95
DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARNI O‘TKAZISH SSENARIYLARI BILAN
TANISHISH
Mamanova Muboshira Orif qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi
Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna
Shahrisabz davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi
Negmatova Sevinch Ergash qizi
Qarshi davlat texnika universiteti 3-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16571547
Annotatsiya.
Maqolada darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishning samarali
ssenariylari va ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Darsdan tashqari
mashg‘ulotlar o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, ijodiy va tanqidiy fikrlash
ko‘nikmalarini rivojlantirish, hamda amaliy bilimlarni chuqurlashtirishda muhim rol o‘ynaydi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, jumladan, interfaol metodlar, gamifikatsiya, masofaviy
ta’lim hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari keng
yoritiladi. O‘quvchilarning qiziqishlarini inobatga olgan holda mashg‘ulotlarni rejalashtirish va
samarali ssenariylar asosida tashkil etish usullari shular jumlasidan. Tadqiqot natijalari shuni
ko‘rsatadiki, darsdan tashqari mashg‘ulotlarni innovatsion yondashuvlar asosida olib borish
o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish va ta’lim sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
Darsdan tashqari mashg‘ulotlar, ssenariy, interfaol metodlar, gamifikatsiya,
masofaviy ta’lim, AKT, kreativ yondashuv, innovatsion pedagogika, motivatsiya, ta’lim sifati.
Annotation
. This article analyzes effective scenarios for organizing extracurricular
activities and their significance in the educational process. Extracurricular activities play a
crucial role in reinforcing students' knowledge, developing their creative and critical thinking
skills, and deepening their practical understanding. Modern pedagogical technologies,
including interactive methods, gamification, distance learning, and the use of information and
communication technologies, are widely discussed. The article also explores ways to plan
activities based on students' interests and organize them effectively through well-structured
scenarios. The research findings indicate that conducting extracurricular activities using
innovative approaches enhances students' motivation and contributes to improving the quality
of education.
Keywords:
Extracurricular activities, scenario, interactive methods, gamification,
distance learning, ICT, creative approach, innovative pedagogy, motivation, education quality.
Kirish.
Zamonaviy ta’lim tizimi doimiy ravishda takomillashib, o‘quvchilarning bilim va
ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi yondashuvlarni talab etib kelmoqda.
An’anaviy dars mashg‘ulotlari doirasida o‘quvchilarga nazariy bilim berish bilan birgalikda
ularning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish ham muhim
ahamiyatga ega hisoblanadi. Shu sababdan ham, darsdan tashqari mashg‘ulotlar ta’lim
jarayonining ajralmas qismi sifatida, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish va
ularning ijodiy faoliyatini rag‘batlantirish uchun xizmat qilib kelmoqda. Darsdan tashqari
mashg‘ulotlar ta’lim tizimida turli shakllarda tashkil etilishi mumkin. Ilmiy to‘garaklar, amaliy
mashg‘ulotlar, loyihaviy ishlar, ekskursiyalar, seminar-treninglar va musobaqalar shular
jumlasidandir. Bu faoliyat turlari o‘quvchilarga o‘z qobiliyatlarini sinab ko‘rish, nazariy
bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yaratib kelmoqda. Ayniqsa, interfaol metodlar
96
asosida tashkil etilgan darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarning jamoaviy ishlash
ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish va mustaqil qaror
qabul qilish layoqatini oshirishga yordam beradi.
Darsdan tashqari mashg‘ulotlarning samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchilarning
pedagogik mahoratiga, metodik yondashuviga va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish
qobiliyatiga bog‘liq. Ta’lim muassasalarida ushbu jarayonlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish,
o‘qituvchilarga metodik qo‘llanmalar va uslubiy tavsiyalarni taqdim qilish ham muhim vazifa
deb hisoblaymiz. Shuningdek, ota-onalar va jamiyatning ta’lim jarayonidagi faolligi ham
o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda muhim omil hisoblanadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot davomida ilmiy adabiyotlarda keltirilgan nazariy
materiallarga asoslangan holda mantiqiy tahlil usullaridan foydalanildi. Mavjud ma’lumotlarni
tahlil qilishda tahlil va sintez, qiyosiy tahlil kabi uslublar va yondashuvlar qoʻllanilgan.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
Darsdan tashqari mashg‘ulotlar ta’lim jarayonining
muhim tarkibiy qismi, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishda ham muhim
ahamiyatga ega. Bu borada xorijiy va O‘zbekiston olimlari tomonidan ko‘plab tadqiqotlar olib
borilmoqda. Siz bilan birgalikda mazkur sohada olib borilgan ba’zi ilmiy ishlar tahlilini ko‘rib
chiqamiz.
Finlandiya ta’lim tizimi dunyoda eng ilg‘or tizimlardan biri va unda darsdan tashqari
mashg‘ulotlarga katta e’tibor beriladi. Pasi Sahlberg (2015) o‘zining “Finlandiya saboqlari:
Dunyo Finlandiya ta’lim islohotlaridan nima o‘rganishi mumkin?” nomli kitobida Finlyandiya
maktablarida qo‘llanilayotgan interfaol va darsdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘quvchilar
rivojlanishiga ta’siri haqida ta’kidlab o‘tganligini koʻrishimiz mumkin. Pasi Sahlberg fikriga
ko‘ra “Darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirish
bilan birga, ularda ijtimoiy mas’uliyat hissini ham shakllantiradi”.[2]
Amerikalik pedagog John Hattie (2008) o‘zining “Ko‘rinadigan ta’lim” asarida ta’lim
tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan turli metodlarni tahlil qilib, darsdan tashqari
faoliyatning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tgan. John Hattie tadqiqotlariga ko‘ra: “O‘quvchilar darsdan
tashqari loyihalar va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z bilimlarini chuqurlashtirib, nazariy
ma’lumotlarni real hayotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar”.[1]
O‘zbekiston olimlari tomonidan ham darsdan tashqari mashg‘ulotlarning ahamiyati
bo‘yicha bir qator tadqiqotlar olib borilmoqda. Pedagogika fanlari doktori A. Abduqodirov
o‘zining “Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish” nomli asarida darsdan tashqari
mashg‘ulotlarning o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlashiga ta’sirini koʻrib chiqgan.
A.Abduqodirov shunday ta’kidlaydi: “Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda interfaol metodlardan
foydalanish o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish qobiliyatini rivojlantirish bilan birgalikda,
ularning bilimlarni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini mustahkamlaydi”.[3]
Shu bilan birgalikda, pedagogika fanlari doktori Sh. Qodirov o‘zining “O‘quv jarayonida
darsdan tashqari faoliyatlarning o‘rni” nomli ilmiy maqolasida ta’lim sifati va o‘quvchilarning
shaxsiy rivojlanishida darsdan tashqari mashg‘ulotlarning ahamiyati haqida shunday fikr
bildiradi: “Maktab va oliy ta’lim tizimida o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash
uchun darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tizimli ravishda tashkil etish zarur. Bu nafaqat o‘quv
jarayoniga, balki yoshlarning kelajakdagi kasbiy mahoratiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”.[4]
Metod va natija.
Masofaviy ta’lim va AKTdan foydalanish metodi - axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali darsdan tashqari mashg‘ulotlarni
97
onlayn platformalar yordamida tashkil etish mumkin. Hozirgi kunda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining (AKT) rivojlanishi darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish va
o‘tkazish usullarini sezilarli darajada o‘zgartirdi. Onlayn platformalar orqali tashkil etilgan
mashg‘ulotlar o‘quvchilarga ta’lim jarayonidan istalgan joyda va istalgan vaqtda foydalanish
imkoniyatini yaratadi. Onlayn ta’lim platformalari, virtual laboratoriyalar, vebinarlar va
gamifikatsiyadan foydalanish orqali ta’lim jarayoni samarali va interfaol tashkil qilinadi.
Interfaol metodlar - bu usulda o‘quvchilar darsdan tashqari mashg‘ulotlarda faol ishtirok
etishlari uchun interfaol texnologiyalar, munozaralar va guruhli ishlardan foydalaniladi.
Oʻquvchilarning faolligini oshirish va ularning mustaqil fikrlash, muammolarni hal qilish hamda
ijodiy yondashuvini rivojlantirishga qaratilgan metodlar hisoblanadi. Ushbu metodlar darsdan
tashqari mashg‘ulotlarda samarali qo‘llanib, o‘quvchilarni bilim olish jarayoniga faol jalb qiladi.
Jumladan, sizga o‘yin metodi va uni ta’limda qo‘llanilishini ko‘rib chiqamiz.
O‘yin (Gamifikatsiya) metodi
-
darsdan tashqari mashg‘ulotlarni o‘yin shaklida tashkil
qilish orqali o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish va ularda qiziqish uyg‘otish mumkin. Bu
ta’lim jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilish uchun o‘yin mexanizmlaridan foydalanish
metodikasi. Ushbu uslub o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish, ularda qiziqish uyg‘otish va
ularni faol ishtirok etishga undash uchun ishlatiladi.
“Bilimlar sarguzashti” oʻyinini koʻrib chiqamiz. Bu oʻyin jamoaviy stol usti yoki mobil ilova
sifatida ishlatiladigan ta’limiy oʻyin hisoblanadi. Oʻyinimiz 10-18 yoshli oʻquvchilar uchun mos
boʻlib, oʻyinni oʻtkazishdan maqsad o‘quvchilarning turli fanlardan olgan bilimlarini
mustahkamlash va ularni ijodiy fikrlashga undash. Bizning oʻyinimiz 30-60 daqiqa davom etishi
mumkin. O‘yinimiz maydoni xarita shaklida bo‘lib, o‘quvchilar bilim izlab turli hududlarni
o‘rganishadi. Har bir jamoa o‘qituvchi yoki o‘yin rahbari tomonidan berilgan bilim sinovlaridan
o‘tib, maxsus vazifalarni bajaradi. O‘yin davomida ishtirokchilar turli fanlardan savollarga
javob berishadi (matematika, biologiya, tarix, geografiya, adabiyot va boshqalar). “Sirli xazina”
kartasi: to‘g‘ri javob bergan jamoa qo‘shimcha ball oladi. “Sirli sinov” kartasi: jamoa kodni
yechishi yoki matematik jumboqni hal qilishi kerak boʻladi. “Yo‘qotilgan bilim” kartasi: jamoa
xato qilsa, oldingi bosqichga qaytadi. O‘yin oxirida eng ko‘p bilim to‘plagan jamoa g‘olib bo‘ladi
va maxsus sovrin yoki rag‘batga ega bo‘ladi.
Darsdan tashqari mashg‘ulotlarni yanada qiziqarli va interfaol qilishda bu oʻyin biz uchun
foydali. O‘quvchilarning bilimini mustahkamlaydi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini
rivojlantiradi. O‘yin orqali o‘quvchilar o‘z fanlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi.(1-rasm)
98
1-rasm. Bilimlar sarguzashti oʻyini
Xulosa qilib shuni ta’kidlashimiz mumkinki, darsdan tashqari mashg‘ulotlar ta’lim
jarayonining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini
mustahkamlash, ularning qiziqishlarini rivojlantirish hamda ijodiy fikrlashlarini
shakllantirishga xizmat qiladi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishning samarali
ssenariylari ko‘rib chiqildi va ulardan foydalanishning afzalliklari tahlil qilindi.
Zamonaviy ta’lim jarayonida interfaol metodlar, gamifikatsiya (o‘yinga asoslangan ta’lim),
masofaviy ta’lim texnologiyalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanish orqali darsdan tashqari mashg‘ulotlarni yanada samarali tashkil etish mumkinligi
aniqlandi. Ushbu yondashuvlar o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish, ularda mustaqil
o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish va bilimlarni real hayotda qo‘llashga undash imkonini
beradi. Kelajakda darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishning innovatsion usullarini
yanada rivojlantirish, ularni ta’lim tizimiga integratsiya qilish hamda o‘quvchilarning
ehtiyojlari va zamonaviy talablar asosida moslashtirish zarur vazifalardan biri hisoblanadi.
Ushbu sohada tadqiqotlarni davom ettirish va yangi pedagogik yondashuvlarni amaliyotga
joriy etish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Jo’rayeva, Feruza, and Aziza Normataova. "KATTA MA’LUMOTLAR (BIG DATA) UCHUN
DBMS TIZIMLARI."
Инновационные исследования в современном мире: теория и
практика
3.14 (2024): 31-35.
2.
Berdiyeva, Gulnoza. "O’ZBEKISTON ELEKTRON SAVDO TIZIMIDA MUAMMOLAR VA
TAKLIFLAR."
Science and innovation in the education system
3 (2024): 16-22.
3.
Berdiyeva, Gulnoza. "RAQAMLI IQTISODIYOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI VA UNING
O'ZBEKISTONDA RIVOJLANISHI."
Педагогика и психология в современном мире:
теоретические и практические исследования
3 (2024): 11-14.
4.
ShukurulloFayzullo o‘g‘li, A. (2024). TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI QO
‘LLASH.
PEDAGOGS
,
50
(2), 51-55.
5.
Aliqulov, Shukurullo, Ziyavutdin Turayev, and Javlon Nishonov. "BOSHLANG ‘ICH SINF O
‘QUVCHILARINING MATEMATIK SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA TIMSS XALQARO BAHOLASH
DASTURINING ROLI VA AHAMIYATI."
Молодые ученые
2.10 (2024): 85-90.
6.
Fayzullo o‘g‘li, Shukurullo. "Aliqulov."."
TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI
QO ‘LLASH." PEDAGOGS
50 (2024): 51-55.
7.
Qodirov, Farrux, Muxlisa Mavlonova, and Sevinch Negmatova. "YASHIL IQTISODIYOT
SHAROITIDA QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISHNING
AFZALLIKLARI."
Общественные науки в современном мире: теоретические и
практические исследования
3 (2024): 13-15.
8.
Otabekov, Akbar, and Sevinch Negmatova. "EFFECTIVENESS OF ARTIFICIAL
INTELLIGENCE ALGORITHMS IN CYBERSECURITY."
Инновационные исследования в
науке
4.5 (2025): 50-52.
9.
Qodirov, Farrux, Baxtiniso Boqiyeva, and Sevinch Negmatova. "TCP/IP PROTOKOLLAR
STEKI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA."
Молодые ученые
3.7 (2025): 128-132.
99
10.
Qodirov, Farrux, Yulduz Ahmedova, and Sevinch Negmatova. "KOMPYUTER
TARMOQLARINING ASOSIY ELEMENTLARI."
Молодые ученые
3.7 (2025): 133-137.
11.
Qodirov, Farrux, Dilmurod Abdullayev, and Sevinch Negmatova. "KOMPYUTER
TARMOQLARINING STANDART TEXNOLOGIYALARI."
Молодые ученые
3.7 (2025): 146-151.
12.
Qodirov, Farrux, Dilmurod Abdullayev, and Sevinch Negmatova. "ELEKTRON TIJORAT (E-
COMMERCE)."
Наука и технология в современном мире
4.5 (2025): 66-70.
13.
Qodirov, Farrux, Iqbol Abdimurodova, and Sevinch Negmatova. "ELЕKTRОN HUJJАT
АLMАSHISH TIZIMLАRI."
Наука и технология в современном мире
4.5 (2025): 71-74.
14.
Qodirov, Farrux, Gulsevar Keldiyorova, and Sevinch Negmatova. "BULUTLI
TEXNOLOGIYALARNING
XUSUSIYATLARI,
AFZALLIKLARI
VA
KAMCHILIKLARI."
Естественные науки в современном мире: теоретические и
практические исследования
4.3 (2025): 58-62.
15.
Hayitmurodov, Ilhom, and Sevinch Negmatova. "BULUTLI HISOBLASHLAR VA ULARNING
ASOSIY TUSHUNCHALARI. BULUTLI SAQLASH MODELLARI."
Естественные науки в
современном мире: теоретические и практические исследования
4.3 (2025): 68-73.
16.
Qodirov, Farrux, Jasmina Murodulloyeva, and Sevinch Negmatova. "SMART
TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH VOSITALARI."
Естественные науки в современном мире:
теоретические и практические исследования
4.3 (2025): 63-67.
17.
Qodirov, Farrux, and Asila Xolmurodova. "SMART TEXNALOGIYALAR VA AQLLI
QURILMALAR."
Наука и инновация
3.7 (2025): 138-144.
18.
Nurmaxmatova, Umida, and Sevinch Negmatova. "BLOKCHAYEN TEXNOLOGIYASINING
ISHLASH PRINSIPLARI."
Молодые ученые
3.7 (2025): 60-63.
