58
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
XORIJDA TAHSIL OLAYOTGAN QIZLARDA
VATANPARVARLIK TUYG’USINI SHAKLLANTIRISHNING
PSIXOLOGIK JIHATLARI
Odiljonova Aziza Abduxakimovna
ADU Umumiy psixologiya kafedrasi dotsenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14650334
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 3-yanvar 2025 yil
Ma’qullandi: 5-yanvar 2025 yil
Nashr qilindi: 13-yanvar 2025 yil
Maqolada vatanparvarlik tuyg`usining ijtimoiy
psixologik mohiyati va shaxs shakllanishidagi
ahamiyati yoritib berilgan. Xorijda tahsil
olayotgan talaba-qizlarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash jarayoni ma’naviy-ahloqiy sifatlarni
kamol
toptirishda
alohida
o’rin
tutadi.
Vatanparvarlik tarbiyasi-bu yosh avlodga jamiyat
hayotida barcha zarur huquqlarni ta’minlashga
xizmat qiluvchi davlat va yoshlar o’rtasidagi
munosabatlarni tartibga soluvchi, mavjud axloqiy-
huquqiy bazaga asoslanadi. Ushbu yo’nalishdagi va
hozirgi sharoitlardagi barcha ishlar mamlakat
me’yoriy-huquqiy
bazasini
takomillashtirish
zarurati bilan bog’liq.
Talabalar, vatanparvarlik, axloqiy
sifatlar, yoshlar siyosati, ma`naviy
tarbiya, oʻzlikni anglash, fuqarolik
tarbiyasi.
Vatanparvarlik tarbiyasi masalasiga mamlakatimizda davlat siyosati darajasida qaralmoqda.
Bu bejiz emas. Umuman, Sharq xalqlari, jumladan Oʻzbekiston hududida tarbiya masalasi
hayotning iqtisodiy omillarida ustun qoʻyiladi. Buning zamirida insonlarning iqtisodiy
ehtiyojlaridan koʻra ma'naviy ehtiyojlarini qondirish masalasi ustun ekanligini koʻrishimiz
mumkin. Yurtimizdan etishib chiqqan buyuk vatandoshlarimiz, mutafakkirlar, donishmand va
siyosatchilar tarbiya va axloq masalasiga yakdillik bilan ijobiy va jiddiy munosabatda boʻlishni
ta'kidlashadi. Imom al-Buxoriy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud
Koshgʻariy, Xorazmiy, Kaykovus, Alisher Navoiy, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur
kabi salaflarning ilmiy-ijodiy merosida yoshlar tarbiyasi masalasi asosiy mavzulardan biri
sifatida qaralgan.
Yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining asosiy faoliyat yoʻnalishlari uning
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatidan mazmunan farq qilishini koʻrsatadi:
- yoshlarning qonuniy
manfaatlarini
himoya qilish
va
ularda
fidoyilik hissini qaror toptirish;
-yoshlarni
mamlakat istiqboli
uchun
mas'uliyatni
zimmasigaoladigan siyosiy etakchilar sifatida tarbiyalash;
-yoshlarni
tadbirkorlikka
jalb
qilish
va bandigini
ta'minlash, intelektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish;
-
yoshlarni turli mafkuraviy taxdidlardan asrash va ularni kitobgaqiziqtirish;
-
yoshlar oʻrtasida oilaning muqaddasligini targʻib qilish, yoshlar oʻrtasida
huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish;
59
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
-
uyushmagan yoshlarni boʻsh vaqtini band qilish maqsadida ularnisport, ijodiy
va boshqa toʻgaraklarga jalb qilish va boshqalar.
Inson oʻz hayoti davomida ma’lum bir joy, makon bilan umrbod bogʻliq boʻladi. Uning hayoti,
faoliyati shu makonga uning mavjud boʻlgan sharoitlariga bogʻliq holda shakllanadi. Inson bu
makonni Ona – Vatan deb qadrlaydi. “Barchamizga ma’lumki, inson oʻzligini anglagani, nasl –
nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuygʻusi ildiz otib, ulgʻaya boradi.
Bu ildiz qancha teran boʻlsa, tugʻilib oʻsgan yurtga muhabbat ham shu qadar yuksak boʻladi” –
deb koʻrsatib oʻtadi birinchi prezidentimiz Islom Karimov. Oʻsib kelayotgan yoshlarda
vatanparvarlik hissini paydo boʻlishi, oʻziga xos holda ijtimoiy – psixologik jarayonlar, insonga
va uning bilimi, malakasiga bogʻliq holda shakllanadi.
Vatanparvarlik tuygʻusi insondan, jamiyatdan oʻzlikni anglash ya’ni vatan manfaatlari yoʻlida
tinmay xizmat qilishni, uning ehtiyojlarini sezib turishni talab qiladi. Bu tuygʻu insonning
ruhiy jarayonlari bilan bogʻliqligi tufayli undan hissiy e’tiborni talab qiladi. Bunda Vatanning
manfaat va ehtiyojlariga diqqat qilishni, bularni sezib turishni, ularni idrok qilib, ijodiy
tafakkur bilan qurollangan holda Vatan taraqqiyoti uchun kuyunishni, ehtiyojlarini qondirish
sari olib boruvchi hissiyotlarni shakllantirishni talab qiladi.
Ma’lumki, xorijda tahsil olayotgan talaba-qizlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
jarayoni ma’naviy-ahloqiy sifatlarni kamol toptirishda alohida o’rin tutadi. Vaholanki,
qizlarda o’z Vatanini himoya qilishi uchun zarur bo’lgan g’oyaviy- siyosiy, ma’naviy-
psixologik va axloqiy sifatlarni rivojlantirish bo’yicha tizimli, maqsadga yo’naltirilgan
faoliyatni belgilaydi hamda bu harbiy-texnik bilimlar, shaxsni jismoniy va ruhiy holatini
takomillashtirishga turtki beradi.
Yuqorida keltirilgan vatanparvarlik tarbiyasi mohiyatiga tayanib, u o’zining belgilangan
chegaralari, sifatli tavsiflariga egaligi bilan ajaralib turadi. Bu uning o’ziga xos
xususiyatlari, maqsadlari, vazifalari, yo’nalishlari va vositalarini ajratishga imkon beradi.
Xorijda tahsil olayotgan talaba-qizlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jamiyatda o’zining
shaxsiy sifatlarini ijtimoiy yo’naltirish bo’yicha asosiy vazifasini bajaradi, ya’ni inson omilini
mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga faol, motivatsion-maqsadga yo’nalgan
ta’sir etish orqali yo’naltiradi.
Xorijda tahsil olayotgan talaba-qizlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda fuqarolik
tarbiyasi alohida o’rin tutadi. Chunki, fuqarolik tarbiyasi – bu huquqiy madaniyatni, aniq
fuqarolik vaziyatini, o’z xalqiga ongli va ixtiyoriy xizmat qilishga tayyorlikni shakllantirishdir.
Fuqarolik tarbiyasi insonning sifatlari, integrativ xususiyatdagi xususiyatlar majmuini
ifodalovchi fuqarolik kabi ta’rif bilan tavsiflanadi. Insonning sifatlari, integrativ xususiyatlar
majmuiga vatanparvarlik, insonparvarlik axloqiy qadriyatlarga yo’nalganlik, qadr- qimmat
hissi, umuminsoniy birdamlik, ijtimoiy adolat va javobgarlik hamda o’zini-o’zi anglash
zarurati, fikr erkinligi, shaxslararo va millatlararo muloqot madaniyati va boshqalar
kiritiladi[35].
Vatanparvarlik tarbiyasi-bu yosh avlodga jamiyat hayotida barcha zarur huquqlarni
ta’minlashga xizmat qiluvchi davlat va yoshlar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi,
mavjud axloqiy-huquqiy bazaga asoslanadi. Ushbu yo’nalishdagi va hozirgi sharoitlardagi
barcha ishlar mamlakat me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish zarurati bilan bog’liq.
Jumladan, xorijda tahsil olayotgan talaba-qizlarda vatanparvarlik tarbiyasini o’z kindik qoni
to’kilgan yurtiga muhabbat hissini, milliy an’analar va madaniyatga hurmatini shakllantiradi
hamda o’z xalqi uchun faxr hissini uyg’otadi.
Adabiyotlar ro`yxati:
60
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
1.
Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб халқимиз
биланбирга қурамиз. –Т.; «Ўзбекистон», 2017.-488 бет.
2.
Авлоний А. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. Т.: Адолат. – 1992. -44б.
3.
Калканов Э.Т. Ватанпарварлик шаклланиши ва амал қилишининг боғлиқлик
қонуниятлари (ижтимоий-фалсафий таҳлил). Фалс. фан. ном. дис. автореф. – Тошкент,
2011;
4.
Касимова, Т.А., Яковлев Д.Е. Патриотическое воспитание школьников:
Методическое пособие. - М.: Айрис-пресс, 2013. - 64 С.
5.
Константинов Н.А, Медынский Е.Н., Шабаева М.Ф. История педагогики: М.:
Педагогика, 2013. 180 с
