RAQAMLI TA’LIM TIZIMIDA “AXBOROT” BO‘LIMINI INTERFAOL TA’LIM METODLARI YORDAMIDA O‘QITISH METODIKASI TAKOMILLASHTIRISH

Abstract

Ushbu maqolada raqamli ta’lim tizimida “Axborot” bo‘limini interfaol ta’lim metodlari yordamida o‘qitish metodikasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida interfaol metodlarning ahamiyati, ularning o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga ta’siri va samaradorligi tahlil qilindi. Jumladan, “Jigsaw” (Pazl), klaster, munozara, rolli o‘yinlar, elektron testlar kabi metodlar orqali o‘qitish natijalari muhokama qilindi. Maqolada interfaol metodlar yordamida dars o‘tish o‘quvchilarning faolligini oshirishi, mustaqil fikrlashini rivojlantirishi va bilimlarni mustahkamlashga yordam berishi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari asosida quyidagi muhim xulosalar berilgan: interfaol ta’lim metodlarini keng joriy etish, dars jarayonida raqamli platformalar va amaliy topshiriqlardan foydalanish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish va baholash tizimini takomillashtirish zarurligi. Ushbu maqola ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish va raqamli ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qituvchilar, ta’lim metodistlari va tadqiqotchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
59-64

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Quchqorova , G., Yaxiyaxonova , M., & Negmatova , S. . (2025). RAQAMLI TA’LIM TIZIMIDA “AXBOROT” BO‘LIMINI INTERFAOL TA’LIM METODLARI YORDAMIDA O‘QITISH METODIKASI TAKOMILLASHTIRISH. Applied Sciences in the Modern World: Problems and Solutions, 4(11), 59–64. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/130709
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada raqamli ta’lim tizimida “Axborot” bo‘limini interfaol ta’lim metodlari yordamida o‘qitish metodikasini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida interfaol metodlarning ahamiyati, ularning o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga ta’siri va samaradorligi tahlil qilindi. Jumladan, “Jigsaw” (Pazl), klaster, munozara, rolli o‘yinlar, elektron testlar kabi metodlar orqali o‘qitish natijalari muhokama qilindi. Maqolada interfaol metodlar yordamida dars o‘tish o‘quvchilarning faolligini oshirishi, mustaqil fikrlashini rivojlantirishi va bilimlarni mustahkamlashga yordam berishi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari asosida quyidagi muhim xulosalar berilgan: interfaol ta’lim metodlarini keng joriy etish, dars jarayonida raqamli platformalar va amaliy topshiriqlardan foydalanish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish va baholash tizimini takomillashtirish zarurligi. Ushbu maqola ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish va raqamli ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qituvchilar, ta’lim metodistlari va tadqiqotchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.


background image


59

RAQAMLI TA’LIM TIZIMIDA “AXBOROT” BO‘LIMINI INTERFAOL TA’LIM

METODLARI YORDAMIDA O‘QITISH METODIKASI TAKOMILLASHTIRISH

Quchqorova Gulshanoy Jasur qizi

SHDPI talabasi

Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

SHDPI katta oʻqituvchisi

Negmatova Sevinch Ergash qizi

Qarshi davlat texnika universiteti 3-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16567153

Annotatsiya.

Ushbu maqolada raqamli ta’lim tizimida

“Axborot” bo‘limini interfaol

ta’lim metodlari yordamida o‘qitish

metodikasini takomillashtirish masalalari yoritilgan.

Tadqiqot davomida interfaol metodlarning ahamiyati, ularning o‘quvchilarning bilim olish
jarayoniga ta’siri va samaradorligi tahlil qilindi. Jumladan,

“Jigsaw” (Pazl), klaster, munozara,

rolli o‘yinlar, elektron testlar

kabi metodlar orqali o‘qitish natijalari muhokama qilindi.

Maqolada interfaol metodlar yordamida dars o‘tish o‘quvchilarning

faolligini oshirishi,

mustaqil fikrlashini rivojlantirishi va bilimlarni mustahkamlashga yordam berishi

ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari asosida quyidagi muhim xulosalar berilgan: interfaol ta’lim
metodlarini keng joriy etish, dars jarayonida

raqamli platformalar

va

amaliy

topshiriqlardan foydalanish,

o‘qituvchilarning malakasini oshirish va baholash tizimini

takomillashtirish zarurligi. Ushbu maqola ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish va raqamli
ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qituvchilar, ta’lim metodistlari va
tadqiqotchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Kalit soʻzlar:

Raqamli ta’lim, interfaol metodlar, axborot, ta’lim samaradorligi, Jigsaw

usuli, klaster metodi, raqamli platformalar, mustaqil fikrlash, ta’lim texnologiyalari, baholash
tizimi.

Annotation.

This article covers the issues of improving the methodology of teaching the

Department “information” in the digital education system using interactive educational
methods. During the study, the importance of interactive methods, their impact and
effectiveness on the learning process of students were analyzed. In particular, the results of
training through methods such as “Jigsaw” (Pazl), cluster, discussion, role-playing games,
electronic tests were discussed. The article emphasizes that taking classes using interactive
methods increases student activity, develops independent thinking and helps strengthen
knowledge. Based on the results of the study, the following important conclusions are given:
the wide introduction of interactive educational methods, the use of digital platforms and
practical tasks in the course of the lesson, the need to improve the skills of teachers and the
assessment system. This article aims to modernize the educational process and improve the
effectiveness of digital education, and can be useful for teachers, educational Methodists, and
researchers.

Keywords:

Digital education, interactive methods, information, educational efficiency,

Jigsaw method, cluster method, digital platforms, independent thinking, educational
technologies, assessment system.

KIRISH.

Zamonaviy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi ta’lim tizimini

takomillashtirish va samaradorligini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Xususan,


background image


60

axborot texnologiyalari ta’lim jarayoniga keng joriy etilib, interfaol o‘qitish metodlarining
samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

“Axborot” bo‘limini interfaol ta’lim metodlari yordamida o‘qitish, o‘quvchilarning bilim

olish jarayoniga faol ishtirok etishini ta’minlash, mustaqil fikrlash va amaliy ko‘nikmalarini
rivojlantirish imkonini beradi. An’anaviy usullarga qaraganda, interfaol metodlar axborotni
chuqurroq o‘zlashtirish, tahlil qilish va real hayotda qo‘llash imkoniyatini beradi. Bunday
yondashuv, ayniqsa, raqamli ta’lim muhitida o‘quv jarayonining qiziqarli va samarali tashkil
etilishiga xizmat qiladi. Shuningdek, innovatsion yondashuvlarning o‘quvchilarning axborotni
qabul qilish darajasiga va ta’lim sifati oshishiga ta’siri tahlil qilinadi.

Adabiyotlar tahlili.

Raqamli ta’lim tizimida “Axborot” bo‘limini o‘qitishda interfaol

metodlardan foydalanish global va mahalliy miqyosda keng o‘rganilgan. Tadqiqotchilar
interfaol ta’lim texnologiyalari o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishini ta’kidlaydilar.

Amerikalik tadqiqotchi J. M. Keller interfaol ta’lim metodlarining motivatsiya va o‘quv

natijalariga ta’sirini o‘rganib,

“Interfaol yondashuvlar o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan

qiziqishini oshiradi va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi”, –

deb ta’kidlab oʻtgan.

Uning fikriga koʻra raqamli ta’lim muhitda ta’lim samaradorligini oshirish katta ahamiyatga
ega.[1]

Shuningdek, D. H. Jonassen o‘z tadqiqotlarida kognitiv rivojlanish va interfaol

texnologiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgangan va

“Interfaol muhitlarda o‘qitish

o‘quvchilarning real dunyo bilan bog‘liq holda bilimlarini chuqurlashtirishiga yordam beradi”

ekanligini ta’kidlab oʻtgan.[2]

Jumladan, o‘zbek olimi A. X. Abduqodirov ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarning

ahamiyati haqida shunday degan:

“Raqamli ta’lim metodlari yordamida o‘quvchilar faqatgina

axborotni qabul qilmay, balki uni tahlil qilish va amaliy qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar”

.[3]

R. M. Sultonov esa interfaol ta’lim metodlarining o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatiga

ta’sirini o‘rganib,

“Interfaol metodlar o‘quvchilarni faollikka undaydi va mustaqil tahlil qilish

ko‘nikmalarini shakllantiradi”,

degan xulosaga kelgan. [4]

Yuqoridagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, raqamli ta’lim tizimida interfaol metodlardan

foydalanish nafaqat ta’lim samaradorligini oshiradi, balki o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy
fikrlash ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi.

Metodlar.

Informatika darslarida “Axborot” bo‘limini o‘qitishda quyidagi interfaol ta’lim

metodlari samarali bo‘lishi mumkin:

“Aqliy hujum”

(Brainstorming). O‘quvchilarga “Axborot nima?”, “Axborotni qayta ishlash

qanday amalga oshiriladi?” kabi savollar berilib, ularning fikrlarini erkin ifodalashiga imkon
yaratiladi. Ushbu usul o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishga yordam beradi.

Klaster usuli

. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, “Axborot manbalari”, “Axborotni

himoyalash”, “Axborot oqimi” kabi mavzularga oid asosiy tushunchalarni guruhlaydi va ular
o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qiladi. Bu metod axborot tushunchalarini tizimli o‘rganishga
yordam beradi.

"Blits-so‘rov"

. O‘quvchilarga tezkor savollar berilib, ularga qisqa vaqt ichida javob berish

talab etiladi. Bu metod “Axborot” bo‘limining asosiy tushunchalarini mustahkamlashda foydali
bo‘ladi.

“Rolli o‘yin”. O‘quvchilarga turli rollar (masalan, axborot xavfsizligi mutaxassisi,

dasturchi, foydalanuvchi) berilib, axborotni saqlash va himoya qilish bo‘yicha vaziyatlarni


background image


61

muhokama qilish taklif etiladi. O‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam
beradi.

“Elektron test va viktorinalar”

.

Kahoot, Quizizz

kabi onlayn platformalar orqali o‘quvchilar

bilimini tekshirish. Ushbu metod o‘quv jarayonini qiziqarli va interaktiv qilish imkonini beradi.

“Jigsaw” – “Pazl” usuli

. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadi va har bir guruhga axborot

bo‘limining alohida jihati (axborot turlari, axborotni saqlash usullari, kodlash texnologiyalari)
bo‘yicha material beriladi. Keyinchalik har bir guruh o‘z bilimlarini boshqalar bilan bo‘lishadi.
Bu metod o‘quvchilarning birgalikda ishlash va o‘zaro o‘rganish jarayonini kuchaytiradi.

“Venn diagrammasi”

. O‘quvchilarga axborot turlarini (raqamli va an’anaviy), turli

formatlarni solishtirish va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash topshirig‘i beriladi.
O‘quvchilarga axborotni farqlash va tahlil qilish imkonini beradi.

“Loyiha ishi”

. O‘quvchilarga kichik guruhlar shaklida axborotga doir mavzularda loyiha

tayyorlash topshiriladi (masalan, "Axborot xavfsizligi bo‘yicha qo‘llanma yaratish").

Natija.

Biz sizga

“Jigsaw” – “Pazl” ta’lim metodi yordamida “Axborot” mavzusini interfaol

oʻqitishni taklif etamiz.

Bu

metod orqali o‘quvchilar axborot tushunchasi va uning jihatlarini

mustaqil o‘rganadi, o‘z bilimlarini boshqalarga tushuntiradi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini
rivojlantiradi.

1-jadval.

Bosqichlar

Faoliyat mazmuni

1.

Kirish

(Tayyorlov
bosqichi)

O‘qituvchi mavzuni e’lon qiladi: “Bugun biz ‘Axborot’ mavzusini
o‘rganamiz va bu jarayonda siz mustaqil tahlil qilib, bir-biringizga
o‘rgatasiz.” O‘quvchilar 4-5 kishilik asosiy guruhlarga bo‘linadi.

2.

Ekspert

guruhlarni
shakllantirish

Har bir guruh a’zolariga alohida kichik mavzu topshiriladi: 1-mavzu:
Axborot tushunchasi va mazmuni. 2-mavzu: Axborot turlari (og‘zaki,
yozma, vizual, raqamli, analog va h.k.). 3-mavzu: Axborotning asosiy
xususiyatlari

(to‘g‘rilik,

ishonchlilik,

dolzarblik,

aniqlik,

tushunarlilik). 4-mavzu: Axborotning jamiyat va texnologiyadagi
o‘rni

3. Ekspert guruhlar
bilan ishlash

Bir xil mavzu olgan o‘quvchilar ekspert guruhlarini tashkil qiladi va
o‘z mavzusini chuqur o‘rganadi. Ular muhokama qiladi, asosiy
tushunchalarni aniqlaydi va boshqa guruh a’zolariga qanday
tushuntirishni rejalashtiradi.

4.

Asosiy

guruhlarga qaytish

O‘quvchilar o‘zlarining asosiy guruhlariga qaytadi va ekspert sifatida
o‘z mavzusini guruhdagilarga tushuntiradi. Shunday qilib, har bir
guruh barcha mavzular bo‘yicha bilimga ega bo‘ladi.

5. Muhokama va
umumlashtirish

Har bir guruh qisqacha o‘z bilimlarini taqdim etadi, o‘qituvchi
qo‘shimcha tushuntirishlar beradi.

6.

Yakuniy

baholash

va

refleksiya

O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
- Bugungi darsdan nima o‘rgandingiz?
- Qaysi mavzu sizga eng qiziqarli bo‘ldi?
- O‘z bilimlaringizni qanday baholaysiz? O‘qituvchi o‘quvchilarning
faol ishtirokini baholaydi va darsni yakunlaydi.


background image


62

1-rasm. “Axborot” mavzusini “Jigsaw” – “Pazl” metodi yordamida o‘quvchilarga

tushuntirish

Muhokama.

Interfaol metodlar qo‘llangan sinfda

ta’lim samaradorligi ancha yuqori,

o‘quvchilar bilimni yaxshi eslab qoladi va faolroq ishtirok etadi. Misol uchun:

5-"A" sinfi.

Interfaol metodlar qo‘llanganda

o‘quvchilar darsga ko‘proq qiziqadi

(88%), bilimni yaxshi eslab qoladi (82%), faollik darajasi yuqori (91%)

va

mustaqil

fikrlash ko‘nikmalari kuchayadi (78%).

5-"B" sinfi.

An’anaviy usulda dars o‘tilganda esa bu ko‘rsatkichlar ancha past o‘quvchilar

kamroq qiziqish bildiradi (52%), bilimni yaxshi o‘zlashtirmaydi (57%), darsda kam ishtirok
etadi (62%) va mustaqil fikrlash darajasi pasayadi (45%). (2-rasm).

2-rasm.

5-"A" va 5-"B" sinflarida interfaol metodlarning ta’siri

Xulosa va takliflar.

Xulosa qilib shuni aytishim kerakki, raqamli ta’lim tizimida “Axborot”

bo‘limini interfaol ta’lim metodlari yordamida o‘qitish zamonaviy ta’lim jarayonining ajralmas
qismi hisoblanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, interfaol metodlar o‘quvchilarning


background image


63

darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, bilimni mustahkamlashga yordam beradi va ularning
mustaqil fikrlash hamda muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, bu
yondashuv jamoaviy ish, muloqot va texnologiyalardan samarali foydalanish imkoniyatini
yaratadi.

Interfaol metodlar, jumladan,

“Jigsaw” (Pazl), klaster, rolli o‘yinlar, munozara,

elektron test va viktorinalar

kabi usullar orqali “Axborot” bo‘limini o‘qitish yanada samarali

bo‘lishi mumkin. Ushbu metodlar o‘quvchilarning axborotni tushunish, tahlil qilish va amaliy
qo‘llash qobiliyatlarini oshirishga xizmat qiladi. Yuqoridagi fikrlar asosida quyidagilarni taklif
etaman:

Dars jarayonida zamonaviy raqamli texnologiyalar va platformalardan foydalanish

masalan, Google Classroom, Kahoot, Quizz va boshqa vositalar orqali interfaol mashg‘ulotlarni

tashkil etish.

Ta’lim dasturlarini boyitish va yangilash

. “Axborot” bo‘limini o‘qitishda amaliy

mashg‘ulotlarga ko‘proq e’tibor qaratish.

O‘qituvchilarning malakasini oshirish. I

nterfaol metodlarni qo‘llash bo‘yicha trening

va seminarlarni tashkil etish.

O‘quvchilarning faolligini oshirish uchun jamoaviy loyihalar yaratish

. Real

hayotdagi misollar va vazifalar asosida topshiriqlar ishlab chiqish.

Baholash tizimini takomillashtirish. F

aqat an’anaviy testlar emas, balki interfaol topshiriqlar

va loyihalar orqali baholash tizimini yo‘lga qo‘yish.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdievna, Axmedova Barno. "USE OF PROGRAMMING LANGUAGES IN SOLVING

TECHNICAL PROBLEMS."

International scientific-online conference International scientific-

online conference

.

2.

Barno Abdiyevna Axmedova. “TA’LIM XIZMATLARINI SINERGIK SAMARADORLIGINI

OSHIRISH MODELLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2.
Страницы 170-175
3.

Barno Abdiyevna Axmedova. “RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITDA TAʼLIM XIZMATI

SIFATINI OSHIRISHNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH USULLARI”. ЛУЧШИЕ
ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 176-180.
4.

Axmedova, Barno. "Ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning nazariy-ilmiy asoslari."

YASHIL

IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT

3.2 (2025).

5.

Mukhitdinov Khudayar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “TRANSFORMATION

OF EDUCATIONAL BUSINESS LEARNING PROCESSES IN IMPROVING THE QUALITY OF
REGIONAL EDUCATIONAL SERVICES”. Journal of Survey in Fisheries Sciences. 2023/3/9.
Страницы 3200-3216.
6.

Mukhitdinov Khudoyar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “Econometric modeling

and forecasting of educational services to the population of the region”. To Secure Your Paper
As Per UGC Guidelines We Are Providing A Electronic Bar Code. 2021/1. Страницы 241-251.
7.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Рақамли иқтисодиёт шароитида таълим хизмати

сифатини оширишнинг моҳияти ва вазифалари”. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 28-


background image


64

31.
8.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ways to Improve the Quality of Educational Services Using

ICT”. Eurasian Journal of History, Geography and Economics. 2022. Страницы 34-38.
9.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Econometric Methods Aimed at Improving the Quality and

Digitalization Of Educational Services”. Eurasian Research Bulletin. 2022. Страницы 66-70.
10.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim xizmati sifatini

oshirishda ekonometrikadan foydalanish metodikasi“. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы
42-45.
11.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ta'limda raqamli iqtisodiyot muammolari tahlili”.

O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN
SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 639-642.
12.

Барно Абдиевна Ахмедова. ”Raqamli iqtisodiyotda ekonometrik usullardan foydalanib

t’alim xizmati sifatini oshirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-
TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы
642-644.
13.

Барно

Абдиевна

Ахмедова.

“Raqamli

iqtisodiyotda

ta’lim

xizmatlarini

takomillashtirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA
ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 644-646.
14.

Akhmedova Barno Abdiyevna. “PRINCIPLES OF IMPROVING THE QUALITY OF

EDUCATION BASED ON THE USE OF ICT”. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly
Publication of GMA). 2023. Страницы 48-59.
15.

Барно Ахмедова. “РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ДИСТАНЦИОННОГО ОБРАЗОВАНИЯ В

ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ”. Международная конференция академических наук. 2023/3/4.
Страницы 8-24.
16.

Барно Ахмедова. “ДИСТАНЦИОННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ КАК КЛЮЧЕВОЙ ФАКТОР

ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ”. Development of pedagogical technologies in modern sciences.
2023/3/4. Страницы 11-26.
17.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH

SHAROITDAGI O’RNI VA AHAMIYATI”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5.
Страницы 63-73.
18.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH

SHAROITDA ASOSIY OMIL SIFATIDA”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5.
Страницы 74-84.

References

Abdievna, Axmedova Barno. "USE OF PROGRAMMING LANGUAGES IN SOLVING TECHNICAL PROBLEMS." International scientific-online conference International scientific-online conference.

Barno Abdiyevna Axmedova. “TA’LIM XIZMATLARINI SINERGIK SAMARADORLIGINI OSHIRISH MODELLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 170-175

Barno Abdiyevna Axmedova. “RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITDA TAʼLIM XIZMATI SIFATINI OSHIRISHNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH USULLARI”. ЛУЧШИЕ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНҚЕ ИССЛЕДОВАНИЯ. 2025/2. Страницы 176-180.

Axmedova, Barno. "Ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning nazariy-ilmiy asoslari." YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 3.2 (2025).

Mukhitdinov Khudayar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “TRANSFORMATION OF EDUCATIONAL BUSINESS LEARNING PROCESSES IN IMPROVING THE QUALITY OF REGIONAL EDUCATIONAL SERVICES”. Journal of Survey in Fisheries Sciences. 2023/3/9. Страницы 3200-3216.

Mukhitdinov Khudoyar Suyunovich, Axmedova Barno Abdiyevna. “Econometric modeling and forecasting of educational services to the population of the region”. To Secure Your Paper As Per UGC Guidelines We Are Providing A Electronic Bar Code. 2021/1. Страницы 241-251.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Рақамли иқтисодиёт шароитида таълим хизмати сифатини оширишнинг моҳияти ва вазифалари”. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 28-31.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ways to Improve the Quality of Educational Services Using ICT”. Eurasian Journal of History, Geography and Economics. 2022. Страницы 34-38.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Econometric Methods Aimed at Improving the Quality and Digitalization Of Educational Services”. Eurasian Research Bulletin. 2022. Страницы 66-70.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim xizmati sifatini oshirishda ekonometrikadan foydalanish metodikasi“. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. 2022. Страницы 42-45.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Ta'limda raqamli iqtisodiyot muammolari tahlili”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 639-642.

Барно Абдиевна Ахмедова. ”Raqamli iqtisodiyotda ekonometrik usullardan foydalanib t’alim xizmati sifatini oshirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 642-644.

Барно Абдиевна Ахмедова. “Raqamli iqtisodiyotda ta’lim xizmatlarini takomillashtirish”. O‘ZBEKISTONNING YANGI TARAQQIYOT DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-FAN SOHALARINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI. 2022/5. Страницы 644-646.

Akhmedova Barno Abdiyevna. “PRINCIPLES OF IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION BASED ON THE USE OF ICT”. Journal of Management Value & Ethics (A quarterly Publication of GMA). 2023. Страницы 48-59.

Барно Ахмедова. “РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ДИСТАНЦИОННОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ”. Международная конференция академических наук. 2023/3/4. Страницы 8-24.

Барно Ахмедова. “ДИСТАНЦИОННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ КАК КЛЮЧЕВОЙ ФАКТОР ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ”. Development of pedagogical technologies in modern sciences. 2023/3/4. Страницы 11-26.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITDAGI O’RNI VA AHAMIYATI”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5. Страницы 63-73.

Barno Axmedova. “MASOFAVIY TA’LIM IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITDA ASOSIY OMIL SIFATIDA”. Наука и технология в современном мире. 2023/3/5. Страницы 74-84.