko‘mma pishiriladi. Ularning birini
cho‘liqqa, ikkinchisini olg‘ir itga bir vaqtning o‘zida beriladi. Agar cho‘liq itdan
oldin ko‘mmani yesa, uni arkarlikka tayinlashadi. Agar yeyolmasa yana oldingidek
cho‘liqligicha qolaveradi.

Cho‘ponning tayog‘i ulug‘ sanaladi. Cho‘pon uni o‘z o‘g‘liga yoki eng

ishonchli shogirdiga topshiradi. Cho‘pon tayog‘i toq sonda 13 yoki 15 tutamdan
iborat bo‘lib, 1,3-1,5 metrga teng bo‘lgan. Uni hatlab o‘tish ta’qiqlanadi.
Cho‘ponning tayog‘i irg‘ay, zarang, tug‘dona daraxtlaridan qilinadi. Bunda,
cho‘pon ham shu daraxtlar singari qattiq, mustahkam, chayir bo‘lishi maqsad
qilinadi. Cho‘ponning tayog‘i, kelinning oyog‘i
degan naql ham bor.

Otardagi qo‘ylar o‘z-o‘zidan o‘laversa, «chiroq yoqish» amali o‘tkaziladi.

Bunday hollarda cho‘pon biron-bir matoni yog‘ochga boylab, moyga botiradi va
yonayotgan matoni dastlab sarkalarning, so‘ngra qo‘ylarning tagidan o‘tkazib oladi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

221

Bunda olov har qanday yovuzlikni oldini oladi degan ishonch bor bo‘lib, islomgacha
bo‘lgan diniy e’tiqodlarda muqaddas deb hisoblangan.

Tog‘ qishloqlaridagi sayislar o‘z otlarini yomon ko‘zdan saqlash uchun turli

irim-sirimlarni o‘ylab topishgan. Axborotchilar bergan ma’lumotga ko‘ra, agar otga
kinna kirsa, suqlansa u bezovtalanib, kasal bo‘lib qoladi. Shunday holatda qurquray
degan qushning inini olib kelib tutatishadi va otga islatishadi. Natijada ot birpasda
tinchlanib qoladi.

Qurquray (kurkurak)—beozor, ovoz chiqaruvchi, pati quyonning juniday mayin

qush. Ko‘hitang, Boysun, Hisor va boshqa tog‘larning eng baland cho‘qqilarida, odam
oyog‘i yetmaydigan joylarda in quradi. Uni faqat mohir qoyachilar va ovchilargina
olishlari mumkin.

Qurquray ini topilmagan taqdirda dami o‘tkir xalfalar otning jilovi, yugani,

qamchisi, ola ipi, xalfaning pichog‘i yoki tasbehi bilan silaydilar. Xalq tushunchasiga
ko‘ra, otning devi kuchli bo‘lib, dami kuchsiz mullaga ziyon yetkazib, og‘zini
qiyshaytirib qo‘yishi mumkin. Shu bois, otni faqat maxsus tayyorgarlik ko‘rgan xalfalar
o‘qishadi. Xalfa deganda, ko‘z tekkanni o‘qiydigan, kinna va suqni silaydigan kishilar
tushuniladi.

Chorvadorlarning o‘z homiylari bor. Zangiota—qoramollar piri,

Cho‘ponota—mayda mollarning piri, Qambarota—ot va chopag‘onlar piri, Vosil
Qora—tuyakashlar piri sanaladi. Pilla qurti boqadiganlar esa, hazrati Ayyub
alayhissalomni o‘zlariga pir deb bilishadi.

Tog‘ qishloqlarida yashovchi hunarmand-ustalarning o‘ziga xos udumlari bor.

Hunarmandlar halol kun kechirishlari lozim edi. O‘z navbatida hunarmanddan biror
buyum sotib olinsa, ustani rozi qilish shart hisoblanadi. Buyumni sotib olganidan so‘ng
sotib oluvchilar ustalarga qarab

rozi bo‘ling

deydilar.

Hunarmandchilikning har bir tarmog‘i o‘z piriga ega bo‘lgan. Tegirmonchilar

hazrati Jabroilni, o‘rmakchilar bilan bo‘zchilar Shishnovulni (hazrati Shis alayhissalom),
temirchilar hazrati Dovudni, tikuvchilar hazrati Idris alayhissalomni, quruvchilar hazrati
Ibrohim alayhissalomni, qassoblar Jomard boboni, kashtachilar va bezakchilar Bahouddin
Naqshbandiyni, juvozchilar Xoja Ro‘shnoyini, kulollar hazrati Mirkulol otani (Farg‘ona


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

222

vodiysida Mehri Kulol) o‘zlariga pir deb bilishadi. Hunarmandlar har yili Alloh yo‘lida
biron-bir jonliq so‘yib Qur’on o‘qitishadi.

Tandirni buzishdan oldin, albatta, yangi tandir olib kelinadi. Shundagina eski

tandirni sindirish mumkin bo‘lgan. Agar shunday qilinmasa oilaga zarar keladi,
degan fikr bor. Tandirni buzish davlatni buzish bilan barobar deb hisoblanadi. Xalq
tushunchasiga ko‘ra, tandirning ichida kulolning ruhi bo‘lar ekan. Agar tandiri
buzilsa, u chumoli shakliga kirib, oh meni yalang‘och haydadi
deb, eshikning
bo‘sag‘asi orasiga kirib yig‘lar ekan. Shu sabab, oldin yangi tandirni olib kelib, uch
kundan keyin o‘rnatishgan. Kulol o‘sha tandirning ichiga kira olar ekan.

Hududdagi ovchilar o‘z marosimlariga ega bo‘lishgan. Ovchilar bu yerda «mergan»

deb ataladi. Merganlikka kirishishdan oldin Zarabog‘ qishlog‘idagi eng bilimli ulamodan
risola olishlari kerak bo‘ladi. Shundagina uning otgan hayvoni halol sanaladi. Ov oxirida
otilgan o‘lja mergan va unga yordam bergan kishilari o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Ovchilarning piri sifatida Pahlavon Ahmad Zamshiy e’zozlanadi. Afsonaga ko‘ra,

u kishi o‘qqa «zam» o‘qib, keyin hayvonlarni otar, o‘qilgan «zam» buyruqqa binoan
albatta nishonga tegar ekan.

Qishloqlarda merganlar o‘rtasida muayyan jonivorlarni ovlash bo‘yicha farqlar

uchraydi. Jumladan, Xatak guruhiga kiruvchi qishloqlar aholisi jayrani makruh deb bilib
unga ov hayvoni sifatida qarashmagan. Sheroboddaryoning boshqa qishloqlarida esa,
jayra ovlangan. To‘ng‘iz islom dinida harom hisoblanganligi uchun otishmagan. Lekin
XX-asr o‘rtalaridan boshlab merganlar bemalol to‘ng‘iz ovlashni boshlashgan.

Ovchilarga mingta hayvonni otishga ruxsat beriladi. Odatdagi vaqtda ovlangan

hayvon yonboshiga yiqilib tushsa, minginchi bo‘lib otilgan hayvonning shoxi yerga,
tuyoqlari esa, to‘rt oyoqlab tik turadi. Bu «o‘mma turish» deyiladi. Xuddi shunday
vaziyatga xataklik Abdumurod mergan Otaniyozov va kampirtepalik Xudoynazar mergan
duch kelishgan. Bunday holat faqat bir miltiqdan otilgan minginchi hayvon bo‘lsagina
sodir bo‘lar ekan. Agar ovchi o‘mma holiga duch kelsa, o‘sha zahoti ov kiyimlarini otilgan
hayvonining oldiga tashlab ketishi lozim bo‘ladi. Hayvonni ham o‘sha yerning o‘zida
qoldirib ketadi. Agar shunday qilmay, ovni yana davom ettiradigan bo‘lsa, ziyon ko‘radi
deb hisoblanadi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

223

Xulosa qiladigan bo‘lsak, Sheroboddaryo qishloqlari aholisi xo‘jalikning turli

sohalari bilan shug‘ullanar ekan, albatta muayyan marosimlarni bajarishgan.
Marosimlarni o‘tkazar ekan, odamlar yil yaxshi kelishini, hosil ko‘p bo‘lishini, ofat va
kulfatlardan saqlanishini, ishiga baraka kelishidan umidvor bo‘lishgan. Bu odat va
an’analar ma’lum bir o‘zgarishlar bilan bugungi kunga qadar saqlanib qolgan.

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Abduraxmanov I.R. Boysun o‘yinlari // O‘zbekiston san’atshunosligi. Ilmiy to‘plam. –
Toshkent, 2003. –106-112 b.

2.

Abduraxmanov I.R. Boysun tamoshaviy o‘yinlari va marosimlari / Boysun tarixi va
an’analari. –Toshkent, 2005. –114-118 b.

3.

Anorov J. Tangidara qaldirg‘ochi. –Toshkent, 1998. – 112 b.

4.

Ashirov A. O‘zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari. – Toshkent, 2007.

5.

Ahmedova G. Milliy ma’naviyatimizda baxshichilik maktablarining o‘rni //
«O‘tmishga nazar» jurnali, 2020 yil, 2 – maxsus son. –58-60 b.

6.

Ahmedova G. Surxondaryo baxshilari //«O‘tmishga nazar» jurnali, 2020 yil, 4-maxsus
son. –54-58 b.

7.

Beruniy Abu Rayhon. Tanlangan asarlar. I jild. Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar. –Toshkent: Fan, 1968. – 488 b.

8.

Бичурин Н.Я. Собрание сведений о народах обитавших в Средней Азии в древние
времена. Изд. 2, Москва-Ленинград, том ИИ, 1951. – 334 с.

9.

Tursunov S., Tursunov A., Tog‘ayeva M. Sherobod tarixidan lavhalar. –Toshkent:
Yangi-nashr, 2014. –356 b.

10.

Tursunov S.N., Pardayev T., Begimqulov O. O‘zbek milliy kurashi: tarixi va

an’analari. – Termiz: Surxon-Nashr, 2015. – 204 b.

11.

Tursunov S., Pardayev T., Tursunova N., Murtazoyev B. O‘zbekistonda baxshichilik

san’atining shakllanishi va taraqqiyoti tarixi. –Toshkent, 2015. –256 b.

IV. Dissertasiya va avtoreferatlar

12.

Ahmedova G.O‘. O‘zbekistonning janubiy hududlarida baxshichilik an’analarining

etnomadaniy jarayonlarga ta’siri (XIX-asrning ikkinchi yarmi- XXI asr boshlari). Tarix
fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi. –Termiz, 2022. – 151 b.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

224

13.

Umarov I.I. Ko‘hitangtog‘ qishloqlari aholisi nomoddiy madaniyatining etnik va

lokal xususiyatlari. tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi. –Termiz,
2022. -174 b

Dala yozuvlari.

1

Dala yozuvlari, Boysun tumani, Xomkon qishlog‘i, 2021 yil.

1

Dala yozuvlari, Boysun shahri, 2022 yil.

1

Ashirov A. O‘zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari... –B. 133-134.

1

Qurbonov A. Shimoliy Surxon vohasi aholisi an’anaviy madaniyatining etnik va lokal

xususiyatlari (XIX asr oxiri – XX asrning birinchi yarmi). Tarix fanlari nomzodi ilmiy
darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. –Toshkent, 2009. –B. 138.

1

Dala yozuvlari, Muzrabot tumani, Yangier qishlog‘i, 2014 yil.



References

Abduraxmanov I.R. Boysun o‘yinlari // O‘zbekiston san’atshunosligi. Ilmiy to‘plam. –Toshkent, 2003. –106-112 b.

Abduraxmanov I.R. Boysun tamoshaviy o‘yinlari va marosimlari / Boysun tarixi va an’analari. –Toshkent, 2005. –114-118 b.

Anorov J. Tangidara qaldirg‘ochi. –Toshkent, 1998. – 112 b.

Ashirov A. O‘zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari. – Toshkent, 2007.

Ahmedova G. Milliy ma’naviyatimizda baxshichilik maktablarining o‘rni // «O‘tmishga nazar» jurnali, 2020 yil, 2 – maxsus son. –58-60 b.

Ahmedova G. Surxondaryo baxshilari //«O‘tmishga nazar» jurnali, 2020 yil, 4-maxsus son. –54-58 b.

Beruniy Abu Rayhon. Tanlangan asarlar. I jild. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. –Toshkent: Fan, 1968. – 488 b.

Бичурин Н.Я. Собрание сведений о народах обитавших в Средней Азии в древние времена. Изд. 2, Москва-Ленинград, том ИИ, 1951. – 334 с.

Tursunov S., Tursunov A., Tog‘ayeva M. Sherobod tarixidan lavhalar. –Toshkent: Yangi-nashr, 2014. –356 b.

Tursunov S.N., Pardayev T., Begimqulov O. O‘zbek milliy kurashi: tarixi va an’analari. – Termiz: Surxon-Nashr, 2015. – 204 b.

Tursunov S., Pardayev T., Tursunova N., Murtazoyev B. O‘zbekistonda baxshichilik san’atining shakllanishi va taraqqiyoti tarixi. –Toshkent, 2015. –256 b.