9
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
MAKTAB O'QUVCHILARNING BILIMLARINI
O'ZLASHTIRISH MAZMUNINI BAHOLASHDA MUAMMOLI
O'QITISH METODLARIDAN FOYDALANISH
IMKONIYATLARI
A.N.Nusratov
Osiyo xalqaro universiteti magistranti
Shodmonova Ruxsora Shokirovna
Ilmiy rahbar: P.f.f.d. (PhD), dotsent .
https://doi.org/10.5281/zenodo.14610043
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 3-yanvar 2025 yil
Ma’qullandi: 5-yanvar 2025 yil
Nashr qilindi: 7-yanvar 2025 yil
Maqolada
maktab o’quvchilarining bilimlarini
o’zlashtirish mazmunini baholashda muammoli
o’qitish metodlaridan foydalanish imkoniyatlari
pedagogik jihatlari bilan
yoritilgan.
maktab, maktab o’quvchilari,
baholash,
muammoli
o’qitish
metodlari,
bilimlarni
baholash,
pedagogika.
Dunyo ta’lim taraqqiyotining jadal suratlarda rivojlanishi ta’limda shaxsga yo‘naltirilgan
ta’lim texnologiyalari va bo‘lajak o‘qituvchi-pedagoglarning qobiliyatlarini rivojlantirish
lozimligi ko‘rsatmoqda. Chunki jahonda har qaysi jamiyatning rivojlanishi, yo‘nalishini
belgilab berish shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida tashkil etilib, o`quvchi faUmumiy
o`rtaatining har bir sohasida ijodkorlikka bo‘lgan ehtiyojning ortishi bilan tavsiflanadi. Bu esa
o‘z navbatida pedagogik qobiliyatlarni rivojlantirish jarayonlarini takomillashtirmoqda.
Xorojiy rivojlangan mamlakatlarda, jumladan AQSh, Kanada, Germaniya, Rossiya, Yaponiya,
Koreya kabi davlatlarda ta’lim jarayoni shaxsga yo‘naltirlgan ta’lim texnologiyalri asosida
bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik qobiliyatlarni rivojlantirish ta’lim tizimini o‘ziga xos
pedagogik texnologiyalar orqali rivojlantirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida, shuningdek,
mamlakatimizni 2017 - 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
“Harakatlar strategiyasi” doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining
barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod qabul
qilingan qarorlarining mazmun-mohiyati ta’lim, sport, ma’naviyat sohalarini rivojlantirishga
qaratilganligi tahsinga sazovordir. Shuningdek, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yil
23-avgustda xalq ta’limi, Umumiy o`rta ta’lim xodimlari bilan bo‘lgan muloqotda uzluksiz
ta’lim tizimida olib borilishi kerak bo‘lgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritib, “Bugungi
kunda xalq ta’limi Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida faUmumiy o`rtaat olib borayotgan
bo‘lajak o‘qituvchilarning obro‘sini ko‘tarish, shu bilan bir qatorda bugun
bo‘lajak
o‘qituvchilarning o‘zlari ham ta’lim-tarbiya jarayoniga yangicha ijodiy yondashishi lozim”
, -
degan fikrlari, pedagoglarning qobiliyatlarini yana takomillashtirish davr talabi ekanligi
1
2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PF-5538-son
https://lex.uz/docs/-4312785
10
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
ko‘rsatmoqda. Muammoli o`qitishning o‘ziga xos jihati ta’lim oluvchi shaxsini tan olish, uni har
tomonlama rivojlantirish uchun qulay, zarur muhitni yaratishdan iborat. Bu turdagi ta’lim
bo‘lajak o‘qituvchilarda tashkilotchilik, tashabbuskorlik, javobgarlik kabi sifatlar, shuningdek,
mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu turdagi
ta’limni tashkil etishda har bir bo‘lajak o‘qituvchi imkon qadar individual yondashishini, uning
shaxsini hurmat qilishni, unga ishonch bildirish taqozo etadi. Qolaversa, shaxsga yo‘naltirilgan
ta’lim o‘qitish jarayonining ishtirokchilari pedagog-o`quvchi yoki o`quvchi-o`quvchi, o`quvchi-
o`quvchilar guruhi, o`quvchi-o`quvchilar jamoasi tarzida o‘zaro hamkorlikda bilim olish, shaxs
sifatida kamol toptirish uchun qulay pedagogik sharoitni yaratish zaruriyatini ifodalaydi.
Muammoli o`qitishning mazmuni va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida Pedagogika fanlarini
muammoli ta'lim texnologiyalari asosida tashkil etish pedagogik muammo sifatida
rivojlantirishni takomillashtirishda Umumiy o`rta ta’lim muassasalarining imkoniyatlari katta.
Bu imkoniyatlar quyidagilardan iborat:
-o`quvchilarning intellektual rivojlanishi;
-jismoniy rivojlanishi;
-mehnatga ijobiy munosabatning tarkib topisi;
-estetik did va estetik ongning shakllanishi;
-ekologik madaniyat;
-iqtisodiy tarbiya elementlari va xokazo.
Bo‘lajak o‘qituvchilar pedagogik qobiliyatlarini, tafakkuri, mustaqilligining shakllanishi,
rivojlanishi o‘z-o‘zidan, avtomatik ravishda amalga oshavermaydi. Buning sharti ta’lim
tizimiga bilimlarni yangicha o‘zlashtirish yo‘llari va buning uchun zarur bo‘lgan topshiriqlarni
olib kirishdan iborat.
O‘qituvchi qobiliyati va uning samarali pedagogik faUmumiy o`rtaati haqida sharq
mutafakkirlari – Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy va
boshqalarning asarlarida o`quvchilar ega bo‘lishi lozim bo‘lgan sifatlar majmui, ularning
mohiyati haqidagi qarashlar yoritilgan.
Zamonaviy ta’limga xos muhim jihatlardan biri – pedagog faUmumiy o`rtaatining innovatsion
hamda muammoli xarakter kasb etishiga erishishdir. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda
pedagog faUmumiy o`rtaatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish masalasi o‘tgan
asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o‘rganila boshlagan. Jumladan, X.Barnet, J.Basset,
D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M. Maylz, A.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem, F.N. Gonobolin, S.M.
Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.KanKalik, N.V.Kuzmina hamda V.A.Slastenin[25] kabi
tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda shaxsga yo‘nalritlgan ta’lim asosida
pedagoglikni rivojlantirishni amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy mamlakatlar hamda
respublikada yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabador bo‘lish orqali pedagog
faUmumiy o`rtaatida ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy harakatlar mazmuni
yoritilgan.
U.Abduvahobov,
A.Aliyev,
B.Ziyomuhammadov,
S.Ziyomuhammadova,
M.Imomnazarov, F.Ismoilov, V.Karimova, T.Mahmudov, J.Tulenov, S.Shermuxamedov,
A.Erkayev, E.Yusupov, S.Qodirov, E.G‘oziyev, Z.G‘ofurov, U.A.Qosimov va boshqalar tomonidan
shaxs kamoloti negizida aks etuvchi ma’naviy-axloqiy sifatlar, ularning milliy-etnik, ijtimoiy-
psixologik jihatlari, “shaxs” tushunchasining falsafiy, tarixiy va psixologik talqini o‘z ifodasini
topgan. Shuningdek, A.A.Asmolov, L.G.Borisova, A.N.Leontev, R.S.Nemov, I.P.Podlasiy hamda
V.A.Slasteninlar tomonidan shaxs tushunchasining mohiyati har tomonlama rivojlangan shaxs
talqini asosida tahlil etilgan. V.I.Andriyanova, Q.Yo‘ldoshev, Sh.N.Majitova, U.Mahkamov,
11
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
O.Musurmonova, S.Nishonova, M.Ochilov, S.Ochilov, M.Quronov va boshqalarning ishlarida
barkamol shaxs tarbiyasi, uni samarali tashkil etish, shaxs shakllanishida oila, Umumiy o`rta
ta’lim muassasalari hamda jamoatchilik o‘rni va roli, shuningdek, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim
texnologiyalari asosida pedagogik faUmumiy o`rtaat samaradorligini ta’minlash masalalari
o‘rganilgan.
Biroq, muammoni nazariy jihatdan o‘rganish Umumiy o`rta ta’lim tizimida shaxsga
yo‘naltirilgan ta’lim asosida tarbiyalash davr talabi bo‘lishiga qaramasdan yetarlicha taxlil
qilinmaganligi, jarayonning mazmuni va muhim tamoyillari zamon talablari darajasida
asoslanmaganligini ko‘rsatadi.
Pedagogika fanlarini muammoli ta'lim texnologiyalari asosida tashkil etish pedagogik
muammo sifatida rivojlantish jarayonlarini takomilashtirish haqida olimlar ilmiy tadqiqotlar
olib borishdi. XXI asrga kelib bo‘lajak o‘qituvchining vazifasi yanada takomillashib bormoqda.
Endilikda global o‘zgarishlar, fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kun
sayin rivojlanib borishi bo‘lajak o‘qituvchidan yuksak mahoratni, o‘tkir irodani, psixologik
quvvatni, chuqur bilim va mulohazali bo‘lishni talab qiladi.
Bo‘lajak o‘qituvchi pedagogik,
psixologik va mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik,
yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi va ta’lim muassasalarida faUmumiy o`rtaat
ko‘rsatuvchi shaxsdir.
Ayni vaqtda ta’lim
inson faolligini belgilaydigan muhim bir tarmoqqa aylanmoqda. Ilmiy-
texnik jarayon o’zgarishlari bilan bog’liq holda ta’lim nazariyasini qayta yaratish, ya’ni fanning
jamiyat ishlab chiqarish kuchiga aylanishini ta’minlash, amaliy ko’rsatkichlarni rivojlantirish
orqali ta’lim samaradorligiga erishish mumkin.
O’zbekiston Respublikasida ta’lim-tarbiya
jarayoni bilan bog’liq o’zgarishlar o’zida ta’lim tizimini tubdan o’zgartirish, uning mazmuniga
milliy ruh singdirish, samarali an’anaviy uslublarni saqlab qolgan holda ilg’or uslublarni
yaratish va ularni amaliyotda qo’llash kabi masalalarni aks ettiradi. Bu yo’nalish ham ko’lam,
ham mazmun jihatidan kengayib, u ta’lim jarayonida o’qitishning texnik vositalarini qo’llash,
ta’limni va o’quv jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etish asosida mazkur jarayonni
individuallashtirishni nazarda tutadi. Pedagogik texnologiya deganda nimani tushunamiz?
"Texnologiya" tushunchasi yunoncha "Texnos" (techne) va "logos" (Logos) so’zlaridan tashkil
topgan bo’lib, "Hunar fani"ni o’rganish degan ma’noni anglatadi. Bu tushuncha texnik
taraqqiyot mazmunini ifodalashga xizmat qiluvchi tushuncha sifatida ilk marta 1872 yilda
qo’llanilgan. «Texnologiya» tushunchasi bugungi kunda mazmun va mohiyatiga ko’ra quyidagi
holatlarni ifodalash maqsadida qo’llanilmoqda:
1.Texnologiya – san’at, mahorat, ko’nikma, metodlar yig’indisi, muayyan holatni o’zgartirishga
xizmat qiluvchi jarayon.
2.Texnologiya – inson faUmumiy o`rtaati va tafakkuri bilan bog’liq bo’lgan madaniy tushuncha.
3.Texnologiya – texnik jihatdan ahamiyatli sifat va qobiliyatning intellektual qayta ishlanishi.
4.Texnologiya – qandaydir jarayonni amalga oshirish metodlari haqidagi bilimlar yig’indisi.
5.Texnologiya – o’quv jarayoniga tashkiliy, maqsadli pedagogik ta’sir natijasi.
2
To‘xtaxo‘djayeva M.X va boshqalar “Pedagogika” T. O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti. 2010 y., 356-b.
3
Аллаёров И.А. Дидактические основы активного обучения управленченским диссиплин ам . — Ташкент: Фан, 1994.
4
Азизхўжаева Н.Н. Педагогик технологиялар ва педагогик маҳорат. Ўқув қўлланма. – Т.: Ўзбекистон ёзувчилар уюшмаси
адабиёт жамғармаси нашриёти, 2006. – 160 б
12
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
6.Texnologiya – o’quv jarayonini amalga oshirishning mazmunli texnikasi.
7.Texnologiya –
ta’lim maqsadiga erishishni kafolatlovchi vosita. 8.Texnologiya – ta’limda rejalashtirilgan
natijalarga erishish jarayonining yozma bayoni.
9.Texnologiya (PT) – amaliyotga joriy qilinishi talab etilayotgan ma’lum bir pedagogik tizim
loyihasi
«Zamonaviy texnologik jarayon» deganda zarur vosita va sharoitlardan
foydalanilgan holda ma’lum operatsiyalarni muayyan ketma-ketlikda bajarishga yo’naltirilgan
faUmumiy o`rtaat tushuniladi. Aniqroq qilib aytganda, mehnat qurollari va predmetlari
vositasida osqichma-bosqich ta’sir etish orqali tayyor mahsulot yaratishga yo’naltirilgan
faUmumiy o`rtaat tushuniladi.
Ana shu ta’rifni tadqiqot mavzusiga ko’chiradigan bo’lsak, pedagogik texnologiya –
o’qituvchi(pedagog)ning ta’lim-tarbiya vositalari yordamida tahsil oluvchilarga muayyan
sharoitlarda tizimli ta’sir ko’rsatishi va bu faUmumiy o`rtaat mahsuli sifatida ularda jamiyat
uchun zarur bo’lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda
shakllantiruvchi ijtimoiy hodisadir, degan g’oya ifoda etiladi. Yuqorida keltirilgan ta’rifdan
ko’rinib turibdiki, pedagogik texnologiya tushunchasini izohlashda texnologiya jarayoni asos
qilib olindi. Aslini olganda, pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaga ko’plab ta’riflar berilgan.
Shuningdek, pedagogik adabiyotlarda "texnologiya" atamasining xilma-xil ko’rinishlarini
uchratish mumkin; chunonchi, "o’qitish texnologiyasi", "ta’limli texnologiya", "ma’lumot
texnologiyasi", "o’qitish jarayoni texnologiyasi" va hokazo. «O’qitish texnologiyasi» pedagogik
texnologiyaga yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma’noni anglatmaydi, chunki u
ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialining o’zlashtirish yo’lini
muayyan texnologiya yordamida amalga oshirilishini ifoda etadi. Shu jihatga ko’ra u ko’proq
xususiy metodikaga yaqin qatorda turadi.
«Pedagogik texnologiya» tushunchasi esa ma’lumot texnologiyasining joriy etish taktikasini
ifodalaydi va "o’qituvchi – pedagogik jarayon – tahsil oluvchi" funktsional tizim
qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosiga quriladi. Uzoq yillar davomida pedagogik texnologiya
olimlar orasida o’quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish sifatida qarab
kelindi. 70-yillarga kelib pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati yangicha talqin
etila boshlandi. Xususan, Yapon olimi T.Sakamoto tomonidan "o’qitish texnologiyasi –
o’qitishning maqbulligini ta’minlovchi yo’l-yo’riqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar sohasi" e
anligi e’tirof etiladi.
YuNESKOning ta’lim borasidagi maxsus hujjatida pedagogik texnologiyaga shunday ta’rif
beriladi: Pedagogik texnologiya – inson va texnika resurslarini hisobga olgan holda butun
ta’lim jarayonini va o’zlashtirilgan bilimlarni baholashning tizimli metodi va samaraliroq
ta’lim shakllariga erishish uchun ular o’rtasidagi o’zaro ta’sirdir. Pedagogik texnologiya
tushunchasini oydinlashtirishga qaratilgan ta’riflarning xilma-xilligi, bir tomondan,
rivojlangan mamlakatlarda bu mavzuning u yoki bu darajada o’rganilayotganini ko’rsatsa,
ikkinchi tomondan, pedagogik texnologiyani pedagogik amaliyotga joriy etishga bo’lgan
urinishlarning ma’lum natijasini ifodalaydi.
5
Yo‘ldoshev J.G‘, Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari /Qo‘llanma. – T.:
Bo‘lajak o‘qituvchi
, 2004. – 104 b.
6
Авлиёқулов Н.Ҳ. Замонавий ўкитиш технологиялари. – Т., 2001. – 69 б.
7
Бегимкулов У.Ш. Олий педагогик таълим тизимига замонавий ахборот ва коммуникация технологияларини жорий
этишнинг илмий-педагогик асослари. Пед.фан. доктори дис. – Тошкент: ТДПУ, 2007. – 250 б.
13
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
«Pedagogik texnologiya»ning ta’limdagi amaliylik jihati va tashkiliy-uslubiy imkoniyatlardan
foydalanishga yo’naltirilganligi, uning aniq vositalar yordamida hayotga tatbiq etilishi jahon
pedagoglarining unga bo’lgan e’tiborini kuchaytirmoqda. Texnologik yo’nalishga nisbatan
turlicha qarashlar mavjud. "Metod” tushunchasining mohiyatini yorituvchi qarashlar Ta’lim
metodi – o’quv jarayonining majmuaviy vazifalarini echishga yo’naltirilgan o’qituvchi va tahsil
oluvchilarning birgalikdagi faUmumiy o`rtaati usuli bo’lsa, ta’lim metodikasi esa muayyan
o’quv predmetini o’qitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullar tizimini tavsiflaydi.
Ta’lim texnologiyasi
–
ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni, ya’ni,
avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga
oshirish, aniq maqsadga erishish yo’lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab
chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada
boshqarishni ifodalaydi.
O’qituvchini samarali faUmumiy o`rtaat ko’rsatishga undovchi darsning metodik
ishlanmasidan farqli o’laroq, ta’lim texnologiyasi tahsil oluvchilar faUmumiy o`rtaatiga
nisbatan yo’naltirilgan bo’lib, u tahsil oluvchilarning shaxsiy hamda o’qituvchi bilan
birgalikdagi faUmumiy o`rtaatlarini inobatga olgan holda, o’quv materiallarini mustaqil
o’zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. Pedagogik
texnologiyaning markaziy muammosi – tahsil oluvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim
maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat.
Pedagogik texnologiyaning tarkibiy elimentlari: ta’lim jarayoning umumiy loyihasi; ta’limni
tashkil etishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyoj; ta’lim maqsadi; ta’lim mazmuni, shakl, metod, usul va
texnikasi; tahsil oluvchi faUmumiy o`rtaati; o’qituvchi faUmumiy o`rtaati. Bizga yaxshi
ma’lumki, tarbiya jarayoni uzoq, muddatli, murakkab, uzluksiz bo’lib, u o’ziga xos
xususiyatlarga ega. Garchi zamonaviy ta’lim texnologiyasi tahsil oluvchining ta’lim
jarayonidagi etakchilik rolini yoqlayotgan bo’lsa-da, tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy
mavqeini egallay olmaydi. Chunki unda xarakter, dunyoqarash etarlicha shakllanmagan bo’lib,
u bu borada tarbiyachining yordamiga ehtiyoj sezadi. Shu bois tarbiya texnologiyasi ham
mantiqiy, ham tarkibiy jihatdan ta’lim texnologiyasidan farq qiladi
1.2. Ta’lim jarayoniga muammoli va texnologik yondashuv tamoyillari, turlari va ishlab
chiqish bosqichlari
Pedagogik texnologiyaning nazariy asoslari umum-pedagogik, xususiy- metodik hamda
lokal (modul) bilimlarga asoslanadi. Shu bois pedagogik xodimlar, shuningdek, bo’lg’usi
o’qituvchilar o’z faUmumiy o`rtaatlarida pedagogik texnologiyadan foydalanishni o’z
oldilariga maqsad qilib qo’ygan bo’lsalar, yuqorida qayd etilgan bilimlarni puxta o’zlashtira
olishlari lozim. Zero, pedagogik texnologiya puxta o’zlashtirilgan pedagogik bilimlarga
tayanilgan holda tashkil etiladigan yuksak samarador pedagogik faUmumiy o`rtaat jarayonidir.
Pedagogik texnologiyaning maqsadi va tamoyillari
Pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat;
o’quv jarayonini faollashtirish;
tahsil oluvchilar tomonidan o’quv materialini o’zlashtirishning yuqori darajasiga erishish va
tahsil oluvchilarni mustaqil fikrlashga hamda o’z fikrini bayon etishga o’rgatish.
8
Беспалько В.П. Слагаемые педагогической технологии. – М.: Педагогика, 1989. – 256 с
14
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
Ma’lumki har qanday pedagogik texnologiya ta’limni rivojlantiruvchi yangi tamoyillarga
asoslangan bo’lib, tahsil oluvchi shaxsini shakllantirishga yo’naltirilmog’i kerak. Ilg’or
pedagogik texnologiya markazida ta’lim jarayonining rahbari hamda shu jarayonning
sub’ekti-yu ob’ekti bo’lgan o’qituvchi va tahsil oluvchi turadi. Shunday ekan, bu ikki shaxsning
hamkorligi, o’zaro muloqoti, bir-biriga ko’rsatadigan ta’siri eng zamonaviy va milliy talablar
asosida bo’lishi lozim. Buning uchun ta’lim jarayoni, o’qituvchi, ta’lim tarbiya - jarayoni oldiga
qo’yilgan talablar, ta’limni tashkil etish va boshqarish tamoyillari hamda yo’llari tahsil
oluvchini aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish usullari, u bilan hamkorlik qilish, uni o’qish
va o’rganishga yo’naltirish, tahsil oluvchi shaxsiy faUmumiy o`rtaatini to’g’ri tashkil etish, ular
bilan muloqotga kirishish, muammo va kelishmovchiliklarni bartaraf etish, auditoriyada ijodiy,
ishchanlik muhitini vujudga keltirish, tahsil oluvchi faUmumiy o`rtaatini aniq va to’g’ri
baholash metodlari bilan qurollangan bo’lishi lozim.
Pedagogik texnologiya umumiy didaktik tamoyillarga ega bo’lishi bilan birga, quyidagi aynan
o’zigagina xos bo’lgan tamoyillarga ham egadir (12shakl):
Bir butunlik, yaxlitlik tamoyili.
Ushbu tamoyil ikki jihatni o’zida aks ettiradi: ta’lim, tarbiya
hamda shaxs kamoloti (taraqqiyoti) birligi; pedagogik texnologiyaning muayyan, qat’iy
tizimga egaligi, «tizimlilik» tushunchasi bu o’rinda ham ma’lum o’quv fanini o’qitish
jarayoniga, ham umumiy ta’lim jarayoniga xoslikni anglatadi.
Pedagogik texnologiya tamoyillari
Asoslilik (fundamentlik) tamoyili. Mazkur tamoyil fanlarning o’rganish ob’ekti, ichki mohiyati
va xususiyatlariga ko’ra turli yo’nalish (blok)larga bo’lib o’rganish afzalliklarini ifoda etadi.
O’quv fanlari tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar tarzida turkumlashtirilgan. Har bir o’quv fani
uning uchun «yadro», «o’zak» sanaluvchi ma’lumot (axborot)larga ega bo’lib, ushbu ma’lumot
(axborot)lar shaxs tomonidan fanlar asoslarining o’rganilishi, aniq mutaxassislik bo’yicha
mustaqil bilim olish, o’zlashtirilgan bilimlarni kengaytirib borish yo’lida tayanch tushunchalar
bo’lib xizmat qiladi. Bunday mohiyatli yondashuv ma’lum yo’nalish bo’yicha mutaxassislarni
tayyorlash jarayonida fanlararo aloqadorlik xususiyatidan foydalanish imkonini ham beradi.
O’quv fanlarining muayyan yo’nalishlar tarzda biriktirilishi shaxs xotirasiga nisbatan
zo’riqishni kamaytiradi, shuningdek, fikrlash quvvatini oshiradi, tafakkurning yuzaga kelshini
ta’minlaydi.
XX asrning 80yillarida ta’lim jarayonini tashkil etish tahsil oluvchilarga mavjud fanlar sohalari
bo’yicha ozozdan ma’lumot (bilim) berishdan iborat deb talqin etilgan bo’lsa, 90yillarda
ushbu jarayonning tashkil etilishi
o’
zlashtirilgan bilimlar negizida muayyan, aniq fan bo’yicha
yangi ma’lumot (bilim)larga ega bo’lish uchun qulay sharoitni yaratish jarayoni sifatida e’tirof
etildi. Mohiyatli yondashuv asoslantirishning muhim omili sanaladi. U, shuningdek, tabiiy,
ijtimoiy va gumanitar fanlarni umumlashtirish tarzidagi
sinergetik
yondashuvni ham ko’zda
tutadi.
Madaniyatni anglash (madaniy hayotning rivojlanishiga muvofiqlik) tamoyili.
Mazkur
tamoyil olmon pedagogi A.Disterveg tomonidan XIX asrda iste’molga kiritilgan bo’lib, bugungi
kunga qadar ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Madaniyatni anglash tamoyili tahsil
oluvchilarga ijtimoiy jamiyatning madaniy taraqqiyoti darajasidan kelib chiqib ta’lim
berilishini nazarda tutadi. O’tgan asrda ta’lim samaradorligini ta’minlovchi etakchi omil
sifatida pedagogning bilim darajasi va mahorati e’tirof etilgan bo’lsa, bugungi kunda
9
Жуманиёзова Н.Т. Малака ошириш жараёнида ўқитувчиларни инновацион фаолиятга тайёрлашнинг педагогик
асослари..п.ф.н., дисс. – Т., 2007.
15
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
o’qituvchining bilimi, salohiyati hamda mahoratining yuqori darajada bo’lishi bilangina
muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritib bo’lmasligi barchaga ayon. Mazkur o’rinda zamonaviy fan va
texnika imkoniyatlari, xususan, kompyuter, multimedia vositalari, shuningdek, jamiyatning
ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotining e’tiborga olinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Endilikda
biz mutaxassislarni «soha (yoki yo’nalish)larning o’ziga xos jihatlari, bu boradagi nazariy va
amaliy bilimlarni chuqur bilishlari, muayyan faUmumiy o`rtaatlarni bajara olishlari,
belgilangan muddatda aniq vazifalarni hal etishga ulgurishlari hamda ma’lum yutuqlarga
erisha olishlari» g’oyasi etakchi o’rin tutuvchi bozor munosabatlari sharoitiga tayyorlay
olishimiz lozim.
Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish va insoniylashtirish tamoyili.
Tilga olingan har
ikki tushuncha ham lug’aviy jihatdan (yunoncha humanus - insoniylik, humanitas -insoniyat),
bir o’zakka ega bo’lsada, ularning har biri o’ziga xos ma’nolarni ifodalaydi.
Insonparvarlashtirish
ta’lim muassasalarida o’rganiladigan fanlar sirasiga ijtimoiy fanlar
(tarix, madaniyatshunoslik, sotsiologiya, psixologiya, filologiya va boshqalar)ning kiritilishini,
insoniylashtirish
tushunchasi esa shaxs va uning faUmumiy o`rtaatiga nisbatan ijobiy
yondashuvni anglatadi. Boshqacha aytganda,
insonparvarlashtirish -
bu inson va jamiyat
o’rtasida yuzaga keluvchi munosabatlar jarayonida inson omili, uning qadrqimmati, sha’ni
,
ornomusi, huquq va burchlarini hurmatlashga asoslanuvchi faUmumiy o`rtaatni tashkil etish
jarayoni bo’lsa,
insoniylashtirish
«barcha sharoitlar inson va uning kamoloti (taraqqiyoti)
uchun» degan g’oya asosida tashkil etiluvchi faUmumiy o`rtaat jarayoni sanaladi.
Ta’lim
jarayonini loyihalashtirishda har bir o’qituvchi ushbu tamoyilga qat’iy amal qilishi lozim yoki
o’z mutaxassisligiga oid muammolarni hal etishda uning jamiyat manfaatlari bilan uyg’un
bo’lishiga e’tibor berishi maqsadga muvofiqdir. Endilikda pedagog tahsil oluvchilar faUmumiy
o`rtaatini avtoritar (yakka hokimlik) tarzida boshqarmay, balki ta’limiy hamkorlik g’oyalariga
sodiqlik asosida ta’lim jarayonini insoniylashtiradi yoki boshqacha aytsak, ta’limni
insoniylashtirish tamoyiliga amal qilinishini ta’minlaydi. Ushbu holat o’z navbatida yuksak
ma’naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi.
O’qitib tadqiq etish, tadqiq etib o’qitish tamoyili
. Ushbu tamoyil quyidagi ikki jihatni
yoritishga xizmat qiladi:
1) ta’lim muassasalarining har bir o’qituvchisi o’z fani sohasiga tahsil oluvchilarni jalb qilgan
holda tadqiqotlarni olib borishi lozim;
2) o’qituvchi ta’lim texnologiyasini ishlab chiqadi, uni amaliyotda sinab ko’radi, kuzatadi va
tuzatishlar kiritadi, ya’ni, u ta’lim jarayonini tadqiq etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Алимов А.А
.
Бўлажак касб таълими ўқитувчиларини шахсга йўналтирилган
технологиялар асосида инновацион фаолиятга тайёрлаш. Педагогика фанлари бўйича
фалсафа доктори (PhD)
илмий даражасини олиш учун тайёрланган дисс... – Т., 2018. – 142 б. 2.
2. Муслимов Н., Усмонбоева М., Мирсолиева М. Инновацион таълим технологиялари ва
педагогик компетентлик. Ўқув-услубий мажмуа. Тошкент – 2016. – Б. 28-32.
3. Жуманиёзова Н.Т. Малака ошириш жараёнида ўқитувчиларни инновацион
фаолиятга тайёрлашнинг педагогик асослари..п.ф.н., дисс. – Т., 2007.
4.
https://www.gazeta.uz/uz/2023/09/27/mahalla/
(murojaat vaqti 6.07.2024)
10
Олимов Қ.Т., Сайидахмедова М. С., Жалолова Д.Ф., Бозорова М.Қ., БолтаеваМ.Л., АлимовА.А. Педагогик
11
Муслимов Н., Усмонбоева М., Мирсолиева М. Инновацион таълим технологиялари ва педагогик компетентлик. Ўқув-
услубий мажмуа. Тошкент – 2016. – Б. 28-32.
16
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
5.Mardiyev Sh. Boshqaruvda rahbar qiyofasi va uning axloqi. // "Oriental Art and Culture"
Scientific-Methodical Journal / Volume 4 Issue. 1-February, 2023.-B.391
6.Maxmudov N., Boymatov A. Liderlik qobiliyatini namoyon qilishning psixologik
xususiyatlari/ httpsinteroncof.comindex.phpgermanyarticleview989929.-B.355
