121
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
”YANGI O’ZBEKISTON DAVRI TARBIYACHISINING
PEDAGOGIK IMIDJ VA KOMPITENTLIGI”
Soliyev Ilhomjon Sobirovich
FarDU maktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri
p.f.b.f.d.(PhD) dosent
Yigitaliyeva Odila G‘ayratjon qizi
Farg‘ona davlat universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14715987
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi:13-yanvar 2025 yil
Ma’qullandi: 15-yanvar 2025 yil
Nashr qilindi: 22-yanvar 2025 yil
Yangi zamon tarbiyachisining pedagogik
imidjiga baho berish va kompetentligi va uni
shakllantirish, rivojlantirish yo‘llarini aniqlab
berishda hamda pedagogik shart-sharoitlarini
belgilashdan iborat.
Kompetentlik, kompetensiya,
professionallik, strategiya, kasbiy
pedagogik
kompetensiyalar,
etalonga mos mezonlar.
Kirish
. Respublikamizda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan jamiyat
a’zolari birinchi galda o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan tarbiyachi kadrlar tayyorlash dolzarb
vazifa bo‘lib qolmoqda. Jumladan, “Ta’lim . Maktabgacha tarbiya yoshi davrida tarbiyachining
bolaga shaxsiy ta`siri juda katta bo`ladi Tarbiyachi har bir bolaning kelajakda haqiqiy inson
bo’lishiga yordam beradigan sifatlarini va imkoniyatini rivojlantirishi lozim. Chunki bu
davrdagi har bir ta’surot bolaning xotirasida bir umrga saqlanib qoladi. axloqiy fazilatlarga
ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega” deb ta’kidlangan.
Jahon tajribasida ham boshlang`ich ta`limning birlamchi bo`g`ini sifatida maktabgacha ta`lim
davlatimiz e`tiboridagi asosiy masala bo`lib kemoqda. Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoevning
“Tanqidiy tahlil, qat`iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining
qoidasi bo`lishi kerak” ma`ruzasida maktabgacha ta`lim sohasida bolalarni qamrab olish atigi
27 foizni tashkil etishi va bu sohadagi ishlar e`tibordan chetda qoganligi ta`kidlab o`tildi.
Tarbiyachi maktabgacha ta`lim tashkilotida asosiy shaxs hisoblanadi. Butun g`oyaviy-
tarbiyaviy ishlarning sifati va qolaversa, kelajak avlodni tarbiyalanganlik va bilish darajasi
tarbiyachining g`oyaviy-siyosiy va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga, javobgarlik hissiga,
pedagogik mahoratiga va ishga bo`lgan ijodiy munosabatiga bog`iq. Bolaning o`quv faoliyatiga
bo`lgan munosabati ko`proq uning tarbiyachi shaxsiga munosabati bilan belgilanadi.
Tarbiyachining o`ziga xos xususiyati – uning yuksak kasb mahoratidir. Eng muhimi – bolaning
ruhiyatini, yosh va o’ziga xos ruhiy fiziologik xususiyatlarini bilishdir. Imidj - aniq bir insonga
bo‘lgan munosabatda insonlar tafakkurida yuzaga keladigan tashkilot yoki boshqa ijtimoiy
ob’ekt qiyofasi hamdir Lug‘aviy jihatdan “imidj” (ing. ―imeje”) tushunchasi siymo, timsol,
qiyofa va obraz ma’nolarini anglatadi. Mohiyatiga ko‘ra esa ushbu tushuncha yordamida
joziba, maftunkorlik ma’nolarini ifodalaydi Darhaqiqat, bugungi kunda zamonaviy tarbiyachi
qanday pedagogik imidjga ega bo`lishi kerak? Bizningcha, u har doimgidek - mehribon,
samimiy, e'tiborli, sabrli, izlanuvchan, hayotga qiziquvchan, barcha shaxsiy muammolarini
bog'cha eshigidan tashqarida qoldirishga qodir.
Axloqiy ta’lim-tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida pedagog odobi fazilatlarini shakllantirishda
ikki yo‘nalishdagi aloqador tushunchalarni tahlil qilish maqsadga muvofiqdir:
122
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
Birinchisi - jamiyatning Tarbiyachi shaxsiga munosabati;
Ikkinchisi - Tarbiyachi shaxsining jamiyatga munosabati.
Tarbiyachi odobining mohiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun muhim bo‘lgan
axloqiy sifatlarda ifodalanadi. Umuminsoniy va milliy-axloqiy fazilatlar barcha kishilar,
hamma kasb egalari, jumladan, tarbiyachilar uchun ham juda zarurdir.
Axloqiy fazilatlar mehnat jarayonida kishining xulqi, fe’l-atvorini tartibga solib turuvchi
axloqiy qoidalar, normalar, talablar, mezonlar shaklida ifodalanadi.
Aytib o‘tish lozimki, bolalarga ularning individual ritmda rivojlanishlari va individual
potensialini hamda qiziqishni, aqliy rivojlanish va ijodiy qobiliyatini oshirish uchun teng
imkoniyatlarni taqdim etuvchi qulay muhitni ta’minlash uchun tarbiyachi shaxsi muayyan
kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘lishi kerak. . Buyuk rus pedagogi A.S.Makarenko aytganidek:
«Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, yoki jahldor bo‘lishini bilishi
lozim, U o‘zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalasin va o‘qitsin».
Bunday malakaga ega bo‘lgan pedagog o‘z-o‘zini nazorat qila oladi, pedagogik faoliyati
davomida sog‘lom asab tizimini o‘zida tarbiyalay oladi, asabiylashishdan, hissiy va aqliy
zo‘riqishlardan o‘zini asraydi. O‘z xatti - harakati, hissiy holatini nazorat qilishda pedagog,
avvalo, o‘zida quyidagilarni shakllantirishi lozim
Kompetenlik
– kаsbiy mаhorаt belgisi sifаtidа pedаgogdаn tаlаb qilinаyotgаn хususiyаt
ekanligi qator adabiyotlarda qayd etilgani holda qo`shimcha qilish mumkinki,
“kompetentlik” so‘zining ma’nosi xabardorlik, obro‘, o‘z sohasi bo‘yicha keng qamrovli
tushuncha va tajribaga ega bo‘lish bilan belgilanadi.
Kompetentsiya
– shaxsiy sifat bo‘lib, turli xil vaziyatda pedagogik faoliyat va ijtimoiy
hayotda ifodalanadigan qobiliyat, bilim, ko‘nikma va malakalar hisoblanadi.
“Kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalarining umumiylik va farqli jihatlari yoritilib,
kompetensiyaning umumiy va maxsus ko‘rinishlari farqlangan. Xulosa o‘rnida aytish
mumkinki, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining kasbiy kompetensiyalarini
shakllanishi va rivojlanishida ularning nazariy va amaliy tajribalarga asoslangan bilimlarni
chuqur egallab borishlari bilan bog‘liq. Tarbiyachilarning kasbiy kompetentlik shkalasi
bo‘yicha o‘zini rivojlantirib borishi asosida ularda kasbiy kompetensiyani tarkib topib
borishiga erishiladi. Kasbiy kompetentsiyani shakllanishi o‘z-o‘zini tahlil qilish, zarur
narsalarni anglash, o‘zini rivojlantirishni rejalashtirish maqsad, vazifa belgilash, o‘zini
namoyon etish va kamchiliklarini tuzatish bosqichlarini qamrab oladi
Doimiy ravishda kasbiy o‘sishga erishish va kasbiy malakani oshirib borish, kasbiy
faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olish, mustaqil ravishda kasbiy-
pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, odatiy kasbiy-pedagogik vazifalarni
to‘g’ri hal qilish va o‘z mehnatining natijalarini real baholash malakasiga egalik,
mutaxassisligi bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarni mustaqil ravishda izchil o‘zlashtirib
borish qobiliyatiga egalik kabi bosqichlar asosida o‘z imkoniyatlarini o‘lchovdan o‘tkazish
vas hu asosida o‘z oldiga yangi vazifa va maqsadlarni belgilab olish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1.
Sh.M. Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz. –
T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.
2.
Sh. M. Mirziyoyev 7-fevral 2017-yil kuni “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947 sonli farmonni
3.
Sh.M. Mirziyoyevning “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. T.:-2016-y. 29-dekabr
1
O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ”Ilk qadam” davlat o’quv dasturi, T- 2022 y
2
Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006. –B.67
123
YANGI O'ZBEKISTON ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI
www.in-academy.uz
2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)
4 .
O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ”Ilk qadam” davlat
o’quv dasturi, T- 2022 y.
5.
F.A.Boltayeva. The Essence of Integrating Innovative Technologies in Preschool
Education.
Pindus
Journal
Of
Culture,
Literature
and
ELT.
110
b
https://literature.academicjournal.io/index.php/literature/article/view/256
