Редакция

Bugungi kunda O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotida mamlakatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda, jumladan, xalqaro savdodagi rolini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar ham savdo rejimini liberallashtirish, investitsiya muhitini yana-da qulaylashtirish, normativ-huquqiy bazani jahon standartlari bilan moslashtirish hamda tashqi savdo bilan bog‘liq protseduralarning mexanizmlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan. Shu munosabat bilan 2021 yilning 6-oktyabr kunida Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi tomonidan “Global transformatsiyalashuv sharoitida O‘zbekistonning xalqaro savdodagi mavqeini oshirish va jahon bozoriga integratsiyasini optimallashtirish masalalari” mavzusida

respublika ilmiy amaliy anjumani o‘tkazilmoqda.

Ilmiy anjumanning shoʻbalari quyidagilardan iborat:

1. Tarif va notarif metodlarning huquqiy va institutsional negizini yana-da takomillashtirish choralari.

2. Eksportni qo‘llab quvvatlash va xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlari.

3. O‘zbekistonning jahon bozori va global transport tarmoqlariga integratsiyalashuvini chuqurlashtirish

yo‘nalishlari.

4. Mamlakatimiz eksport salohiyatini rivojlantirish va samaradorligini oshirish usullarini baholash mexanizmlari. Mamlakatimiz tashqi savdo yo‘nalishlarini kengaytirish hamda yana-da rivojlantirishning dolzarb muammolari qatorida O‘zbekistonning jahon bozorida tutgan o‘rnini mustahkamlash, global tranformatsiyalashuv jarayonlarida o‘zbek modelining ustuvor jihatlarini asoslash dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Konferensiya mehmonlari:

• O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputati, i.f.d., professor N.X.Jumayev

• “O‘zbekiston Eksportchilari” uyushmasi Boshqaruv raisi M.M.Umarov

• DBQ Bojxona instituti “Bojxona tartibga solinishi  va bojxona to‘lovlari” kafedrasi boshlig‘i, i.f.N., dotsent,

b.X. podpolkovnigi A.A.Shadmankulov

• Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori, i.f.dL.O‘.Mingeshev

• Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ilmiy xodimlari

• O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xodimlari

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов