ALOHIDA TA’LIMGA EHTIYOJI BO‘LGAN BOLALAR PSIXOLOGIYASI

Аннотация

Mazkur maqola inson psixik rivojlanishining umumiy va xususiy qonuniyatlari, xususan, rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari, ruhiy rivojlanish dinamikasi va bu jarayonga ta’lim-tarbiyaning ta’siri haqida ilmiy tahlilga asoslangan. Mualliflar nuqsonli bolalarning ruhiy rivojlanishida turli omillarning, jumladan, tashqi muhit va biologik sharoitlarning o‘rni hamda ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyatini ochib beradi. Maqolada amerikalik psixolog E. Tomdayk, rus olimlari L. S. Vigotskiy va J. I. Shif, shuningdek, xorijiy tadqiqotchilarning nuqsonli bolalar taraqqiyoti to‘g‘risidagi qarashlari yoritilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2024
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Abdullayev , B. ., & Murodova , D. . (2025). ALOHIDA TA’LIMGA EHTIYOJI BO‘LGAN BOLALAR PSIXOLOGIYASI. Журнал академических исследований нового Узбекистана, 2(1), 17–20. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/yoitj/article/view/62495
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqola inson psixik rivojlanishining umumiy va xususiy qonuniyatlari, xususan, rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari, ruhiy rivojlanish dinamikasi va bu jarayonga ta’lim-tarbiyaning ta’siri haqida ilmiy tahlilga asoslangan. Mualliflar nuqsonli bolalarning ruhiy rivojlanishida turli omillarning, jumladan, tashqi muhit va biologik sharoitlarning o‘rni hamda ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyatini ochib beradi. Maqolada amerikalik psixolog E. Tomdayk, rus olimlari L. S. Vigotskiy va J. I. Shif, shuningdek, xorijiy tadqiqotchilarning nuqsonli bolalar taraqqiyoti to‘g‘risidagi qarashlari yoritilgan.


background image

17

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)

ALOHIDA TA’LIMGA EHTIYOJI BO‘LGAN BOLALAR

PSIXOLOGIYASI

Abdullayev Bobur Asqarjonovich

Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(Phd)

Murodova Dilsora Dilshodovna

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti

magistratura 2-bosqich magistri

muradova0307@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14619804

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 3-yanvar 2025 yil

Ma’qullandi: 5-yanvar 2025 yil

Nashr qilindi: 8-yanvar 2025 yil

Mazkur

maqola

inson

psixik

rivojlanishining umumiy va xususiy qonuniyatlari,

xususan, rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning

o‘ziga

xos

xususiyatlari,

ruhiy

rivojlanish

dinamikasi va bu jarayonga ta’lim-tarbiyaning

ta’siri haqida ilmiy tahlilga asoslangan. Mualliflar

nuqsonli bolalarning ruhiy rivojlanishida turli

omillarning, jumladan, tashqi muhit va biologik

sharoitlarning o‘rni hamda ularning ta’lim

jarayonidagi ahamiyatini ochib beradi. Maqolada

amerikalik psixolog E. Tomdayk, rus olimlari L. S.

Vigotskiy va J. I. Shif, shuningdek, xorijiy

tadqiqotchilarning nuqsonli bolalar taraqqiyoti

to‘g‘risidagi qarashlari yoritilgan.

bolalar,

psixologik

xususiyatlar, maxsus psixologiya, aqli
zaif bolalar, bilish jarayonlari,
psixologik holatlar.

Inson - biosotsial mavjudotdir. Uning birligi, bir tomondan, kishining psixik, tug‘ma ravishda

tashkil topgan xususiyatlari ikkinchi tomondan esa faoliyatinig ongli subyekti va ijtimoiy

taraqqiyotning faol ishtirokchisi sifatida uning xulq-atvor xususiyatlarida namoyon bo‘ladi. Bu

yo‘nalish tarafdorlaridan, amerikalik psixolog E.Tomdayk o‘quvchilaming tarbiyaviy kuchlari”

va “tug‘ma mayllar”i psixik rivojlanishmng yetakchi omili qilib ko‘rsatib, muhiming, ta’lim-

tarbiyaning ta’siri - ikkinchi darajalidir deb aytadi. Psixologlar psixik rivojlanishning umumiy

qonuniyatlari borligini qayd etib ko‘rsatmoqdalar. Biroq muhit ta siriga nisbatan bu

qonuniyatlar ikkilamchidir, chunki bu qonuniyatlarning о‘ziga xos xususiyatlari hayot

sharoitiga, faoliyatga va tarbiyaga bog'liqdir.

Mana shunday umumiy qonuniyatlarga birinchi navbatda psixik rivojlanishning notekisligi

kiradi. Buning mohiyati shundan iboratki, har qanday sharoitda, hatto ta’lim va tarbiyaning

eng qulay sharoitlarida ham shaxsning turli psixik belgilari, funksiyalari va xususiyatlari

rivojlanishning bitta darajasida to‘xtab turmaydi.

Normal rivojlanayotgan bolalar va nuqsonli bolalar о‘rtasidagifarqlarga katta ahamiyat

berilgan. Ammo, ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va umumiyliklar esa e’tibordan chetda qolgan.

Bunday munosabat, ya’ni faqat farqli tomonlarinigina e’tiborga olish bevosita turli xil nuqsonli

bolalaming ta’lim-tarbiya jarayoniga hamda jamiyatning munosabatida ham o‘z aksini

topdi.Bunday bolalaming potensial imkoniyatlarini rad etish natijasida ta’lim jarayonining

faqatgina bolaning aktual rivojlanish zonasigagma qaratilishiga olib keldi.

Buning oqibatida esa ko‘plab bolalarga ta’limga layoqatsiz, rivojlanishga qodir emas deb

qaraldi. Qator ilmiy-tajriba kuzatishlarining ko‘rsatishicha, aqli zaif va normal bolalar

taraqqiyoti yagona, umumiy rivojlanish qonuniyatlari asosida amalga oshar ekan. Normal


background image

18

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)

rivojlanishning barcha bosqichlarida dinamik tarzda amalga oshsa, aqli zaif bolalar rivojida

birmuncha chetga chiqish ko‘zga tashlanar ekan. Aqli zaif bolalar rivojlanishi bosh miya

nuqsoni asosida kechar ekan. Demak, aqli zaif bolalar markaziy asab tizimining turli

tomonlari, ruhiy jarayonlar adinamik tarzda rivojlanadi.Ma’lumki, alohida ta’limga ehtiyoji

bo‘lgan bolalar tafakkurining rivojlanmasligi asosida bosh miya po‘stloq ostki qismlar

faoliyatining buzilishi yotadi. Pedagoglar fikricha, aqli zaif bola taraqqiyoti davomida nazariy

bilimlami egallab boradi.

Ammo, bolaning aqliy koeffitsiyenti (IQ) o‘zgarmaydi degan fikmi yoqlab chiqqanlar.

Ruhiyatning rivoji og‘ir darajadagi aqli zaiflarda ham davom etadi. Hatto, aqliy nuqson

og‘irlashib boruvchi holatda ham ruhiy rivojlanish davom etadi. Bola ruhiyati har qanday og‘ir

nuqsonda ham rivojlanib borish xususiyatiga ega ekan. J.I.Shifning e’tirof etishicha, “Aqli zaif

bola

ruhiyati,

normal

bola

ruhiyati

kabi

rivojlanish

davrlarini

boshidan

kechiradi”.Ruhiyatning rivojlanish qonuniyatlariga ta’lim-tarbiya ham ma’lum darajada ta’sir

etadi.Bunday bolalar normal tengdoshlaridan ajralib, chetda qoladilar. Aqli zaif bola

ruhiyatining rivoji ichki va tashqi noxush sharoitlar asosida qiyin amalga oshadi.

Asosiy noxush omillarga boladagi qiziqishlaming zaifligini, qiyin o‘quvchanligini, yomon idrok

etishlarini ko‘rsatish mumkin. Bunday bolalardagi bunday xislatlar ichki biologik belgilardir.

Shular asosida aqli zaif bola, bolalar jamoasidan chetda qoladi. L.S.Vigotskiy o‘zining 1936-

yilda chiqqan “Tarraqqiyot diagnostikasi va qiyin bolalikning pedagogik klinikasi” asarida

quyidagi fikrlami bildiradi. “Simpton birlamchi nuqsondan qancha uzoq tursa, shuncha oson

tarbiyaga, davolashga beriladi”. Bu qo‘llanmada nuqsonlilikni erta diagnostika qilishning

ahamiyati ekanligini alohida ko‘rsatib o‘tadi.Mualliflarning ta’kidlashlaricha, ta’limning

dastlabkiyilidagi har taraflama pedagogik ta’sirga qaramay, aqli zaif bolalar rivoji sekin

amalga oshar ekan. Aqli zaif bola taraqqiyotida 3-4 sinflar asosiy rol o‘ynar ekan. Bu yoshlar

da sezilarli siljishlar yuz berar ekan. o‘smirlar davrida, egallangan bilimlar mustahkamlanib

borar ekan. Ammo bilim egallash bilan, uni amalda qo‘llay olish orasida katta farq yuzaga

kelar ekan. Aqli zaif bolalaming ruhiy taraqqiyotida yuqori sinflar yetakchi rol o‘ynar

ekan.Albatta, olimlaming xulosalari asosiy aqli zaif bolalar yuqoridagi yosh davrlariga mos

kelmasligi mumkin.Chet el olimlari orasida ilg‘or fikrli olimlar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Bularga misol qilib, E.Xayssermanni, RZazoni, D.Uortisni ko‘rsatishimiz mumkin. Bu

mutaxassislarning e’tirof etishlaricha, aqli zaif bolalarda ham potensial rivojlanish

imkoniyatlan mavjud ekan.

Aqli zaif bolalar ruhiyatining rivojlanish dinamikasi buzib ko‘rsatuvchi oqimlar ham mavjud.

Bularga misol qilib “chegara”, “taraqqiyotning to‘xtashi”, “taraqqiyot chegarasi”,

“degreneratsiya nazariyasi”, “axloqiy nuqsonlilik” kabi qator noilmiy qarashlami ko‘rsatish

mumkin. Ammo ilg'or chet el olimlarining va rus olimlari tomonidan qo‘lga kiritilgan ilmiy

tajribalarining natijalari yuqoridagi qarashlaming asossizligini allaqachonlar isbot qildi. Inson

ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishida namoyon bo‘ladi. Insonning

borliqni (voqelikni) aks ettirishi-faol jarayondir. Ma’lumki, inson zotining rivojlanini obyektiv

borliqqa (voqelikka) va o‘ziga faol ta’sir ko‘rsatishida sodir bo‘ladi.

Bolaning katta yoshdagi kishilar bilan tashkil qiladigan amaliy faoliyati, masalan, o‘yini,

kuzatishi, mehnati, o‘qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi hamda qizishining barqarorlashuvi,

iqtidorining takomillashishi va boshqalar uning psixik rivojlanishini ifodalaydi. Psixik

rivojlanishning umumiy va xususiy qonuniyatlari norma va patologiyada. Rivojlanishda turli

xil nuqsonlan bo‘lgan bolalami maxsus o‘qitish tajribasi shu turdagi o‘qitish muassasalari

tashkil etilgandan so‘ng birinchi navbatda bilish jarayonlarini psixologik o‘rganishni

jadallashtirdi. Bu jarayon bolalarni materialm o‘zlashtirishdagi lmkoniyatlarini tushunish,

o‘qitish uslublarini tanlash va ulami izohlash uchun zarur edi.

Bulami o‘rganish jarayonida shu narsa ayon bo‘ldiki aqliy rivojlanishi normada bo‘lgan

bolalardagi ruhiy rivojlanish qonuniyatlarini ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan

bolalar uchun ham taalluqlidir. Birinchi marta bu qonuniyat vrach va psixolog T.Y.Troshin


background image

19

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)

tomonidan “Antropologik tarbiya asoslari”, “Nuqsonli bolalaming qiyosiy psixologiyasi”

kitobida 1915-yilda Petrogradda, keyinchalik esa L.S.Vigotskiy tomonidan ta’kidlangan. Bu

qonuniyatga birinchi navbatda ruhiy rivojlanishning bosqichma-bosqich amalga oshishi, ruhiy

funksiyalami rivojlanishida sendetiv davrlaming borligi, oliy ruhiy funksiyalami rivojlanishida

nutqning roli, o‘qitish, o‘rgatishning ruhiy rivojlanishdagi asosiy roli taalluqlidir. Bu esa

boshqa normal va ruhiy buzilishdagi rivojlanishning umumiy qonuniyatlari L.V.Zankov, T.A.

Vlasova, LMSolovyov, T.V.Rozanova, J.LShif va boshqalaming tekshimvlarida ham 1930-yildan

1970-yilgacha ko‘rsatib o‘tilgan. Bu psixologlar va ularning hamkasblanmng ko‘rsatishicha

ong, xotira, tasavvur, aqlning rivojlanish qonuniyatlari normal rivojlanayotgan bolalar uchun

ham eshitishida nuqsoni bo‘lgan yoki aqli zaif bolalar uchun ham umumiydir. Umimiy

xulosaga kelishda psixologiya sohasining yirik mutaxassislari L.S.Vigotskiydan boshlab har xil

davrlarda shug'ullangan olimlaming bolalar ruhiy rivojlanishini o‘rganishi asosiy o‘rin

tutgan.Bu ayrim qarashlarni solishtirishga,maxsus psixologiyadagi bir-biriga zid bo‘lgan

qarashlami yengib o‘tishga imkoniyat yaratdi. Rivojlanishdagi nuqsonlami ayrim turlarini o‘z

ichiga olgan solishtirma tekshiruvlar 1960-yildan boshlab o‘tkazila boshlangan (normada

qanday, patologiyada qanday). Masalan, AQSHda S.Krik va uning hamkasblari turli toifadagi

bolalami psixologik qobiliyatini o‘rganishgan. Furt kar bolalarda hamda turli toifadagi

bolalarda nutqni rivojlanishini o‘rgangan. Buyuk Britaniyada N.O.Konnor solishtirma

tekshiruvlar o‘tkazib aqli zaif va kar bolalarda predmetni anglashga so‘zning roli va ta’sirini

solishtirgan. Bu barcha tekshiruvlar va izlanishlar natijasida normal rivojlanayotgan bolalar

uchun ham umumiy bo‘lgan qonuniyatlar borligi hamda faqat rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan

bolalar uchun alohida qonuniyatlar borligi aniqlangan. Nuqsonli bolalami qiyosiy tekshiruvi

umumiy psixologiya uchun ham ahamiyatga ega. Nuqsonli bolalami ruhiy rivojlanishida

ikkilamchi defektlami kelib chiqishi 1930-yillarda L.S. Vigotskiy tomonidan anomal

rivojlanishning umumiy qonuniyatlari sifatida ta’kidlab o‘tilgan. U ko‘rsatib o‘tganidek

rivojlanishida nuqsoni bor bolalarda ham sotsial muhitda, ham tashqi dunyo bilan bo‘lglan

muloqotdagi buzilish bitta umum qonuniyatda yuzaga chiqadi. Rivojlanishidagi buzilish

muammolarini ko‘rib chiqib J.LShif bu qonuniyatni quyidagicha izohlaydi: “Anomal

rivojlanishning barcha holatlari uchun umumiy bo‘lgani shuki, nuqson natijasida yuzaga

chiqqan oqibatlar anomal bolani shaxs sifatida rivojlanishini buzilishiga olib keladi” bu

bolalarnii hammasida nutq orqali muloqot buzilishi, garchi har xil ko‘rinishda namoyon

bo‘lishidan qat’i nazar o‘rganilayotgan hodisalar guruhida ta’sir qiluvchi qonuniyatlami

o‘rnatilishi va o‘ziga xosligini ko‘rsatish har bir fan doirasidagi muhim vazifalardan biridir.

Barcha turdagi rivojlanishning buzilishlarida qabul qilinishi kerak bo‘lgan ma’lumotning

hajmi (ma’lum vaqt birligida) normadan kamroq bo‘ladi. Nuqsonli bolalarda normal bolalar

qabul qiladigan hajmdagi ma’lumotlami qabul qilish uchun ko‘proq vaqt sarflanadi. Вundan

tashqari sezgirlik chegarasining oshishi (masalan eshitish sustligida) shovqin darajasini

ko‘tarilishiga olib keladi. Bu esa qabul qilinayotgan ma’lumotlarni aniqligiga ta’sir etadi.

Ma’lumotlami qayta ishlanishi sekinlashadi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, kichik sinflardagi aqli zaif bolalar juda e’tiborsiz. Bu

ulami o‘qish, o‘rgatish ishlarida xalaqit beradi.Ular kerakli darajada bajarayotgan ishiga

e’tibor qaratmaydi, chalg‘imasdan ishlay olmaydilar.Bunda ulami qiziqishlarining

rivojlanmaganligi ham ahamiyatga egadir, shunday ekan ularni qiziqishlaridan kelib chiqqan

holda ularga alohida yondoshish samarali uslub hisoblanadi.

Qiziqishlar bola xulqini uyg‘otadi va sotsial faollikni oshiruvchi kriteriylardan biridir. Ulami

atrofdagi predmetlarga bo‘lgan qiziqishi sust. Qo‘zg‘aluvchan bolalar hamma narsaga

talpinadi, mumkin yoki yo‘qligini o‘ylab o‘tirmay ko‘zi nimaga tushsa ushlab oladi. Lekin

ularni qiziqish boshqarmaydi, balki ularga xos bo‘lgan impulsivlik boshqaradi. Ular shu zahoti

ushlagan narsalarini tashlab yuboradi. Chunki u ular uchun qiziq emas. Qo‘zg‘aluvchan

bo‘lmagan oligofrenlar esa atrofdagi hech narsani sezmaganday ko‘rinadi. Ulami e’tiborini

hech narsa bilan tortib bo‘lmaydi. Ular kattalarga juda kam savol beradi.


background image

20

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)

Biron bir predmet haqida mustaqil o‘rganishga harakat qilmaydi, biron bir predmetga

qaratilgan harakati og‘ziga tiqib ko‘rishdan, shu predmet bilan stolni urib ko‘rishdan iborat

bo‘ladi. Ba’zan ular ayamasdan yangi o‘yinchoqlami buzadi, sindiradi.Ular uchun bu odatiy hol

hisoblanadi. Ular qiziqishlarini to‘liq anglamaydi, yaxshi shakllanmagan bo‘ladi. Mana shu

o‘zrinda psixologning bunday bolalalar hayotida hamiyati juda kata sanaladi. Kichik sinfdagi

aqli zaif bolalar o‘quv darslarida faol emas, ayniqsa fikrlash zarur bo‘lgan mashg‘ulotlarda,

o‘qishning qiziqishlari o‘qitish uslubini yorqin berilishiga bog‘liq.

Ularda normal tengdoshlariga nisbatan o‘quv materialini mazmuniga

bo‘lgan qiziqish

kechroq namoyon bo‘ladi. Ba’zan o‘qishga befarqlik bilan birgalikda shunday holatlar ham

kuzatiladiki, o‘qitishning boshlang‘ich davrida bolalarda ular uchun yangi mashg‘ulotlar bilan

o‘qishga, darslarga bo‘lgan ijobiy munosabat kuzatiladi Hattoki, vazifani to‘liq anglamay, uni

bajarish usullarini tasavvur qilmasdan turib o‘quvchilar katta qiziqish bilan uni bajarishga

kirishadi. Uni bajarish usullarini egallay borgan sari o‘quvchi tomonidan unga bo‘lgan

qiziqishi ortadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

M. A. Sharipov, "Inklyuziv ta’lim tizimining rivojlanish istiqbollari va muammolari",

Toshkent, 2021.

2.

N. Q. Ergasheva, "Ta’lim va tarbiya jarayonida inklyuzivlik tamoyillari", Toshkent,

2020.

3.

B. S. Abdullayeva, "Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning ta’limini tashkil

etishning metodologik asoslari", Samarqand, 2022.

4.

X. X. Raximov, "O‘zbekistonda inklyuziv ta’limning amaliyotga tadbiq etilishi",

Toshkent, 2020.

5.

Jo‘rayev , S. ., & Abdurasulov, J. (2024). SUBJECT, TASKS AND CONTENT OF

STUDYING THE BASICS OF MILITARY-PATRIOTIC EDUCATION. Академические

исследования

в

современной

науке,

3(7),

149–153.извлечено

от

https://www.econferences.ru/index.php/arims/article/view/13106

6.

Meyliyeva, M. S. (2024). Specific aspects of the formation of student professional

motivation through an individual approach. International education and innovative sciences,

1(9), 347-357.

7.

Abduqodirova D., Pardaboyeva M. THE ROLE OF EMOTIONAL CREATIVITY IN

STUDENTS'DECISION-MAKING //INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-

HUMANITARIAN SCIENCES. – 2024. – Т. 1. – №. 7. – С. 27-30.

8.

Zukhra Mirzotilloyevna Radjabova. (2023). Features Of Adolescent And Teacher

Cooperation In The Current Period In Choosing A Profession. Diversity Research: Journal of

Analysis

and

Trends,

1(3),

210–215.

Retrieved

from

https://academiaone.org/index.php/2/article/view/131

Библиографические ссылки

M. A. Sharipov, "Inklyuziv ta’lim tizimining rivojlanish istiqbollari va muammolari", Toshkent, 2021.

N. Q. Ergasheva, "Ta’lim va tarbiya jarayonida inklyuzivlik tamoyillari", Toshkent, 2020.

B. S. Abdullayeva, "Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning ta’limini tashkil etishning metodologik asoslari", Samarqand, 2022.

X. X. Raximov, "O‘zbekistonda inklyuziv ta’limning amaliyotga tadbiq etilishi", Toshkent, 2020.

Jo‘rayev , S. ., & Abdurasulov, J. (2024). SUBJECT, TASKS AND CONTENT OF STUDYING THE BASICS OF MILITARY-PATRIOTIC EDUCATION. Академические исследования в современной науке, 3(7), 149–153.извлечено от https://www.econferences.ru/index.php/arims/article/view/13106

Meyliyeva, M. S. (2024). Specific aspects of the formation of student professional motivation through an individual approach. International education and innovative sciences, 1(9), 347-357.

Abduqodirova D., Pardaboyeva M. THE ROLE OF EMOTIONAL CREATIVITY IN STUDENTS'DECISION-MAKING //INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES. – 2024. – Т. 1. – №. 7. – С. 27-30.

Zukhra Mirzotilloyevna Radjabova. (2023). Features Of Adolescent And Teacher Cooperation In The Current Period In Choosing A Profession. Diversity Research: Journal of Analysis and Trends, 1(3), 210–215. Retrieved from https://academiaone.org/index.php/2/article/view/131