Ushbu maqolada raqamli ta’lim tizimida “Axborot” bo‘limini interfaol ta’lim metodlari yordamida o‘qitish metodikasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida interfaol metodlarning ahamiyati, ularning o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga ta’siri va samaradorligi tahlil qilindi. Jumladan, “Jigsaw” (Pazl), klaster, munozara, rolli o‘yinlar, elektron testlar kabi metodlar orqali o‘qitish natijalari muhokama qilindi. Maqolada interfaol metodlar yordamida dars o‘tish o‘quvchilarning faolligini oshirishi, mustaqil fikrlashini rivojlantirishi va bilimlarni mustahkamlashga yordam berishi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari asosida quyidagi muhim xulosalar berilgan: interfaol ta’lim metodlarini keng joriy etish, dars jarayonida raqamli platformalar va amaliy topshiriqlardan foydalanish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish va baholash tizimini takomillashtirish zarurligi. Ushbu maqola ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish va raqamli ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qituvchilar, ta’lim metodistlari va tadqiqotchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Просмотров
Загрузок
hh-index
Цитаты
inLibrary — это научная электронная библиотека, построенная на парадигме открытой науки (Open Science), основными задачами которой является популяризация науки и научной деятельности, общественный контроль качества научных публикаций, развитие междисциплинарных исследований, современного института научной рецензии, повышение цитируемости узбекской науки и построение инфраструктуры знаний.
КОНТАКТЫ:
Республика Узбекистан, г. Ташкент, ул.Паркент 51, этаж 2