TAQDIMOT SLAYDLARINI YARATISH BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Annotasiya

Mazkur maqolada taqdimot slaydlari yaratish bo‘limini o‘qitish metodikasi keng tahlil etiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida slayd taqdimotlarining ahamiyati, ularning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilish jarayoniga ta’siri va samaradorligini oshirish usullari ko‘rib chiqiladi. Maqolada “1 daqiqa – 1 slayd” metodining takomillashtirilgan shakli, gamifikatsiya yondashuvlari va interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, vizual va texnologik yondashuvlarni qo‘llash o‘quvchilarning faolligini oshirishga, mustaqil fikrlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu maqola o‘qituvchilar, ta’lim muassasalari rahbarlari hamda zamonaviy ta’lim usullariga qiziquvchilar uchun foydalidir.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
49-53

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Ruziyeva , G., Nurullayeva , M., & Yaxiyaxonova , M. (2025). TAQDIMOT SLAYDLARINI YARATISH BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI. Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения, 4(11), 49–53. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/130711
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada taqdimot slaydlari yaratish bo‘limini o‘qitish metodikasi keng tahlil etiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida slayd taqdimotlarining ahamiyati, ularning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilish jarayoniga ta’siri va samaradorligini oshirish usullari ko‘rib chiqiladi. Maqolada “1 daqiqa – 1 slayd” metodining takomillashtirilgan shakli, gamifikatsiya yondashuvlari va interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, vizual va texnologik yondashuvlarni qo‘llash o‘quvchilarning faolligini oshirishga, mustaqil fikrlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu maqola o‘qituvchilar, ta’lim muassasalari rahbarlari hamda zamonaviy ta’lim usullariga qiziquvchilar uchun foydalidir.


background image


49

TAQDIMOT SLAYDLARINI YARATISH BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Ruziyeva Gulasal Tog‘aymurod qizi

SHDPI talabasi

Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi

Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

Ilmiy maslahatchi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16566887

Annotatsiya.

Mazkur maqolada taqdimot slaydlari yaratish bo‘limini o‘qitish metodikasi

keng tahlil etiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida slayd taqdimotlarining ahamiyati, ularning
o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilish jarayoniga ta’siri va samaradorligini oshirish usullari
ko‘rib chiqiladi. Maqolada “1 daqiqa – 1 slayd” metodining takomillashtirilgan shakli,
gamifikatsiya yondashuvlari va interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha
innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, vizual va
texnologik yondashuvlarni qo‘llash o‘quvchilarning faolligini oshirishga, mustaqil fikrlash va
muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu maqola o‘qituvchilar, ta’lim
muassasalari rahbarlari hamda zamonaviy ta’lim usullariga qiziquvchilar uchun foydalidir.

Kalit so‘zlar:

taqdimot slaydlari, interfaol metodlar, “1 daqiqa – 1 slayd”, ta’lim

texnologiyalari, gamifikatsiya, innovatsion ta’lim, kreativ fikrlash, pedagogik yondashuv, vizual
taqdimot, informatika ta’limi, tanqidiy tafakkur, AR/VR texnologiyalari.

Аннотация.

В данной статье подробно анализируется методика обучения

созданию слайдов презентации. Рассмотрено значение слайдовых презентаций в
современном образовательном процессе, их влияние на процесс обучения учащихся и
пути повышения их эффективности. В статье анализируются усовершенствованная
форма метода «1 минута – 1 слайд», геймификационные подходы и инновационные
подходы к использованию интерактивных образовательных технологий. Результаты
исследования показывают, что использование наглядного и технологического подходов
способствует повышению активности учащихся, развитию самостоятельного
мышления и коммуникативных навыков. Данная статья будет полезна педагогам,
руководителям образовательных учреждений и всем, кто интересуется современными
методами обучения.

Ключевые слова

:

слайды презентации, интерактивные методы, «1 минута – 1

слайд», образовательные технологии, геймификация, инновационное образование,
креативное

мышление,

педагогический

подход,

визуальная

презентация,

информатическое образование, критическое мышление, AR/VR-технологии.

Abstract.

This article provides a comprehensive analysis of the teaching methodology of

the section on creating presentation slides. The importance of slide presentations in the
modern educational process, their impact on the process of assimilation by students and ways
to increase their effectiveness are considered. The article analyzes an improved form of the “1
minute - 1 slide” method, gamification approaches and innovative approaches to the use of
interactive educational technologies. The results of the study show that the use of visual and
technological approaches helps to increase student activity, develop independent thinking and
communication skills. This article is useful for teachers, heads of educational institutions and
those interested in modern educational methods.


background image


50

Keywords:

presentation slides, interactive methods, “1 minute - 1 slide”, educational

technologies, gamification, innovative education, creative thinking, pedagogical approach,
visual presentation, computer science education, critical thinking, AR/VR technologies.

Kirish

Zamonaviy ta’lim jarayonida taqdimot slaydlari yaratish va ulardan samarali foydalanish

muhim ahamiyat kasb etmoqda. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi natijasida ta’lim tizimi
ham o‘zgarib, pedagogik jarayonda vizual materiallardan keng foydalanish imkoniyati paydo
bo‘ldi. Xususan, dars jarayonlarida taqdimot slaydlaridan foydalanish o‘quvchilarning mavzuni
chuqurroq tushunishiga, darsga bo‘lgan qiziqishining oshishiga va bilimlarning
mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Shu boisdan, taqdimot slaydlari yaratish bo‘limini o‘qitish
metodikasini o‘rganish muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Taqdimot slaydlari yaratish ko‘nikmasi nafaqat informatika faniga, balki boshqa fanlarga

ham ta’sir ko‘rsatib, o‘quvchilarning axborotni aniq va tushunarli shaklda yetkazish malakasini
oshirishga yordam beradi. Shuningdek, slayd yaratish va taqdim etish jarayoni tanqidiy
fikrlash, kreativ yondashuv va muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashadi. Shu
sababli, ushbu maqolada taqdimot slaydlari yaratish bo‘limini o‘qitishning samarali metodlari,
ilg‘or pedagogik yondashuvlar va texnologik vositalardan foydalanish usullari yoritiladi.

Adabiyotlar tahlili.

Taqdimot slaydlari yaratish bo‘limini o‘qitish metodikasiga oid

adabiyotlar tahlilida quyidagi to‘rtta maqola ko‘rib chiqdim..

Normurodova S., Maxmarizayeva B., Asadova Sh. “Taqdimot slaydlarini yaratish bo‘limini

o‘qitish metodikasi.” nomli maqolasida taqdimot slaydlarini yaratishning ta’lim jarayonidagi
ahamiyati tahlil qilinadi. Mualliflar slaydlarni yaratishda oddiylik, aniq dizayn va grafikalar kabi
jihatlarga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlaydilar. Shuningdek, interaktiv mashqlar orqali
o‘quvchilarning slayd yaratish ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari ham ko‘rsatilgan.[1]

Mamarajabov O., Turdiyeva I. “Onlayn taqdimot yaratuvchi zamonaviy dasturlar va ta’lim

jarayonida qo‘llanilishi.” Maqolasida esa onlayn taqdimot yaratish uchun zamonaviy dasturlar
va ularning ta’lim jarayonida qo‘llanilishi o‘rganilgan. Mualliflar bulutli texnologiyalar
yordamida taqdimotlarni yaratish va ulardan foydalanishning afzalliklarini ko‘rsatib,
o‘quvchilarning raqamli ko‘nikmalarini oshirishga e’tibor qaratadilar.[2]

Yimer S.T. “Influencing postgraduates’ cognition in research methodology via active-

interactive PowerPoint-based learning strategy.” maqolasida faol-interaktiv PowerPoint
asosidagi o‘qitish strategiyasining magistrantlarning ilmiy-tadqiqot metodologiyasini
o‘rganishdagi ta’siri o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, bunday yondashuv talabalarning
kognitiv ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilagan, bu esa taqdimot slaydlarini yaratish va
taqdim etishning samaradorligini oshirishga yordam beradi.[3]

Hashemi M., Azizinezhad M., Farokhi M. “PowerPoint as an innovative tool for teaching

and learning in modern classes.” nomli tadqiqotida esa PowerPoint dasturidan zamonaviy
sinflarda innovatsion o‘qitish va o‘rganish vositasi sifatida foydalanish imkoniyatlari ko‘rib
chiqilgan. Mualliflar PowerPoint taqdimotlarining to‘g'ri dizayni o‘quvchilarning ma’lumotni
qabul qilish va tushunishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydilar.[4]

Metodlar.

Taqdimot slaydlari yaratish bo‘limini o‘qitishda interfaol va noodatiy yangi

metodlar o‘quvchilarning faolligini oshirishga, ularning kreativ fikrlashini rivojlantirishga va
texnologiyalardan foydalanish malakasini mustahkamlashga xizmat qiladi. Quyida tavsiya
etiladigan bir necha samarali metodlar keltirib o‘taman.


background image


51

“Taqdimot jigsaw” metodi.

O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadi, har bir guruh

taqdimotning muayyan qismini tayyorlaydi va keyin barcha qismlar birlashtiriladi.

“Tirik taqdimot” usuli (Live Presentation).

O‘quvchilar statik slaydlar o‘rniga

harakatlanadigan GIF, videolar yoki Prezi kabi vositalardan foydalanib, taqdimot jarayonini
jonlantirishadi.

“1 daqiqa – 1 slayd” metodi

O‘quvchilar dasturlar yoki apparat qurilmalarining ichki

mexanizmlarini o‘rganish uchun ularni "teskari loyihalashadi".

Natija.

“1 daqiqa – 1 slayd” metodi o‘quvchilarning qisqa va aniq ifoda qilish, vizual

taqdimot yaratish hamda vaqtni samarali boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga
qaratilgan. Ushbu metod ta’lim jarayonida o‘quvchilarning tezkor fikrlashini shakllantirish,
asosiy g‘oyani lo‘nda bayon qilish va vizual axborotni samarali taqdim etish mahoratini
oshirishga xizmat qiladi.

Metodning asosiy prinsiplari.

1.

Har bir o‘quvchi yoki jamoa faqat bitta slayd ustida ishlaydi.

2.

Har bir taqdimotga aniq 1 daqiqa vaqt ajratiladi. O‘quvchi shu vaqt ichida slayd

mazmunini tushuntirib berishi kerak.
3.

Minimal matn va maksimal vizual ta’sir. Slaydda matn hajmi cheklangan bo‘lishi kerak,

asosiy urg‘u infografika, diagrammalar yoki rasmlarga qaratiladi.
4.

Mavzular izchil bog‘langan bo‘lishi kerak. Har bir slayd oldingisi bilan mantiqiy bog‘lanib,

oxirida yaxlit hikoya shakllanishi lozim.
5.

Vaqt tugashi bilan taqdimot avtomatik yakunlanadi. O‘quvchi yoki jamoa 1 daqiqalik vaqt

tugagandan so‘ng gapirishni to‘xtatadi.

Xulosa.

Taqdimot slaydlari yaratish bo‘limini o‘qitish metodikasini o‘rganish zamonaviy

ta’lim jarayonida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada taqdimot slaydlarini yaratish
jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan interfaol va innovatsion metodlar tahlil qilindi hamda
ularning o‘quv jarayonidagi samaradorligi asoslab berildi. Tadqiqot natijalari shuni
ko‘rsatadiki, vizual va texnologik yondashuvlarni o‘z ichiga olgan metodlar o‘quvchilarning
faolligini oshirishga, ularning mavzuni puxta o‘zlashtirishiga va ta’lim jarayoniga yanada
qiziqish bilan yondashishiga yordam beradi.

Dars jarayonida slayd yaratish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun gamifikatsiya, invers

dars, "Slaydni davom ettir" metodi, "Teskari taqdimot" yondashuvi kabi metodlardan
foydalanish samarali natijalar beradi. Ushbu metodlar o‘quvchilarni faol ishtirok etishga
undaydi, mustaqil fikrlashni rivojlantiradi va ularning ijodiy yondashuvini shakllantiradi.
Shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv taqdimotlar
tayyorlash, AR/VR vositalaridan foydalanish ta’lim jarayonini yanada qiziqarli va samarali
qiladi.

Xulosa qilib aytganda, taqdimot slaydlarini yaratish bo‘limini o‘qitish metodikasini to‘g‘ri

tanlash va samarali tatbiq etish nafaqat informatika fanida, balki boshqa fanlarda ham
o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. O‘qituvchilar
innovatsion yondashuvlarni qo‘llagan holda o‘quv jarayonini yanada samarali va ta’sirchan
qilishlari mumkin. Shu boisdan, pedagoglar zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or metodikalarni
o‘zlashtirishga, ularni amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratishlari zarur.


background image


52

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdievna, Axmedova Barno. "USE OF PROGRAMMING LANGUAGES IN SOLVING

TECHNICAL PROBLEMS."

International scientific-online conference International scientific-

online conference

.

2.

Barno Abdiyevna Axmedova. “TA’LIM XIZMATLARINI SINERGIK SAMARADORLIGINI

OSHIRISH MODELLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2.
Страницы 170-175
3.

Barno Abdiyevna Axmedova. “RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITDA TAʼLIM XIZMATI

SIFATINI OSHIRISHNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH USULLARI”. ЛУЧШИЕ
ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 176-180.
4.

Axmedova, Barno. "Ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning nazariy-ilmiy asoslari."

YASHIL

IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT

3.2 (2025).

5.

Mukhitdinov Khudayar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “TRANSFORMATION

OF EDUCATIONAL BUSINESS LEARNING PROCESSES IN IMPROVING THE QUALITY OF
REGIONAL EDUCATIONAL SERVICES”. Journal of Survey in Fisheries Sciences. 2023/3/9.
Страницы 3200-3216.
6.

Mukhitdinov Khudoyar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “Econometric modeling

and forecasting of educational services to the population of the region”. To Secure Your Paper
As Per UGC Guidelines We Are Providing A Electronic Bar Code. 2021/1. Страницы 241-251.
7.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Рақамли иқтисодиёт шароитида таълим хизмати

сифатини оширишнинг моҳияти ва вазифалари”. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 28-
31.
8.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ways to Improve the Quality of Educational Services Using

ICT”. Eurasian Journal of History, Geography and Economics. 2022. Страницы 34-38.
9.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Econometric Methods Aimed at Improving the Quality and

Digitalization Of Educational Services”. Eurasian Research Bulletin. 2022. Страницы 66-70.
10.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim xizmati sifatini

oshirishda ekonometrikadan foydalanish metodikasi“. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы
42-45.
11.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ta'limda raqamli iqtisodiyot muammolari tahlili”.

O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN
SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 639-642.
12.

Барно Абдиевна Ахмедова. ”Raqamli iqtisodiyotda ekonometrik usullardan foydalanib

t’alim xizmati sifatini oshirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-
TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы
642-644.
13.

Барно

Абдиевна

Ахмедова.

“Raqamli

iqtisodiyotda

ta’lim

xizmatlarini

takomillashtirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA
ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 644-646.
14.

Akhmedova Barno Abdiyevna. “PRINCIPLES OF IMPROVING THE QUALITY OF

EDUCATION BASED ON THE USE OF ICT”. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly
Publication of GMA). 2023. Страницы 48-59.


background image


53

15.

Барно Ахмедова. “РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ДИСТАНЦИОННОГО ОБРАЗОВАНИЯ В

ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ”. Международная конференция академических наук. 2023/3/4.
Страницы 8-24.
16.

Барно Ахмедова. “ДИСТАНЦИОННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ КАК КЛЮЧЕВОЙ ФАКТОР

ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ”. Development of pedagogical technologies in modern sciences.
2023/3/4. Страницы 11-26.
17.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH

SHAROITDAGI O’RNI VA AHAMIYATI”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5.
Страницы 63-73.
18.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH

SHAROITDA ASOSIY OMIL SIFATIDA”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5.
Страницы 74-84.

Bibliografik manbalar

Abdievna, Axmedova Barno. "USE OF PROGRAMMING LANGUAGES IN SOLVING TECHNICAL PROBLEMS." International scientific-online conference International scientific-online conference.

Barno Abdiyevna Axmedova. “TA’LIM XIZMATLARINI SINERGIK SAMARADORLIGINI OSHIRISH MODELLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 170-175

Barno Abdiyevna Axmedova. “RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITDA TAʼLIM XIZMATI SIFATINI OSHIRISHNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH USULLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 176-180.

Axmedova, Barno. "Ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning nazariy-ilmiy asoslari." YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 3.2 (2025).

Mukhitdinov Khudayar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “TRANSFORMATION OF EDUCATIONAL BUSINESS LEARNING PROCESSES IN IMPROVING THE QUALITY OF REGIONAL EDUCATIONAL SERVICES”. Journal of Survey in Fisheries Sciences. 2023/3/9. Страницы 3200-3216.

Mukhitdinov Khudoyar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “Econometric modeling and forecasting of educational services to the population of the region”. To Secure Your Paper As Per UGC Guidelines We Are Providing A Electronic Bar Code. 2021/1. Страницы 241-251.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Рақамли иқтисодиёт шароитида таълим хизмати сифатини оширишнинг моҳияти ва вазифалари”. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 28-31.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ways to Improve the Quality of Educational Services Using ICT”. Eurasian Journal of History, Geography and Economics. 2022. Страницы 34-38.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Econometric Methods Aimed at Improving the Quality and Digitalization Of Educational Services”. Eurasian Research Bulletin. 2022. Страницы 66-70.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim xizmati sifatini oshirishda ekonometrikadan foydalanish metodikasi“. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 42-45.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ta'limda raqamli iqtisodiyot muammolari tahlili”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 639-642.

Барно Абдиевна Ахмедова. ”Raqamli iqtisodiyotda ekonometrik usullardan foydalanib t’alim xizmati sifatini oshirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 642-644.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyotda ta’lim xizmatlarini takomillashtirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 644-646.

Akhmedova Barno Abdiyevna. “PRINCIPLES OF IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION BASED ON THE USE OF ICT”. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly Publication of GMA). 2023. Страницы 48-59.

Барно Ахмедова. “РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ДИСТАНЦИОННОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ”. Международная конференция академических наук. 2023/3/4. Страницы 8-24.

Барно Ахмедова. “ДИСТАНЦИОННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ КАК КЛЮЧЕВОЙ ФАКТОР ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ”. Development of pedagogical technologies in modern sciences. 2023/3/4. Страницы 11-26.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITDAGI O’RNI VA AHAMIYATI”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5. Страницы 63-73.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITDA ASOSIY OMIL SIFATIDA”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5. Страницы 74-84.