Авторы

  • Farrux Qodirov
    Matematika va ta’limda axborot texnologiyasi kafedrasi mudiri
  • Jamila Nafasova
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 1-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yota.127164

Ключевые слова:

innovatsiya loyiha raqobatbardoshlik strategiyalar texnologik hamkorlik moliyalashtirish investetsiya texnologik inftratuzilma menejment usullari.

Аннотация

Ushbu maqolada loyihalarga innovatsiyalarni jalb etish jarayonlari har tomonlama tahlil qilinadi. Innovatsiyalarni aniqlash, baholash va ularni samarali joriy etish bosqichlari yoritilib, innovatsion strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish usullari ko‘rib chiqiladi.Innovatsiyalarni amalga oshirish loyihalar samaradorligini oshirish va ularning bozor raqobatbardoshligini ta'minlashda katta ahamiyatga ega. Tadqiqotda innovatsiyalarni joriy etishning asosiy bosqichlari, zaruriy texnologik infratuzilma, investitsiyalar va menejment usullari haqida so‘z yuritiladi. Maqola innovatsion yondashuvlarni loyihalarga qanday muvaffaqiyatli integratsiya qilish mumkinligini, shuningdek, innovatsiyalarni loyihalarda joriy etishdagi asosiy muammolar va ularga yechimlarni ko‘rib chiqadi. Shuningdek, innovatsion jarayonlarning moliyalashtirish manbalari, investetsiyalarni jalb etish usullari, texnologik hamkorlik va raqobatbardoshlikni oshirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi.


background image

68

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue 05 YO’TA

LOYIHALARGA INNOVATSIYALARNI JALB ETISH

JARAYONLARI

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li

Matematika va ta’limda axborot texnologiyasi kafedrasi mudiri

Nafasova Jamila Turg‘un qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 1-bosqich magistranti

E-mail : jnafasova@gmail.com

ORCID:0009-0001-5117-6116

https://doi.org/10.5281/zenodo.15393071

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05- May 2025 yil

Ma’qullandi: 10- May 2025 yil
Nashr qilindi: 13- May 2025 yil

Ushbu maqolada loyihalarga innovatsiyalarni jalb etish
jarayonlari

har

tomonlama

tahlil

qilinadi.

Innovatsiyalarni aniqlash, baholash va ularni samarali
joriy

etish

bosqichlari

yoritilib,

innovatsion

strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish usullari
ko‘rib

chiqiladi.Innovatsiyalarni

amalga

oshirish

loyihalar samaradorligini oshirish va ularning bozor
raqobatbardoshligini ta'minlashda katta ahamiyatga
ega. Tadqiqotda innovatsiyalarni joriy etishning asosiy
bosqichlari,

zaruriy

texnologik

infratuzilma,

investitsiyalar va menejment usullari haqida so‘z
yuritiladi.

Maqola

innovatsion

yondashuvlarni

loyihalarga qanday muvaffaqiyatli integratsiya qilish
mumkinligini, shuningdek, innovatsiyalarni loyihalarda
joriy etishdagi asosiy muammolar va ularga yechimlarni
ko‘rib chiqadi. Shuningdek, innovatsion jarayonlarning
moliyalashtirish manbalari, investetsiyalarni jalb etish
usullari, texnologik hamkorlik va raqobatbardoshlikni
oshirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi.

KEY WORDS

innovatsiya,

loyiha,

raqobatbardoshlik, strategiyalar,
texnologik

hamkorlik,

moliyalashtirish,

investetsiya,

texnologik

inftratuzilma,

menejment usullari.

Bugungi global iqtisodiyot sharoitida innovatsiyalarni loyihalarga jalb etish nafaqat

kompaniyalarning raqobatbardoshligini oshirish, balki ularning barqaror rivojlanishini
ta’minlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirish va sun’iy
intellekt kabi ilg‘or yondashuvlar biznes jarayonlarini samarali boshqarish va yangi bozor
imkoniyatlarini ochishga yordam bermoqda. Dunyoda innovatsiyalar iqtisodiy rivojlanishning
asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylangan. Raqobatbardosh bo‘lish va bozor talablariga
moslashish uchun korxonalar va tashkilotlar doimiy ravishda yangi texnologiyalar, ilg‘or
metodlar va kreativ g‘oyalarni o‘z loyihalariga joriy etishlari lozim. Innovatsiyalarni jalb etish
jarayoni esa faqat texnik yangiliklarni tatbiq etish bilan cheklanmay, balki menejment,
marketing, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida ham yangicha yondashuvlarni
talab etadi. Respublikamiz miqyosida ham barqaror turli sohalarni barqaror rivojlantirish
maqsadida innovatsiyalarni joriy etish , innovatsion yondashuvlarga asoslangan holda ish
yuritishga alohida e'tibor qaratilmoqda . Bu xususida so'ngi yillarda mamlakatimizda qator
qaror va farmoyishlar ishlab chiqilib, amalga tadbiq etilayapti. So‘nggi besh yillik islohotlar
natijasida respublikada ta’lim sifati va qamrovini oshirish hamda rivojlantirish, kadrlar


background image

69

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue 05 YO’TA

tayyorlash tizimining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini ta’minlash, ilmiy-
innovatsion faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, mamlakatning
innovatsion salohiyatini shakllantirish va yanada takomillashtirish uchun qulay shart-
sharoitlar yaratish bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqishga qaratilgan normativ-
huquqiy asoslar ishlab chiqildi va tubdan yangilandi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan O‘zbekiston

Respublikasini 2019 — 2021-yillarda innovatsion rivojlantirish strategiyasi, O‘zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, Ilm-fanni 2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi, O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, O‘zbekiston
Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan
strategiyasi, 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi tasdiqlandi. Shuningdek, “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”, “Innovatsion
faoliyat to‘g‘risida”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilindi.[1]

Innovatsiya loyihalarga jalb etish jarayonlari har tomonlama bugungi kunning dolzarb

masalasi sifatida ahamiyat kasb etmoqda . Jumladan , innovatsiyalar korxona mahsuloti yoki
xizmatlarining raqobatbardoshliligini oshiradi, ularni bozor sharotidida ajralib turadigan
darajaga olib chiqadi, avtomatlashtirish va raqamli texnologiyalar tufayli xarajatlar qisqaradi
va ishlab chiqarish jarayonlari tezlashadi. Bu esa o'z navbatida samaradorlikni oshiradi.
Shuningdek innovatsion loyihalar sarmoyadorlar uchun jozibali bo‘lib, yangi moliyaviy
manbalarni jalb qilishga yordam beradi, Barqaror rivojlanish tamoyillariga mos ravishda
innovatsion yechimlar ekologik toza va iqtisodiy jihatdan samarali bo'ladi.

Iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy sharoitlarida sanoat korxonalari uchun

innovatsiyaviy va texnologik taraqqiyotga erishish o‘ta muhimdir, chunki faqats shy yo‘l orqali
sanoat korxonalarida innovatsion faollikni oshirish, zamonaviy texnologik bazani yaratish,
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish,
samaradorlik va mehnat unumdorligin oshirish, shuningdek , ularning xalqaro hamda
mahalliy raqobatbardoshligini mustahkamlash mumkin bo‘ladi.

Shuning uchun O‘zbekiston sanoat korxonalarini boshqarishning dolzarb

muammolaridan biri bo‘lib, innovatsion faoliyatning muhim xususiyati bo‘lgan kerakli sifat va
miqdor darajasiga erishishdan iboratdir. Shy bilan birga, iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash,
iqtisodiyotni sog'lomlashtirish va kelgusi rivojlanishi uchun sharoit yaratish innovatsion
faoliyatni jonlantirish orqali amalga oshiriladi. Aynan shuning uchun, sanoat korxonalari
innovatsion faoliyatini jonlantirishga qaratilgan sharoitlarni yaratish, iqtisodiyotda samarali
tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishning muhim omillaridan biridir. Bundan tashqari
sanoat

korxonalarining

innovatsion

faolligi

darajasini

baholash

va

ushbu innovatsion faoliyat asosida uzoq muddatli strategik rivojlanish maqsadlariga
erishish va istiqbolda ularning barqaror daromad olishini ta‘minlashga qaratilgan
zamon bilan hamnafas milliy innovatsiya tizimini shakllantirish dolzarb masalalar
qatorida turadi.[2]

Loyihalarga innovatsiyalarni jalb etish jarayonlarini o‘rganishning asosiy maqsadi, bu

jarayonning samarali usullarini aniqlash va innovatsiyalarni loyihalarga qanday integratsiya
qilish mumkinligini tushuntirishdir. Shu bilan birga, innovatsiyalarni jalb etishning
ahamiyatini va bu jarayonning loyihalar boshqaruvida qanday muhim o‘rin tutishini


background image

70

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue 05 YO’TA

ko‘rsatishdir. Maqsad, yangi texnologiyalar, mahsulotlar yoki biznes jarayonlarini loyihalarga
kiritish orqali kompaniyalar o‘zlarining samaradorligini oshirishlari, raqobatbardoshligini
mustahkamlashlari va bozorni kengaytirishlari mumkinligini ta’minlashdir. Maqola,
innovatsiyalarni qanday aniqlash, baholash va muvaffaqiyatli amalga oshirishning metodlarini
taqdim etadi. Shu bilan birga, innovatsiyalarni loyihalarda qanday integratsiya qilish bo‘yicha
tavsiyalar hamda bu jarayonda yuzaga keladigan to‘siqlarni yengish usullari o‘rganiladi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review)

Innovatsiyaviy rivojlanish muammolari ham mahalliy , ham horijiy tadqiqotchilar

tomonidan turli jabhalarda o‘rganilgan. Xususan, Piter Druker, Mansfild, E va Li, Dj, Robert
Eke Nilson, Maykl Eugene Porter, B.Szanto, BC Twiss, Jozef Aloiz SHumpeter, Sidney Grexem,
Uayt Kristofer Fremen, Ake Bengt, Lundval, Jang E va boshqa chet el mualliflarning asarlari ,
ilmiy izlanishlari ushbu mavzuga bag‘ishlangan.

MDH

mamlakatlarida

A.I.Anchishkin,

V.M.Anshin,

V.N.Arxangelskiy,

A.A.Dagaev,

N.B.Ermasova,

L.E.Mindeli,

K.F.Puziyni,

N.Z.Solodieva,

A.I.Tatarkin,

R.A.Fatxutdinov va boshqa ko‘plab olimlarning faoliyati innovatsiya bilan bog‘liq
muammolarni o‘rganishga qaratilgan.

Ushbu sohada faoliyat yuritgan mamlakatimiz olimlari orasida esa M.A. Ikramov, S.S.

Gulyamov, A.M Qodirov, A.F Rasulev, D.V. Trostyanskiy, M.P..Narzaqulov, M.A.Mahkamova
kabikarni keltirishimiz mumkin. I.Ansoff, M.Meskon, F.Yansen, L.S.Valinurova, G.Ya, Goldstein,
M.P.Golik,S.V.Indemenov va shu kabi olimlarning ishlari esa innovatsiyaviy faollik va
innovatsiya faoliyatini baholash masalalariga bag'ishlangan.

Iqtisodchi olimlar tomonidan “innovatsiya” va “innovatsion jarayon” tushunchalariga

o‘ziga xos yondashuvlar bildirilgan. P.F. Druker tomonidan «Innovatsiya – bu tadbirkorlar
tomonidan o’ziga xos vosita b o‘lib, u asosida turli xil xizmat va biznesdagi imkoniyat sifatida
foydalanishi mumkin” degan ta’rif berilgan bo'lsa, R.I.Gimush, F.M.Matmurodovlar esa
“Innovatsiya ― yangilik va yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi. Bu yangilik zamirida
yangi tartibni, yangi odatni, yangi uslubni, kashfiyotnj tushunish lozim deya ta’rif berishgan.
Z.T.Gaibnazarova tomonidan “Innovatsiya – bu kasbiy faoliyatning tubdan tartibga solish,
yangi natijalarini yaratish va uni tubdan yangi sifat darajasiga ko‘tarish” degan ta’rif berilgan.

Ushbu ta’riflarning mazmunidan kelib chiqib shuni xulosa qilish mumkinki, innovatsiya-

bu yangi kashfiyotlar, yangi jarayonlar, xizmatlar va usullar bo’lib, u iqtisodiy yoki biznes
faoliyatda yuqori darajadagi samara keltirish vazifasini bajaradi.

Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology) Tadqiqotning asosiy maqsadi

loyihalarga innovatsiyalarni jalb etish jarayonlarini tahlil qilish va ularning samaradorligini
aniqlashdir. Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat:

Innovatsiyalarni loyihalarga qanday jalb qilish mumkinligini o‘rganish;

Innovatsion yondoshuvlarning loyihalarga qo‘shgan hissasini tahlil qilish;

Innovatsiyalarni joriy etishda duch kelinadigan to‘siqlarni o‘rganish;

Innovatsion ekosistemani yaratishdagi omillarni aniqlash.

Ushbu mavzu yuzasidan tadqiqot olib borish jarayonida loyihalarga innovatsiyalarni

jalb etish jarayonlarini o‘rganish uchun sifat va miqdoriy tadqiqot usullarini birgalikda
qo‘llaniladi . Tadqiqotning asosiy maqsadi innovatsion yondoshuvlarning loyihalarga
qo‘shgan hissasini aniqlash va ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishda duch kelinadigan
to‘siqlarni o‘rganishdan iborat . Ushbu masalani hal etish, muammoni yoritish uchun bir


background image

71

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue 05 YO’TA

qancha metod va uslublardan foydalanish mumkin . Jumladan, avval adabiyot tahlili
o‘tkaziladi, ya’ni innovatsiyalar va ularni joriy qilishga oid mavjud ilmiy ishlar va amaliyotlar
ko‘rib chiqiladi. Bu usul orqali innovatsiyalarning turli shakllari va ular loyihalarda qanday
qo‘llanilishi mumkinligi to‘g‘risida umumiy tasavvur hosil qilinadi.

Shuningdek, tadqiqotda so‘rovnomalar va intervyular yordamida keng miqyosda

ma’lumotlar yig‘iladi. Innovatsiyalarni loyihalarga integratsiya qilishda ishtirok etgan
menejerlar, mutaxassislar va tajribali xodimlar bilan intervyular o‘tkazilib, ularning fikrlari
tahlil qilish orqali yanada amaliy ahamiyatga rga matijalarga erishishimiz mumkin . Bunda
innovatsiyalarni amalga oshirishda qanday strategiyalarni qo‘llash va qaysi omillar
muvaffaqiyatga olib kelishi haqida ma’lumotlar to‘plash maqsadga muvofiq.
Bundan tashqari, case-study (holat tahlili) usulidan foydalanish mumkin. Bu usul yordamida
innovatsiyalarni loyihalarga muvaffaqiyatli integratsiya qilgan kompaniyalar va tashkilotlar
tajribasi o‘rganiladi. Loyihalarning muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz bo‘lishiga ta’sir
ko‘rsatuvchi asosiy omillar va yondoshuvlar aniqlangani natijasida tavsiyalar ishlab chiqib,
tadqiqot davomida to‘plangan ma'lumotlar asosida innovatsion yondoshuvlarni loyihalarga
muvaffaqiyatli kiritish uchun samarali strategiyalar va metodlar taklif etilishi asosiy
usullardan biri sifatida tadqiq etish mumkin hisoblanadi.

Tahlil va natijalar (Analysis and results)

Ma’lumki, innovatsiya – foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada

yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon,sotuvlarning yangicha uslubi yoki ish
amaliyotidagi, ish o‘rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o‘rnatishdagi yangi tashkiliy
uslub hisoblanadi.

“Innovatsiya” atamasi lotincha “novatio”so‘zidan olingan bo‘lib, “yangilanish”(yoki

“o‘zgarish”), “in” qo‘shimchasi esa lotinchadan “yo‘nalishida” deb tarjima qilinadi, agar buni
yaxlit “Innovatio” ko‘rinishida tarjima qilsak-“o‘zgarishlar yo‘nalishida” deb izohlanadi.
Innovation tushunchasi birinchi bo‘lib XIX-asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bo‘ldi.
“Innovatsiya” tushunchasi o‘zining yangi hayotini “innovatsion kombinatsiyalar”ni tahlil
qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi o‘zgarishlar natijasida XX-asrning boshida
avstriyalik va amerikalik iqtisodchi Y.Shumpeterning ilmiy ishlarida boshlagan.

Adabiyotlarda «innovatsiya» atamasiga berilgan ko‘plab ta’riflarni topish mumkin.

Biroq, tadqiqotchilarning ushbu iqtisodiy toifaga alohida e’tibor ko‘rsatishlariga qaramay,
ilmiy g‘oya haligacha «innovatsiyalar» tushunchasining ham nazariya, ham amaliyot
talablariga javob beradigan, shuningdek, ularni amalga oshirishning muayyan subyekti –
davlat, mintaqa, tarmoq va korxona nuqtai nazaridan to‘g‘ri bo‘ladigan universal ta'rifini
ishlab chiqmagan.

«Innovatsiyalar» atamasini yangi iqtisodiy toifa sifatida fanga avstriyalik (keyinchalik

amerikalik) olim Yozef Shumpeter XX asrning bitinchi o‘n yilligida kiritgan. O‘zining «Iqtisodiy
rivojlanish nazariyasi» nomli asarida (191 ly. ) Y. Shumpeter ilk bora rivojlanishda
o'zgarishlarning yangi kombinatsiyalari masalalarini (ya’ni innovatsiya masalalarini) ko‘rib
chiqdi va innovatsion jarayonga to‘liq tavsif berdi.

Y. Shumpeter rivojlanishdagi besh xil o‘zgarishni ajratib ko‘rsatdi:
1) yangi texnika, texnologik jarayonlar yoki ishlab chiqarishning yangicha bozor

ta’minotidan foydalanish;

2) yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan mahsulotjoriy qilish;


background image

72

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue 05 YO’TA

3) yangi xomashyodan foydalanish;
4) ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning moddiy-texnika ta'minotida o‘zgarishlar;
5) yangi sotuv bozorlarining paydo bo'lishi.
U iqtisodiyotda novator-tadbirkor markaziy figuraga aylanishini isbotlab berdi. Y.

Shumpeterga ko‘ra, innovatsiya bu – iste’mol tovarlarining yangi turlari, yangi ishlab
chiqarish va transport vositalari, yangi bozorlar va sanoatda tashkilotlar shakllarini joriy
qilish va foydalanish maqsadidagi o'zgarishlardir.[3]

Innovatsiyalarni amaliy jarayonlarga tadbiq etishning asosini innovatsion faoilyat

tashkil etadi. Innovatsion faoliyat bilan qanchalik keng shug'ullanish , mamlakat yoki biror
sanoat tuzilmasi miqiyosida bu faoliyatga keng yo'l ochib berish sohani rivojlantirish uchun
asosiy qadamlardan biri hisoblanadi.

Innovatsion faoliyat – yakunlangan ilmiy tadqiqot va loyihalar natijalari yoki boshqa

ilmiy-texnik yutuqlarnii (fan-texnika yutuqlarini) yangi yoki takomillashtirilgan
mahsulotga,bozorda sotiladigan, amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki
takomillashtirilgan texnologik jarayonga, shuningdek, shu bilan bog'liq qo'shimcha ilmiy
tadqiqot va loyihalarga joriy qilishga yo‘naltirilgan jarayondir [3].

Ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda innovatsion siyosatning o‘tkazilishi, eng avvalo,

muayyan tarmoqlarda innovatsion salohiyatga ega bo‘lgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni
qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq. Bunday siyosat, birinchi navbatda, ishlab chiqarishning
texnik jihozlanganligini yaxshilash, tarmoqlar, korxonalarning texnologik darajasini ko‘tarish,
umuman milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va boshwa shu kabilardan iborat bo‘lgan
qo‘shimcha raqobat ustunliklari manbalarini aniqlashga qaratiladi. Ikkinchidan esa, raqobat
ustunliklari ko‘pincha bozorning yirik raqobatchilarda keltiradigan daromadining kamligi va
o‘zlashtirish vaqtida ko'lamlarining kichikligi tufayli qiziqish uyg‘otmaydigan bo‘g‘inlarida
yaratiladi.Uchinchidan raqobat ustunliklariga uzluksiz ravishda mablag‘lar sarflashni talab
etadigan yangi ishlanmalar muntazam mukammalashib borgan taqdirdagina saqlab qolinadi.

Shulardan kelib chiqib, aytish mumkinki, rivojlangan mamlakatlarda davlatning

imvestitsion-innovatsion o‘zgarishlar siyosati ilmiy-texnologik tsiklning barcha boswichlarini
rivojlantirish va rag‘batlantirishni hisobga olgan holda shakllantirilar ekan.

AQSH, Yaponiya, Germaniya va Frantsiya tajribasining ko‘rsatishicha, mamlakatning

barqaror rivojlanishiga erishining muhim omillari investitsiyalar va innovatsion ishlanmalar
hisoblanar ekan, mana shuning uchun ham bu mamlakatlarda investitsion jarayonini
faollashtirish uchun sharoitlar yaratib berish vazifalari, xususan innovatsion strategiyasini
yaratish, milliy iqtisodiyotning preferentsial tarmoqlariga selektiv yordam ko'rsatish, xususiy
va qarz investitsiyalarini jalb etish va joylashtirish hamda to‘g‘ridanto‘g‘ri va portfelь
investitsiyalar o‘rtasidagi munosabat masalalari birinchi darajali bo‘lib hisoblanadi.

Innovatsion siyosatning strategik maqsadi – ilmiy g'oy va ishlanmalarni raqobatbardosh

tovar mahsulotiga aylantirish, ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga joriy qilish,
shuningdek, hududiy ilmiy-innovatsion salohiyatni saqlab qolish va rivojlanishni ta‘minlovchi
qulay innovatsion muhitni yaratishdan iborat. Milliy iqtisodiyotda innovatsion faoliyatni
rivojlantirish butun bir innovatsiya tizimini shakllantirish va rivojlantirish bilan uzviy bog'liq.
Uning asosiy vazifasi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, aholini oziq-ovqat bilan
ta‘minlash darajasi va sifatini oshirish,ekotizimga salbiy antropogen ta‘sirlarni kamaytirish
bilan bir vaqtda resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish hisoblanadi.


background image

73

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue 05 YO’TA

Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va korxonalar faoliyati samaradorligini oshirishga

yo‗naltirilgan innovatsion siyosatning muhim vazifalari quydagilardan iborat:

asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarining tibbiy iste‘mol

me‘yorlariga mos b'lishi;

hududlararo almashish va eksport ahamiyatiga ega bo'lgan istiabolli

mahsulotlarning ishlab chiqarilishi;

qo'shilgan qiymatning ulushi va iqtisodiy samarasi yuqori bo'lgan

mahsulotlarning ishlab chiqarilishi;

mayda va yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning bir-birini

to'ldiruvchi maqbul nisbatda bo'lishi;

ekotizimga antropogen ta‘sirni kamaytirish orqali resurslardan foydalanish

samaradorligining oshirilishi. [4]

Ushbu vazifalarni amalga oshirishda esa korxonalar , kichik sanoat birlashmalari

tizimida innovatsion loyihalarni amalga tadbiq etish, yuqori darajada samaradorlikni
oshirishga qaratilgan loyihalardan foydalanish talab etiladi.

Innovatsiyalar korxonaning raqobat muhitidagi ustunligini shakllantirish va

mustahkamlash, istiqbolli loyihalar asosida ularning tovar ishlab chiqarish va sotish
sohalaridagi faolligini oshiradi. Demak, tashqi va ichki bozordagi raqobat kurashida
innovatsiyalardam foydalanish eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Innovatsiyalar o‘rta
va yuqori raqobatbardoshlik afzalliklarini shakllantiradi. Mutanosib ravishda korxona
raqobatbardoshligini innovatsion rag'batlantirish deyilganda, mahsulotlar sifatini oshirish,
xarajatlarni qisqartirish, iste‘mol tovar mahsulotlari assortimentini ko‘paytirish, ishlab
chiqarishni tashkil etish va korxonani boshqarish tizimida innovatsion raqobatbardoshlil
afzalliklarini yaratish va amalga oshirish tushuniladi.

Rivojlangan mamlakatlarda YaIM o‘sishining 80-95 foiziga yangi bilimlarni,

texnologiyalarni, yangi uskunalarni takomillashtirish va kadrlarning intellektual salohiyatini
rivojlantirish chora- tadbirlarini amalga oshirish hisobidan erishilmoqda. Yangi
texnologiyalarni tatbiq qilish ishlab chiqarish samaradorligi, tovar va xizmatlar sifatini
oshirishda asosiy omil bo‘lib qoldi. Iqtisodiyot real sektorining davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlanishi iqtisodiy rivojlanishni sustlashtiruvchi omillarning salbiy ta‘sirini
kamaytirish, innovatsion ishlab chiqarishga mablag‘larni sarflash, mamlakatni ishlab
chiqarish omillari ta‘minotchisi holatidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaruvchi
mavqeiga olib chiqadi.[4]

Xulosa va takliflar ( conclusions and recommendations)

So’nggi yillarda iqtisodiyotni rivojlantirishda ilg’or texnologiyalar va innovatsiyalarning

ahamiyati oshib bormoqda. Eng so’nggi texnologiyalar ishlab chiqarish va tadbirkorlik
jarayonlarining samaradorligini oshirishi mumkin. Eng yangi texnologiyalar inson
faoliyatining barcha yangi sohalari va tarmoqlariga kirib borishi bilan an’anaviy yondashuvlar
o’zgaradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) paydo bo’lishi va tarqalishi
global iqtisodiyotga shu qadar ta’sir ko’rsatdiki, yangi bir hodisa – raqamli iqtisodiyot paydo
bo’ldi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’sirida odamlarning turmush tarzi o’zgara
boshladi, foydalanuvchilar o’rtasidagi aloqalar o’zgardi - turli geografik mintaqalar, faoliyat
sohalari va boshqalardagi odamlar o’rtasida aloqa o’rnatish imkoniyati paydo bo’ldi. Bu
raqamli iqtisodiyotning asosi bo’lgan axborot aloqalarining jadal o’sishi. Raqamli


background image

74

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue 05 YO’TA

texnologiyalarning ta’siri global miqyosda ham, mahalliy darajada ham seziladi. Raqamli
iqtisodiyot yangi ishlab chiqarishlarning kombinatsiyasi sifatida global iqtisodiyotning tez
o’sib borayotgan qismidir. Yangi texnologiyalar yaxshi tashkil etilgan xo’jalik yurituvchi
subyektlar faoliyatining ba’zi jihatlariga o’zgartiruvchi ta’sir ko’rsatadi, bu asosan ishlaydigan
mexanizmlarni – aloqa vositalarini yoki sanoat mashinalarini raqamli yoki raqamli
mexanizmlarga almashtirish, shuningdek, ularni yanada modernizatsiya qilishdan iborat.
Raqamli iqtisodiyotning o’sishi raqamli va mobil texnologiyalar bilan bevosita bog’liq bo’lgan
bir qator bozorlarning o’sishi bilan bog’liq. Texnologiyalar rivojlanishining hozirgi bosqichida
va bozorlarning hozirgi holati sharoitida raqamli iqtisodiyotni maqsad sifatida emas, balki
iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish vositasi sifatida ko’rib chiqish kerak. Zamonaviy
raqamli iqtisodiyot yangi biznes modellarini taklif qiladi va boshqaruv mexanizmlarini
o’zgaruvchan voqelikni aks ettirish uchun o’zgartirish zarurligini ta’kidlaydi.[5]

Xulosa qilib aytish mumkinki, innovatsion faoliyat, qaysi tarmoqdaligidan qat‘iy nazar,

izlanish, qayta ishlash va takomillasbshgan yangilik hamda texnika-texnologiyalarni o'z ichiga
olgan jarayonlar majmuasi hisoblanadi. Demak, qo'shimcha daromad olish yoki o'sha hajmni
saqlab qolish uchun texnika va texnologiyalarni innovatsiya ishlanmalari bilan
takomillashtirib borish lozim.

Loyihalarga innovatsiyalarni jalb etish jarayoni – bu nafaqat texnologik yutuqlarni joriy

etish, balki tizimli va strategik yondashuvlarni talab etadi. Innovatsiyalarni samarali joriy
etish uchun loyiha rahbarlari va jamoalari yangi g'oyalarni qabul qilish, amaliyotga tadbiq
etish va uning samaralarini muntazam ravishda baholab borish zarur. Shuningdek,
innovatsion jarayonlar faqat yangi texnologiyalarning qo'llanilishi emas, balki barcha loyihani
boshqarish, resurslarni taqsimlash va muammolarga ijodiy yechimlar ishlab chiqishni ham o'z
ichiga oladi. Loyihalarga innovatsiyalarni joriy etishdagi muvaffaqiyatlar kelajakda
raqobatbardoshlikni oshirish va iqtisodiy o'sishni ta'minlash imkonini beradi

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1.

Gʻiyosjon Shamsiddinov, Gulandom Raxmatova, MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR (FINTECH)

VA BANK XIZMATLARINING RAQAMLASHTIRILISHI, Прикладные науки в современном
мире: проблемы и решения, 2024/12/16, 33-37.
2.

G Shamsiddinov, „iyosjon, Jasmina Murodulloyeva, and Durdona Turayeva." GLOBAL IQLIM

O „ZGARISHI SHAROITIDA EKOLOGIK BARQARORLIKNI SAQLASHNING ZAMONAVIY,
INNOVATSION USULLARI." Инновационные исследования в современном мире: теория и
практика, 2024, 103-106.
3.

G’iyosjon Shamsiddinov, Gulandom Raxmatova, Zilola Rajapova, KLIENT-SERVER

ARXITEKTURALARI, Наука и инновация, 2025/3/25, 113-119.
4.

G’iyosjon Shamsiddinov, Gulandom Raxmatova, Zilola Rajapova, VIRTUAL BORLIQ VA

UNING ASOSIY TUSHINCHALARI, Наука и инновация, 2025/3/24, 52-58.
5.

G‘iyosjon Shamsiddinov, Barchin Ro‘ziqulova, Laziza Inatillayeva, BOSHLANG ‘ICH

TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH USULLARI VA AFZALLIKLARI,
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические
исследования, 2024/10/21, 39-41.
6.

Л Турсунова, С Жураев, ЭФФЕКТИВНЫЕ МЕХАНИЗМЫ ПОВЫШЕНИЯ КАЧЕСТВА

ОБРАЗОВАНИЯ, Педагогика и психология в современном мире: теоретические и
практические исследования, 2024, 35-37.


background image

75

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue 05 YO’TA

7.

DO Israilovich, TL Komilovna, Optimization of Validity of Text Information Based On

Mechanisms with Soft Clustering, European journal of innovation in nonformal education,
2022, 369-373.
8.

Ro‘Ziqulova Marjona Jonuzoq Qizi, Tursunova Luiza Komilovna, INFORMATIKA FANINI O

‘QITISHDA SAMARALI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR, Central Asian Journal of
Multidisciplinary Research and Management Studies, 2025, 63-66.
9.

Луиза Комиловна Турсунова, Гиесжон Шамсиддинов, Образ педагога в

информационном мире, “Qishloq va suv xo'jaligida innovatsion texnologiyalarni qo'llash
samaradorligi” mavzusidagi xalqaro ilmiy Anjuman, 2024/2/23, 421-426.
10.

Зебинисо Абдулхакимовна Абдувалиева, Турсунова Луиза Комиловна,

Математический аппарат методов принятия решения документооборота в ВУЗах, 2022,
286-289.
11.

Alijon Muhammadiyev, Shukurullo Aliqulov, PROSPECTS OF USING COMPUTER

TECHNOLOGIES IN MODERN EDUCATION, Наука и технология в современном мире, 2024,
90-92.
12.

Sh Aliqulov, M. Yaxiyaxonova. Taʻlim samaradorligini oshirishda kreativ va zamonaviy

metodlarning ahamiyati. Raqamli ta’lim muhitida fanlararo integratsiyani Qoʻllashning ta’lim
…, 2024.
13.

ALIQULOV SHUKURULLO FAYZULLO, TA'LIM JARAYONIDA MULTIMEDIA

VOSITALARINI QO‘LLASH, JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS VOLUME – 45 | ISSUE
– 2 January – 2024, 2024/1/2, 61-65.
14.

J.Toshpo‘lotova M.O‘ktamov, Sh.Aliqulov, Iqtidorli talabalarni fan, ta’lim va ishlab

chiqarish korxonalari bilan integratsiya qilishning zamonaviy usullari, Fan va texnika
taraqqiyotida intellektual yoshlarning o‘rn, 2024/4/29, 54-57.
15.

J.Toshpo‘lotova M.O‘ktamov, Sh.Aliqulov, Hozirgi globallashuv jarayonida intellektual

yoshlarning ijtimoiy rivojlanish davridagi roli, Fan va texnika taraqqiyotida intellektual
yoshlarning o‘rn, 2024/4/29, 40-43.
16.

Mavlonov Sh Sh, FB Jurayeva, ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA

MINTAQALAR IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH, Экономика и социум, 2024, 234-238.
17.

Feruza Jo‘rayeva, Sarvinoz Xurramova, MA’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH

TIZIMLARI TAHLILI, Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения,
2024/12/9, 8-12.
18.

Feruza Jo’rayeva, TA’LIM JARAYONIDA AQL XARITALARIDAN FOYDALANISH VA

ULARNING AHAMIYATI, Молодые ученые, 2024/4/8, 159-166.
19.

Feruza Jo‘rayeva, Gulhayo Hamdamova, MEDIA SAVODXONLIK TUSHUNCHASI VA

UNING JAMIYATIMIZ HAYOTIDAGI AHAMIYATI, Педагогика и психология в современном
мире: теоретические и практические исследования, 2024/3/31, 31-35.
20.

Tuxtanazarova N. A Davletov A. J. , Mavlanberdiyev S. F., Norqulova Z. N., Jurayeva F. B.,

Jurayeva D. Sh, STUDY RATIO OF MOISTURE AND BIOME FOR EXTREME SITUATION,
ВЫСШАЯ ШКОЛА• №23 / 2021, 2021/12/23, 34-36.
21.

Nuriddinova, Nozima, and Dinora Norboboyeva. "CHET ELDA ALOHIDA YORDAMGA

MUHTOJ BOLALARNING INKLYUZIV TA'LIMI." Молодые ученые 3.8 (2025): 160-165.


background image

76

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI

www.in-academy.uz

Volume 3 Issue 05 YO’TA

22.

Nuriddinova, Nozima, and Dinora Norboboyeva. "O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

INKLYUZIV TA'LIMNING ME'YORIY-HUQUQIY BAZASI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI."
Наука и инновация 3.8 (2025): 146-151.
23.

Salimova, Marjona, and Nozima Nuriddinova. "AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA

TABIIY ILMIY FANLARNI OʻQITISHDA DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNI HAL QILISHNING
INNOVATSION USULLARI." Наука и инновация 2.38 (2024): 161-164.
24.

Nuriddinova, Sevinch, and Nozima Nuriddinova. "Increasing the effectiveness of

learning biology lessons by means of interactive games and interactive methods."
Multidisciplinary Journal of Science and Technology 4.7 (2024): 288-290.

Библиографические ссылки

Gʻiyosjon Shamsiddinov, Gulandom Raxmatova, MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR (FINTECH) VA BANK XIZMATLARINING RAQAMLASHTIRILISHI, Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения, 2024/12/16, 33-37.

G Shamsiddinov, „iyosjon, Jasmina Murodulloyeva, and Durdona Turayeva." GLOBAL IQLIM O „ZGARISHI SHAROITIDA EKOLOGIK BARQARORLIKNI SAQLASHNING ZAMONAVIY, INNOVATSION USULLARI." Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 2024, 103-106.

G’iyosjon Shamsiddinov, Gulandom Raxmatova, Zilola Rajapova, KLIENT-SERVER ARXITEKTURALARI, Наука и инновация, 2025/3/25, 113-119.

G’iyosjon Shamsiddinov, Gulandom Raxmatova, Zilola Rajapova, VIRTUAL BORLIQ VA UNING ASOSIY TUSHINCHALARI, Наука и инновация, 2025/3/24, 52-58.

G‘iyosjon Shamsiddinov, Barchin Ro‘ziqulova, Laziza Inatillayeva, BOSHLANG ‘ICH TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH USULLARI VA AFZALLIKLARI, Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 2024/10/21, 39-41.

Л Турсунова, С Жураев, ЭФФЕКТИВНЫЕ МЕХАНИЗМЫ ПОВЫШЕНИЯ КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАНИЯ, Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 2024, 35-37.

DO Israilovich, TL Komilovna, Optimization of Validity of Text Information Based On Mechanisms with Soft Clustering, European journal of innovation in nonformal education, 2022, 369-373.

Ro‘Ziqulova Marjona Jonuzoq Qizi, Tursunova Luiza Komilovna, INFORMATIKA FANINI O ‘QITISHDA SAMARALI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR, Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 2025, 63-66.

Луиза Комиловна Турсунова, Гиесжон Шамсиддинов, Образ педагога в информационном мире, “Qishloq va suv xo'jaligida innovatsion texnologiyalarni qo'llash samaradorligi” mavzusidagi xalqaro ilmiy Anjuman, 2024/2/23, 421-426.

Зебинисо Абдулхакимовна Абдувалиева, Турсунова Луиза Комиловна, Математический аппарат методов принятия решения документооборота в ВУЗах, 2022, 286-289.

Alijon Muhammadiyev, Shukurullo Aliqulov, PROSPECTS OF USING COMPUTER TECHNOLOGIES IN MODERN EDUCATION, Наука и технология в современном мире, 2024, 90-92.

Sh Aliqulov, M. Yaxiyaxonova. Taʻlim samaradorligini oshirishda kreativ va zamonaviy metodlarning ahamiyati. Raqamli ta’lim muhitida fanlararo integratsiyani Qoʻllashning ta’lim …, 2024.

ALIQULOV SHUKURULLO FAYZULLO, TA'LIM JARAYONIDA MULTIMEDIA VOSITALARINI QO‘LLASH, JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS VOLUME – 45 | ISSUE – 2 January – 2024, 2024/1/2, 61-65.

J.Toshpo‘lotova M.O‘ktamov, Sh.Aliqulov, Iqtidorli talabalarni fan, ta’lim va ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiya qilishning zamonaviy usullari, Fan va texnika taraqqiyotida intellektual yoshlarning o‘rn, 2024/4/29, 54-57.

J.Toshpo‘lotova M.O‘ktamov, Sh.Aliqulov, Hozirgi globallashuv jarayonida intellektual yoshlarning ijtimoiy rivojlanish davridagi roli, Fan va texnika taraqqiyotida intellektual yoshlarning o‘rn, 2024/4/29, 40-43.

Mavlonov Sh Sh, FB Jurayeva, ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA MINTAQALAR IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH, Экономика и социум, 2024, 234-238.

Feruza Jo‘rayeva, Sarvinoz Xurramova, MA’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMLARI TAHLILI, Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения, 2024/12/9, 8-12.

Feruza Jo’rayeva, TA’LIM JARAYONIDA AQL XARITALARIDAN FOYDALANISH VA ULARNING AHAMIYATI, Молодые ученые, 2024/4/8, 159-166.

Feruza Jo‘rayeva, Gulhayo Hamdamova, MEDIA SAVODXONLIK TUSHUNCHASI VA UNING JAMIYATIMIZ HAYOTIDAGI AHAMIYATI, Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 2024/3/31, 31-35.

Tuxtanazarova N. A Davletov A. J. , Mavlanberdiyev S. F., Norqulova Z. N., Jurayeva F. B., Jurayeva D. Sh, STUDY RATIO OF MOISTURE AND BIOME FOR EXTREME SITUATION, ВЫСШАЯ ШКОЛА• №23 / 2021, 2021/12/23, 34-36.

Nuriddinova, Nozima, and Dinora Norboboyeva. "CHET ELDA ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ BOLALARNING INKLYUZIV TA'LIMI." Молодые ученые 3.8 (2025): 160-165.

Nuriddinova, Nozima, and Dinora Norboboyeva. "O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INKLYUZIV TA'LIMNING ME'YORIY-HUQUQIY BAZASI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI." Наука и инновация 3.8 (2025): 146-151.

Salimova, Marjona, and Nozima Nuriddinova. "AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA TABIIY ILMIY FANLARNI OʻQITISHDA DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNI HAL QILISHNING INNOVATSION USULLARI." Наука и инновация 2.38 (2024): 161-164.

Nuriddinova, Sevinch, and Nozima Nuriddinova. "Increasing the effectiveness of learning biology lessons by means of interactive games and interactive methods." Multidisciplinary Journal of Science and Technology 4.7 (2024): 288-290.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Farrux Qodirov, Adiba Uchqunova , LOYIHALARGA INNOVATSIYALARNI JALB ETISH JARAYONI , Бюллетень студентов нового Узбекистана: Том 3 № 5 (2025): Бюллетень студентов нового Узбекистана

Farrux Qodirov , Shahrizoda Habibullayeva , LOYIHALARDA RISK XAVFINI ANIQLASH VA BOSHQARISH , Бюллетень студентов нового Узбекистана: Том 3 № 5 (2025): Бюллетень студентов нового Узбекистана

Farrux Qodirov , Asal Qurbonova, LOYIHALARGA INNOVATSIYALARNI JALB ETISH JARAYONLARI , Бюллетень студентов нового Узбекистана: Том 3 № 5 (2025): Бюллетень студентов нового Узбекистана

Farrux Qodirov , Nargiza Toshpulatova, LOYIHALARGA INNOVATSIYALARINI JALB QILISH JARAYONLARI , Бюллетень студентов нового Узбекистана: Том 3 № 5 (2025): Бюллетень студентов нового Узбекистана

Farrux Qodirov, Shabnambonu Boltaxujayeva, LOYIHALARGA INNOVATSIYALARINI JALB QILISH JARAYONLARI , Бюллетень студентов нового Узбекистана: Том 3 № 5 (2025): Бюллетень студентов нового Узбекистана

Farrux Qodirov , Maftuna Sattorova , LOYIHALARDA RISK XAVFINI ANIQLASH VA ULARNI BOSHQARISH , Бюллетень студентов нового Узбекистана: Том 3 № 5 (2025): Бюллетень студентов нового Узбекистана

Farrux Qodirov , Yulduz Ortiqova , LOYIHALARGA RISK XAVFINI ANIQLASH VA BOSHQARISH , Бюллетень студентов нового Узбекистана: Том 3 № 5 (2025): Бюллетень студентов нового Узбекистана

Farrux Qodirov , Dilnoza Saidova , LOYIXALARGA INNOVATSIYALARNI JALB ETISH JARAYONLARI , Бюллетень студентов нового Узбекистана: Том 3 № 5 (2025): Бюллетень студентов нового Узбекистана

Farrux Qodirov, Fayyoza Bo’riyeva , LOYIHALARGA INNOVATSIYALARNI JALB QILISH JARAYONLARI , Бюллетень студентов нового Узбекистана: Том 3 № 5 (2025): Бюллетень студентов нового Узбекистана

Farrux Qodirov , Nilufar Xodiyeva , LOYIHALARGA INNOVATSIYALARNI JALB ETISH JARAYONLARI , Бюллетень студентов нового Узбекистана: Том 3 № 5 (2025): Бюллетень студентов нового Узбекистана

1 2 > >>