41
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
DESTRUKTIV XULQ-ATVOR KO‘RINISHLARINING
IJTIMOIY PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Sayfulloyev Qodirjon Botir oʻgʻli
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti
Psixologiya (faoliyat turlari ) mutaxassisligi magistranti
Ilmiy rahbar:Psixologiya fanlari nomzodi,
dotsent
Z.E.Abduraxmanova
https://doi.org/10.5281/zenodo.14637135
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 3-yanvar 2025 yil
Ma’qullandi: 5-yanvar 2025 yil
Nashr qilindi: 13-yanvar 2025 yil
Ushbu maqolada shaxs og‘ishgan xulqining
ko‘rinishlari hamda ularning tavsiflari, turlari,
xulqiy-og‘ishlarning salbiy oqibatlari va ijtimoiy
me’yor ko‘rinishlari kabi yetakchi mezonlar ochib
berishga harakat qilingan.
Destruktiv xulq, deviant xulq,
delinkvent xulq, biologik nazariya,
destruktiv ustanovka.
Insonning ijtimoiylashuvi su’niy xarakter kasb etib, u shaxs sifatida boshqa insonlar
o‘rtasidagina shakllana oladi. Agar u insoniy munosabatlardan holi bo‘lsa, o‘zidagi yovuzlik
yoki hayvoniy tabiatidan xalos bo‘la olmaydi. Insondagi bu tabiiy xususiyatni Abu Nasr
Farobiy quyidagicha ifodalaydi: “Har bir inson o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash
va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi
bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj
tug‘iladi.
Jamiyat hayotida yoshlar tomonidan sodir etiladigan barcha xatti-harakatlar jamiyat aʼzolari
tomonidan ikki xil, yaʼni ijobiy va salbiy baholanishi mumkin. Bugungi kunda yoshlar
jamiyatning asosi va uning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadigan kuchdir. Yoshlarning
ma’naviy va jismonan barkamol yetukligi davlat qudratining belgisidir. Ammo bugungi
globallashuv davrida jamiyat hayotida ta’lim va tarbiya uyg‘unligini ta’minlash juda
murakkabdir. Buning sababi ijtimoiylashuv jarayoniga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy
kuchlarning mavjudligi bilan belgilanadi. Globallashuvning salbiy tomonlari, axborot
texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi jamiyat madaniyati, ma’naviyati, axloq
me’yorlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jamiyat hayotida vujudga kelayotgan salbiy g‘oyalar
yoshlar ongida yoyilmoqda va o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda va natijada yoshlar ongida salbiy
o‘zgarishlar va xatti-harakatida og‘ishlarni vujudga keltirmoqda. Eng katta qamrovga ega
bo’lgan deviant xulq-atvor shular jumlasidandir.
Deviant Xulq-Atvor Tushunchasi, Turlari (Delikvantlik)
-jamiyatda mavjud ijtimoiy me‘yorlardan chetga chiqish holatlarini- deviant xulq atvor
sotsiologiyasi o‘rganadi
-amiyatda o'rnatilgan axloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki hatti-harakat,
ijtimoiy hodisa bo‘lib, yolg‘onchilik, dangasalik, o‘g‘irlik, ichkibozlik, giyohvandlik, o‘z joniga
qasd qilish kiradi.
Deviatsiya (lotincha chetga og‘uvchi fe’l-atvor degan ma’noni beradi) ko‘pgina hollarda sotsial
sanktsiyalarga muhtoj bo‘ladi. Deviant xulq-atvor jamiyatda o‘rnatilgan axloq me’yorlariga
mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo‘lib, yolg‘onchilik,
ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish va boshqalardir. Deviatsiyaning shunday
ko‘rinishlari borki, ular odamlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar normalarining buzilishi bilan
42
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
bog’liq bo‘lib, jamiyatga jiddiy zarar yetkazmaydi. Ular ijtimoiy fikr va o‘zaro munosabatlar
qatnashchilarining o’zlari tomonidan boshqariladi. Shaxs bu insonning jismoniy tabiati emas,
balki uning ijtimoiy sifatidir.Shaxs ehtiyojlari uning manfaatlari orqali namoyon bo‘ladi.
Manfaatlar esa uni maqsadli faoliyatiga yo’llaydi. Kishilarning ijtimoiy munosabatlari ularning
xulqlarida ,eng avvalo manfaatlar tarzida namoyon bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida shaxs
faoliyatining maqsadini, mazmuni va mohiyatini ifodalaydi.
Deviant og‘ishish, odob-axloq normalaridan og‘ish;
Delekvent xulq-atvor, huquq normalarining unchalik sezilarli bo’lmagan darajada buzilishi;
Jinoiy xulq-atvor, jinoiy huquq normalarining jiddiy ravishda buzilishi;
Deviant xulq-atvor har bir davrning o‘ziga xos muammosi hisoblanadi. Shuning uchun ham
har bir sotsiolog bu xulq-atvor turini o‘rganib, o‘zlarining ilmiy qarashlarini bildirib o‘tgan.
Deviant xulq-atvorning madaniy jihatlari asoschisi Y.I.Gilinskiy ushbu atamani muomalaga
kiritdi. Shunday bo‘lsada ilk tadqiqotlar boshida E. Dyurkgeym turadi. Bugungi kunga kelib
esa deviant xulq-atvor muammolari tadqiqotchilari tomonidan katta qiziqish bilan
o‘rganilmoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra, deviant xulq-atvorning asosiy shakllari sifatida Y.I.
Gilinskiy va V.S. Afanasevlar quyidagilarni keltirib o‘tishadi: ichkilikbozlik va alkogolizm;
narkomaniya; jinoyatchilik; o’z joniga qasd qilish; gomoseksuallik.
Deviantni guruh yoki jamiyatda ko’pchilik odamlar tomonidan qabul qilingan me’yor va
me‘yorlar yig‘indisiga mos kelmaslik deb aytish mumkin. Chunki, xulq atvorning umumiy
qoidalarini ko‘pchiligimiz buzamiz. Ko‘pchilik kichik o‘g‘irliklar, masalan, do‘kondan biror
narsaga haq to‘lamay shaxsiy manfaatlar yo’lida foydalanish uchun olib ketish hollariga yo‘l
qo‘yganmiz.
Deviant xulq-atvorning nisbatan keng tarqalgan shakllari:
•
Jinoyatchilik-muayyan davlatda o‘rnatilgan qonun va me’yorlarga nisbatan
ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoiy faoliyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi.
•
Deviant xulq-atvorning nisbatan keng tarqalgan shakllari:
•
Ichkilikbozlik. Bu borada ilmiy adabiyotlarda bir necha tasniflar mavjud:
•
1.Alkogolni har-har zamonda iste’mol qilish.
•
2.Alkogolni ko‘p iste’mol qilish —spirtli ichimliklarni muntazam, ya’ni
haftada bir martadan bir necha martagacha yoki birvarakayiga o‘rtada tanaffus bilan ko‘p
mikdorda (200 ml.dan oshiq). Bu ko‘pincha alkogolizmga olib keladi.
•
3.Alkogolizm —spirtli ichimliklarga patologik (muttasil) o‘rganib qolish bilan
tavsiflanuvchi kasallik.
•
Susid.
•
Giyohvandlik-Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga muntazam ruju qo‘yish
va tibbiy ko‘rsatmalarsiz iste’mol qilish.
E.Dyurkgeymning ta’kidlashicha deviant hulq jamiyatda me’yoriy nazorat
susayganda yuzaga keladi. R.Mertonning nazariyasida esa, jamiyatda ma’naviy qadriyatlar
inson tomonidan ob’ektiv ravishda qabul qilinmay, qadriyatlar tizimi yemirilishni
boshlaganda vujudga keladi. Ijtimoyilashuv jarayonida deviant xulq -atvorga oilada va
o‘smirning atrof-muxitida yetakchi bo‘lgan tarbiyaviy holat asos solinadi. Byuler jismoniy
pubertat bilan bir katorda psixik pubertatni xamda uning ichidagi 3 ta fazani ajratdi.
Birinchisi bu psixik pubertatlikning arafasi bo‘lib, 11-12 yoshli o‘smirda quyidagi alohida
belgilar paydo bo‘ladi: beboshlik, urushqoqlik, bolalar o‘yinlari unga kizik ko‘rinmaydi,
o‘zidan kattaroq o‘smirlarning o‘yinlari esa tushunarsiz bo‘ladi.
Insondagi destruktiv xulq tabiati hozirga qadar psixologiya fanida hali yaxshi o‘rganilmagan
muammolardan biri sanaladi.
Bu muammo 20-asrning o‘rtalarida shakllangan. Psixologik yondoshuv shaxsning og‘ishgan
xulqidagi alohida ko‘rinishlarini ijtimoiy-psixologik tafovutini ajratishga asoslangan.
Psixologik tasniflar quyidagi mezonlar asosida quriladi:
•buzilgan me’yor turi;
43
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
•axloq va uning motivatsiyada psixologik maqsad;
•ushbu axloq oqibati va u keltirgan zarar;
•axloqning shaxsiy-uslubiy tavsifnomasi.
Shuni ta'kidlash zarurki, “Og‘ishgan xulq” atamasini 5 yoshdan kichik bo‘lmagan bolalarga
nisbatan qo‘llash mumkin, qat'iy ma'noda esa 9 yoshdan keyin qo‘llashimiz mumkin. 5
yoshdan oldin bolaning ongida ijtimoiy me’yorlar haqidagi zaruriy tasavvurlar bo‘lmaydi, o‘z-
o‘zini nazorat qilish esa kattalar yordamida amalga oshiriladi. Faqat 9-10 yoshidagina bolada
ijtimoiy me’yorlarga mustaqil rioya qilish qobiliyatining mavjudligi haqida gapirish mumkin.
Agar 5 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarda axloqi yosh me’yoridan ahamiyatli tarzda og‘sa,
bunda uni yetilmaganlikning, asabiy reaksiya yoki psixik rivojlanish buzilishining bir
ko‘rinishi sifatida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Destruktiv xulq bolalikdagi salbiy
emotsional kechinmalar, ota onaning bolaga nisbatan emotsional sovuqqonligi natijasida
zarur vaqtlarda ulardan yetarli darajada mehr-muhabbatga ega bo‘lmaganligi, nasliy omillar
bo‘lishi ham mumkin. Z.Freyd inson xulqida 2 ta asosiy instinkt borligini ta’kidlaydi: Eros - bu
hayot isntinktidir. Undagi quvvat, hayotni saqlash, qayta tiklashga yo‘naltiradi. Tanatos – o‘lim
instiktidir. Undagi quvvat hayotni vayron qilish va to‘xtatishga yo‘naltiradi. Destruktiv xulq
barcha insonlar uchun xosdir. Ayrim insonlarda bu xulq shunchalik kuchliki, ularning
jamiyatdagi o‘rnini va xulqini belgilaydi.Destruktiv xulq ko‘rinishlarini namoyon bo‘lishida
negativ ustanovkalar -shaxsning atrofdigilarning aksariga nisbatan salbiy munosabatlari
natijasida shakllanadi Biz shaxs og‘ishgan xulqining turli ko‘rinishlari ikkita - o‘ziga yoki
boshqalarga qarama-qarshi yo‘nalishli “destruktiv axloq”ning yagona o‘qida joylashganini
ko‘ramiz. Inson tarbiyasida eng birinchi va eng muhim ijtimoiy nazorat instituti bu -oiladir.
Farzand tarbiyasida va barkamol avlodni shakllantirishda sog‘lom oila muhitining o‘rni
kattadir. Bola tug‘ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi.
Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi,
farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi. Jamiyat a’zolari
shaxsiy nuqtayi nazarlarining shakllanishiga, ularning deviant xulq-atvorga nisbatan ijtimoiy
faol munosabatlarining tarkib topishiga tarbiyaviy jarayonlar uchun bevosita mutasaddi
shaxslar, tashkilotlar rahbarlarining o‘rni va roli kattadir. “Ba’zilarga mumkin, boshqalarga
mumkin emas”, “hozir yaxshi, ertaga yomon” va shu kabi munosabat holatlarining ikkilamchi
fe’l-atvor shaklida, ya’ni parallel stan
dartlar yo‘nalishida amal qilishiga izn berish juda xavflidir. Shu boisdan, har qanday
holatlarda ham mansabdor shaxslar, turli jamoat tashkilotlari va mehnat jamoalarining
rahbarlari, pedagog va tarbiyachilar, qonunni himoya qiluvchi tashkilotlar vakillarining xulq-
atvor me’yorlarini buzishi qat’iy qoralanadi.
Deviant xulq-atvor turlariga kiruvchi ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘z-o‘zini o‘ldirishlar bilan
bog‘liq ijtimoiy illatlarning har biri yuzaga kelishi va sotsial oqibatlariga ko‘ra mohiyatan
farqli jihatlarga egadir. Birinchi farq, ijtimoiy zararli odatlarning uzoq davom etishi deviant
xulqi turmush tarzining uzviy bo‘lagiga aylanib ketishidan iborat bo‘ladi. Doimiy oilaviy
kelishmovchiliklar, oila va atrof-muhitdan norozilik, uydagi tushunmovchiliklar va hokazolar
— bularning barchasi sub’ekt ruhiyatini jarohatlaydi hamda u mavjud vaziyatni o‘zgartirishga
urinadi. Jamiyatda insonlar faoliyati, xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini ijtimoiy me’yorlar
boshqaradi. Destruktiv xulq-atvorni bartaraf etish, ijtimoiy me’yor jamiyat boshqaruvining
ijralmas qismi bo’lib, shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan ijtimoiy muhitga
moslashtiruvchi qoidalarga amal qilinishiga erishib borishimiz kerak.
Ilm-maʼrifat va kasb-hunarga intilish, oilani muqaddas bilish, maʼnaviy poklik, kattalarga
hurmat kichiklarga izzat, qadriyatlarimizga sadoqat kabi ezgu fazilatlar azaldan xalqimiz
millatimizning qonida boʻlib kelgan. Biz mana shunday bebaho merosimizni nafaqat
asrashimiz, balki uni yanada boyitishimiz kelgusi avlodlarga bezavol yetkazishimiz kerak.
Qanchalik qiyin boʻlmasin, biz yoshlar tarbiyasi boʻyicha oʻzimizga xos va taʼsirchan, bugungi
kunga hamohang usullarini izlab topishimiz kerak. Jondan aziz farzandlarimizni buzgʻunchi va
44
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
zararli gʻoyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, loqaydlik, maʼnaviy qashshoqlik kayfiyatidan
asrashimiz zarur. Bunday salbiy holatlarni bartaraf etishda barchamiz, avvalo, siz aziz yoshlar
faol boʻlishingiz kerak.
Xalqimizning maʼnaviy qudrati va boqiy anʼanalarini asrab-avaylash va butun dunyoga
tarannum etishga sizlar albatta qodirsiz» - dedi Sh.M. Mirziyoyev. Yoshlar oʻrtasidagi
jinoyatchilik boʻyicha koʻplab tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, deviant xulq-atvorga ega boʻlgan
yoshlarning qariyb 85%i maktabda tarbiyalangan. Bu sohada amerikalik tadqiqotchilar
oilaviy hayotdagi noqulay deb belgilovchi 4ta asosiy omilni aniqladi:
- oʻta qattiq otalik intizomi (qoʻpollik, isrofgarchilik, tushunmovchilik)
- onalik nazoratining yetarli emasligi ( befarqlik, beparvolik)
- otalik va onalik mehrining yetarli emasligi (sovuqlik, dushmanlik)
- oilada hamjihatlikning yoʻqligi (janjal, dushmanlik, oʻzaro dushmanlik)
Bu omillarning barchasi bolaning oilaning oilada ijtimoiylashuv jarayoniga va pirovardida
deviant xulq-atvorli shaxsni tarbiyalashga sezilarli taʼsir koʻrsatadi.
Atrof-muhitning taʼsiri deviant xulq-atvor vujudga kelishida katta rol oʻynaydi. Chunki individ
shaxs boʻlib yetishishi uchun atrof-muhit bilan bevosita bogʻlanib turadi va shaxslararo
munosabatlar orqali moslashadi. Jamiyatda oʻrnatilgan normalar va ijtimoiy nazoratning
to'gʻri tashkillashtirilgani yoshlarda ushbu xulq-atvor rivojlanishi uchun himoya vazifasini
oʻtaydi.
Texnika texnologiyalar asrida biz yoshlarimizni dunyodan uzib qoʻya olmaymiz, balki ushbu
dunyoga madaniyatli, maʼnaviy immuniteti yuqori boʻlgan yoshlarni tarbiyalab berishimiz
mumkin. Shunday qilib, deviant xulq-atvorli yoshlar jamiyat «kasalligi», “og‘ir nuqatsi”, desak
bo”ladi.
Bu “kasallik” insonning yetuklik davriga tez yuqadigan kasallik hisoblanibayniqsa oʻsmir
yoshdagilarga boshqalarga nisbatan tez yuqib, butun jamiyatni oxir-oqibat yoʻq qilish
xususiyatiga ega bo ‘lgan kata hamda xavfli dushandir. Bu dushmanga tobe bo‘lmaslik uchun
yoshlarni bu kasllikka nisbatan imunitet hosil qilishlari uchun oilada, MTM da, maktab va
mahalla hamkorligi ishlari samaralidir. Oqilona yuritilayotgan siyosat va islohotlar bu
muammoning avj olishiga mustahkam devor boʻla oladi deb oʻylaymiz.
Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati:
1. “Deviant xulq-atvor psixologiyasi” L.M.Xakimova.Toshkent 2014.
2. “Oʻsmirlik davrida psixopat buzilishlarini tadqiq qilish”G.K.Toʻlaganova.
3. “Yoshlar sotsiologiyasi”oʻquv qoʻllanma.
4. "Umumiy sotsiologiya " oʻquv qoʻllanma.
5. Abduqodirova D., Pardaboyeva M. THE ROLE OF EMOTIONAL CREATIVITY IN
STUDENTS'DECISION-MAKING //INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-
HUMANITARIAN SCIENCES. – 2024. – Т. 1. – №. 7. – С. 27-30.
6. Abdusamatova, S. (2023). Some aspects of self-development and self-knowledge, and
effective assessment methods. Science and innovation, 2(B5), 420-423.
7. Sh.Umarova 2024. Psychological Features Of Workers And Factors Affecting
Them.
Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments
. 2, 9 (Sep. 2024), 52–63.
8. X.Raximova 2024. Current Role And Requirements Of Digital Pedagogy.
Pedagogical
Cluster-Journal of Pedagogical Developments
. 2, 9 (Sep. 2024), 38–51.
9. Zukhra Mirzotilloyevna Radjabova. (2023). Features Of Adolescent And Teacher
Cooperation In The Current Period In Choosing A Profession. Diversity Research: Journal of
Analysis
and
Trends,
1(3),
210–215.
Retrieved
from
https://academiaone.org/index.php/2/article/view/131
10.
Ozodqulov,
O.
.
(2024).
VATANPARVARLIK
RUHINI
TALАBALARDA
RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. Центральноазиатский журнал
45
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
академических исследований, 2(10 Part 2), 37–41. извлечено от
academy.uz/index.php/cajar/article/view/38469
11.
Zilola Dilmurodova. (2024). PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL NATURE OF
ABILITY. European Journal of Interdisciplinary Research and Development, 27, 1–4. Retrieved
From
https://ejird.journalspark.org/index.php/ejird/article/view/1092
12.
Avlayev, O.; Mirqosimova, H. (2023). O'quvchilarning o'z-o'zini boshqarish
qobilyatini o'rganish usullari. Maktab va hayot, 3(157), 4-7.10.
13.
Saodat, Y. (2023). Clarification of professional awareness in future educators.
Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 2(4), 185-188.11.
14.
Samarova, S. R. (2024). Features of personality and professional abilities of a teacher
of a preschool educational organization. European Science Methodical Journal, 2(6), 393-397.
15.
Norova,N.O.,&Bekmatov,B.D.(2021).Etnikpsixologiya va milliy psixologik qiyofa.
Academic research in educational sciences, 2 (12), 1262-1270.
16.
Burteshova,A.B.
(2023).
Agresiv
hulq
atvorning
gender
farqlari.
Перспективыразвития, 1 (1),354-360.12.
17.
Абдурасулов
,
Ж.
2024.
ҲАРБИЙ
ЖАМОАНИНГ
ПСИХОЛОГИК
АСПЕКТЛАРИ.
Бюллетень педагогов нового Узбекистана
. 2, 2 (фев. 2024), 59–65.
18.
Жўраев , Ш. ., & Абдурасулов , Ж. (2024). ҲАРБИЙ ЖАМОАДАГИ ИЖТИМОИЙ
ФИКР. Журнал академических исследований нового Узбекистана, 1(2), 97–103.
