Ushbu maqolada raqamli ta’lim tizimida “Kompyuter bilan tanishuv” bo‘limini o‘qitish metodikasi tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida kompyuter savodxonligini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etib, bunda interfaol va texnologik yondashuvlardan foydalanish samaradorlikni oshiradi. Maqolada ushbu mavzuni o‘qitishda gamifikatsiya, video darslar, virtual laboratoriyalar va Learning Management System (LMS) tizimlaridan foydalanishning afzalliklari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning kompyuter bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida loyiha asosida o‘qitish (Project-Based Learning) metodikasining ahamiyati yoritiladi. O‘quv jarayonining samaradorligini oshirish uchun amaliy mashg‘ulotlarga e’tibor qaratish, vizual materiallardan foydalanish va interfaol dars usullarini joriy etish taklif qilinadi. Maqola natijasida raqamli ta’limda kompyuter bilan tanishuv bo‘limini o‘qitishda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati asoslab beriladi hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Koʻrishlar
Yuklashlar
hh-index
Iqtibos
inLibrary — ochiq fan (Open Science) paradigmasi asosida qurilgan ilmiy elektron kutubxona boʻlib, uning asosiy vazifalari ilm-fan va ilmiy faoliyatni ommalashtirish, ilmiy nashrlar sifatini jamoatchilik nazorati, fanlararo tadqiqotlarni rivojlantirish, zamonaviy ilmiy tadqiqot instituti hisoblanadi. qayta koʻrib chiqish, oʻzbek ilm-fanining iqtiboslarini oshirish va bilim infratuzilmasini shakllantirish.
Aloqalar:
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Parkent ko‘chasi 51-uy, 2-qavat