Авторы

  • Zilola Mahmudova
    Shahrisabz davlat pedogogika instituti Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangʻich taʼlim) yoʻnalishi, 1-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yota.127188

Ключевые слова:

boshlang‘ich sinf funksional savodxonlik interfaol metodlar tanqidiy fikrlash muammo asosida o‘qitish kompetensiyaviy yondashuv.

Аннотация

Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarining funksional savodxonligini shakllantirishning zamonaviy va samarali usullari yoritilgan. Funksional savodxonlik – bu o‘quvchining hayotiy vaziyatlarda o‘z bilimlarini qo‘llay olishi, matn bilan ishlay olishi, mantiqiy fikrlashi va muammoni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan muhim kompetensiyadir. Maqolada interfaol metodlar, integrallashgan yondashuvlar, muammo asosida o‘qitish va o‘quvchilarning o‘zini ifoda etishiga imkon beruvchi topshiriqlarning ahamiyati tahlil qilingan. Pedagogik tajribalar va kuzatishlarga asoslanib, o‘qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar berilgan


background image

95

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

BOSHLANGʻICH SINFLARDA O‘QUVCHILARNING

FUNKSIONAL SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISHNING

SAMARALI USULLARI

Mahmudova Zilola Yoqub qizi

Shahrisabz davlat pedogogika instituti

Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

(boshlangʻich taʼlim) yoʻnalishi, 1-kurs magistranti

mahmudovazilolaxon@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15751406

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-Iyun 2025 yil

Ma’qullandi: 24-Iyun 2025 yil
Nashr qilindi: 27-Iyun 2025 yil

Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarining
funksional savodxonligini shakllantirishning zamonaviy
va samarali usullari yoritilgan. Funksional savodxonlik –
bu o‘quvchining hayotiy vaziyatlarda o‘z bilimlarini
qo‘llay olishi, matn bilan ishlay olishi, mantiqiy fikrlashi
va muammoni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga
qaratilgan muhim kompetensiyadir. Maqolada interfaol
metodlar, integrallashgan yondashuvlar, muammo
asosida o‘qitish va o‘quvchilarning o‘zini ifoda etishiga
imkon beruvchi topshiriqlarning ahamiyati tahlil
qilingan. Pedagogik tajribalar va kuzatishlarga
asoslanib, o‘qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar berilgan.

KEY WORDS

boshlang‘ich

sinf,

funksional

savodxonlik, interfaol metodlar,
tanqidiy fikrlash, muammo asosida
o‘qitish,

kompetensiyaviy

yondashuv.

XXI asrda ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri – o‘quvchilarni nafaqat bilim bilan

qurollantirish, balki ularni real hayotda duch keladigan vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila
oladigan, mustaqil fikrlay oladigan va o‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llay oladigan shaxslar qilib
tarbiyalashdir. Bu esa o‘quvchilarning funksional savodxonligini shakllantirishni ta’limning
markaziy vazifalaridan biriga aylantirmoqda.

Funksional savodxonlik bu — o‘quvchining o‘zlashtirgan bilimlarini amaliy hayotda,

turli muammoli vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyati, matn bilan ishlash, axborotni tahlil qilish,
fikrni asoslab ifoda etish, qaror qabul qilish kabi ko‘nikmalarning yig‘indisidir. Jahon
miqyosida PISA, PIRLS, TIMSS kabi xalqaro baholash dasturlarining joriy etilishi ham aynan
o‘quvchilarning funksional savodxonlik darajasini o‘lchashga qaratilgan bo‘lib, bu borada har
bir davlat o‘z ta’lim tizimiga zamonaviy yondashuvlarni kiritishga majbur bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyot strategiyasi

(2022–2026)da, shuningdek, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “2023–2026-yillarda umumiy
o‘rta ta’lim sifatini oshirish dasturi”da ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni amaliy faoliyatga
yo‘naltirish, funksional savodxonlikni rivojlantirish kabi vazifalar ilgari surilgan. Bu esa
pedagoglardan o‘z ish faoliyatida innovatsion metodlar va kreativ yondashuvlarni qo‘llashni
talab qiladi.

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining funksional savodxonligini

rivojlantirishda eng samarali usullar — interfaol metodlar, integratsiyalashgan darslar,
muammo asosida o‘qitish, o‘quvchi markazli yondashuvlar va ijodiy topshiriqlarni qo‘llash
imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, amaliy tavsiyalar va tajribalar orqali o‘qituvchilar uchun
foydali metodik yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tiladi.


background image

96

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

Metodologiya

Ushbu tadqiqot boshlangʻich sinf o‘quvchilarining funksional savodxonligini

shakllantirishda samarali yondashuvlar va metodlarning ta’sirini aniqlashga qaratilgan bo‘lib,
tadqiqotning metodologik asoslarini quyidagi yondashuvlar tashkil etadi:

1. Metodologik asoslar. Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi

Qonuni, “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyot strategiyasi (2022–2026 yillar), Davlat ta’lim standarti
(2023) hamda UNESCO, OECD tomonidan ilgari surilgan funksional savodxonlik
kontsepsiyalariga asoslanadi. Shuningdek, J.Dyui, L.Vigotskiy, A.V. Brushlinskiy, A.N. Leontyev
kabi olimlarning faoliyatga yo‘naltirilgan ta’lim nazariyasi, zamonaviy konstruktivistik
yondashuvlar va kompetensiyaviy model asos bo‘ldi.

2. Tadqiqot metodlari. Tadqiqotda quyidagi uslublardan foydalanildi:
Tahlil va sintez – mavjud ilmiy-pedagogik manbalarni o‘rganish va umumlashtirish

orqali asosiy nazariy yondashuvlar tanlab olindi.

Empirik kuzatuv – boshlang‘ich sinf darslarida o‘quvchilarning faol ishtiroki, matn bilan

ishlash, savol-javob, mantiqiy fikrlash holatlari kuzatilib, yozuvli qaydlar orqali fikrlar
shakllantirildi.

Eksperimental-tajriba usuli – sinfda interfaol metodlar, muammo asosida o‘qitish,

integratsiyalashgan topshiriqlar orqali o‘quvchilarning funksional savodxonligiga ta’sir tahlil
qilindi.

Suhbat va so‘rovnoma – o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar bilan muloqotlar tashkil

etilib, ularning funksional savodxonlik haqidagi tushunchalari va darslardagi metodlarga
bo‘lgan munosabatlari aniqlashtirildi.

3. Tadqiqot obyekti va predmeti. Obyekt: boshlang‘ich ta’lim jarayoni.
Predmet: boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining funksional savodxonligini shakllantirishga

yo‘naltirilgan samarali pedagogik usullar.

4. Tadqiqot ishtirokchilari. Tadqiqot 3–4-sinf o‘quvchilari ishtirokida olib borildi.

Shuningdek, tajriba jarayonida ushbu sinflarda dars berayotgan 10 nafar o‘qituvchi jalb
qilindi. Ular bilan kuzatuv, suhbat va eksperimental mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

5. Tahlil mezonlari. Tadqiqotda o‘quvchilarning funksional savodxonligi quyidagi

mezonlar asosida baholandi:

matn bilan ishlash va ma’lumot ajratish ko‘nikmasi;

hayotiy vaziyatlarda qaror qabul qilish qobiliyati;

tanqidiy fikrlash va izchillik;

og‘zaki va yozma ifoda qilish ko‘nikmalari;

topshiriqlarda ijodiy yondashuv.

Natija va tahlillar

Tadqiqot davomida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining funksional savodxonligini

shakllantirishga qaratilgan turli pedagogik usullar sinovdan o‘tkazildi. Tajriba-sinov ishlari 3
ta bosqichda olib borildi: diagnostik tahlil, eksperimental joriy etish, va yakuniy baholash.
Quyidagi asosiy natijalarga erishildi:

1. Dastlabki holatni aniqlash. Tajriba boshida 3–4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida funksional

savodxonlikni baholovchi maxsus topshiriqlar orqali dastlabki bilim darajalari aniqlashtirildi.
Baholash mezonlari asosida o‘quvchilarning 62% i matnni tushunishda, 57% i hayotiy
vaziyatda qaror qabul qilishda, 49% i og‘zaki izoh berishda qiynalganlari aniqlandi.


background image

97

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

2. Eksperimental ta’sir natijalari. Eksperimental guruhlarda quyidagi usullar muntazam

joriy etildi:

Muammo asosida o‘qitish (Problem-based learning).
Matnga asoslangan savol-javob va tafakkur xaritalari bilan ishlash.
Rol o‘ynash, muloqotli topshiriqlar, fikr almashish.
Hayotiy vaziyatlar asosida loyihalar tuzish.
3 oy davomida mazkur metodlarning qo‘llanilishi natijasida:
Matnni tahlil qilish ko‘nikmalari 62% dan 85% ga oshdi.
Hayotiy vaziyatlarda javob topish va qaror qabul qilish ko‘rsatkichlari 57% dan 81% ga

ko‘tarildi.

O‘quvchilarning mustaqil fikr bildirish darajasi 49% dan 78% gacha yetdi.
3. So‘rovnoma va suhbat natijalari. O‘qituvchilarning 90% dan ortig‘i funksional

savodxonlikni shakllantirishda interfaol metodlarning samaradorligini e’tirof etdi. Ularning
ta’kidlashicha, bu usullar o‘quvchilarning fikrlash darajasini chuqurlashtirish bilan birga,
o‘rganilgan bilimlarni amaliy hayotga tatbiq etish ko‘nikmasini ham rivojlantiradi. O‘quvchilar
esa eng samarali usul sifatida “suhbatli topshiriqlar”, “o‘yinli darslar”, va “real hayotga oid
muammolarni yechish” bilan bog‘liq faoliyatlarni ijobiy baholadilar.

4. Kuzatuvlar asosidagi umumlashma. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, o‘qituvchilar o‘z

darslarida matn bilan ishlashga doir bosqichli yondashuv, savol-javob usuli, ko‘rgazmali
vositalar, kompyuter texnologiyalarini integratsiyalash orqali o‘quvchilarda funksional
fikrlashni shakllantirishga erishmoqdalar.

Muhokama

O‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, boshlangʻich sinf o‘quvchilarining

funksional savodxonligini rivojlantirishda an’anaviy bilim berishga asoslangan darslardan
ko‘ra, interfaol va innovatsion yondashuvlarga asoslangan metodlar ancha yuqori
samaradorlikka ega. Xususan, matnni tahlil qilish, hayotiy vaziyatlarda mustaqil qaror qabul
qilish, og‘zaki va yozma fikrni ifoda etish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishda muammo
asosida o‘qitish, ijodiy topshiriqlar, suhbat va savol-javob metodlarining ta’siri yuqori bo‘ldi.

Dars jarayonida o‘quvchi faoliyatining markazda bo‘lishi, ya’ni o‘quvchi markazli ta’lim

tamoyilining qo‘llanilishi, ularning shaxsiy fikriga, qarashiga hurmat bilan yondashish va
ularni rag‘batlantirish funksional savodxonlikni rivojlantirishda muhim omil sifatida
namoyon bo‘ldi. Bu holat J.Dyui va L.Vigotskiylarning konstruktivistik va sotsiokultural
yondashuvlari bilan uyg‘unlikda namoyon bo‘ladi, chunki bu nazariyalar shaxsning bilimni
ijtimoiy muhitda, amaliy faoliyat davomida egallashini ta’kidlaydi.

Shuningdek, integratsiyalashgan darslar (masalan, ona tili va tabiatshunoslikni bog‘lab

o‘tilgan darslar) funksional savodxonlikni kuchaytirishda sinergetik ta’sir ko‘rsatdi. Bu kabi
yondashuvlar o‘quvchiga bilimlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglash, ularni umumlashtirish, real
hayotdagi vaziyatlarda qo‘llash imkonini beradi.

O‘qituvchilarning yondashuvi va darsga tayyorgarligi ham funksional savodxonlik

darajasiga bevosita ta’sir qiladi. Tajriba davomida aniqlanishicha, dars jarayonida
o‘qituvchilar tomonidan puxta rejalashtirilgan, bosqichma-bosqich ifodalangan topshiriqlar,
o‘quvchilarning qiziqishlariga moslashtirilgan faoliyatlar va baholash mezonlarining aniq
bo‘lishi o‘quvchilarni yanada faolroq ishtirok etishga undaydi.


background image

98

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

Muhokamadan kelib chiqadigan xulosa shuki, zamonaviy boshlang‘ich ta’lim jarayonida

funksional savodxonlikni rivojlantirishga xizmat qiladigan uslublar va vositalarni tanlashda
quyidagi tamoyillarga amal qilish zarur:

har bir darsda o‘quvchini faol ishtirok etishga undaydigan usullardan foydalanish;
real hayot bilan bog‘liq vaziyatlar asosida topshiriqlar tuzish;
o‘quvchilar o‘rtasida erkin fikrlash va mulohaza yuritish muhitini yaratish;
o‘zaro fikr almashish, jamoaviy muhokama va tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytirish.
Ushbu yondashuvlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nafaqat bilimini, balki tafakkuri,

nutqiy faoliyati, muammoli vaziyatda harakat qilish qobiliyatini ham rivojlantirib, ularni
kelajakda ijtimoiy faol va fikrlovchi shaxs sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.

Xulosa

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, funksional savodxonlikni shakllantirish

boshlangʻich ta’lim bosqichidayoq ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qaralishi lozim. Chunki
aynan shu davrda o‘quvchilarning bilimni amaliyotda qo‘llay olish, mustaqil fikrlash,
muammolarni hal qilish, matn bilan ishlash kabi asosiy hayotiy ko‘nikmalari shakllanadi. Bu
esa ta’limning mazmuni va metodikasini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etishni
taqozo etadi.

Funksional savodxonlikni rivojlantirishda quyidagi metodlar yuqori samara berdi:
Muammo asosida o‘qitish – o‘quvchilarni real vaziyatlarga mos ravishda fikrlashga

o‘rgatdi.

Interfaol yondashuvlar – o‘quvchilarning nutqiy faolligi, fikr almashuvi va jamoaviy

ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirdi.

Integratsiyalashgan darslar – bilimlararo bog‘liqlikni kuchaytirib, tahliliy tafakkurni

shakllantirdi.

Ijodiy topshiriqlar va muloqotli muhit – o‘quvchilarda mustaqil qaror qabul qilish va

fikrni ifodalash salohiyatini rivojlantirdi.

Shuningdek, o‘qituvchining metodik tayyorgarligi, innovatsion yondashuvlardan

xabardorligi va darsni bolalarning yosh va psixologik xususiyatlariga mos holda tashkil etishi
— funksional savodxonlikni shakllantirishdagi muhim omil hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, boshlangʻich sinflarda funksional savodxonlikni rivojlantirish —

faqat bilim berish emas, balki o‘quvchilarni hayotga tayyorlash demakdir. Shu bois, ta’lim
jarayonida kompetensiyaviy yondashuvni amaliyotga tatbiq etish, o‘quvchilarni faol
ishtirokchi sifatida tarbiyalash va ularga hayotiy ahamiyatga ega ko‘nikmalarni berishga
e’tibor qaratish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. — [2022 yil 28 yanvar].
2. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2020 y.,
№30.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023–2026 yillarda umumiy o‘rta ta’lim
sifatini oshirish dasturi haqidagi qarori.
4. J.Dyui. Demokratiya va ta’lim. – Toshkent: O‘qituvchi, 2005.
5. Vygotsky, L.S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. –
Cambridge: Harvard University Press, 1978.


background image

99

YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI SJIF: 5.209

www.in-academy.uz

3-JILD, 6-SON YO’TA

6. Brushlinskiy, A.V. Psixologiya subyektivnoy deyatel'nosti. – Moskva: Pedagogika, 1994.
7. Leontyev, A.N. Faoliyat, ong va shaxs. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992.
8. OECD. PISA 2018 Results: Combined Executive Summaries. – Paris: OECD Publishing, 2019.
9. UNESCO. Functional Literacy: Concepts and Measurement. – Paris, 2006.
10. Qodirova N.M., Abdullayeva R.X. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. – Toshkent: Fan va
texnologiya, 2021.
11. G‘ulomova D.T. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tanqidiy fikrlashini shakllantirish
metodlari. – Ilm-fan va taraqqiyot jurnali, 2022, №3.
12. Toirova M. Innovatsion pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2020.
13. Qahhorova N. Boshlang‘ich ta’limda kompetensiyaviy yondashuv asoslari.– Andijon:
Ma’rifat, 2021.
14. PIRLS va TIMSS xalqaro baholash dasturlari metodik ko‘rsatmalari. – TDIQXMMI, 2023.
15. Samadov A.M. Interfaol ta’lim metodlari. – Samarqand: Zarafshon, 2022.
16. Mahmudova, Zilola Yoqub qizi. “O‘qituvchining kasbiy mahorati va pedagogik Qobiliyatlari
O‘rtasidagi Bog‘liqlik.” Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management
Studies, vol. 2, no. 2, 17 Feb. 2025, Innovative Academy RSC, pp. 123–127.
17. Mahmudova Zilola Yoqub qizi. Shaxsiy qobiliyatlarni shakllantirishning pedagogic asoslari.
“Psixologiya” ilmiy jurnali. Buxoro davlat universiteti. №1, 2025, 295-300-b.
18. Mahmudova, Zilola. Methods for developing pedagogical skills in modern education.
Eurasian journal of entrepreneurship and pedagogy. Vol. 3, issue 1, feb. 2025, 100-103 pp.
19. Olimov, Shirinboy Sharofovich, and Khusniddin Kupayinovich Khomidov. "Preparing
Future Teachers To Solve The Tasks Of Patriotic Education Of Children And Youth." The
American Journal of Social Science and Education Innovations 2.12 (2020): 132-136.
20. Болтаева, Зулфия Зарифовна, and Хусниддин Купайсинович Хомидов. "Личностно-
деятельностно-ориентированные технологии в непрерывном профессиональном
образовании." VIII Лазаревские чтения" Лики традиционной культуры в современном
культурном пространстве: ренессанс базовых ценностей?". 2018.
21. Khomidov, Khusniddin Kupaysinovich. "Cooperation between state and public
organizations in the meaningful organization of youth leisure activities." Thematics Journal of
Social Sciences 7.3 (2021).

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. — [2022 yil 28 yanvar].

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2020 y., №30.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023–2026 yillarda umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish dasturi haqidagi qarori.

J.Dyui. Demokratiya va ta’lim. – Toshkent: O‘qituvchi, 2005.

Vygotsky, L.S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. – Cambridge: Harvard University Press, 1978.

Brushlinskiy, A.V. Psixologiya subyektivnoy deyatel'nosti. – Moskva: Pedagogika, 1994.

Leontyev, A.N. Faoliyat, ong va shaxs. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992.

OECD. PISA 2018 Results: Combined Executive Summaries. – Paris: OECD Publishing, 2019.

UNESCO. Functional Literacy: Concepts and Measurement. – Paris, 2006.

Qodirova N.M., Abdullayeva R.X. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021.

G‘ulomova D.T. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tanqidiy fikrlashini shakllantirish metodlari. – Ilm-fan va taraqqiyot jurnali, 2022, №3.

Toirova M. Innovatsion pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2020.

Qahhorova N. Boshlang‘ich ta’limda kompetensiyaviy yondashuv asoslari.– Andijon: Ma’rifat, 2021.

PIRLS va TIMSS xalqaro baholash dasturlari metodik ko‘rsatmalari. – TDIQXMMI, 2023.

Samadov A.M. Interfaol ta’lim metodlari. – Samarqand: Zarafshon, 2022.

Mahmudova, Zilola Yoqub qizi. “O‘qituvchining kasbiy mahorati va pedagogik Qobiliyatlari O‘rtasidagi Bog‘liqlik.” Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, vol. 2, no. 2, 17 Feb. 2025, Innovative Academy RSC, pp. 123–127.

Mahmudova Zilola Yoqub qizi. Shaxsiy qobiliyatlarni shakllantirishning pedagogic asoslari. “Psixologiya” ilmiy jurnali. Buxoro davlat universiteti. №1, 2025, 295-300-b.

Mahmudova, Zilola. Methods for developing pedagogical skills in modern education. Eurasian journal of entrepreneurship and pedagogy. Vol. 3, issue 1, feb. 2025, 100-103 pp.

Olimov, Shirinboy Sharofovich, and Khusniddin Kupayinovich Khomidov. "Preparing Future Teachers To Solve The Tasks Of Patriotic Education Of Children And Youth." The American Journal of Social Science and Education Innovations 2.12 (2020): 132-136.

Болтаева, Зулфия Зарифовна, and Хусниддин Купайсинович Хомидов. "Личностно-деятельностно-ориентированные технологии в непрерывном профессиональном образовании." VIII Лазаревские чтения" Лики традиционной культуры в современном культурном пространстве: ренессанс базовых ценностей?". 2018.

Khomidov, Khusniddin Kupaysinovich. "Cooperation between state and public organizations in the meaningful organization of youth leisure activities." Thematics Journal of Social Sciences 7.3 (2021).