MATEMATIKA FANINI O’QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA FINLANDIYA METODIDAN FOYDALANISH USULLARI.

Annotasiya

Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda ilg’or xorojiy tajribalarni qo’llash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Finlandiya ta’lim tizimi dunyo miqyosida eng sifatli va samarali deya e’tirof etilgan ta’lim tizimlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada matematika fanini o’qitish samaradorligini oshirishda finlandiya metodidan foydalanish usullari borasida so’z yuritiladi

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Xolnazarova, D. ., & Po’latova , O. . (2025). MATEMATIKA FANINI O’QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA FINLANDIYA METODIDAN FOYDALANISH USULLARI . Журнал академических исследований нового Узбекистана, 2(1), 110–114. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/yoitj/article/view/63542
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda ilg’or xorojiy tajribalarni qo’llash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Finlandiya ta’lim tizimi dunyo miqyosida eng sifatli va samarali deya e’tirof etilgan ta’lim tizimlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada matematika fanini o’qitish samaradorligini oshirishda finlandiya metodidan foydalanish usullari borasida so’z yuritiladi


background image

110

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)

MATEMATIKA FANINI O’QITISH SAMARADORLIGINI

OSHIRISHDA FINLANDIYA METODIDAN FOYDALANISH

USULLARI.

Xolnazarova Dildora Mamatmuratovna

Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori, (PhD)

+998972464063

Po’latova Obidaxon Baxodirjonovna

Guliston Davlat Pedadodika Instituti

Pedagogika yo’nalishi 1kurs magistranti

obida.pulatova1993@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14705975

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi:13-yanvar 2025 yil

Ma’qullandi: 15-yanvar 2025 yil

Nashr qilindi: 20-yanvar 2025 yil

Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimida

ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda ilg’or

xorojiy tajribalarni qo’llash muhim ahamiyat kasb

etmoqda. Finlandiya ta’lim tizimi dunyo miqyosida

eng sifatli va samarali deya e’tirof etilgan ta’lim

tizimlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada

matematika

fanini

o’qitish

samaradorligini

oshirishda finlandiya metodidan foydalanish

usullari borasida so’z yuritiladi

Finlandiya,

Finlandiya

ta’limi, o’qitishning tahliliy usullari,
o’qitish metodikasi, uzluksiz ta’lim,
samaradorlik.

Kirish.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada

takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorida 2021-yil 1-yanvarga

qadar Finlandiyaning ta’lim sohasidagi tajribasini, shu jumladan o’quv dasturlari, darsliklari,

o’qitish metodikalari va pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish

tizimini xorijga xizmat safarini tashkil etgan holda o’rganib chiqish, Finlandiyaning ta’lim

sohasidagi ijobiy tajribasini O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga hamda Dasturga joriy

qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, ta’lim tizimini o’rganish, kadrlar

malakasini oshirish va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash tizimini o’rganish, Finlandiyaning

o’qitish tizimidagi birqancha yutuqlari va afzalliklarini tahlil qilgan holda milliy o’qitish

tizimiga asos tariqasida qayta takomillashtirish kabi asosiy masalalar ko’rib chiqilgan edi.[1]

.

Hozirgi kunda maktablarimizda fanni yaxshi o‘zlashrirmagan va yaxshi o‘zlashtirgan

o‘quvchilar ham bir sinfda va bir o‘quv reja asosida dars tashkil etiladi. Natijada o‘quv reja

asosida mavzuni past o‘zlashrirganlar ham mavzuni tushunib-tushunmay keying mavzuga

o‘tishga majbur bo‘ladi. Biz bu muammoni oldini olish maqsadida, past o’zlashtiruvchi

o‘quvchilar yaxshi o‘zlashtiruvchilarga yetib olishini ta’minlash uchun o’z tadqilotimizda

Finlandiyaning juft va toq metodlarini qo’lladik.

Materials.

Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yoʼlida shiddat bilan rivojlanib

borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari boʼlmish yoshlarni ijodiy gʼoyalari va

ijodkorligini har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning bilim, koʼnikma va malakalarini

shakllantirish hamda ilgʼor xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash

tizimini takomillashtirish, shu yoʼlda xalqaro tajribalarni oʼrganish, ilmiy-tadqiqot

muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir.[3]


background image

111

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)

Bugungi kunga kelib, uzliksiz ta`lim tizimida, ta`lim sifatini yuqori natijaga olib chiqishda

ilg`or xorijiy texnologiyalarni qo`llash muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirda o`rta ta`lim

maktablarida matematikani o`qitishni takomillashtirish maktab o`quvchilariga tushuntirishda

turli metodlardan foydalanish va hayotiy tadbiqlarini ko`rsatib berish har bir o`qituvchining

eng oliy maqsadi hisoblanadi. Nufuzli Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan

uch yilda bir o‘tkaziluvchi xalqaro tadqiqotlarga ko‘ra, finlandiyalik maktab o‘quvchilari

dunyodagi eng yuqori bilimlar darajasini namoyish etishadi. Ular shuningdek dunyodagi eng

ko‘p kitob o‘quvchi bolalar hamdir.[4] Bundan tashqari, finlandiyalik maktab o‘quvchilari

tabiiy fanlar bo‘yicha - dunyoda ikkinchi, matematika bo‘yicha esa beshinchi o‘rinni

egallashadi. Finlandiya ta’lim tizimi o’quvchi uchun kam yuklama va sitressiz muhit yaratgan

bo’lishiga qaramay dunyoda ta’lim tizimi rivojlangan mamlakatlar ichida birinchi o’rinni

egallaganligi va maktablarida matematika fanini o`qitish yuqori ko`rsatkichda bo`lganligi

sababli biz dars jarayonida finlandiya metod texnologiyalardan foydalanishimiz yuqori natija

beradi. Finlandiya ta’lim tizimida matematika fani o’qitilishi birmuncha oson bo’lib, Finlar

umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarning bir hil darajada o’zlashtirishlarini

ta’minlash maqsadida darslarni doim osonlilikdan qiyinlilikka bosqichma-bosqich

tashkillashtirishadi. Zamonaviy ta’lim tizimida har bir bolaning individual ehtiyojlariga mos

ravishda rivojlanishiga yordam berish muhim. Finlandiya ta’liminign “o‘rta” bosqichining

tamoyillaridan biri ham “Individuallik” tamoyili hisoblanadi. Matematika darsida o’quvchilar

bilimini mustahkamlash maqsadida juft va toq metodlardan foydalanishadi. Individual

yondashuv va jift va toq medodlardan foydalanish matematika fanidan past o’zlashtiruvchi

o’quvchini baland o’zlashtiruvchi o’quvchiga yetib olishiga yordam beradi va uning ta’limdagi

muvaffaqiyati uchun asos yaratadi. Biz ham o’z tadqilotimizda Finlandiya metodlarini

qo’lladik. Tadqiqotimizning maqsadi maktablardagi barcha matematika fanidan past

o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan individular shug‘ullanib “toq va juft” metodlari orqali yaxshi

o’zlashtiruvchi o’quvchilar safiga qo’shishdan iborat.

Finlandiya ta’lim tizimining o‘ziga xosligi ta’lim jarayonida asosiy ustuvorlik o‘qituvchi

va o‘quvchi uchun imkon qadar erkin, qulay, jismoniy zo‘riqish va ruhiy bosimlardan holi

muhit yaratishga qaratilganligida namoyon bo‘ladi. Finlandiyada ta’limning asosiy maqsadi

ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar barcha bolalar uchun sifatli ta’lim xizmatlaridan

foydalanish imkoniyatini ta’minlash, ularni jamiyatning faol fuqarolari sifatida voyaga

yetkazish va mustaqil hayotga tayyorlashdan iborat. Umumta’lim maktablari 7 yoshdan 17

yoshgacha bo‘lgan barcha bolalarni boshlang‘ich (1−6 sinflar) va tayanch o‘rta ta’lim (7−9

sinflar) darajasida qamrab oladi. 1−6 sinflarda o‘quvchilar pedagogikaga ixtisoslashgan

o‘qituvchi (sinf rahbari)dan, 7−9 sinflarda ixtisoslashtirilgan fan o‘qituvchilaridan saboq oladi.

Umumta’lim maktablarida ta’lim olish majburiy bo‘lib, odatda, bolalar 7 yoshga to‘ladigan

yildan o‘qishga qabul qilinadi. Boshlang‘ich va tayanch o‘rta ta’lim bepul.[5]

Finlandiya ta'limi "o‘rta" bosqichining 7 tamoyili mavjud.

- “Tenglik” tamoyili

.

Barcha maktablar mutlaqo bir xil jihozlangan, birdek imkoniyatlarga ega va bir xil

moliyalashtirilgan. Bir fanning boshqalaridan chuqurroq o‘rgatilishi maqsadga muvofiq

emas.O‘qituvchi o‘quvchisining ota-onasi kim bo‘lib ishlashini oxirgi navbatda, zarurart

tug‘ilgandagina biladi. Finlar o‘quvchilarni xususiyatlari yoki tanlovlariga qarab

tasniflashmaydi.Shuningdek, "yaxshi" va "yomon" o‘quvchilar ham yo‘q. Har bir o‘quvchi

o‘ziga xos iqtidorga ega, deb qaraladi va individual o‘quv rejasi asosida o‘qitiladi

va baholanadi. O‘quvchilar bir-biriga solishtirilmaydi. Bu o‘quvchilarning stresslardan holi

tarzda bilim olishiga zamin yaratadi.


background image

112

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)

-

Bepul.

Tushlik, ekskursiyalar, muzeylar va sinfdan tashqari har qanday faoliyati, bolani uyidan

olib ketuvchi va qaytaruvchi transporti, o‘quv darsliklari, barcha o‘quv qurollari,

kalkulyatorlar va hatto planshet-noutbuklar. Har qanday maqsadlar uchun ota-onalardan pul

yig‘ish taqiqlanadi.

-Amaliyot

"Yo hayotga tayyorlaymiz, yoki — imtihonlarga. Biz birinchisini tanlaymiz", - deydi finlar.

Shuning uchun Finlandiyadagi maktablarda imtihonlar yo‘q. Nazorat ishlari va oraliq test

sinovlari - o‘qituvchining qaroriga qarab belgilanadi. Umumta'lim maktabini tugallashda faqat

birgina majburiy standart test o‘tkaziladi.

- Ishonch

Birinchidan, maktab xodimlari va o‘qituvchilar uchun turli tekshiruvlar yo‘q, o‘quvchilarga

ta'lim berishga doir turli uslublarni o‘rgatuvchilar ham yo‘q. Mamlakatda ta'lim dasturi

yagona, faqat umumiy tavsiyalar bor, xolos. Har bir pedagog o‘zi to‘g‘ri deb bilgan uslubni

qo‘llaydi.

-Istak-xohish

O‘qishni istagan odam o‘qiydi. Pedagoglar o‘quvchining e'tiborini qaratishga harakat qilishadi,

lekin uning o‘rgatilayotgan fanga qiziqishi yoki qobiliyati bo‘lmasa, darrov "ikki" baho bilan

"siylashmaydi", bolani kelgusida uncha murakkab bo‘lmagan, amaliy jihatdan foydali bo‘lgan

kasbga yo‘naltirishadi.

-

Mustaqillik

Finlandiyada maktab bolani eng asosiysi - mustaqil muvaffaqiyatli hayotga o‘rgatishi kerak

deya hisoblanadi. Shu bois u yerda fikr yuritish va o‘z xohishiga ko‘ra bilim olishga o‘rgatiladi.

-

Individuallik

Har bir bola uchun individual ta'lim va rivojlanish rejasi tuziladi. Individuallik o‘quvchilar

tomonidan foydalanilayotgan darsliklar mazmuni, mashg‘ulotlar, sinf va uy ishlari soni hamda

ularga ajratilayotgan vaqt, shuningdek ta'lim materialiga ham tegishli.

Bir sinfning o‘zida darsda bolalar turli murakkablikdagi mashqlarni bajarishadi. Baholash

tizimi ham personal darajaga muvofiq. Agar "odatiy" mashq a'lo bahoga bajarilsa, ertasiga

yuqoriroq darajali mashq beriladi, mobodo uddasidan chiqa olmasa, hechqisi yo‘q, yana oddiy

mashq beriladi. Finlandiya maktablarida oddiy ta'lim bilan bir qatorda ta'lim jarayonining ikki

noyob turi mavjud: "Bo‘shroq" o‘quvchilar ta'limini qo‘llab-quvvatlovchi — bu boshqa

mamlakatlarda repetitorlar bajaradigan ish. Finlandiyada repetitorlik keng tarqalgan ta'lim

usuli hisoblanmaydi, maktab o‘quvchilari dars vaqtida yoki undan keyin kerakli o‘quvchilarga

qo‘shimcha yordam ko‘rsatishadi.

Korreksion ta'lim — materialni o‘zlashtirishdagi umumiy barqaror muammolar bilan bog‘liq.

Masalan, bu ta'lim olib boriluvchi fin tilini tushunmaslik yoki eslab qolish yo matematik


background image

113

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)

qobiliyatining yaxshi emasligi, yoxud ba'zi bolalarning asotsial xatti-harakatlari bilan bog‘liq

bo‘lishi mumkin. Korrektsion ta'lim kichik guruhlarda yoki individual tarzda o‘tkaziladi.[6]

Methods.

Hozirgi kunga kelib Finlandiya maktablarida matematika fanini o`qitish yuqori

ko`rsatkichda bo`lib, Finlandiyada o'quv materiallari matematik ta'limga qiziqadigan va

hozirda maktablarda ishlaydigan biz kabi oddiy o'qituvchilar tomonidan tayyorlanadi.

Shuning uchun ular maktablardagi sharoitlarni juda yaxshi bilishadi. Bundan tashqari,

matematikaga qiziqqan o'quvchilar uchun qiyin topshiriqlar to'plami mavjud. Finlandiyada

fandan yuqori va past o`zlashtiruvchi o`quvchilar bir biriga yordamchi yoki bir biriga ustoz,

aniqroq aytadigan bo`lsak juft yoki toq metodidir. Juft metodida bitta yaxshi o`zlashtiruvchi va

yaxshi o`zlashtira olmaydigan dars o`tiladi. Yaxshi o`zlashtiruvchi o`quvchi o`zlashtirishi sust

bo`lgan o`quvchiga sodda atamalar bilan uning o`zlashtirishiga yordam beradi. Ikkinchi metod

toq metodida esa o`zlashtirishi qiyin bo`lgan o`quvchi bilan fan o`qituvchisi undan keyin

maktabdagi to`garak o`qituvchisi va undan ham keyin o`quvchining ota-onasi shug`ullanadi.

Oxir oqibat o`quvchi sinfdagi yaxshi o`zlashtiruvchi o`quvchilarga yetib oladi. Bu ikki metod

yuqori natija berganligi tufayli o`qituvchilari tomonidan a`lo darajada o`zlashtirilib

kelinmoqda. Bizning asosiy maqsadimiz bunday samarali metodlarni o`zimizning ta`lim

tizimimizga joriy etib, o`quvchilarning matematika faniga qiziqishlarini yanada oshirishdan

iborat[2]. Biz o‘z tadqiqotimizni 1 hafta davomida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumaridagi 22-

maktabning 2-“a” sinfida o‘tkazdik. Guruhda 22ta o’quvchi bor edi. Matematika fadidan 3ta

past o’zlashtiruvchi o’quvchiga individual yondashish va ularni mavzuni yaxshi tushuntirish

maqsadida “Juft” metodidan foydalandik. Past o’zlashtiruvchi o’quvchilarga yuqori

o’zlashtiruvchi o’quvchilarni biriktirdik. A’lochi o’quvchilar o’z sinfdoshiga tushunmagan

masalalarni sodda atamalar bilan o’rgatganida ularda mavzuga tushunish ko’nikmalari

shakllandi. Ular sinfdosh bo’ganligi sababli o‘zlariga tushunarli so’zlar bilan masalalar tahlil

qilishdi va yechishdi va o’yin tariqasida kara javalini osonlik bilan yod olishdi.

Results.

Natijada ikkita past o’zlashtiruvchi o’quvchi 1 hafta davomida bilim salohiyati

bo’yicha o‘z sinfdoshlariga yetib oldi Bitta past o’zlashtiruvchi o’quvchi juft medodidan

foydalanganimizda ham matematika faniga oid masalalar va 3 xonali sonlarni qo’shish va

ayrishga oid misollar va tenglamalar yechishga qiynaldi. Biz bu o’quvchiga “toq” metodidan

foydalandik. Fan o’qituvchisi o‘quvchi bilan individual shug’ullandi uyida ham ota onasi

shug’ullanishi kerakligi aytib o’tildi. O‘zbekistonda asosan matematika darsi an’anaviy dars

shaklida tashkil etiladi. Afsuski, bu o‘quvchilarning qiziqishini oshirishning samarali usuli

emas. Hozirgi davrda bu usul deyarli samara bermay qo‘ydi. An’anaviy ta’limda o‘qituvchi

o‘quvchilarga juda ko‘p ma’lumot va bilim berishga harakat qiladi. Berilgan bilimni

o‘quvchilar yod olishlari talab etiladi. Bunda o‘quvchilarning qiziqishlari va mavzuni qay

darajada tushunganliklari hisobga olinmaydi. Mavzu bo‘yicha ma’lumotlar juda ko‘pligi uchun

o‘quvchilar uning juda oz qismini o‘zlashtiradilar. Oldingi mavzudagi bilimlar to‘liq

o‘zlashtirilmaganligi uchun keyingi mavzular tushunarsiz bo‘lib qolishi mumkin. Shu kabi

muammolarni oldini olish uchun bugungi kunda davlarimiz turli ta’lim tizimi yaxshi bo‘lgan

davlarlarni o’qitish metodi va usullaridan foydalanib, tadqiqot o’tkazib, tahlil qilib eng

samarali ta’lim tizimini joriy qilishni maqsad qilib qo’ygan.

Conclusion.

Xulosa qilib aytganda, matematikani o'qitish bilan shug'ullanadigan

Finlandiya o'qituvchilari maktab matematikasi ta'limini saqlash va yaxshilashda muhim rol

o'ynaydi. O'qituvchi butun tayyorgarlikni sinfdan tashqarida amalga oshiradi, qiziqarli

o'yinlar izlab topadi va shu jumladan yangicha metodlar kashf qiladi. Bu fin o'qituvchilarni

muvaffaqiyatga erishishga asosiy sababchi bo'lmoqda. Biz ham o’z tadqiqotimozda

Finlandiyaning “Juft va Toq” metodlaridan foydalanganimizda sinfdagi past o’zlashtiruvchi

o‘quvchilar yaxshi natijalarga erishdi. Matematika darslarida ham darslarni noana’naviy


background image

114

YANGI O'ZBEKISTON ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

www.in-academy.uz

2-JILD, 1-SON (YOʻITJ)

usulda zavonaviy texnologiya va metodlardan foydalangan holda dars tashkil etsak samarali

natijalarga erishamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar

to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 06.11.2020 yildagi PQ-4884-son.

https://lex.uz/docs/-5085887.

2.“Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy– tadqiqotlarni rivojlantirish chora

tadbirlari to’g’risida”. Toshkent shahri,2020-yil7-may, PQ-4708

2. P.Andrews, A.Ryve. K.Hemmi & J.Sayers.(2014). PISA; TIMSS and Finnish mathematics

teaching (TIMSS va fin matematikasini o'qitish): an enigma in search of an explanation// In

Educ.Stud.Math DOI 10.1007/s10649-014-9545-3

3.https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/7931

4.https://jdpu.uz/finlandiya-umum-talim-maktab-tizimida-jismoniy-tarbiya/

5. https://www.gazeta.uz/oz/2022/10/28/fin-education/

6.https://kun.uz/news/2018/08/13/ukuvci-va-ukituvci-orzusi-finlandia-talim-tizimi.

Bibliografik manbalar

Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 06.11.2020 yildagi PQ-4884-son. https://lex.uz/docs/-5085887.

“Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy– tadqiqotlarni rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”. Toshkent shahri,2020-yil7-may, PQ-4708

P.Andrews, A.Ryve. K.Hemmi & J.Sayers.(2014). PISA; TIMSS and Finnish mathematics teaching (TIMSS va fin matematikasini o'qitish): an enigma in search of an explanation// In Educ.Stud.Math DOI 10.1007/s10649-014-9545-3

https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/7931

https://jdpu.uz/finlandiya-umum-talim-maktab-tizimida-jismoniy-tarbiya/

https://www.gazeta.uz/oz/2022/10/28/fin-education/

https://kun.uz/news/2018/08/13/ukuvci-va-ukituvci-orzusi-finlandia-talim-tizimi.