Авторы

  • Akbar Allamov
  • Ra’no Raupova
  • Shaxrinoz Bobokalonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yoitj.82632

Аннотация

Allohga shukronalar bo‘lsin kim mustaqillik sharofati ila xalqimiz o‘z madaniy – ma’naviy merosi, san’atini bilish imkoniyatlariga ega bo‘ldi.

Chunonchi bugungi kunlarda moziyga qiziqish, uni yanada chuqurroq o‘rganishga intilish har bir kishi uchun o‘zligini bilishga yordam beradi.

Xalqimiz va millatimizning asl farzandi Abdulla Qodiriy “Moziyga qarab ish ko‘rmoq xayrlidur” deb bejiz aytmagan edi.


background image

114

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

SO‘FI OLLOHYORNING FALSAFIY – TASAVVUFIY VA

MA’NAVIY-TARBIYAVIY QARASHLARI

Akbar Allamov-

BuxDU dotsenti

Ra’no Raupova-

BuxDU dotsenti

Bobokalonova Shaxrinoz-

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15315232

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 16-aprel 2025 yil

Ma’qullandi:20-aprel 2025 yil

Nashr qilindi: 30-aprel 2025 yil

Allohga shukronalar bo‘lsin kim mustaqillik

sharofati ila xalqimiz o‘z madaniy – ma’naviy merosi,

san’atini bilish imkoniyatlariga ega bo‘ldi.

Chunonchi bugungi kunlarda moziyga qiziqish,

uni yanada chuqurroq o‘rganishga intilish har bir kishi

uchun o‘zligini bilishga yordam beradi.

Xalqimiz va millatimizning asl farzandi Abdulla

Qodiriy “Moziyga qarab ish ko‘rmoq xayrlidur” deb

bejiz aytmagan edi.

KEY WORDS

Alohida ta’kidlash joizki, Qur’oni Karim, Hadisi shariflarda aks etgan va ularni targ‘ib qilgan

ulug‘ allomalarimiz Imom Ismoil Buxoriy, Imom at-Termiziy va tasavvuf ilmining darg‘alari

Ahmad Yassaviy, Xo‘ja Ahror Valiy, Bahouddin Naqshbandiy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Yusuf

Hamadoniy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Mashrab, So‘fi Ollohyor kabilar to‘g‘risidagi munosabatlar

tubdan o‘zgarli. Ular qoldirgan ilmiy meros, asarlar qayta-qayta nashr qilinmoqda va chuqur

o‘rganilmoqda. Xullas, yuqorida nomlari zikr etilgan allomalar va yuzlab boshqa allomalarning

ijodini yangicha tahlil va talqinlari katta qiziqish hamda rag‘bat hissini uyg‘otmoqda.

Yaqin-yaqin kunlargacha So‘fi Ollohyorning hayoti va mislsiz adabiy, falsafiy ayniqsa

tasavvufiy-tarbiyaviy merosi e’tibordan chetda qolgan edi. Unga diniy-mistik nomli tamg‘a

bosilgan bo‘lib, allomaning butun ilmiy faoliyati bir yoqlama targ‘ib qilingani mutloq haqiqat

edi. Mustaqillikning musaffo havosi tufayli uning ijodiga qiziqish tub sifat jihatidan o‘zgarib,

bir qator olimlarimiz allomaning merosini o‘rganishga bel bog‘lab, savob ishga qo‘l

urmoqdalar.

So‘fi Ollohyorning Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida tavallud topgan. Boshlang‘ich

ta’limotni o‘z yurtida olib, 1662-1665-yillari ya’ni 10-12 yoshlarida Buxoro madrasalarining

birida ta’lim olishga kirishadi. U madrasada turli bilimlarni egallab o‘z davrining yetuk

bilimdoniga aylanadi. Madrasa o‘qishini tugatgach, 1670-yillarning ikkinchi yarmida, ya’ni 25

yoshida shohning bojmahkamasiga to‘ralik lavozimiga tayinlanadi.

Bu haqda Is’hoq Bog‘istoniy o‘zining “Tazkirayi qalandaron” asarida So‘fi Ollohyor Boborahim

Mashrab bilan zamondosh bo‘lgan, bu haqda ishonarli ma’lumotlar berilgan. Shu keltirilgan

ma’lumotlarga asoslanib, So‘fi Ollohyorning tug‘ilgan yilini taxminan 1650-yil deb olish

mumkin. Yana allomaning tavallud topgan yili haqida “Risolayi Aziza” va yuqorida

ta’kidlangan “Tazkirayi qalandaron”da ko‘rsatilgan ma’lumotlarga suyanib quyidagicha

xulosalarga kelish mumkin: So‘fi Ollohyorning 1662-1665-yillar atrofida madrasada tahsil

boshlagan. 1670-yillarning ikkinchi yarmida boj mahkamasiga to‘ralik lavozimiga tayinlangan.

1690-yillari Shayx Habibulloh huzurida ketgan. 1720-yili Denovda vafot etgan.

So‘fi Ollohyorning ijodidan shuni anglash mumkinki, u shoh saroyida dildan xizmat qilgan.

Biroq to‘raning qilmishlari haddidan oshadi. Xalq orasiga uning zulmkorligi yoyiladi. U shoh

xizmatini bajarish jarayonida o‘zining mansabga berilgani, ta’mirgarligi, nopok ishlarga qo‘l


background image

115

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

urganligi, zulmkorligi, dunyoga moyilligi, nafs balosiga berilganligi bilan dong taratadi. U

haqda keyin afsuslanib, o‘g‘liga qilgan nasihatlaridan birida shunday yozadi:

Riyo gardini yuqtirma etakka

Otangdek bo‘lma tobye nafsi sakka.

Jahonning hirsidan qilg‘il o‘zing dur

Otangdek bo‘lmag‘il dunyoga mag‘rur.

Ko‘rinib turibtiki, shoh siyosatini amalga oshirish jarayonida jonbozlik ko‘rsatib ishlash bilan

birga yuqoridagi xatolarga ham yo‘l qo‘ylgan.

Xizmat davrida qilgan nohaqligi uning dunyo qarashiga asta-sekin salbiy ta’sir etadi.

Mahkamadagi bunday siyosat natijasida keyinchalik So‘fi Ollohyor bu yo‘ldan chetlashishga

qaror qiladi. Bu haqda o‘zi shunday yozadi:

O‘tar dunyoda Ollohyor mayub,

Shuningdek yurganingdan o‘lganing ho‘b.

Yomon nafsing seni o‘tdek tutashdi,

Gunohing bora-bora haddan oshdi.

Shu shoh saroyidagi ishlagan davridgi barcha yomon ishlariga tavba etib:

Illoh bandaman, bechoradurmen,

Havoiy nafs ila ovoradurman.

Erurman barcha nuqsonimga iqror,

Musulmon o‘g‘li qilmas ishlarim bor.

Deb o‘zining qilmishlaridan xijolat tortadi va shoh saroyidan ketadi.

So‘fi Ollohyor bir kuni (1690-yil) Shayx Habibulloh ziyoratiga kelib shogirdlari halqasiga tiz

cho‘kib o‘tirganini Shayx ko‘radi. Shunda Shayx Ollohyorga qarab: “Bu joy mansabdorlarning

joyi emas, toliblar va g‘ariblarning joyidir” – deydilar. Shunda Ollohyor ta’sirlanib: “Tavfiq

Allohdan, Inoyat Kibriyodan, hidoyat Zuljaloldandir, yo Shayx” – deydi. Uning javobidan

ta’sirlangan Shayx, Ollohyordan haq yo‘li uchun zo‘r qobiliyat paydo bo‘lganligi anglaydi.

Undagi odob va hurmat barq urib turganligini sezib, undan islom ahliga zo‘r foydalar

yetishishini ko‘ngillaridan kechirib, ba’zi shartlar bilan uni ilmi toliblikka qabul qiladi. U 12 yil

Shayx Habibulloh madrasasida ta’lim olib, avliyo darajasiga yetadi. Natijada u katta

mansabdorlikni, molu-dunyoni, dovrug‘ni, man-man degan ulfatlarini tark etadi. Bahouddin

Naqshbandiyning “dil ba yor, dastba kor” nazariyasiga amal qiladi.

Mansabdorlik davridagi ishlaridan pushaymon bo‘lib, o‘zini o‘tgan kunlaridagi faoliyati

mobaynida shayton makriga berilganligiga, yo‘ldan ozganligiga va bular uchun Alloh taolodan

uzr so‘rab, qator she’rlar yozadi. U davrda bir necha kitoblar yozib, unda o‘zining falsafiy-

tasavvufiy, axloqiy-tarbiyaviy qarashlarini yoritadi.

Uning shu ruhda yozilgan “Sobat-ul ojizin”, “Maslak ul muttakin”, “Sirot-ul ojizin”, “Murod-ul

oridin”, “Mahzan-ul mutiy’in”, “Najot-ul tolibin” kabi asarlari ma’lumdir. Uning asarlari ilmiy-

falsafiy, tasavvufiy-diniy, ijtimoiy-axloqiy mazmunlarga boy insoniy komillikka targ‘ib etadi.

Yetuk shoir, faylasuf, axloqshunos olim, ulkan diniy va davlat arbobi, nihoyat tasavvuf

ta’limotinnig bilimdoni So‘fi Ollohyorning “Sabot-ul ojizin” asari ko‘pgina xorijiy

mamlakatlarda yashaydigan turk, o‘zbek va boshqa musulmonlar orasida katta shuhrat

topgan. Uning bu asari o‘z davrida Markaziy Osiyoda, Kavkazda va boshqa mamlakatlarda

savod chiqarilganda so‘ng qo‘llanma, darslik sifatida o‘qitilgan. Bu kitobni keng xalq

ommasiga yetkaziy maqsadida juda ko‘p nusxalarda bosib chiqarilgan. Asarlarini shuhrat

taratishining yana bir sababi u g‘oyat ravon va sodda, tushunarli til bilan yozilganligidir.

Ularda kishini o‘ylantiradigan va hayratlantiradigan so‘z o‘yinlari, qochiriqlari, xalq maqollari

ishlatilgan. Shu tufayli xalq ommasi ularni tez va oson yodlab olishgan va sevib o‘qishgan.

So‘fi Ollohyor haqiqiy islom dini jonkuyari, fidoisi, tasavvuf ilmining ulkan darg‘asidir. U o‘z

yozishlarida yagona vosita va imkon Qur’oni Karim va Hadisi Sharifda buyurilgan qoidalarni

sidqidilna bajarish orqali kishilar poklik va boqiylikka erishish mumkin deydi.


background image

116

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD 4-SON , 2-QISM (YOʻITJ)

So‘fi Ollohyor til ilmi bilan ham astoydil shug‘ullangan. Allomaning ijodini o‘rganish, uning

asarlarini yangicha talqinlarda xalqimizga yetkazish hozirgi kunlarimizda eng dolzab

masalalardan birib bo‘lib kelmoqda.

So‘fi Ollohyorningasarlarida axloq-odob, o‘zaro do‘stlik munosabatlari, qarindosh, ota-ona va

farzandlarning haq-huquqlari, mehr-oqibat, halollik, poklik adolat, inson-tavfiqni targ‘ib qilish

bilan bir qatorda zulm kabi illatlarga nafrat tuyg‘ulari o‘z aksini topgan. Ular yosh avlodni

ma’naviy barkamollik ruhida tarbiyalashdek umuminsoniy maqsadlarimizga erishishimizda

juda ulkan hissa qo‘shadi deb hisoblaymiz.

Adabiyot ro‘yxati:

1.

Siddiqov M. IN THE GHAZALS OF FUZULI AND SOUFI OLLOYOR ONE AFFINITY

//INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN:

2277-3630 Impact factor: 8.036. – 2023. – Т. 12. – №. 09. – С. 126-132.

2.

Ergashovna A. B. Use Of Sofi Alloyor's Moral And Educational Knowledge In Improving

Social And Cultural Skills Of Students //Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical

Developments. – 2025. – Т. 3. – №. 02. – С. 29-38

3.

QARSHIEV I. SO ‘FI OLLOYOR ASARLARIDA BADIY ISTETIK G ‘OYALARI VA

QARASHLAR TAHLILI //News of the NUUz. – 2024. – Т. 1. – №. 1.2. – С. 119-122.

Библиографические ссылки

Siddiqov M. IN THE GHAZALS OF FUZULI AND SOUFI OLLOYOR ONE AFFINITY //INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 8.036. – 2023. – Т. 12. – №. 09. – С. 126-132.

Ergashovna A. B. Use Of Sofi Alloyor's Moral And Educational Knowledge In Improving Social And Cultural Skills Of Students //Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments. – 2025. – Т. 3. – №. 02. – С. 29-38

QARSHIEV I. SO ‘FI OLLOYOR ASARLARIDA BADIY ISTETIK G ‘OYALARI VA QARASHLAR TAHLILI //News of the NUUz. – 2024. – Т. 1. – №. 1.2. – С. 119-122.