Авторы

  • Ilg‘or Hamrayev
    Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Stajyor o‘qtuvchisi.
  • Zinaida Abdushukurova
    Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti Boshlang‘ich ta‘lim yunalishi 3-bosqich 305-guruh talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yota.127136

Ключевые слова:

Yoshlar iste'dod imkoniyat individual-psixologik xususiyat pozitsiya iroda g‘oya bilim.

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun qo‘l keladigan zamonaviy metod va usullar, ularni dars jarayonida qo‘llash tartibi, maqsadi va vazifasi haqida so‘z yuritiladi.


background image

47

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue 04 YO’TA

BOSHLANG‘ICH TA‘LIMDA ZAMONAVIY MEDODLARNI

QO‘LLASH USULLI.

Hamrayev Ilg‘or Aktamovich

Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Stajyor

o‘qtuvchisi.

Abdushukurova

Zinaida Ilyos Qizi

Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Pedagogika va tillarni

o‘qitish fakulteti Boshlang‘ich ta‘lim yunalishi 3-bosqich 305-guruh

talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15303106

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20- Aprel 2025 yil

Ma’qullandi: 25- Aprel 2025 yil
Nashr qilindi: 29- Aprel 2025 yil

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun
qo‘l keladigan zamonaviy metod va usullar, ularni dars
jarayonida qo‘llash tartibi, maqsadi va vazifasi haqida
so‘z yuritiladi.

KEY WORDS

Yoshlar,

iste'dod,

imkoniyat,

individual-psixologik

xususiyat,

pozitsiya, iroda, g‘oya, bilim.

Boshlang‘ich ta‘limda zamonaviy medodlarni qo‘llashda, avvolo o‘qituvchi zamonaviy

texnologiyalarni bilishi lozim, ulardan darsda unumli foydalanishi zarur. Shu bilan bir qatorda
o‘qituvchi o‘z pedagogik mahoratini oshirib borishi zamonaviy usul va metodlarni qo‘llashni
bilishi zarur. O‘qituvchi dars mobaynida o‘quvchilarning diqqatini, jamlashi, darsning qiziq
olib borilishi, darsni ham mazmunli, ham izchil olib borishida zamonaviy metodlarning o‘rni
beqiyosdir. Darslarda o‘yin topshiriqlari takrorlash va mustahkamlash darslarida
foydalanilsa, ijobiy natija beradi. Aytishadiku, takrorlash-o‘rganishning onasi deb. Bu esa,
o‘quvchilarning xotiralarini kuchaytiradi hamda erkin fikrlay olish qobiliyatlarini
rivojlantiradi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida “Oxirgi so‘zni men aytay”, “Sinkveyn”,
“Beshinchisi ortiqcha”, “Insert”, “Kubiklar” kabi qator interfaol metodlardan keng
foydalanishmoqda. Zamonaviy texnologiyalardan darslarda video usul, rolli o‘yin taqdimot
kabi vositali metodlar ham kundan-kunga o‘z foydalanuvchilari safini kengaytirmoqda. Keling
ulardan bir nechtasini ko‘rib chiqsak.

Bolalar ijodini o‘rganish metodi: bu metodda bolalarning muayyan sohadagi qiziqish va

intilishlari, qobiliyatlari, layoqati, mazkur sohadagi ishtiyoqi shuningdek, ma’lum fan
sohasidagi bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Unda
o‘quvchilar o‘zlarining ijodiy ishlari— kundaliklari, insho, bayon va yozma ish topshiriqlariga
qay tarzda javob berayotgani, mustaqil fikrlash qobiliyati muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Metodning afzalligi shundaki, u ma’lum o‘quvchiga xos bo‘lgan individual imkoniyatlarni
to‘g‘ri ko‘ra olish, xolisona baholash, uni o‘z ustida ishlab, rivojlantirishga yo‘naltirish uchun
zamin yaratadi. Bu metodni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lib,
ayniqsa, 4-sinf o‘quvchilarida sezilarli va yaqqolroq natija beradi. Bu yoshda bola o‘zi uchun
ma’lum bir yo‘nalish tanlash arafasida bo‘ladi. O‘zidan kichik bolalarga o‘xshab qarorlarda
besabr, yangiliklarga qiziqsa-da o‘ch bo‘lmaydi. Yana bu usulni og‘zakidan ko‘ra yozma usulda
qo‘llash maqsadga muvofiqroq bo‘lib, bola o‘z fikrlarini og‘zakidan ko‘ra ko‘proq yozmada


background image

48

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue 04 YO’TA

aniq va lo‘nda qilib ifodalay oladi. Shu tariqa o‘qituvchi ta’lim texnologiyasidan ko‘zlagan
maqsadiga yetadi.

“CHARXPALAK” interfaol metodi. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, ularga topshiriqlar

yozilgan varaqa tarqatiladi. Ushbu metod orqali o‘quvchilarni o‘tilgan mavzularni yodga olish,
mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berish va o‘zini o‘zi
baholashga o‘rgatadi hamda qisqa vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan barcha o‘quvchilarni
egallagan bilimlarini baholashga qaratiladi. Ushbu metodni qo‘llash jarayonida o‘quvchilar o‘z
fikrlarini mustaqil bayon etishga, guruh bo‘lib ishlashga, boshqalar fikrini hurmat qilishga
o‘rganadilar.

“CHARXPALAK” interfaol usulida matematika darslarini qiziqarli tashkil etishimiz

mumkin. O‘quvchilar jadval asosidagi so‘zlar, shakllarni tegishlisini belgilaydilar. lnduksiya
metodida o‘quvchilar o‘qituvchi tavsiya etgan til dalillarini kuzatadi, tahlil qiladi va shu asosda
xulosa va ta’riflar keltirib chiqaradi. Deduksiya metodida o‘quvchi tayyor qoida — ta’rif bilan
tanishadi va uning mohiyatini til dalilari asosida ochadi. Bu metodlarning samarasi
o‘qituvchining savol-topshiriqlari mazmuni grammatik hodisaning muhim tomonlariga
yo‘naltirilganligiga, izchilligiga, faoliyatni tashkil etish shakllariga, o‘quv vositalari (darslik,
turli xarakterdagi lug‘atlar, rasm, jadvallar, texnik vositalar)ga bog‘liq bo‘ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

XXI asr texnologiyalar asridir. Bu jumlani aslo rad etib bo‘lmaydi. Yillar o‘tgani sayin

zamonaviy texnologiyalar hayotimizning har jabhasiga kirib kelmoqda. Maishiy xizmat
deymizmi, biznes, hattoki, ta’lim tizimiga ham bu zamonaviy texnologiyalar o‘z ta’sirini
o‘tkazmoqda. Texnologiyalar qancha takomillashib borsa, tizimga qo‘yiladigan talablar ham
shuncha qiyinlashib, murakkablashib bormoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar
tubdan qayta ko‘rilib, ta’limga yaroqsiz, hozirgi zamonda jahon talablariga javob bermaydigan
barcha usul va vositalar, metodlar tizimdan chiqarilib tashlanayotgan bo‘lsa, yaroqlilari
takomillashtirilib qayta ishlanmoqda, jahon talab darajasidagi usul va metodlar bilan
kengaytirilmoqda. Bunga misol qilib, hozirgi kundagi baholash tizimini olishimiz mumkin.
Ya’ni avvalda 100 balli, keyin baholi tizim yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, hozir 5 balli tizim yo‘lga
qo‘yilib, ortiqcha funksiyalar deb topilgan kundalik, jurnal va o‘qituvchilarning konspekt
ishlari bekor qilinmoqda. Kundalik o‘rniga vazirlik tomonidan ishlab chiqilib joriy etilgan
kundalik.com ilovasi orqali haqqoniy tarzda baholanmoqda. Zamonasiga mos, ilg‘or, texnika
taraqqiyoti gullagan zamonda tug‘ilgan yosh avlod bu ilova va saytlardan bemalol
foydalanmoqda. Uning afzallik va kamchiliklari tahlil qilinib, tuzatilmoqda. Bundan tashqari
bunga yaqqol misol qilib ustozlar faoliyatidagi qator o‘zgarishlarni olishimiz ham mumkin.
Fan-texnika rivojlanishi nafaqat ta’lim tizimiga balki ta’lim jarayoniga ham ta’sir o‘tkazmay
qo‘ymadi. Hozirgi bolalar qo‘lda yasalgan oddiy mozaika, yoki hayvon o‘yinchog‘iga
qiziqmaydi. Balki, ularni raqamlashtirish, yangi dasturlar yaratish, robototexnika orqali
noan’anaviy darslar o‘tilishini xohlaydi. Bugun o‘qituvchilarga ham shunga mos talablar
qo‘yilmoqda.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi barcha metodlarning muvaffaqiyati o‘qituvchining

beradigan savol-topshiriqlariga bog‘liq. Yo‘l-yo‘lakay duch kelgan savollar bilan kichik
yoshdagi o‘quvchining anglash faoliyatini ishga solish kutilgan natijani bermaydi. So‘nggi
yillar davomida ta’lim tizimiga an’anaviy metodlar bilan birga zamonaviy pedagogik


background image

49

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue 04 YO’TA

texnologiya usullari kirib keldi. Ulardan ona tili ta’lim jarayonida foydalanish bo‘yicha
yutuqlar qo‘lga kiritildi. Yuqoridagi metod va usullar orqali o‘tilgan darslar pedagogning
mahoratini oshirib, darslarini yanada qiziqarliroq bo‘lishiini ta’minlaydi. O‘quvchilarni darsga
qiziqishini oshiradi ular metodlar orqali bilim doirasini yanada kengaytiradi. O‘qituvchi
ananaviy darslarga bog‘lanib qolmay zamonaviy metodlardan qo‘lanilsa dars yanada
qiziqarli bo‘ladi o‘quvchilarni o‘ziga jalb qila oladi.

Foydalangan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g‘risida"gi qonuni. Barkamol avlod O‘zbekiston

taraqqiyotining poydevori. -Toshkent, Sharq nashriyoti manbaa konserni, 1997-yil.

2.

A.Q.Munavvarov, “Pedagogika tahriri ostida”, -T.:O‘qituvchi,1996-yil, 200 bet.

3.

Mavlonova R., Vohidova N., Rahmonqulova N., “Pedagogika nazariyasi va tarixi”,- Toshkent,

2010-yil.

4.

Tolipov O. Usmonboyeva M., “Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari”, -T.:Fan 2006-

yil.

5.

Babayeva D., “Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi”,- TDPU. 2018-yil.

6.

Norova N.K., “Ona tili darslarida ta'limiy o‘yinlarni qo‘llashning ahamiyati”, 2022-yil.

7.

Abdullayeva Sh., “Umumiy pedagogika”, – Toshkent, 2021-yil.

8.

Yo'ldoshev J.G’. Usmonov S., “Ilg'or pedagogik texnologiyalar” - T.: O‘qituvchi, 2004-yil.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g‘risida"gi qonuni. Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Toshkent, Sharq nashriyoti manbaa konserni, 1997-yil.

A.Q.Munavvarov, “Pedagogika tahriri ostida”, -T.:O‘qituvchi,1996-yil, 200 bet.

Mavlonova R., Vohidova N., Rahmonqulova N., “Pedagogika nazariyasi va tarixi”,- Toshkent, 2010-yil.

Tolipov O. Usmonboyeva M., “Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari”, -T.:Fan 2006-yil.

Babayeva D., “Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi”,- TDPU. 2018-yil.

Norova N.K., “Ona tili darslarida ta'limiy o‘yinlarni qo‘llashning ahamiyati”, 2022-yil.

Abdullayeva Sh., “Umumiy pedagogika”, – Toshkent, 2021-yil.

Yo'ldoshev J.G’. Usmonov S., “Ilg'or pedagogik texnologiyalar” - T.: O‘qituvchi, 2004-yil.