INFORMATIKA DARSLARIDA 4K MODELIDAN FOYDALANISH MODELLAR

Annotasiya

4K modeli — bu kreativlik, kritik fikrlash, kommunikatsiya va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik yondashuv boʻlib, zamonaviy taʻlim jarayonida oʻquvchilarning faol ishtirokini taʻminlaydi. Maqola ichida 4K modelining har bir elementi batafsil tahlil qilinagan, ularning taʻlim jarayoniga taʻsiri va amaliy qoʻllanilishi haqida maʻlumotlar keltirilagan. Oʻquvchilarni real hayotiy muammolarni hal qilishda jalb etish, ijodkorlik va tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish, shuningdek, samarali muloqot va hamkorlikni taʻminlash orqali oʻqitish jarayoni sifatini oshirishga erishish mumkinligi koʻrsatilib, 4K modelining taʻlim tizimidagi ahamiyati va kelajakdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqola, shuningdek, ushbu modelni qoʻllashning amaliy misollarini taqdim etadi va taʻlim muassasalari uchun tavsiyalar beradi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
9-14
39

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Nurullayeva, M., & Yaxiyaxonova , M. . (2025). INFORMATIKA DARSLARIDA 4K MODELIDAN FOYDALANISH MODELLAR. Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения, 4(1), 9–14. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdaf/article/view/62525
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

4K modeli — bu kreativlik, kritik fikrlash, kommunikatsiya va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik yondashuv boʻlib, zamonaviy taʻlim jarayonida oʻquvchilarning faol ishtirokini taʻminlaydi. Maqola ichida 4K modelining har bir elementi batafsil tahlil qilinagan, ularning taʻlim jarayoniga taʻsiri va amaliy qoʻllanilishi haqida maʻlumotlar keltirilagan. Oʻquvchilarni real hayotiy muammolarni hal qilishda jalb etish, ijodkorlik va tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish, shuningdek, samarali muloqot va hamkorlikni taʻminlash orqali oʻqitish jarayoni sifatini oshirishga erishish mumkinligi koʻrsatilib, 4K modelining taʻlim tizimidagi ahamiyati va kelajakdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqola, shuningdek, ushbu modelni qoʻllashning amaliy misollarini taqdim etadi va taʻlim muassasalari uchun tavsiyalar beradi.


background image


9

INFORMATIKA DARSLARIDA 4K MODELIDAN FOYDALANISH MODELLAR

Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi

Shaxrisabz Davlat Pedagigika Instituti talabasi

Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

Shahrisabz davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14645049

Аnnоtаtsiyа

. 4K modeli — bu kreativlik, kritik fikrlash, kommunikatsiya va hamkorlikni

rivojlantirishga qaratilgan pedagogik yondashuv boʻlib, zamonaviy taʻlim jarayonida
oʻquvchilarning faol ishtirokini taʻminlaydi. Maqola ichida 4K modelining har bir elementi
batafsil tahlil qilinagan, ularning taʻlim jarayoniga taʻsiri va amaliy qoʻllanilishi haqida
maʻlumotlar keltirilagan. Oʻquvchilarni real hayotiy muammolarni hal qilishda jalb etish,
ijodkorlik va tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish, shuningdek, samarali muloqot va
hamkorlikni taʻminlash orqali oʻqitish jarayoni sifatini oshirishga erishish mumkinligi
koʻrsatilib, 4K modelining taʻlim tizimidagi ahamiyati va kelajakdagi imkoniyatlari tahlil
qilinadi. Maqola, shuningdek, ushbu modelni qoʻllashning amaliy misollarini taqdim etadi va
taʻlim muassasalari uchun tavsiyalar beradi.

Kalit soʻzlar:

4K modeli, taʻlim metodlari, kreativ fikrlash, tanqidiy fikrlash,

kollobarasiya, kommunikativlik, gamifikatsiya.

Kirish.

Informatika darslari bugungi kunda taʻlim jarayonida muhim oʻrin tutadi, chunki u

oʻquvchilarga zamonaviy texnologiyalarni tushunish, ulardan foydalanish va amaliy
koʻnikmalarni egallash imkonini beradi. 4K modeli (kreativlik, tanqidiy fikrlash, hamkorlik, va
komunikatsiya) taʻlim jarayonini yanada samarali va interaktiv qilish uchun ishlab chiqilgan.
Ushbu model oʻquvchilarning ijodiy va analitik qobiliyatlarini rivojlantirish, jamoada ishlash
koʻnikmalarini oshirish, shuningdek, fikrlarini aniq va ravshan ifodalashga yordam
beradi.Informatika darslarida 4K modelidan foydalanish, oʻquvchilarning texnologik
bilimlarini kengaytirish bilan birga, ularning shaxsiy va professional rivojlanishiga ham katta
taʻsir koʻrsatadi. Oʻquvchilarga real hayotdagi muammolarni hal etishda kreativ yondashuvlarni
qoʻllash imkonini beradigan loyihalar va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish orqali, 4K modeli
informatika darslarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu jarayonda, oʻqituvchilar
oʻquvchilarni yangi gʻoyalarni ishlab chiqishga, ularni tahlil qilishga va jamoaviy ravishda
ishlashga undaydi.Shuningdek, 4K modeli orqali oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatlari
rivojlanadi. Informatika fanlari, dasturlash va algoritmlar kabi kompleks mavzularni
oʻrganishda, tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, oʻquvchilarga dasturlash
muammolarini hal qilishda yondashuvlarni tanlashda yordam beradi. Bu ularga oʻz bilimlarini
amaliyotga tadbiq etishda muhim ahamiyatga ega boʻladi.

Hamkorlik va kommunikatsiya. 4K modelining yana bir asosiy qismi hisoblanadi.

Informatika darslarida guruhli ishlar, loyiha asosidagi oʻqitish metodlari yordamida oʻquvchilar
oʻzaro fikr almashish va birgalikda ish olib borish tajribasini orttiradi. Bu, nafaqat jamoaviy
muhitda ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish, balki oʻzaro fikrlarni almashish orqali bilimlarni
mustahkamlashga ham yordam beradi. Umuman olganda, 4K modelidan foydalanish
informatika darslarini yanada qiziqarli, interaktiv va samarali qiladi. Oʻquvchilar uchun nafaqat
bilimlarni egallash, balki ularni amaliyotga tatbiq etish va real hayotdagi muammolarni hal
qilishda innovatsion yondashuvlar ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi. Shu sababli, 4K


background image


10

modelining informatika darslarida qoʻllanilishi, taʻlim tizimining zamonaviy talablari va
oʻquvchilarning ehtiyojlariga javob beruvchi muhim yoʻnalish sifatida qaraladi. Oʻquv
jarayonini optimallashtirish va oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun ushbu
modeldan samarali foydalanish kelajakda taʻlim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Tadqiqot davomida ilmiy adabiyotlarda keltirilgan nazariy materiallarga asoslangan

holda mantiqiy tahlil usullaridan foydalanildi. Mavjud maʻlumotlarni tahlil qilishda tahlil va
sintez, qiyosiy tahlil kabi uslublar va yondashuvlar qoʻllanilgan.

Kreativ va zamonaviy metodlar taʻlim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Quyidagi olimlar oʻz ilmiy tadqiqotlarida 4K modeli haqida maʻlumotlar taqdim etishgan.

A.Abdurazzakov oʻzining “Taʻlimda innovatsion metodlarni qoʻllash” nomli maqolasida

4K modelining taʻlimda ahamiyatini ochib beradi. Informatika darslarida oʻquvchilarning kritik
fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, ularga muammolarni hal qilishda ijodiy yondashuvlarni
taklif qilish, shuningdek, jamoa bilan ishlash koʻnikmalarini shakllantirish muhimligi haqida
fikr yuritgan. [1].

M.Islomov oʻz “Zamonaviy taʻlim metodlari” nomli asarida 4K modelidan foydalanish,

oʻquvchilarning informatikaga boʻlgan qiziqishini oshirishda muhim rol oʻynaydi, ushbu
metodlar oʻquvchilarning ijodkorligini va muammolarni hal qilish qobiliyatini oshirishga
yordam berishi haqida yozilgan.. [2].

S.Rahmonovning “Taʻlim jarayonida interaktiv metodlarning ahamiyati” nomli

maqolasida 4K modelining interaktiv metodlar bilan birga qoʻllanilishini oʻrgananilgan va
informatika darslarida jamoaviy ishlash va aloqa koʻnikmalarini rivojlantirish uchun interaktiv
oʻyinlar va loyihalar orqali oʻquvchilar oʻrtasida muhokama qilish muhimligi haqida gap boradi.
[3].

Tony Wagner bu kitobida 21-asr taʻlimi uchun zarur boʻlgan toʻrt asosiy koʻnikma – kritik

fikrlash, ijodkorlik, aloqa va jamoa bilan ishlashni oʻrganadi. Wagnerning fikricha, informatika
darslarida ushbu koʻnikmalarni rivojlantirish, oʻquvchilarga real dunyo muammolarini hal
qilishda yordam beradi. U “Informatika darslarida loyiha asosidagi oʻquv jarayonlari
oʻquvchilarning ijodkorligini va kritik fikrlash qobiliyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega”
deb taʻkidlaydi. Bu yondashuv oʻquvchilarning jamoaviy ishlash koʻnikmalarini ham
rivojlantiradi, chunki ular loyihalar ustida birgalikda ishlashadi.[4]

Trilling va Fadel ushbu maqolalarida 21-asr koʻnikmalarini taʻlim jarayoniga kiritishning

ahamiyatini koʻrsatadi. Ular “4K modeli taʻlimda muvaffaqiyatga erishish uchun muhim, chunki
bu koʻnikmalar oʻquvchilarning texnologik savodxonligini oshirishga yordam beradi” deb
yozadilar. Ular, shuningdek, informatika darslarida jamoaviy faoliyatlar va aloqa koʻnikmalarini
rivojlantirish uchun interaktiv metodlar qoʻllash zarurligini taʻkidlaydilar. Bu yondashuv
oʻquvchilarning oʻzaro fikr almashish va muammolarni birgalikda hal qilish qobiliyatini
oshirishga xizmat qiladi.[5]

Dunyoning nufuzli davlatlarining taʻlim tizimida erishayotgan yutuqlari va samaralarini

bugungi taʻlim tizimida joriy etish orqali bizning ham xalq taʻlim timida yuksak natijalarga
etishish koʻzda tutilgan. Xuddi shu maqsadlarni hisobga olgan holda hozir kunda xalq taʻlim
tizimida zamonaviy texnologiyalardan biri hisoblangan 4K modeli orqali boshlangich
sinflarning bilim olish salohiyatini har tomonlama yuksaltirish, rivojlantirish boshlangich
tushunchalarning oʻzidayoq bolalarni kelajak muhit uchun tayyorlash asosiy maqsad
hisoblanadi. Aslida 4K modeli 4 ta asosiy kompetensiya oʻz ichiga oladi.


background image


11

Kollobarasiya

hamkorlik, jamoada ishlash koʻnikmasi. Oʻquvchilari orasida oʻzaro

hamkorlikni yoʻlga qoyish. Oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi hamkorlik yokida oʻquvchilar
oʻrtasidagi hamkorlik. Oʻquvchilarning dars davomida atrofidagilari bilan birgalikda
hamkorlikda ishlashi, birovni fikrini eshitsa olish, hurmat qilishi, qabul qilish koʻnikmalari.

Kommunikativlik

-

muloqot

qilish qobiliyati. Oʻquvchilarning oʻz shaxsiy fikrlarni erkin,

mustaqil shaklda bayon qilishi, tengdoshlariga yetkarmza olish qobiliyati. Atrofdagilarni
eshitsa olishi, fikrini aniq, ravon ifodalashi hisoblanadi.

Kreativ

fikrlash-bunda ijodiy fikrlash. Yaʻni atrofdagilarga oʻxshamagan tarzda yangicha

fikrlash, yangicha gʻoyalar ustida ishlash qobiliyati. Oʻquvchilarni oʻz maqsadlariga erishishda
yangicha yondashuv, yangicha usullardan foydalanish yoʻllar ini tanlash. Muammolarni hal
qilish undan yangi saboq va koʻnikmalarni hosil qilishi.

Tanqidiy fikrlash

bu mustaqil fikrlay oladigan, boshqalarni fikridan koʻra oʻzini fikrini

ustun qoʻya olish, boshqalar fikrini oʻzlashitrmaslik, oʻzining shaxsiy fikrini erkin bayon qila
olishi, dalillar orqali isbotlab, taʻkidlab bera olish, oʻz fikr mulohazalarimni shakllantirish
koʻnikmalarini shakllantirishda iborat.

Hozirgi kunda zamon talablaridan biri bu erkin fikrlash, fikrini erkin bayon qila olishi,

fikrini omma oldida, jamoa oldida erkin bildira olishidir. Chunki koʻp hollarda bilamizki
oʻquvchilar orasida oʻz fikrini ham ayta olmaydigan, uni koʻpchilik oldida bayon etolmaydigan
oʻquvchilar ham juda koʻp. Mana shunday muammolarni hozirgi kunda koʻplab oʻqituvchilarda
uchratishimiz va buning maʻlum maʻnodagi yechimini 4K modelining yoʻnalishidan biri boʻlgan
kommunikativlikni olishimiz mumkin. Yaʻni oʻquvchilarning fikrlarini erkin ifodalay olishiga
imkon berishimiz kerak.

Oʻqituvchi bunday vaziyatda avvalo oʻquvchi bilan individual holda ish olib borishi kerak.

Oʻquvchilarni bilan birga darsdan soʻng yakka holda suhbat olib borishi kerak

Alan jenkins “Innovative teaching and learning in higher education” ilmiy tadqiqot ishida,

oliy taʻlimning yangiliklar va rivojlanishida kreativ va zamonaviy metodlarni oʻrganishning
efektivligini oshirishdagi roli va ularga qanday qilib qoʻllashni oʻrganish uchun koʻproq
maʻumot taqdim etilgan.[6]

4K modelining qoʻllanilishi oʻquvchilarni ijodkorlikka ham yoʻnaltiradi. Darslar davomida

oʻquvchilarga yangi gʻoyalar bilan chiqish, loyiha ishlab chiqish va muammolarni ijodiy yechish
imkoniyati beriladi. Bu, oʻz navbatida, ularning kreativ fikrlash qobiliyatlarini oshiradi va
innovatsion yechimlarni yaratishlariga yordam beradi. Natijada, 4K modelidan foydalanish
informatikani oʻrgatishda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish, oʻquvchilarning
koʻnikmalarini kengaytirish va taʻlim jarayonini qiziqarli qilishga katta imkoniyatlar yaratadi.
Oʻquvchilarning shaxsiy va professional rivojlanishi uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni oʻz
ichiga olgan ushbu model, taʻlim jarayonida innovatsion yondashuvlar va amaliyotlarni
birlashtirib, oʻquvchilarning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam asos yaratadi.
Shunday qilib, 4K modeli informatikani oʻrgatishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi, bu oʻz
navbatida oʻquvchilarning qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga yordam beradi.

Informatika darslarida 4K modelidan foydalanish oʻquvchilarning taʻlim jarayonini

yangilash va rivojlantirishga imkoniyat yaratadi. Ushbu modelni yangicha yondashuvlar orqali
tatbiq etish mumkin. Quyida ushbu yondashuvlar va yangiliklar keltiriladi.

Interaktiv oʻqitish platformalari. Zamonaviy oʻquvchilar uchun interaktiv oʻqitish

platformalari 4K modelining barcha jihatlarini taʻminlaydi. Ushbu platformalarda oʻquvchilar


background image


12

oʻzaro raqobatlashish, kreativ testlar va muhokamalar oʻtkazish orqali oʻz bilimlarini sinovdan
oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu, oʻz navbatida, kommunikatsiya va hamkorlik
koʻnikmalarini rivojlantiradi.

Gamifikatsiya – oʻyin elementlarini taʻlim jarayoniga kiritish, oʻquvchilarning

motivatsiyasini oshirishga yordam beradi. Oʻqituvchilar oʻz darslarida oʻyinlar va qiziqarli
vazifalar yordamida oʻquvchilarni faol ishtirok etishga undaydilar. Bu yondashuv hamkorlik va
kommunikatsiya koʻnikmalarini mustahkamlaydi.

Interaktiv oʻqitish usullari. Oʻqituvchilar darslarni yanada interaktiv va qiziqarli qilish

uchun turli platformalardan, masalan, online testlar va muhokama platformalaridan
foydalanishlari kerak. Bu oʻquvchilarning qiziqishini oshiradi va ularga faol ishtirok etishga
yordam beradi.

Texnologiyalardan foydalanish

.

Virtual va kengaytirilgan haqiqat, dasturlash vositalari va

boshqa zamonaviy texnologiyalarni darslarda qoʻllash oʻquvchilarning ijodiy fikrlash
koʻnikmalarini rivojlantiradi. Oʻquvchilarga real hayot muammolarini hal qilish uchun
texnologiyalarni qanday qoʻllashni oʻrgatish muhimdir.

Guruhli Loyihalar. Oʻquvchilarni guruhlarga boʻlib, maʻlum bir loyiha ustida ishlashga

undash orqali hamkorlik va kommunikatsiya koʻnikmalarini rivojlantirish mumkin. Bu loyiha
jarayonida oʻzaro fikr almashish va jamoa ishini tashkil etish muhim ahamiyatga ega.

Gamifikatsiya. Oʻqituvchilar oʻz darslariga oʻyin elementlarini qoʻshish orqali

oʻquvchilarning motivatsiyasini oshirishlari kerak. Bu, oʻz navbatida, darslarda qatnashishni
yanada qiziqarli qiladi.

Mentorlik va Oʻzaro Taʻlim

.

Oliy sinf oʻquvchilarini pastki sinf oʻquvchilariga mentorlik

qilishga jalb etish orqali tajriba almashinuvi va koʻnikmalarni rivojlantirish mumkin. Bu usul
oʻzaro muloqotni mustahkamlaydi va oʻz-oʻzini oʻrganishga ragʻbatlantiradi.

Informatika darslarida 4K modelidan (Kreativlik, Kritik fikrlash, Hamkorlik,

Kommunikatsiya) foydalanish oʻquvchilarning taʻlim jarayonini yanada samarali va qiziqarli
qilish imkonini beradi. Ushbu model oʻquvchilarga muammolarni hal qilishda, ijodiy fikrlashda
va jamoaviy ishlashda zarur boʻlgan koʻnikmalarni rivojlantiradi. 4K modeli oʻz navbatida,
zamonaviy taʻlim tizimining talablariga mos keladi, bu esa oʻquvchilarni kelajakdagi ish
muhitida muvaffaqiyatli boʻlishlari uchun tayyorlaydi. Darslar davomida oʻquvchilar oʻz
bilimlarini amalda qoʻllash, bir-biridan oʻrganish va oʻz fikrlarini erkin ifoda etish imkoniyatiga
ega boʻladi.

References:

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori. “Oʻzbekiston Respublikasida taʻlim sifatini va

innovatsion texnologiyalarni joriy etish toʻgʻrisida” . Toshkent, 2019 yil.
2.

Xaitboyev M., Joʻrayev S. “Zamonaviy pedagogik texnologiya asoslari”. – Toshkent, 2010

yil.
3.

Murodova D. “Taʻlimda 4K modeli. Kritik fikrlash, kreativlik, aloqa va hamkorlik”. –

Toshkent, 2020 yil
4.

Jonson L., Adams Becker S. “Taʻlimda texnologik innovatsiyalar. Yangi metod

va

ishlab

chiqarishlar” . Horizon hisoboti,2017 yil.
5.

Yusupova, Marjona, Komila Raximova, and Muxiba Yaxiyaxonova. Oliy taʻlim tizimida


background image


13

innovatsion texnologiyalardan foydalanish: Oliy taʻlim tizimida innovatsion texnologiyalardan
foydalanish. Modern problems and prospects of applied mathematics 1.01 (2024).
6.

Kodirov, Akbar, Farangiz Kenjayeva, and Marjona Yusupova. “Maktablarda raqamli

texnologiyalar asosida aniq fan mavzularini otishda erishilayotgan yutuq va kamchiliklar.”
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика 3.4 (2024): 49-
52.
7.

Maxmudjonovna, yaxiyaxonova muxiba. "using vr technologies in teaching computer

science and it to first-grade students." eurasian journal of mathematical theory and computer
sciences 4.10 (2024): 40-46.
8.

Maxmudjonovna , y. M. (2024). Brain activity in the development of imagination in first

graders. Excellencia: international multi-disciplinary journal of education (2994-9521), 2(10),
820-826.
9.

Maxmudjonovna, yaxiyaxonova muhiba. "mustaqil ta’limni tashkil etishda ilg ‘or xorijiy

tajribalarning ahamiyati." oriental renaissance: innovative, educational, natural and social
sciences 1.5 (2021): 742-749.
10.

Яхияханова, мухиба. "raqamli ta’lim muhitida boshlangʻich sinf oʻquvchilarining it

savodxonligini oshirish metodikasini takomillashtirish." ижтимоий-гуманитар фанларнинг
долзарб муаммолари/актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/actual
problems of humanities and social sciences 4 (2024).
11.

Yaxiyaxonova, muxiba. "1-sinf o „quvchilariga “informatika va at” fanini o „qitishda loyiha

daftaridan foydalanish.: 1-sinf o „quvchilariga “informatika va at” fanini o „qitishda loyiha
daftaridan foydalanish." modern problems and prospects of applied mathematics 1.01 (2024).
12.

Ashirova, mavluda, and muxiba yaxiyaxonova. "raqamli iqtisodiyot davrida kriptovalyuta

va bitkoin." международная конференция академических наук. Vol. 3. No. 4. 2024.
13.

Jalilova, sevinch, marjona yusupova, and muxiba yaxiyaxonova. "kundalik hayotimizda

raqamli texnologiyalar." прикладные науки в современном мире: проблемы и решения 3.3
(2024): 13-17.
14.

Xurramova, sarvinoz, marjona yusupova, muxiba yaxiyaxonova. "oliy ta’lim tizimida

bulutli texnologiyalarning imkoniyatlari." zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya:
nazariy va amaliy tadqiqotlar 3.3 (2024): 36-38.
15.

ShukurulloFayzullo o‘g‘li, Aliqulov. "TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI QO

‘LLASH."

PEDAGOGS

50.2 (2024): 51-55.

16.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH

TA’LIMDA

AXBOROT

TEXNOLOGIYALARIDAN

FOYDALANISH

USULLARI

VA

AFZALLIKLARI."

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и

практические исследования

3.10 (2024): 39-41.

17.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Jasmina Murodulloyeva, and Umida Nurmaxmatova. "YASHIL

IQTISODIYOT VA YO ‘NALISHLARI BO ‘YICHA TA’LIM DASTURLARINI RIVOJLANTIRISH
MEXANIZMLARI."

Models and methods in modern science

3.5 (2024): 44-49.

18.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Temurbek Zarifov. "GLOBAL TARMOQ QURISHDA TARMOQ

QURILMALARIDAN FOYDALANISH VA TARMOQ TOPOLOGIYALARINING O’RNI."

Science and

innovation in the education system

3.5 (2024): 50-60.


background image


14

19.

Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov. “Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan

foydalanishning samaradorligi” Pedagogis Internatsianal researcg ISSN:281-4027_SJIF:4.995.
2023/5/15
20.

F Qodirov. Aholiga tibbiy xizmatlar ko'rsatishning rivojlanishini iqtisodiy-matematik

modellashtirish. Scienceweb academic papers collection. 2023/1/1.
21.

F Qodirov. Zamonaviy to'lov tizimlari tahlili va elektron pul birliklari. Scienceweb

academic papers collection. 2023/1/1.
22.

Ergash o'g'li, Qodirov Farrux. "Аҳолига тиббий хизмат кўрсатиш соҳасининг келгуси

ҳолатини башоратлаш."

Сервис” илмий-амалий журнал

(2022)

Bibliografik manbalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori. “Oʻzbekiston Respublikasida taʻlim sifatini va innovatsion texnologiyalarni joriy etish toʻgʻrisida” . Toshkent, 2019 yil.

Xaitboyev M., Joʻrayev S. “Zamonaviy pedagogik texnologiya asoslari”. – Toshkent, 2010 yil.

Murodova D. “Taʻlimda 4K modeli. Kritik fikrlash, kreativlik, aloqa va hamkorlik”. – Toshkent, 2020 yil

Jonson L., Adams Becker S. “Taʻlimda texnologik innovatsiyalar. Yangi metod va ishlab chiqarishlar” . Horizon hisoboti,2017 yil.

Yusupova, Marjona, Komila Raximova, and Muxiba Yaxiyaxonova. Oliy taʻlim tizimida innovatsion texnologiyalardan foydalanish: Oliy taʻlim tizimida innovatsion texnologiyalardan foydalanish. Modern problems and prospects of applied mathematics 1.01 (2024).

Kodirov, Akbar, Farangiz Kenjayeva, and Marjona Yusupova. “Maktablarda raqamli texnologiyalar asosida aniq fan mavzularini otishda erishilayotgan yutuq va kamchiliklar.” Инновационные исследования в современном мире: теория и практика 3.4 (2024): 49-52.

Maxmudjonovna, yaxiyaxonova muxiba. "using vr technologies in teaching computer science and it to first-grade students." eurasian journal of mathematical theory and computer sciences 4.10 (2024): 40-46.

Maxmudjonovna , y. M. (2024). Brain activity in the development of imagination in first graders. Excellencia: international multi-disciplinary journal of education (2994-9521), 2(10), 820-826.

Maxmudjonovna, yaxiyaxonova muhiba. "mustaqil ta’limni tashkil etishda ilg ‘or xorijiy tajribalarning ahamiyati." oriental renaissance: innovative, educational, natural and social sciences 1.5 (2021): 742-749.

Яхияханова, мухиба. "raqamli ta’lim muhitida boshlangʻich sinf oʻquvchilarining it savodxonligini oshirish metodikasini takomillashtirish." ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/actual problems of humanities and social sciences 4 (2024).

Yaxiyaxonova, muxiba. "1-sinf o „quvchilariga “informatika va at” fanini o „qitishda loyiha daftaridan foydalanish.: 1-sinf o „quvchilariga “informatika va at” fanini o „qitishda loyiha daftaridan foydalanish." modern problems and prospects of applied mathematics 1.01 (2024).

Ashirova, mavluda, and muxiba yaxiyaxonova. "raqamli iqtisodiyot davrida kriptovalyuta va bitkoin." международная конференция академических наук. Vol. 3. No. 4. 2024.

Jalilova, sevinch, marjona yusupova, and muxiba yaxiyaxonova. "kundalik hayotimizda raqamli texnologiyalar." прикладные науки в современном мире: проблемы и решения 3.3 (2024): 13-17.

Xurramova, sarvinoz, marjona yusupova, muxiba yaxiyaxonova. "oliy ta’lim tizimida bulutli texnologiyalarning imkoniyatlari." zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: nazariy va amaliy tadqiqotlar 3.3 (2024): 36-38.

ShukurulloFayzullo o‘g‘li, Aliqulov. "TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI QO ‘LLASH." PEDAGOGS 50.2 (2024): 51-55.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH USULLARI VA AFZALLIKLARI." Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования 3.10 (2024): 39-41.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Jasmina Murodulloyeva, and Umida Nurmaxmatova. "YASHIL IQTISODIYOT VA YO ‘NALISHLARI BO ‘YICHA TA’LIM DASTURLARINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI." Models and methods in modern science 3.5 (2024): 44-49.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Temurbek Zarifov. "GLOBAL TARMOQ QURISHDA TARMOQ QURILMALARIDAN FOYDALANISH VA TARMOQ TOPOLOGIYALARINING O’RNI." Science and innovation in the education system 3.5 (2024): 50-60.

Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov. “Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan foydalanishning samaradorligi” Pedagogis Internatsianal researcg ISSN:281-4027_SJIF:4.995. 2023/5/15

F Qodirov. Aholiga tibbiy xizmatlar ko'rsatishning rivojlanishini iqtisodiy-matematik modellashtirish. Scienceweb academic papers collection. 2023/1/1.

F Qodirov. Zamonaviy to'lov tizimlari tahlili va elektron pul birliklari. Scienceweb academic papers collection. 2023/1/1.

Ergash o'g'li, Qodirov Farrux. "Аҳолига тиббий хизмат кўрсатиш соҳасининг келгуси ҳолатини башоратлаш." Сервис” илмий-амалий журнал (2022)