TEXNIK UNIVERSITETLARIDA MUHANDISLIK PSIXOLOGIYANI O’QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI
Ushbu maqolada muhandislik psixologiyasi fani vazifalari, muhandislik psixologiyasining texnika universitetlarida o’qitilish maqsadi haqida so’z yuritiladi. Muhandislik psixologiyasining an’anaviy, tadqiqot metodlari bo’yicha qisqacha ma’lumotlar ham mavjud. Hozirda ta’limda qo’llaniladigan ba’zi ta’lim metodlarning texnika universitetlarida tadbiq qilishdagi bir necha misollar keltirilgan. Zamonaviy metodlardan interaktiv va sun’iy intellekt yordamidagi ta’limning afzalliklari talabalarning kasbiy qobiliyatlarini namoyon qilish, rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. Inson-texnika tizimi texnika talabalariga kelajakda o’z kasbga egallashi va faol olib borishga yordam beradi.Chunki texnika universitetlarning aksariyat soha yo’nalishlari texnika bilan ishlashni talab qiladi. Bu esa o’z navbatida har bir xodim yoki mutaxassis texnika bilan ishlay olishi, ya’ni texnika bilan inson o’rtasidagi munosabatlarni, har ikkala subyektning funksiyalari, o’rnini bilish muhimdir. Ushbu fan ana shunday muammolarni, ya’ni, inson-texnika tizimini o’rgatadi.
Sun’iy intellektning muhandislik psixologiyasi fanini o’qitishda qo’llash, ushbu fanni o’zlashtirish samarasi yuqori bo’lishini, talabalarning mavzularni tez tushunishga yordam beradi. Ko’plab sohalarda sun’iy intellektda ishlash oson,ma’lumotlarni tahlil qilib ko’rsatish foydalanish qulay, natijasi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Shunga yarasha talablar ham oshgan.