14
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI
RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI: XALQARO
TAJRIBALAR VA MAVJUD MUAMMOLAR
Urinboyev Azizbek Yusuf o‘g‘li
Qarshi davlat universiteti, Iqtisodiyot fakulteti,
Iqtisodiyot yo‘nalishi 1-bosqich talabasi
Yodgorov Dimirbek Raxmatulla o‘g‘li
Qarshi Davlat universiteti, Iqtisodiyot fakulteti,
Iqtisodiyot yo‘nalishi 1-bosqich talabasi
G‘aniyev Shaxzod Shuhrat o‘g‘li
Ilmiy rahbar, Qarshi davlat universiteti,
Iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15286926
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 16-aprel 2025 yil
Ma’qullandi:20-aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 26-aprel 2025 yil
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot hamda
raqamli texnologiyalarning O‘zbekiston iqtisodiyoti
rivojlanishida tutgan o‘rni va mamlakatimizda
raqamli
iqtisodiyotni
rivojlantirishning
asosiy
tendensiyalarini, xalqaro tajribalarning mamlakatimiz
uchun ahamiyatini hamda mavjud muammolarni
tahlil qilishga qaratilgan. Maqolada O‘zbekistonning
raqamli iqtisodiyotga jadal suratlar bilan
o‘tish
jarayonida amalga oshirilgan strategiyalar, raqamli
infratuzilma, e-tijorat va kriptovalyutalar sohasidagi
yutuqlar, shu bilan birga, davlatning raqamli
iqtisodiyotdagi roli haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Xalqaro tajribalarga, jumladan, Estoniya, Singapur va
Janubiy Koreya tajribalariga tayanib, O‘zbekistonning
raqamli iqtisodiyotdagi muvaffaqiyatlari va mavjud
kamchiliklarini
bartaraf
etish
imkoniyatlari
ko‘rsatilgan.
KEY WORDS
Raqamli
iqtisodiyot,
raqamli transformatsiya, e-tijorat,
kriptovalyuta, xalqaro tajribalar,
blokcheyn texnologiyalar, kadrlar
tayyorlash,
raqamli
savdo,
iqtisodiy
rivojlanish,
innovatsiyalar,
axborot
texnologiyalari,
raqamli
platformalar.
Kirish.
So‘nggi yillar davomida raqamli iqtisodiyot xalqaro iqtisodiyotni vujudga keltirishda
muhim o‘rin egallamoqda. Texnologiyalarning rivojlanishi, internet tarmoqlari va ma’lumotlar
bazasining kengayishi biznes, savdo, moliya, hisobotlar va davlat xizmatlarini
raqamlashtirishga zamin yaratmoqda. O‘zbekistonda ham raqamli iqtisodiyotga o‘tish
jarayoni keskin tezlashib, o‘sib bormoqda. Mamlakatimiz hukumati “Raqamli O‘zbekiston-
2030” strategiyasining ishlab chiqilishi, raqamli transformatsiyaning amalga oshirilishi
boshlandi. Raqamli iqtisodiyot sohasida yirik o‘zgarishlar yuz berayotgan bo‘lsa-da,
mamlakatda hali ham bir qator muammolar mavjud bo‘lishi mumkin. Mavjud muammolarni
hal etish natijasida esa mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni jadal suratlarda rivojlantirish
va iqtisodiyotimizda o‘sishga erishish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
Raqamli iqtisodiyot hamda uni rivojlantirish bo‘yicha
mamlakatimizda salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan,
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yil 5-oktyabr kuni “
Raqamli O‘zbekiston
-
2030
strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari
15
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
to‘g‘risida”gi
PF-6079-sonli farmon
ning
imzolanishi ushbu sohani rivojlantrishga qo‘yilgan
asosiy qadamlardan biri bo‘ldi. Farmon ijrosiga doir quyidagi vazifalar belgilandi
:
Farmon bilan 29 ta namunaviy tuman (shahar)larda 2020-yilda va 2021-yil I choragi
yakuniga qadar raqamli transformatsiya qilish loyihalari amalga oshiriladi
2020-2022-yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari
2020-yil 1-noyabrdan investitsiya loyihalari hamda jalb etilayotgan xalqaro moliya
institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va donor mamlakatlar mablag‘larining 5
foizdan kam bo‘lmagan qismi “raqamli” komponentlarga yo‘naltiriladi
Farmonga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
hamda Adliya vazirliklari va ular tasarrufidagi tashkilotlarda “Raqamli idora” loyihasi amalga
oshiriladi
Loyiha doirasida, jumladan, 2022-yil 1-yanvarga qadar qog‘ozsiz elektron hujjat
almashinuvi va ish yuritishni tashkil qilgan holda barcha ma’muriy tartib-taomillar va
operatsion jarayonlar raqamlashtiriladi
2021-yil 1-avgustdan davlat bojlari, yig‘imlar, jarimalar va boshqa majburiy to‘lovlarni
onlayn rejimda to‘lash imkoniyati yaratiladi
.
Shu bilan birga hurmatli Prezidentimizning 3-iyul 2018-yilda imzolangan “
O‘zbekiston
Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
”gi
PQ-
3832-sonli qaror
lariga muvofiq ko‘plab amaliy vazifalar belgilab olindi va keng ko‘lamli
ishlar bajarildi. Yuqorodagi qaror ijrosiga muvofiq esa mamlakatimiz iqtisodiyotining
raqamli sektorini rivijlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasida davlatimiz tomonidan keng
ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tadqiqot uslublari va metodlari.
Maqolada tilga olinayotgan mavzuni tadqiq qilish
jarayonida tizimli yondashuv, tadqiqotning mantiqiy va taqqoslash usullari, kompleks
yondashuv, ekspert tahlili, ko‘p variantli prognoz, kuzatishlar hamda statistic tahlil, sifat
tahlili va shu kabi ko‘plab tadqiqot usullaridan foydalanilgan.
Tahlil va erishilgan natijalar.
Bugungi kundagi globallashuv davrida butun dunyodagi har
bir davlat iqtisodiyotining rivojlanishini raqamli iqtisodiyotsiz tasavvur qilish juda qiyin,
albatta. Raqamli iqtisodiyot XXI asrning o‘ziga xos xususiyatlaridan bir desak ham xato
bo‘lmadi. Shuningdek, O‘zbekistonda ham raqamli iqtisodiyotning kundan-kunga yaxshi
sur’atlarda rivojlanib borishi quvonarli holatlardan biridir. Raqamli iqtisodiyot
mamlakatimizdagi barcha sohalarda, korxonalar, tashkilotlar uchun samaradorlik, vaqt,
bandlik, ko‘nikma, daromadlar va resurslarni to‘g‘ri taqsimlash, atrof-muhit muxofazasi va
tashqi omillarga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, hisob-kitob jarayonida ham elektron
hisoblash mashinalaridan, electron yoki online savdo qilishda esa masofadan turib turli xil
maxsus dastur, web-saytlar hamda platformalar orqali amalga oshirishimiz mumkin. Bu esa
raqamli iqtisodiyot eng qulay, arzon va eng tezkor iqtisodiyot turlaridan biri ekanligining
yaqqol ko‘rinib turgan na’munasidir. Chunki biz elektron savdo qilish, oldi-sotdi
munosabatlari yoki turli xizmat ko‘rsatish jarayonlarida masofadan turib boshqa ishlarimizni
bajargan holda ham bajarishimiz mumkin, bu esa bizning qimmatli vaqtimiz hamda
pulimizning tejalishiga asosiy sabab bo‘la oladi.
Hozirgi davrda raqamli texnologiyalar barcha sohalarga hamda insonlar hayotiga jadal kirib
bormoqda. Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari bu birinchi navbatda barcha sohalarda
qog‘ozbozlikga chek qo‘yilishiga, barcha sohalardagi faoliyatni avtomatlashtirishga olib keladi.
1
Lex.uz O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik portali
https://lex.uz/ru/docs/-5030957
2
QALAMPIR UZ sayti ma’lumotlari
https://qalampir.uz/uz/news/prezident-rak-amli-uzbekiston-
2030-strategiyasini-tasdik-ladi-26704
3
Lex.uz O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik portali
16
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
Shuningdek, bajarilgan ishlarning, hisob-kitobning ochiq, shaffof, bevosita, aniq va
ishonchliligini ta’minlaydi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida xarajatlarning
kamayishiga olib keladi, kompyuter savodxonligiga ega bo‘lgan yoshlar uchun qo‘shimcha ish
o‘rinlari yaratiladi, ta’lim sohasida ham bir qator qulayliklar yaratilishiga sabab bo‘ladi, u esa
talabalarning vaqtini tejashiga va ko‘proq bilim olishiga ko‘maklashadi, insonlar masofadan
turib turli joylarda o‘qishiga katta yordam bera oladi, eng asosiy jihatlaridan yana biri shuki
bu jamiyat kushandasi bo‘lmish, korrupsiyaning oldini oladi. Chunki korxonalar va
tashkilotlarda qarindosh-urug‘chilik, tanish-bilishchilikni asta-sekin va batamom yo‘qotadi
hamda hujjatlarning shaffofligini ta’minlaydi. Oʻzbekistonda barcha tizimlar, tarmoqlar vaqt
o‘tgan sayin, kundan kunga rivojlanib, raqamlashib bormoqda. Ayniqsa, Covid-19 tufayli joriy
etilgan karantin rejimida onlayn tovar va xizmatlarga boʻlgan talab yanada ortdi, barcha
sohalarda raqamli funksiyalarning safi kengaydi. Bugun uydan chiqmasdan toʻlovlarni amalga
oshirish, hech bir muammosiz masofaviy taʼlim olish ham mumkin. Yangi O‘zbekistonda
amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning
rivojlanishi yurtimizda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
jihatdan qayta jihozlash imkoniyatlarini yuzaga chiqardi. Bunga mamlakatimiz tashqi savdo
hajmining o‘sishini misol qilib keltirishimiz ham mumkin. “Elektron hukumat”, “elektron
boshqaruv”, “telekommunikatsiya” kabi yuzlab iboralar hayotimizning ajralmas bo‘lagiga
aylanishga ulgurdi. Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida Elektron hukumat va yagona
interaktiv xizmatlar portali xizmatlari yo‘lga qo‘yildi hamda ushbu xizmatlar aholining vaqti
va xarajatlarini tejamoqda. Muhim jihatlaridan yana biri shuki mamlakatimizda aholi
tomonidan eng ko‘p foydalaniladigan sohalarni raqamlashtirish, odamlarning og‘irini yengil
qilishga katta e’tibor qaratilmoqda, jumladan, sog‘liqni saqlash, kadastr, kommunal va boshqa
to‘lovlar, ijtimoiy himoya, qishloq xo‘jaligi hamda ishlab chiqarish, ta’lim yo‘nalishlarini
raqamlashtirish bo‘yicha amaliy jarayonlar boshlandi va tez orada o‘zining ijobiy
samaradorligini namoyon qildi.
O‘zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot bo‘yicha faoliyat yurituvchi korxonalar va tashkilotlar
soni asta-sekin oshib bormoqda va u yoshlar hamda davlatimiz iqtisodiyoti uchun bir qancha
imkoniyatlar va kelajak eshiklarini ochilishiga sabab bo‘lmoqda. Misol uchun, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzurida tashkil etilgan Statistika Agentligi manbalari asosida
tuzilgan quyidagi jadval ma’lumotlariga ko‘ra respublikamizda raqamli iqtisodiyotning
rivojlanib borayotganligini ko‘rsatadi.
1-jadval
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlar
2017
2018
2019
2020
2021
2022
Axborot iqtisodiyoti va
elektron
tijorat
sohalarida
yaratilgan
mahsulotlarning YaIM
dagi ulushi (% larda)
2,3
2,0
1,7
1,9
2,5
2,6
“Axborot
va
Aloqa”
sohasida
faoliyat
yuritayotgan
korxona
va tashkilotlar soni
6403
6975
7901
9517
10587
11681
Ko‘rsatilgan
aloqa
va axborotlashtirish
hajmi
8196,7 10332,6 10891,7 13852,3 17755,1 24508,1
AKT sohasida faoliyat
yuritayotgan
ishchi 37458
40248
47697
50157
53782
57285
4
sayti ma’lumotlariga ko‘ra muallif ishlanmasi
17
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
xodimlar soni, kishi
hisobida
Yuqoridagi jadval ma’lumotlari 2017-2022-yillar oralig‘ida O‘zbekistonda axborot iqtisodiyoti
va elektron tijorat sohalarida yaratilgan mahsulotlarning YaIMdagi ulushi, “Axborot va aloqa”
sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va
tashkilotlar soni, Ko‘rsatilgan
aloqa va axborotlashtirish hajmi hamda ular tomonidan
ko‘rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi hamda АKT sohasida faoliyat
yuritayotgan ishchi xodimlar soni oshib borganligini ko‘rsatmoqda. Bu esa albatta qisqa davr
uchun yaxshi natija hisoblanadi.
Xulosa va takliflar.
Iqtisodiyotning raqamlashishi bu butun mamlakatimiz rivoji
hamda taraqqiyoti uchun muhim hisoblanadi. Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot rivojlanishi
barcha sohalar bilan chambarchas bog‘liq desak ham xato bo‘lmaydi. Raqamli iqtisodiyot
tushunchasi bugungi kunda barcha uchun dolzarb mavzulardan biridir. O‘zbekistonda
iqtisodiyotni raqamlashtirish ham juda katta ahamiyatga ega. Mamlakatimizda bugungi kunda
transport, geologiya, taʼlim, arxiv va kommunal hamda boshqa turdagi to‘lovlar, ijtimoiy
himoya kabi sohalarda ayrim qismlari raqamlashtirishga to‘liq o‘ta oldi, bu esa xalqimiz uchun
yana bir qulayliklardan biri bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston raqamli sanoat bozorini
shakllantirish uchun uchta asosiy muhim tamoyilni o‘zi uchun belgilab olishi zarur. Raqamli
muhitni qonun doirasida, me’yoriy tartibga solish uchun (Nizom, konseptsiya, dastur va
qonun), infratuzilmaviy rivojlanishi uchun (katta hajmli ma’lumotlar, internet, biznes va
ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish va raqamli texnologiyalar hamda qurilmalar),
so‘ngra kerakli mutaxassislarni tayyorlash dasturi kuchli, raqobatbardosh hamda sog‘lom
bozorni yaratishda eng katta tirgak bo‘la oladi. Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish
uchun innovatsion g‘oyalar, blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish kerak. Yurtimizda
raqamli iqtisodiyotni qanchalik rivojlantirishga eʼtibor qaratilayotgan boʻlsa, shu bilan bir
qatorda kiberxavfsizlikni taʼminlash ham shunchalik darajada dolzarb masalaga aylanib
bormoqda. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek iqtisodiyotni shakllantirish ko‘p mablag‘ va
mehnat talab qiladi, ammo biz bundan qo‘rqmasdan raqamli iqtisodiyotni shakllantirishimiz
uchun qadam tashlashimiz kerak. Bu ishni bugundan, kerak bo‘lsa hozirdan barchamiz
birlashgan holda ma’suliyat va qa’tiyat ila boshlamog‘imiz lozim. Mamlakat rivojlanishi,
taraqqiy etishi uchun jamiyatdagi har bir shaxs mas’ul. Har birimiz bu masalaga jiddiy
qarasakgina, mamlakatimiz hayotidagi raqamli iqtisodiyotning turli jabhalardagi o‘rni ko‘zga
tashlanadigan darajada tez suratlarda o‘sishga erishadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.10.2020 yildagi PF-6079-son
https://lex.uz/ru/docs/-5030957
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 03.07.2018 yildagi PQ-3832-son
https://lex.uz/docs/-3806053?ONDATE=24.07.2021
3. Lex.uz O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik portali
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil dekabrdagi “2019-yil uchun eng muhim
ustuvor vazifalar” haqidagi Oliy Majlisga murojaatnomasi.
5.Lex.uz O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik portali
6. QALAMPI.UZ onlayn nashri. Manba:
https://qalampir.uz/uz/news/prezident-rak-amli-
uzbekiston-2030-strategiyasini-tasdik-ladi-26704
7.Stat.uz sayti ma’lumotlariga ko‘ra muallif ishlanmasi. Manba:
18
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)
8. S. Jo‘rayeva “O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH” Manba:
https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbekistonda-raqamli-iqtisodiyotni-rivojlantirish-
9. Digital 2019: global digital overview. Value creation and capture: implications for
developing countries. UNCTAD, 2020.