O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY MANFAATLAR DINAMIKASIDA RASMIY-HUQUQIY ISLOHATLAR PROGRESSIYASI

Abstract

Ushbu maqolada global jarayonlarda O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlari dinamikasida amalga oshirilgan islohatlar, qonunlar va qonunchilik tizimi doirasidagi tashqi siyosiy masalalar, xalqaro munosabatlarga ta’sir etuvchi siyosiy jarayonlar va vaziyatlar haqida ilmiy ma’lumotlar beriladi. Maqola asosiy e’tiborni milliy manfaatlar progressiyasiga qaratadi, ya’ni aynan bir qonun hujjatlari, normalar emas, balki “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyotidagi milliy manfaatlarning uzluksizligi va davomiylik masalalari tahlil etiladi. Milliy manfaat definitsiyasi davlat boshqaruvi va siyosiy hokimiyat tizimida qanday pozitsiyaga egaligi turli fan olimlari va mutaxassislari tomonidan tadqiqot ishlarida asoslab beriladi. Maqola keng ilmiy jamoatchilik uchun mo‘ljallangan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Mardanov, S. (2025). O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY MANFAATLAR DINAMIKASIDA RASMIY-HUQUQIY ISLOHATLAR PROGRESSIYASI. New Uzbekistan Journal of Academic Research, 2(1), 28–33. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/yoitj/article/view/62492
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada global jarayonlarda O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlari dinamikasida amalga oshirilgan islohatlar, qonunlar va qonunchilik tizimi doirasidagi tashqi siyosiy masalalar, xalqaro munosabatlarga ta’sir etuvchi siyosiy jarayonlar va vaziyatlar haqida ilmiy ma’lumotlar beriladi. Maqola asosiy e’tiborni milliy manfaatlar progressiyasiga qaratadi, ya’ni aynan bir qonun hujjatlari, normalar emas, balki “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyotidagi milliy manfaatlarning uzluksizligi va davomiylik masalalari tahlil etiladi. Milliy manfaat definitsiyasi davlat boshqaruvi va siyosiy hokimiyat tizimida qanday pozitsiyaga egaligi turli fan olimlari va mutaxassislari tomonidan tadqiqot ishlarida asoslab beriladi. Maqola keng ilmiy jamoatchilik uchun mo‘ljallangan.


background image

28

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY MANFAATLAR

DINAMIKASIDA RASMIY-HUQUQIY ISLOHATLAR

PROGRESSIYASI

Mardanov Sardorbek Zafar o‘g‘li

Mirzo Ulug‘bek nomidagi

O‘zbekiston milliy universiteti

Ijtimoiy fanlar fakulteti, Siyosatshunoslik yo‘nalishi

Siyosat-22/A1 guruhi 3-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14636500

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 3-yanvar 2025 yil

Ma’qullandi: 5-yanvar 2025 yil

Nashr qilindi: 13-yanvar 2025 yil

Ushbu maqolada global jarayonlarda

O‘zbekiston

Respublikasi

milliy

manfaatlari

dinamikasida

amalga

oshirilgan

islohatlar,

qonunlar va qonunchilik tizimi doirasidagi tashqi

siyosiy masalalar, xalqaro munosabatlarga ta’sir

etuvchi siyosiy jarayonlar va vaziyatlar haqida

ilmiy ma’lumotlar beriladi. Maqola asosiy e’tiborni

milliy manfaatlar progressiyasiga qaratadi, ya’ni

aynan bir qonun hujjatlari, normalar emas, balki

“Yangi

O‘zbekiston”

taraqqiyotidagi

milliy

manfaatlarning

uzluksizligi

va

davomiylik

masalalari

tahlil

etiladi.

Milliy

manfaat

definitsiyasi davlat boshqaruvi va siyosiy hokimiyat

tizimida qanday pozitsiyaga egaligi turli fan

olimlari va mutaxassislari tomonidan tadqiqot

ishlarida asoslab beriladi. Maqola keng ilmiy

jamoatchilik uchun mo‘ljallangan.

O‘zbekiston

Respublikasi

milliy

manfaatlari,

davlat

boshqaruvi,

tashqi siyosat, normativ-huquqiy

hujjatlar, qonunlar va qonunchilik

tizimi, global jarayonlar

KIRISH.

Maqola mavzusining obyekti.

O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini ifoda etuvchi

rasmiy-huquqiy asoslar mazkur maqolaning tadqiqot obyektidir. Tadqiqot obyekti ko‘lami

jihatidan katta hisoblanadi. Shu bois ham, maqola tadqiqotlari O‘zbekiston Respublikasi milliy

manfaatlari rasmiy-huquqiy asoslari siyosiyatshunoslik va huquq fanlari nuqtai nazaridan

“Yangi O‘zbekiston” milliy taraqqiyoti uchun davlatda amalga oshirilgan islohatlar: qonunlar

va qonunchilik tizimi hamda tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar masalasini qamrab oladi

va o‘rganadi.

Maqolaning predmeti.

Ushbu maqolada xalqaro siyosat maydonida O‘zbekiston Respublikasi

milliy manfaatlarini ifoda etuvchi hamda rasmiy-huquqiy asosi hisoblangan bir qator

normativ-huquqiy hujjatlar hamda global jarayonlarda O‘zbekiston milliy manfaatlari

tadqiqot predmeti sifatida baholanadi.

Maqolaning maqsadi.

“Yangi O‘zbekiston” fenomenining davlat milliy manfaatlar portretini

ifodasi bo‘lgan turli rasmiy-huquqiy asoslarni tadqiq etish, uning global jarayonlaridagi

xalqaro pozitsiyasini hamda ta’sirining ko‘lamini ochib berish hisoblanadi. Ushbu maqsad

O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlari borasidagi nazariy va amaliy jarayonlarni qamrab

oladi.


background image

29

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)

Maqolaning vazifalari.

Ushbu maqola maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalar belgilab

olindi:
-

O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlarining rasmiy-huquqiy asosi bo‘lgan

normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish, dolzarbligi, zaruratini baholash;
-

Keng milliy islohatlarni O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlarida tutgan

pozitsiyasini aniqlash va uning ahamiyatini tahlil qilish;
-

O‘zbekiston Respublikasidagi modernizatsion, zamonaviy taraqqiyot bosqichida

islohatlardagi dinamik jarayonlar, o‘zgarishlar, kamchiliklar va buning milliy manfaatlarga

ta’sirini o‘rganish;
-

Global jarayonlar sharoitida O‘zbekiston Respublikasining rasmiy-huquqiy asoslaridan

kelib chiqib tanlangan yo‘llar, konfliktlar va nizolar vaqtidagi moslashuvchanlik hamda

o‘zgaruvchanlik jarayonlarini tahlil etish.
Yuqoridagi belgilangan vazifalar bir qator ilmiy tadqiqot ishlari va manbalari asosida

O‘zbekiston Respublikasi ilm-fan mutaxassislari va xalqaro darajadagi milliy manfaatlar

borasida hissa qo‘shgan vakillari tomonidan amalga oshirilgan ilmiy ishlari asosida yoritib

beriladi.
Maqolada “islohatlar” tushunchasi asosan, qonunchilik tizimi va normativ-huquqiy

hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlariga ta’sirini tahlil etadi.
Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi yillarda respublikamizda norma ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan

yaxshilash, amalga oshirilayotgan islohotlarning institutsional-huquqiy bazasini yangilash,

eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan normalarni bekor qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar

amalga oshirildi. Shu bilan birga, qonunchilikdagi tizimli o‘zgarishlar bilan bog‘liq jadal

rivojlanish tartibga solish yukini kamaytirish, tarqoq holda tartibga solinayotgan ijtimoiy

munosabatlarni tizimlashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqishni taqozo

etmoqda.

1

METODOLOGIYA VA NAZARIY ASOSLAR.

Hozirgi dunyo taraqqiyoti shunday kechmoqdaki, bugun har qanday davlat xalqaro siyosatda

o‘z ustuvorligini faqat oshkora ma’rifiy tashqi siyosat orqali saqlab turishi va shunga yarasha

legitimlikka erishishi mumkin. Xalqaro siyosat maydonida siyosiy jarayon tizimiga sezilarli

ta’sir ko‘rsatishning birdan-bir yo‘li -ma’rifiylik, ya’ni kuch ishlatishni mutloq inkor etgan

tashqi siyosiy faoliyat bo‘lishi mumkin. Tashqi siyosatni mafkuradan holi etish xavfsizlikni

ta’minlashning muhim kafolati bo‘lib, uni muayyan mafkuraviy aqidalarga emas, balki xalqaro

huquqning barcha tan olgan qoida va mezonlari asosida qurmoq lozim.

2

(Izoh: ma’rifiylik

tushunchasi normativ-huquqiy hujjatlar yoki rasmiy-huquqiy asoslar ma’nosida qo‘lanilgan.)
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2019-yil 7-dekabr O‘zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27-yilligiga bag‘ishlangan tantanali

marosimidagi maruzasida davlatning qonunchilik tizimi haqida quyidagicha to‘xtaladi:
“Qonunlar ijrosini samarali tashkil etish, tizimli muammolarni oldindan ko‘ra bilish, qonun

buzilishining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish bilan birga bunday holatni barvaqt bartaraf

1

2022-yil 21-iyuldagi Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining 396-sonli qarori. https://lex.uz/uz/docs/-6124323

2

Odilqoriyev X.T. Razzoqov D.X. Siyosatshunoslik. Darslik Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2008.

279 b.


background image

30

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)

etishga qaratilgan tizimni shakllantirish ayniqsa dolzarbdir. Afsuski, ushbu talablar bizda hali

to‘liq bajarilmoqda, deb ayta olmaymiz.

3

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari progressiyasida milliy manfaat va tashqi siyosiy faoliyati

hamda xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi bosh qonuni O‘zbekiston

Respublikasi konstitutsiyasi, “Tashqi siyosat konsepsiyasi” qonuni, milliy xavfsizlik masalalari

va normativ huquqiy-hujjatlardagi qonunchilik tizimida amalga oshirilgan keng ko‘lamli

islohatlar masalasi O‘zbekiston Respublikasi rasmiy-huquqiy asoslaridagi progression

taraqqiyotiga erish yo‘lida ekanligi aytish mumkin.
Bu borada O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tizimidagi amaliy islohatlarni yanada

rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlar mavjudligini qayd etish maqsadga

muvofiqdir. Mazkur imkoniyatlardan biri eng avvalo, davlat boshqaruvi nazariyalariga oid

tarixiy, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy ilmiy manbalarning mavjudligidir. Hozirgi kunda davlat

boshqaruvi jarayonlarini demokratlashtirishda siyosiy tajribani har tomonlama tadqiq etish,

xususan, Sharq va G‘arb an’analariga xos davlat boshqaruvining zamonaviy konsepsiyalarini

qiyosiy o‘rganish asosida samarali boshqaruv modellari hamda strategik rivojlanish

dasturlarini amaliyotga tadbiq etish masalasi har bir davlatning milliy taraqqiyoti uchun zarur

bo‘lib, u ham amaliy, ham nazariy ahamiyat kasb etmoqda.

4

XXI asrga kelib, jahon

hamjamiyatining rivojlangan davlatlarida demokratik davlatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy

rivojlanishining omili sifatida davlat boshqaruvi tizimiga samarali, ma’muriy mexanizmlarni

qo‘llash amaliyoti kuchaydi.

5

NATIJALAR.

O‘zbekiston ko‘p yillik rivojlanishi davrida tashqi siyosatiga oid konstitutsion normalarni

o‘zida aks ettirgan ikki muhim hujjat qabul qilindi.
Birinchidan, 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy

faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni davlatning ko‘p

yillar mobaynida xalqaro munosabatlarda va tashqi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy faoliyatida

muhim rol o‘ynadi

6

. Biroq mazkur qonun 2012-yilda o‘z kuchini yo‘qotdi.

Ikkinchidan, davlat tashqi siyosatining fundamental prinsiplari va strategik ustuvor

yo‘nalishlari, milliy manfaatlari va ularni ilgari surish mexanizmlarini belgilab beruvchi o‘rta

va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan qarashlarning yaxlit tizimini o‘zida mujassam qilgan yangi

hujjat – “O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi” 2012-yil 10-

sentabrda qabul qilindi.

7

O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik tizimi borasida keng ko‘lamli islohatlar va

o‘zgartitishlar amalga oshirildi. O‘zbekistonning tashqi siyosati va milliy xavfsizlik hamda

milliy manfaatlarini ifoda etuvchi qonunlar jumladan, O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasining 2023-yil 30-aprelda o‘tkazilgan referendum natijasida Yangi tahrirdagi

O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining qabul qilinishi, tashqi siyosat masalasida

“O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-330-sonli Qonuni

bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasiga

3

Mirziyoyev.Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. 4-jild. “O‘zbekiston” 2020. 107 b.

4

Mizaaxmedov.K.M. Davlat boshqaruvi tizimini demokratlashtirishda siyosiy hokimiyat legitimligini takomillashtirish

mexanizmlari. Monografiya. Toshkent: “Ma’rifat”, 2023. 8 b.

5

O‘zbekiston milliy universiteti. “Siyosatshunoslik” kafedrasi jamoasi. Siyosatshunoslik [Matn]: darslik Toshkent: “Info

Capital Books”, 2024. 263 b.

6

Tursunov A.S. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va tashqi siyosat. – T: TDYUI, 2005. 21 b.

7

Biturayev O‘.B. Siyosatshunoslikka kirish (o‘quv qo‘llanma) Toshkent: “barkamol fayz media”, 2017, 286 b.


background image

31

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)

o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-415-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida

8

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining qarorini ishlab chiqilishi

hamda milliy xavfsizlik va milliy manfaatlarning boshqa huquqiy asoslarining yaratilishi buni

tasdiqlaydi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, davlatlardagi qonunchilik tizimi progressiyasi davlatlarning

hamkorlik tizimi, xalqaro tashkilotlarga a’zolik maslalarida hamda raqamli axborot

texnologiyalarining rivojlanganligi natijasida keng ko‘lamdagi islohatlarni talab etmoqda.

Jumladan mazkur masalaga O‘zbekiston Respublikasi preziidenti Sh.Mirziyoyev shunday

to‘xtaladi: “Ilg‘or texnologiyalarning

faol joriy qilinayotgani va global axborat-

kommunikatsiya makoni taraqqiy etayotgani barcha jarayonlarni jadal va tez o‘zgartirmoqda,

qit’alar, mintaqalar, davlatlar va tashkilotlar darajasidagi hamkorlikning yangi shakllarini

rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Bugungi hayotning o‘zi eskicha yondashuvlar samarasiz

ekanini yaqqol tasdiqlamoqda. Asosiy e’tiborni konstruktiv amaliy hamkorlikka qaratish

lozim.

9

O‘zbekiston tashqi siyosatida yangi o‘zgarishlar asosan, 2017-yildan boshlandi. O‘tkan yetti yil

ichida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida yangicha munosabatlar – o‘zaro integratsiyalshuv

jarayonlari shakllandi. Albatta, O‘zbekiston tashqi siyosati asosan, milliy manfaatlar, tinchlik,

barqarorlik, hamkorlik kabi inson farovon hayotini ta’minlashi uchun zarurat sezadigan

qadriyatlar asosida amalga oshirilmoqda.

10

MUHOKAMALAR.

“Tashqi siyosat”, “xalqaro munosabatlar”, “jahon siyosati”, “xalqaro maydon”, “milliy manfaat”,

“milliy xavfsizlik” tushunchalari to‘rt soha: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy tarmoqlarda

ham muhim ahamiyatga ega. Yuqorida qayd etilgan tushuchalar asosan tashqi omillarga emas,

balki ichki omillarga ko‘proq aloqador. Xususan, har bir davlat qonunchilik tizimidagi

murakkablik va soddalik, qiyin va oson yechim, muammo va yechimga ega javob albatta,

huquqiy asoslarga murojaat qiladi. Huquqiy asoslar esa, davlatning hududiy, status va

nufuziga ham jiddiy ta’sir kuchiga egadir. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yildagi

qonunchilik tizimi va 2024-yildagi qonunchilik tizimi institutsional hamda funksional jihatdan

tahlil qilinganda, o‘zaro, farqlar va imkoniyatlar shakllanganligini yoki paydo bo‘lganligini

keltirish mumkin. Bunda milliy manfaatlarning ham pozitsiyasi inoabatga olingan va asos

sifatda ko‘rilgan.
O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlarida ichki va tashqi xavfsizlikni ta’minlash, diniy

bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, tashqi siyosat haqida to‘xtalganda, O‘zbekiston

Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning xalq bilan muloqatida bo‘lgan nutqida shunday

keltiriladi:
“Tashqi siyosatimizning asosiy mazmun-mohiyati – tinchliksevarlik, boshqa davlatlarning

ichki ishlariga aralashmaslik, yuzaga keladigan ziddiyat va qarama-qarshiliklarni faqat tinch,

siyosiy yo‘l bilan hal etish, barcha xorijiy davlatlar va jahon hamjamiyati bilan amaliy

hamkorlik qilishdan iborat. Tashqi siyosatni amalga oshirishda barcha davlatlar, birinchi

8

“O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-330-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan

O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-415-sonli

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida 2018-yil 21-sentabrdagi O‘zbekiston respublikasi Oliy majlisi

Qonunchilik palatasi qarori. https://lex.uz/docs/-5189655

9

Mirziyoyev Sh.M. xalqimiz rozligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. Toshkent: “O‘zbekiston” 2018. 327

b.

10

Qirg‘izboyev M. Siyosatshunoslik: oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy

kommunikatsiyalar universiteti. – Toshkent: “Sharq”, 2024. – 477 b.


background image

32

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)

navbatda, qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar va o‘zaro manfaatli hamkorlikni

yanada mustahkamlashni o‘zimizning birinchi darajali vazifasi deb bilamiz.

11

Davlatning xalqaro maydondagi statusi, nufuzi va legalligining barcha ko‘rinishi mana shu

rasmiy huquqiy asoslarning mavjudligi va kuchli o‘ringa ega bo‘lishidadir. Shuning bilan birga

bu ko‘proq davlat boshqaruvi masalasiga ham aloqador hisoblanadi.
Yuqorida davlat boshqaruvi masalasi keltirib o‘tildi. Bu masala ko‘p tomonlama milliy

manfaatlardagi markaziy nerv sistemasi singari, boshqaruvchi, tashkil etuvchi, tartibga

soluvchi, rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va yo‘naltuvchi funksiyalarga ega hisoblanib, bu

global jarayonlar sahnasidagi o‘z roli va ahamiyatiga ega hisoblanadi.
Yuqorida davlat boshqaruvi masalasi keltirib o‘tildi. Bu masala ko‘p tomonlama milliy

manfaatlardagi markaziy nerv sistemasi singari, boshqaruvchi, tashkil etuvchi, tartibga

soluvchi, rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va yo‘naltuvchi funksiyalarga ega hisoblanib, bu

global jarayonlar sahnasidagi o‘z roli va ahamiyatiga ega hisoblanadi.
Shu o‘rinda “Davlat boshqaruvi – davlat hokimiyatini qonuniy asosda tashkil etish usullari

majmui bo‘lib, insonlarning ijtimoiy hayot faoliyatlariga davlatning amaliy, tashkiliy va

tartibga soluvchi ta’siridir.

12

Xalqaro munosabatlarning asosiy tushunchasi bo‘lgan milliy manfaatlar o‘z ichiga davlatning

siyosiy manfaatlari, xavfsizlik manfaatlari, iqtisodiy manfaatlari, madaniy manfaatlari va

boshqa manfaatlarni qamrab oladi. Davlat suvereniteti negizida davlatning siyosiy

manfaatlari milliy manfaatlarning asosiy qismini o‘zida mujassam etadi, milliy xavfsizlik va

milliy manfaatlarning eng asosiy hisoblanadi. Mililiy manfaatlar konsepsiyasi insonning milliy

manfaatlar tarkibi, uning ahamiyati maqsadi, qadriyatlari va ushbu qadriyatlarni ro‘yobga

chiqarish yo‘llari haqidagi fundamental tasavvurlarini aks ettiradi. Strategik taffakkurning

achralmas qismi sifatida milliy manfaatlar konsepsiyalari ishlab chiqilgandan so‘ng, milliy

strategiyalar ishlab chiqilishni boshladi. Kognitiv nuqtai nazardan milliy manfaat subyektning

taffakkur tarzi madaniy aloqalar, qadriyatlar, an’analar, mafkuralarga chuqur ta’sir qiladi.

13

XULOSA

Demak, konstitutsiya barcha qonunlar uchun andoza va namunaviy xususiyatga ega

hisoblansa, “O‘zbekiston-2030” strategiyasi davlatning strategik imkoniyatlari rejasi

hisoblanadi. Qonunlardagi yoki qonunchilik tizimidagi imkoniyatlar masalasi davlatning

rivojlanish va taraqqiyot nuqtasidagi bosqichdir. Davlat boshqaruvi va siyosiy hokimiyat

tizimida bu masala bir qator siyosiy jarayonlar orqali isbotlanmoqda. Jumladan, 2023-yil 30-

aprelda o‘tkazilgan referdum. Undagi qonunchilik tizimidagi xalqaro tajribalar va

amaliyotlarni qo‘llash qobilyati ya’ni yangi tahrirdagi Konstitusiyaga kirirtilgan‘zgarishlar bu

davlatchilik rivojidagi imkoniyat hisoblanadi. 2024-yil 24-oktabrda o‘tkazilgan Parlament

saylovlarida ilk bora “aralash saylov” tizimini davlat boshqaruvida qo‘llash va undan kelib

chiqadigan natijalarning asoslari va yutuqlari ham global milliy manfaatlar sahnasida yangi

pog‘onalarni ochib bermoqda. Ya’n, strategiyalar ishlab chiqish masalasi O‘zbekliston

Respublikasi davlat bosharuvida 2017-yildan boshlab katta natijalarga erishdi. Uni aytadigan

bo‘lsak, strategi rejaliashtirish imkoniyatining rivojlantirilganligi – bu davlatning milliy

11

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni marda va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent: “O‘zbekiston”

2017. 68 b.

12

Mirzaaxmedov K.M.O‘zbekistonda davlat boshqaruvi jarayonlarini demokratlashtirish evolyutsiyasi. Monografiya. –

Toshkent: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2019. 107 b.

13

Zongyu Liu. The Concept of national Interests. China’s Diplomacy. 2014. 121 p.

https://www.worldscientific.com/doi/10.1142/9781938134395_0003?srsltid=AfmBOooclDQHqPBHe7V_3MOqo3Ef5w

sigkMObaKlHP7GvASDmlpTBJ7k


background image

33

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)

manfaatlarida maqsadlarni tanlash va ularga erishish uchun nima qilish kerakligi borasidagi

texnologiayalarning ishlab chiqlishi. Bu sohada ham bir necha tadqiqot ishlari olib borilgan.

Chet ellik olim Peter Drakerning “Menejement” asarida strategik rejalshtirish “Bugungi kunda

orzu qilingan kelajakni yaratadigan qarorlar qabul qilishdir

14

” deb ta’rif bergan. Imkoniyatlar

ko‘lamining tashkiliy bazalari uzliksizligi mavjud tahdidlar va muammolarni kamaytirishga

yordam beradi hamda vosita sifatida xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1)2022-yil 21-iyuldagi Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 396-sonli qarori. https://lex.uz/uz/docs/-

6124323
2)Odilqoriyev X.T. Razzoqov D.X. Siyosatshunoslik. Darslik Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyot-

matbaa ijodiy uyi. 2008. 279 b.
3)Mirziyoyev.Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. 4-jild. “O‘zbekiston” 2020. 107 b.
4)Mizaaxmedov.K.M. Davlat boshqaruvi tizimini demokratlashtirishda siyosiy hokimiyat

legitimligini takomillashtirish mexanizmlari. Monografiya. Toshkent: “Ma’rifat”, 2023. 8 b.
5)O‘zbekiston milliy universiteti. “Siyosatshunoslik” kafedrasi jamoasi. Siyosatshunoslik

[Matn]: darslik Toshkent: “Info Capital Books”, 2024. 263 b.
6)Tursunov A.S. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va tashqi siyosat. – T: TDYUI, 2005.

21 b.
7)Biturayev O‘.B. Siyosatshunoslikka kirish (o‘quv qo‘llanma) Toshkent: “barkamol fayz

media”, 2017, 286 b.
8)“O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-330-sonli Qonuni

bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasiga

o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-415-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida

2018-yil 21-sentabrdagi O‘zbekiston respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi qarori.

https://lex.uz/docs/-5189655
9)Mirziyoyev Sh.M. xalqimiz rozligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. Toshkent:

“O‘zbekiston” 2018. 327 b.
10)Qirg‘izboyev M. Siyosatshunoslik: oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik, O‘zbekiston

jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti. – Toshkent: “Sharq”, 2024. – 477 b.
11)Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni marda va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.

Toshkent: “O‘zbekiston” 2017. 68 b.
12)Mirzaaxmedov K.M.O‘zbekistonda davlat boshqaruvi jarayonlarini demokratlashtirish

evolyutsiyasi. Monografiya. – Toshkent: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti,

2019. 107 b.
13)Zongyu Liu. The Concept of national Interests. China’s Diplomacy. 2014. 121 p.

https://www.worldscientific.com/doi/10.1142/9781938134395_0003?srsltid=AfmBOooclD

QHqPBHe7V_3MOqo3Ef5wsigkMObaKlHP7GvASDmlpTBJ7k
14)Peter F. Drucker, Management, 1973p. 121

14

Peter F. Drucker, Management, 1973p. 121

References

-yil 21-iyuldagi Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 396-sonli qarori. https://lex.uz/uz/docs/-6124323

Odilqoriyev X.T. Razzoqov D.X. Siyosatshunoslik. Darslik Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2008. 279 b.

Mirziyoyev.Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. 4-jild. “O‘zbekiston” 2020. 107 b.

Mizaaxmedov.K.M. Davlat boshqaruvi tizimini demokratlashtirishda siyosiy hokimiyat legitimligini takomillashtirish mexanizmlari. Monografiya. Toshkent: “Ma’rifat”, 2023. 8 b.

O‘zbekiston milliy universiteti. “Siyosatshunoslik” kafedrasi jamoasi. Siyosatshunoslik [Matn]: darslik Toshkent: “Info Capital Books”, 2024. 263 b.

Tursunov A.S. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va tashqi siyosat. – T: TDYUI, 2005. 21 b.

Biturayev O‘.B. Siyosatshunoslikka kirish (o‘quv qo‘llanma) Toshkent: “barkamol fayz media”, 2017, 286 b.

“O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-330-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi QL-415-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida 2018-yil 21-sentabrdagi O‘zbekiston respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi qarori. https://lex.uz/docs/-5189655

Mirziyoyev Sh.M. xalqimiz rozligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. Toshkent: “O‘zbekiston” 2018. 327 b.

Qirg‘izboyev M. Siyosatshunoslik: oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti. – Toshkent: “Sharq”, 2024. – 477 b.

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni marda va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent: “O‘zbekiston” 2017. 68 b.

Mirzaaxmedov K.M.O‘zbekistonda davlat boshqaruvi jarayonlarini demokratlashtirish evolyutsiyasi. Monografiya. – Toshkent: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2019. 107 b.

Zongyu Liu. The Concept of national Interests. China’s Diplomacy. 2014. 121 p. https://www.worldscientific.com/doi/10.1142/9781938134395_0003?srsltid=AfmBOooclDQHqPBHe7V_3MOqo3Ef5wsigkMObaKlHP7GvASDmlpTBJ7k

Peter F. Drucker, Management, 1973p. 121