Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.56853

Аннотация

Donli mahsulotlar tarkibidagi mineral moddalar,ularning xususiyatlari va donli ekinlar nima uchun kerakligi haqida qisqacha malumotlar berib boriladi,donli ekinlar nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi ahamiyati balik uning insonlar organizmida tutgan o‘rni haqida maqolada aytib o‘tiladi.


background image

168

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 12-SON (YOʻITJ)

DONLI XOMASHYOLAR VA BUG‘DOY DONI

Qo‘chqorova Zebo Farhod qizi

QDU 3-kurs talabasi

ILmiy maslaxatchi:

Eshmuratov Marat Tangatarovich

QDU "Kimyo texnologiya" kafedrasi assistenti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14180471

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 9-noyabr 2024 yil

Ma’qullandi: 10-noyabr 2024 yil

Nashr qilindi: 18-noyabr 2024 yil

Donli

mahsulotlar

tarkibidagi

mineral

moddalar,ularning xususiyatlari va donli ekinlar nima

uchun kerakligi haqida qisqacha malumotlar berib

boriladi,donli ekinlar nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari

tarkibidagi

ahamiyati

balik

uning

insonlar

organizmida tutgan o‘rni haqida maqolada aytib

o‘tiladi

.

KEY WORDS

Don

inson

ozuqasining

asosi,hamda

yem-xashak

bazasi,donli ekinlar oqsil va

uglevodlar

manbayi,botonik

xususiyatlari,bug‘doy

donining

tuzilishi,turlari,tegishli

standartlar,don sifatini baholash.

Don-qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining muhim mahsuloti,inson ozuqasining asosi

bo‘lib,mahsuldor chorvachilikni rivojlantirish uchun yem-xashak bazasi hisoblanadi.Don

ekinlarining o‘ziga xos tomoni-inson organizmi uchun o‘ta qimmatli organik moddalarni

sintezlashdan iborat.Donda boshqa dehqonchilik mahsulotlariga qaraganda ko‘p miqdorda

quruq moddalar mavjud bo‘lib,yetilgan don massasining 85% ini tashkil qiladi.Donli ekinlar

doni tarkibida 10-15%, dukkakli ekinlar doni tarkibida 28-30% yuqori sifatli oqsil

mavjud.Donli ekinlar insonning ovqatlanishi uchun oqsil va uglevodlar manbayi va yuqori

sifatli omixta yem mahsulotlari ishlab chiqarish uchun alo darajali xomashyosi

xisoblanadi.Don mahsulotlariga don va donlarni qayta ishlab olingan mahsulotlar-

un,yorma,non va makaron mahsulotlari kiradi.Botonik xususiyatlarga ko‘ra donlar asosan

3guruhga bo‘linadi:
1.Boshoqli ekinlar-bug‘doy,javdar,makkajo‘xori,sholi,arpa,tariq va suli.
2.Dukkakli ekinlar-no‘xat,loviya,mosh,yasmiq,soya.
3.Marjumak ekinlar-grechka.

Kimyoviy tarkibiga ko‘ra donlarni uch guruhga bo‘lish mumkin:kraxmalga boy (boshoqli

ekinlar va grechka),oqsilga boy (dukkakli ekinlarning urug‘lari),yog‘ga boy (yog‘li ekinlarning

urug‘lari).Bug‘doy donining tuzilishi va kimyoviy tarkibi.Bug‘doy eng muhim oziq-ovqat ekini

hisoblanadi. U dunyo bo‘yicha, shu jumladan,MDH mamlakatlarida, don ishlab chiqarishda

birinchi o‘rinni egallaydi.Bug‘doyning asosiy xossalari bo‘lib, donning tuzilishi va kimyoviy

tarkibi, tashkil qiluvchi to‘qimalarning tuzilishi va tarkibi hisoblanadi.Bug‘doyning aleyron

qatlami tarkibini oqsillar,yog‘lar,qandlar,selluloza va mineral moddalar tashkil etadi.Aleyron


background image

169

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

1-JILD, 12-SON (YOʻITJ)

qatlami don massasining 4 dan 90%gacha miqdorini tashkil qiladi.Bug‘doy donining ichki

qismini to‘liq endosperm egallaydi.Endosperm kraxmal va oqsil zarrachalari bilan to‘lgan

katta hujayralardan iborat.Endospermning rangi oq yoki biroz sariqroq,shaffof unsimon yoki

qisman shaffof bo‘lishi mumkin.U 78-82% kraxmal, 2% atrofida qand, 13-15% oqsillar, 0,3-

0,5% mineral moddalar , 0,5-0,8% yog‘, 0,1-0,15% sellulozadan iborat.Bug‘doy asosan 2 turga

bo‘linadi qattiq va yumshoq.
Bug‘doy donidan tayyorlanga un mahsulotlaridan ko‘plab non mahsulotlarini tayyorlash

mumkin.Yumshoq

bug‘doydan

tayyorlangan

undan

sifatli

non

mahsulotlar

tayyorlanadi.Respublikamizda ekilayotgan bug‘doylarning deyarli 90% ini yumshoq

bug‘doylar tashkil etadi.Yumshoq bug‘doy lotincha Triticum aistivum deb ataladi.Asosan

qattiq bug‘doylardan tayyorrlangan unlarni makaron mahsulotlarini olish uchun qo‘llaniladi.
Donni saqlash:Don yetishtiriladigan hududlarda donni saqlash mexanizatsiyalashtirilgan

omborxonalarga ega don qabul qilish maskanlarida,shuning bilan birga, donni istemol qilish

va qayta ishlash jarayonida katta quvvatli elevatorlarda amalga oshiriladi.Donni saqlash

omborxonalarida quritgichlar va faol shamollatish qurilmalari bo‘lishi kerak

bo‘ladi.Tozalangan don quritilganda va shamollatiladigan omborxonalarda saqlanganda

yetilish

jarayoni

tezlashadi.Barcha

don

ekinlariga

mos

tarzda

standartlar

tasdilangan.Bug‘doyga esa bitta standart-GOST 9353 tasdiqlangan.

Xulosa

Yuqorida qayd etilgan ma'lumotlarni hisobga olgan holda, shunday xulosaga kelish mumkinki,

donli mahsulotlar tarkibida mineral moddalar ancha ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun har bir

mahsulotni o‘z vaqtida istemol qilish kerak.Bu mahsulotlar tarkibidagi minerallar organizm

uchun juda zarur. Mineral moddalar va oqsillar sog‘liqqa shu bilan bir qatorda insonning

turmush tarziga ham katta ta'sir ko‘rsatadi. Donli mahsulotlarni yanada yaxshilash va sifatli

don mahsulotlarini ko‘paytirish uchun dehqon xo‘jaligiga katta etibor qaratilmoqda

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.Vasiev.M, Dodaev.Q, Isabaev.I, Sapaeva.Z, Gulyamova.Z,

Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari

Darslik.Voris nashriyoti.Toshkent-2012-yil,400-b
2.Adizov R.T

Don va don mahsulotlarini saqlash texnologiyasi.Darslik. "Fan". Toshkent-2012-

yil 432-b

Библиографические ссылки

Vasiev.M, Dodaev.Q, Isabaev.I, Sapaeva.Z, Gulyamova.Z,《Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari》Darslik.Voris nashriyoti.Toshkent-2012-yil,400-b

Adizov R.T《Don va don mahsulotlarini saqlash texnologiyasi.Darslik. "Fan". Toshkent-2012-yil 432-b