Авторы

  • Akmal Ulug‘murotov
    O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi tayanch doktoranti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yota.127178

Ключевые слова:

Imom Ahmad ibn Muhammad ibn Hanbal Abu Hafs Amr ibn Ali Bohiliy Yunus ibn Nofe’ Abbos ibn Mus’ab “Tarix “Al- Muvatto”.

Аннотация

Mazkur maqola islom ilmlari tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk muhaddis va faqih – Abu Abdurahmon Abdulloh ibn Muborak Marvaziy al-Hanzaliyning hayoti, ilmiy merosi va hadis ilmidagi ulkan xizmatlarini tahliliy yondashuv asosida yoritadi. Muallif Ibn Muborakning tobe’in va taba’a tobe’inlar davrida yetishib chiqqan yirik olim sifatida shakllanish jarayonini, uning ilm olish maqsadida Islom olamidagi ko‘plab mamlakatlarga qilgan sayohatlari, ustozlari va ilmiy yo‘nalishlarini mukammal tahlil etadi.


background image

20

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 7-SON YO’TA

IBN MUBORAK BUYUK MUHADDIS

Ulug‘murotov Akmal Ziyodullayevich

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

tayanch doktoranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.16093150

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 07-Iyul 2025 yil

Ma’qullandi: 11-Iyul 2025 yil
Nashr qilindi: 18-Iyul 2025 yil

Mazkur maqola islom ilmlari tarixida o‘chmas iz
qoldirgan buyuk muhaddis va faqih – Abu Abdurahmon
Abdulloh ibn Muborak Marvaziy al-Hanzaliyning hayoti,
ilmiy merosi va hadis ilmidagi ulkan xizmatlarini tahliliy
yondashuv asosida yoritadi. Muallif Ibn Muborakning
tobe’in va taba’a tobe’inlar davrida yetishib chiqqan yirik
olim sifatida shakllanish jarayonini, uning ilm olish
maqsadida Islom olamidagi ko‘plab mamlakatlarga
qilgan sayohatlari, ustozlari va ilmiy yo‘nalishlarini
mukammal tahlil etadi.
Maqolada Ibn Muborakning hadis, fiqh, tafsir, zohidlik
(zuhd) kabi sohalardagi asarlari, ularning qo‘lyozmalari,
rivoyat zanjirlari va ta’siri batafsil yoritiladi. Jumladan,
“Kitob az-Zuhd”, “Kitob al-Jihod” kabi asarlarining
tuzilishi, mazmuni va ilmiy qiymati ko‘rib chiqiladi. Ibn
Muborakning hadislar sahihligi, isnod tizimi va matn
tahlilida olib borgan izchil metodologiyasi bugungi ilmiy
yondashuvlar bilan qiyosiy tahlil qilinadi.
Muallif shuningdek, Ibn Muborakning Madina, Basra,
Shom, Yaman kabi hududlarda fiqh va hadis ulamolari
bilan ilmiy aloqalarini, ularning asarlariga qilgan
ta’sirini va o‘zidan keyingi muhaddislar – xususan, Imom
al-Buxoriy, Yahyo ibn Mo’in, Vaki’ ibn Jarroh kabi
allomalarga ta’sir doirasini ochib beradi. Tadqiqotda Ibn
Muborakning fiqhda Imom Abu Hanifa, Molik ibn Anas,
Sufyon Savriy va Avzo’iy kabi ulamolardan ta’lim olgani,
bu ta’limotlarning uyg‘unlashuvi uning shaxsiy ijtihodiy
maktabini shakllantirgani alohida tahlil etiladi.
Maqola tarixiy-biografik yondashuv asosida yozilgan
bo‘lib, ilmiy merosning nafaqat diniy, balki axloqiy,
zohidlik (tasavvufiy) va ma’naviy jihatlariga ham e’tibor
qaratadi. Ibn Muborakning saxiylik, halollik, tavoze,
iymon va sabr kabi insoniy fazilatlarni o‘z asarlari va
hayoti orqali targ‘ib qilgani ko‘rsatiladi.

KEY WORDS

Imom Ahmad ibn Muhammad ibn
Hanbal, Abu Hafs Amr ibn Ali
Bohiliy, Yunus ibn Nofe’,Abbos ibn
Mus’ab “Tarix,“Al- Muvatto”.


background image

21

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 7-SON YO’TA

Tadqiqotning xulosasi shuki, Abdulloh ibn Muborak –
hadis ilmi va fiqhni uzviy bog‘lagan, ilmiy e’tibor va
axloqiy namunadorlikni uyg‘unlashtirgan islom ilmlari
tarixidagi betakror shaxs bo‘lib, uning merosi hozirgi
kunda ham dolzarb va chuqur tadqiqotlarni talab qiladi.

Abu Abdurahmon Abdulloh ibn Muborak ibn Vozih Marvaziy al-Hanzaliy ism-sharifi

bilan butun Islom olamiga tanilgan bu atoqli olim hijriy 118 yili Movarunnahrning mashhur
Marv shahrida tug‘ilgan. Ulamolar Ibn Muborakning tavallud sanasida ixtilof qilishgan. Abdon
ibn Usmon: “Men Ibn Muborakning “119 hijriy sanada tug‘ilganman” deganini eshitganman”,
deydi. Imom Ahmad ibn Muhammad ibn Hanbal va Abu Hafs Amr ibn Ali Bohiliylar: “Abdulloh
ibn Muborak 118 sanada tug‘ilgan” deyishadi

1

.

Otasi Muborak o‘g‘li Abdullohni diniy ilmlardan tashqari she’rlar yodlashga undar va

qiziqtirar edi. Bu narsa uning quvvai hofizasini kuchaytirishga yordam berishini ota yaxshi
bilar edi. Abdulloh yoshligidanoq Payg‘ambar (s.a.v)ning hadislarini yodlash, ularni tahqiq va
tadqiq qilishga qattiq qiziqar edi. Ibn Muborak marvlik taniqli olim shayx Yunus ibn Nofe’dan
ilk bor hadis eshitgan edi. U qozi G‘onim Marvaziyning otasi bo‘lgan. Abdulloh Marvga kelgan
basralik Abu Isom Muzaniydan ham hadis eshitgan. O‘sha davrning ulamolari Muzaniyni
hurmat qilishar va izzat-ikrom ko‘rsatishar edi. U ulovga minganida Abdulloh uning
kiyimlarini tuzatib qo‘yar edi.

Ibn Muborak biroz vaqt Marvda qozilik qilgan basralik Muhammad ibn Sobit Abiydan

ham hadis rivoyat qilgan.

Ibn Muborakning tobe’in va taba’a tobe’inlardan arab tili, fiqh va hadis ilmlarini

mukammal o‘rganish uchun boshqa Islom mamlakatlariga safar qilishi zarur edi. Uning ilm
olish yo‘lida Marv shahrini tark qilgani haqida bog‘dodlik xatib Abdon ibn Usmon shunday
deydi:

“Abdulloh ilk bor 141 hijriy yili Iroqqa safar qilgan.” Shu ma’lumotga qaraganda Ibn

Muborak ilm olish uchun safarlarini boshlaganda yigirma uch yoshda bo‘lgan. Abbos ibn
Mus’ab “Tarix” asarida Ibn Muborakning shunday deganini rivoyat qiladi: “Men to‘rt ming
shayxdan ilm oldim. Ularning mingtasidan hadis rivoyat qildim”.

Bolalik davrining ko‘p qismini ilm olishga baxshida etgan Ibn Muborak keyinchalik ham

ilm talabini biron kun tark etgani yo‘q. U ko‘p bor haj qildi, tijorat va ilm olish bilan uzluksiz
shug‘ullandi. U o‘z zamonasida shayxulislom, hadis ilmida hofiz, tijoratda ularning sayyidi,
hayotda shijoat va saxiylikni o‘zida jamlagan kishilarning biri edi. Abdulloh ibn Muborak turli
ilmlarda, ayniqsa, hadis ilmida imom va muhaddislarning eng ulug‘laridan edi.

Abdulloh ibn Muborak Madinaga borganida Molik ibn Anasdan fiqh ilmini o‘rgandi va

uning mashhur “Al- Muvatto” kitobini rivoyat qildi. U Shom ahlining fiqhi va
muhaddisibo‘lgan Avzo’iydan ham fiqh va hadis ilmini o‘rgandi, Yaman muhaddisi Mu’ammar
ibn Rashiddan hadis eshitdi.

1

Imom Shamsiddin Zahabiy. Siyar a’lom an-nubalo (“Mashhur daholar siyrati” kitobida saylanma asar). // Arabchadan

Azizxo‘ja Inoyatov tarjimasi. – T:Hilol nashr, 2017. – B.157.


background image

22

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 7-SON YO’TA

Fiqh va hadis ilmida o‘z davrining eng peshqadam olimlaridan biriga aylangan Ibn

Muborak hadis ilmi sohiblarining eng faqihlaridan hisoblanadi va bu sohada Sufyon Savriy,
Avzo’iy, Ayyub Sahtiyoniy, Ibn Jurayjlar bilan bir qatorda turadi

2

.

Xalifa Umar ibn Abdulaziz davrigacha tobeinlar sunnatlarni (shar’iy hukmlarni)

yozishga qiynalishar edi. Hijriy ikkinchi asrning ikkinchi yarmi boshida shar’iy hukmlarni
yozish masalasida imomlar turlicha fikrda edilar, chunki Qur’on bilan hadisi nabaviyning
aralashib ketishi yoki hadis bilan tobeinlarning fikrlari aralashib ketishi xavotiri sunnatlarni
yozishda ancha qiyinchilik tug‘dirar edi. Mana shu ilmiy vaziyat Ibn Muborakning sunnatni
jamlash va uni har xil nuqsonlardan tozalash, uni kitob qilib yozish yoki alohida boblarga
ajratish sohasida tinmay mehnat qilishga undadi.

Darhaqiqat, Ibn Muborak sunnatni mustahkamlashda buyuk martabaga erishdi. Hatto u

kishi to‘g‘risida: “Agar biron kishi Ibn Muborak to‘g‘risida noloyiq gap gapirsa, Islom diniga
tuxmat qilgan bo‘ladi”, deyishgan ekan. U hadislar yozar va ularning sahihlarini g‘ayri
sahihlardan ajratar edi.

Ibn Muborak ilm talabida va uni tarqatish maqsadida Bog‘dodga bir necha marotaba

kelgan. Shunda u erning ilg‘or fikrli kishilaridan Abdulloh Roziy Taymiy Hofiz, Hasan
Marvaziy, Ali ibn Ishoq Salmo Marvaziy, Ibn Muborakning yaqin do‘stlaridan Darkiniy va
Anbasa ibn Sa’id Umaviy Qurayshiylar undan hadis eshitishar edi. Abdulloh ibn Muborak
davrida undan ko‘ra ilmga intiluvchan, haris kishi bo‘lmagan. U kuchli eslab qolish
qobiliyatiga qaramay, hadislarni yozish, kitob tuzishdan erinmas edi. U 141 hijriy yilda
birinchi bor ilm talabi yo‘lida safarga chiqqan edi va bu yo‘lda mashaqqat chekib, mehnat
qildi.

Ibn Sa’d uning ko‘plab kitob tasnif etgani to‘g‘risida xabar beradi. Albatta bu kitoblardan

ko‘p kishi foydalangan. Bu haqda Abu Abdulloh Zahabiy Yahyo ibn Odam aytadi: “Bir hadisni
Muborakning kitobidan topmasam, undan umid uzar edim va boshqa izlamas edim”. Uning
hadis kitoblarida yigirma ming hadis bo‘lgan.

Shu davrning eng ulug‘ muhaddislari ham Ibn Muborakning kitoblariga muhtoj edilar.

Hadis ilmining sultoni imom Buxoriy ilk bor hadis eshitganida va Ibn Muborakning
tasniflarini yod olganda yosh bola edi. Bu haqda u shunday degan edi: “O‘n olti yoshga
kirganimda Abdulloh ibn Muborak Marvaziy va Vaki’ ibn Jarroh ibn Mulayh Ravoiyning
kitoblarini to‘liq yod olib, ashabur-ra’ylarning kalomlarini bilib olganman. Shundan keyin
volidam va akam Ahmad bilan muborak haj safariga yo‘l oldim”.

Abdulloh ibn Muborak umr bo‘yi ilm talabida bo‘lgani uchun uning ustozlari ham

nihoyatda ko‘p bo‘lgan. Roviylarning aytishicha, Ibn Muborak to‘rt ming shayxdan hadis
to‘plagan va ularning mingtasidan hadis rivoyat qilgan. Bir o‘rinda aytadiki: “Men bir ming bir
yuz shayxdan hadis yozib oldim. Ular ichida ulug‘lardan Sufyon Savriy ham bor edi.”
Darhaqiqat, Ibn Muborak juda ko‘p tobe’inlar bilan uchrashib, ulardan hadis rivoyat qilgan.
Ustozlarini ko‘pchiligi esa taba’ tobe’inlarning ulug‘laridan edi.

Abdulloh ibn Muborakning ilk ustozi Robi’ ibn Anas Xurosoniy edi. Xurosoniy zindonda

bo‘lganida ilojini topgan holda u kishini oldilariga kirib, qirqtacha hadis eshitishga muyassar
bo‘lgan. Ahli hadis ijmo’si bilan u kishining hadislari hujjat, butunligicha olinadi. Rivoyatlari
barcha mo‘‘tabar hadis kitoblarida mavjud.

2

Imom Shamsiddin Zahabiy. Siyar a’lom an-nubalo (“Mashhur daholar siyrati” kitobida saylanma asar). // Arabchadan

Azizxo‘ja Inoyatov tarjimasi. – T:Hilol nashr, 2017. – B.125.


background image

23

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 7-SON YO’TA

Bulardan tashqari Ibn Muborakni tobe’inlarning ulug‘laridan ham ustozlari juda ko‘p

bo‘lgan. Iroqda fiqh ahlinig imomi Abu Hanifa huzurlarida Ibn Muborak fiqh ilmidan
bahramand bo‘ldi. Ibn Muborak Madinaga keganida esa Molik ibn Anas bilan hamnishin bo‘lib,
u huzurida fiqh ilmidan dars oldi. Ibn Muborak avvalida fiqh ilmi sohasida Abu Hanifadan
ta’lim olgan bo‘lsa-da, keyinchalik Sufyon Savriy, Molik ibn Anas va Avzo’iylar huzurida fiqh
ilmidan bahramand bo‘ldi. Ibn Farhun Ya’muriy Molikiy mashriq ahli ichida Ibn Muborakni
Molik ibn Anasning ashoblari jumlasidan, deb zikr qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг Бирлашган Миллатлар

Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 72-сессиясидаги нутқи // Халқ сўзи. – Тошкент, 2017
йил, 20 сентябрь. – № 189 (6883).
2.

“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-

tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ – 2855-sonli qaror. 2017-yil
27-mart.
3.

Alouddin Mansur. Qur’oni karim ma’nolari oʻzbekcha izohli tarjimasi. – Toshkent: Choʻlpon,

1992. – 672 b.
4.

Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri / Tarjima va tafsir muallifi: Abdulaziz

Mansur. – Toshkent: TIU, 2012. – 686 b.
5.

Muhammad Aliy Sobuniy. Ravoi’ al-bayon – tafsir ayat al-ahkom min al-Qur’on. – J: 2. –

Damashq: Dor al-qalam, 1990.
6.

Movarounnahr allomalarining hadis ilmi rivojiga qoʻshgan hissalari / I.Usmonov tahriri

ostida. – Toshkent: Movarounnahr, 2011.
7.

Uvatov U. Buyuk muhaddislar: Imom al-Buxoriy, Imom Muslim Imom at-Termiziy. –

Toshkent: “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 1998. – 63 b.

Библиографические ссылки

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 72-сессиясидаги нутқи // Халқ сўзи. – Тошкент, 2017 йил, 20 сентябрь. – № 189 (6883).

“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ – 2855-sonli qaror. 2017-yil 27-mart.

Alouddin Mansur. Qur’oni karim ma’nolari oʻzbekcha izohli tarjimasi. – Toshkent: Choʻlpon, 1992. – 672 b.

Qur’oni karim ma’nolarining tarjima va tafsiri / Tarjima va tafsir muallifi: Abdulaziz Mansur. – Toshkent: TIU, 2012. – 686 b.

Muhammad Aliy Sobuniy. Ravoi’ al-bayon – tafsir ayat al-ahkom min al-Qur’on. – J: 2. – Damashq: Dor al-qalam, 1990.

Movarounnahr allomalarining hadis ilmi rivojiga qoʻshgan hissalari / I.Usmonov tahriri ostida. – Toshkent: Movarounnahr, 2011.

Uvatov U. Buyuk muhaddislar: Imom al-Buxoriy, Imom Muslim Imom at-Termiziy. – Toshkent: “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 1998. – 63 b.