Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
https://inlibrary.uz/index.php/zdif

«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.
«Innovative Academy RSC» LLCru-RUSocial Sciences in the modern world: theoretical and practical research2181-2020“MAYSARANING ISHI” VA “QIYIQ QIZNING QUYILISHI” KOMEDIYALARIDA KOMIK XARAKTER
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/133434

Ushbu kichik tadqiqotda Hamza Hakimzoda Niyoziy va Uilyam Shekspir komediyalarida komik xatakter tadqiq etilgan bo‘lib, Sharq va G‘arb adabiyoti qiyosiy planda o‘rganilgan. Tadqiqotimiz davomida, ayniqsa, Aristotelning “Poetika”asariga tayanilib, ular nazariy qismlarda o‘z aksini topgan. Shuningdek, Hamza va Shekspirning besh tomlik kitoblari asosiy manbaa bo‘lib xizmat qilgan.
Osiyo Siddiqova
Copyright (c) 2025
2025-08-052025-08-0541946JADIDLARNING SAFAR XOTIRALARIDA ZAMONAVIY TA’LIM XUSUSIDAGI QARASHLARNING AKS ETISHI VA UNI AMALGA OSHIRISHLARI
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/133433

Ushbu maqolada jadid mutafakkirlaridan Mahmudxo'ja Behbudiy hamda Is'hoxon Ibratning xorijga qilgan sayohatlari davomida zamonaviy ta'lim xususidagi qarashlari va uni Turkistonda joriy qilishdagi o'rni,ahamiyati borasida xulosalar berilgan.
Feruza Urakova
Copyright (c) 2025
2025-08-062025-08-06419710МЕХАНИЗМ СБЫТА В ХОЗЯЙСТВАХ ОЦЕНКА ТЕНДЕНЦИЙ РАЗВИТИЯ
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/133432

В данной статье будут рассмотрены такие ключевые аспекты, как разработка маркетингового механизма фермерских хозяйств в сельскохозяйственном секторе, анализ существующих проблем и факторов, направленных на повышение конкурентоспособности, разработка эффективного маркетингового механизма фермерских хозяйств, использование цифровых технологий и инновационных маркетинговых инструментов, сегментация рынка, ценовая политика и брендинг. В исследовании также рассматриваются практические методы и подходы, необходимые для успешного сбыта и повышения конкурентоспособности сельскохозяйственной продукции на рынке, включая вопросы производства экологически чистой продукции и повышения качества.
Гулрух Назарова
Copyright (c) 2025
2025-08-062025-08-064191114SIROJIDDIN SAYYID SHE`RLARIDA VATAN MAVZUSI
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/133431

Ushbu maqolada Sirojiddin Sayyidning hayoti, ijodi va uning vatan mavzusidagi she`rlari tahlil qilinadi.Shuningdek, maqolada shoirning vatanparvarlik g`oyalari to`g`risida ham fikr yuritiladi.
Dilnoza Samadova
Copyright (c) 2025
2025-08-112025-08-114191517BOSHLANG‘ICH SINFLARDA CHET TILINI O‘QITISHDA GENDER YONDASHUV ASOSIDA TA’LIM METODLARINI TANLASHNING ILMIY ASOSLARI
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/133430

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda chet tilini o‘qitishda gender yondashuv asosida ta’lim metodlarini tanlashning ilmiy asoslari yoritiladi. Tadqiqotda gender pedagogikasi, psixolingvistika va didaktik yondashuvlar integratsiyasi asosida ta’lim jarayonini optimallashtirish yo‘llari tahlil qilinadi. Qizlar va o‘g‘il bolalarning til o‘rganishdagi psixologik, kognitiv va motivatsion xususiyatlari qiyosiy o‘rganilib, metod tanlashda individual yondashuvning ahamiyati asoslab beriladi. Shuningdek, gender tenglikni ta’minlaydigan va o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyani shakllantiruvchi interaktiv, differensial va ijodiy metodlar tavsiya etiladi.
Marjona Sharifzoda
Copyright (c) 2025
2025-08-112025-08-114191822PEDAGOGIKA OLIY TA’LIMIDA KOLLABORATIV MADANIYAT: NAZARIY ASOSLAR, METODIK YONDASHUV VA KOMPETENSIYALAR
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/133429

Ushbu maqola pedagogika oliy ta’limida kollaborativ madaniyatni shakllantirishning nazariy va metodik asoslarini yoritadi. Hamkorlikka yo‘naltirilgan o‘qitish, kichik guruhlar, fasilitatorlik roli, o‘zaro hurmat va mas’uliyat, kreativ hamda tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi usullar tahlil qilinadi. Vygotskiyning yondashuvi asosida talabaning ijtimoiy-psixologik barqarorligi, motivatsiyasi va kompetensiyalarini kuchaytirish yo‘llari asoslanadi; jamoaviy qaror va konstruktiv nizolar ko‘rib chiqiladi. Natijada ta’lim jarayonining demokratlashuvi, tengdoshlar hamkorligi va kompetensiyalar mustahkamlanadi.
Gulira’no Badalova
Copyright (c) 2025
2025-08-112025-08-114192326ИЖРО ҲУЖЖАТИНИ ИЖРО ЭТМАГАНЛИК УЧУН МАЪМИРИЙ ВА ЖИНОИЙ ЖАВОБГАРЛИК МАСАЛАЛАРИ: БОЛАНИ ОЛИБ БЕРИШ ВА УЧРАШТИРИШ МИСОЛИДА
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134828

Ўзбекистон Республикаси Оила кодексининг 11-моддасида оилавий ҳуқуқларни ҳимоя қилиш суд томонидан фуқаролик суд ишларини юритиш қоидалари бўйича, Оила содексда назарда тутилган ҳолларда эса, васийлик ва ҳомийлик органлари ёки бошқа давлат органлари томонидан амалга оширилади
Guliruxsor Axmedova
Copyright (c) 2025
2025-08-112025-08-114192731МУСТАҚИЛ ТАЪЛИМ АСОСИДА ТАЛАБАЛАРДА АХБОРОТ МАДАНИЯТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ХУСУСИЯТЛАРИ
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134827

Ушбу тезиста мустақил таълим асосида талабаларда ахборот маданиятини шакллантириш хусусиятлари ва олий таълим муассасалари талабаларида ахборот маданиятини шакллантириш ижтимоий-иқтисодий ҳаракатларни изчил, узлуксиз, тизимли ва мақсадга мувофиқ ташкил этиш ва кутилган натижаларга эришиш ҳақида тушунчалар берилган.
Гулбану Досанова
Copyright (c) 2025
2025-08-112025-08-114193235DEVELOPING A DIGITAL ECOSYSTEM IN TRANSPORT: THEORETICAL FOUNDATIONS AND GLOBAL EXPERIENCE
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134825

In recent years, the modernization of public transport systems has become a key factor in sustainable urban development, especially in rapidly urbanizing countries such as Uzbekistan. The shift from traditional transport models to digital ecosystems is driven by the need to achieve efficiency, convenience, and sustainability. A digital transport ecosystem represents a network of interconnected components and technological services that facilitate delivery, management, and optimization within transport systems.
Asror Komilov
Copyright (c) 2025
2025-08-112025-08-114193639СУРИШТИРУВ ВА ДАСТЛАБКИ ТЕРГОВ ЖАРАЁНИДА ЙЎЛ ҚЎЙИЛАДИГАН ПРОЦЕССУАЛ ХАТОЛАР: ҲУҚУҚИЙ ТАБИАТИ ВА САБАБЛАРИ
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134820

Мазкур мақолада жиноят ишини тергов қилиш босқичи: суриштирув ва дастлабки терговда суриштирувчи ва терговчилар томонидан йўл қўйилаётган процессуал хатоликлар, уларни тезкорлик билан ва самарали бартараф қилиш масалалари, қонун нормаларини қўллашда юзага келаётган амалий муаммоларнинг назарий ва амалий жиҳатлари таҳлил қилинган. Шунингдек, дастлабки тергов хатоларини бартараф қилишнинг самарали механизмларидан бири бўлган прокурор назоратига оид ҳуқуқий асослар, амалий муаммолар таҳлил қилинган.
О.Б. Акбутаев
Copyright (c) 2025
2025-08-122025-08-124194042TА’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134818

Mazkur maqolada pedagogik texnologiyalar va ularning zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Dasturlashtirilgan o‘qitish, kompyuterli ta’lim va innovatsion pedagogik texnologiyalar, jumladan, loyihalar uslubi kabi yondashuvlar talabalarning bilim olish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.
Mahliyoxon Mingboyeva
Copyright (c) 2025
2025-08-122025-08-124194345SOVET TUZUMI DAVRIDA XOTIN –QIZLARNING TA’LIMIGA BO’LGAN MUNOSABAT
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134816

Bugungi kunga kelib,jamiyatimizda har bir jabhada xotin-qizlarning roli yanada ortib bormoqda. Ayniqsa yangi Ozbekiston yillarida muhtaram Prezidentimiz SH.Mirzioyev boshchiligidagi olib borilayotgan islohotlar zaminida jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, gender tenglik masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda.
Nilufarxon Maxmudova Muzrobjon Abdullayev
Copyright (c) 2025
2025-08-122025-08-124194647SOVETLAR MAMLAKATINING ILK YILLARIDA TURKISTONDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY VA SIYOSIY VAZIYAT
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134814

Turkistonda Oktyabr tuntarishidan keyingi davrdagi ijtimoiy islohotlarning o‘ziga xos jihatlarini ilmiy tahlil qilish ularning manbalarini tushunishsiz ya'ni nazariy, mafkuraviy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillarini chuqur o‘rganishsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu jihatdan, avvalambor, o‘sha davr ijtimoiy siyosati qanday masalalarni hal etishi kerak edi, uning tushunchaviy mazmuni nimadan iborat ekanligini aniq bilish lozim
Saydullo Abdulxayev
Copyright (c) 2025
2025-08-122025-08-1241948511991–2000-ЙИЛЛАРДА ЎЗБЕКИСТОН КИШЛОКЛАРИДА ТАЪЛИМ ТИЗИМИНИНГ АХВОЛИ
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134812

1991-йил—Ўзбекистон Республикаси тарихида янги саҳифа очилган йил сифатида таърифланади. Мустақилликнинг илк босқичларида мамлакатдаги барча соҳалар қатори таълим тизими ҳам туб ислоҳотларга муҳтож эди. Айниқса, қишлоқ мактабларидаги вазият янада оғирроқ бўлиб, таълим сифатининг пасайиши, моддий-техник базанинг етарли эмаслиги ва ўқитувчи кадрлар танқислиги каби муаммолар долзарб бўлиб қолди.
Ирода Турсунова
Copyright (c) 2025
2025-08-122025-08-124195255JINOIY DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISH VA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARI
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134810

Maqolada jinoiy daromadlarni legallashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashishning nazariy-huquqiy asoslari, xalqaro standartlari hamda milliy qonunchilikdagi huquqiy mexanizmlar tahlil qilingan. Jinoiy daromadlarni legallashtirish tushunchasi, uning uch bosqichi — joylashtirish, qatlamlashtirish va integratsiya jarayonlari batafsil yoritilgan. Korrupsiyaning iqtisodiy hamda huquqiy oqibatlari, jumladan, davlat boshqaruvi samaradorligiga, iqtisodiy rivojlanishga va huquq ustuvorligiga salbiy ta’siri ilmiy manbalar va olimlar fikrlari asosida ochib berilgan.
Shuxrat Xomidov
Copyright (c) 2025
2025-08-132025-08-134195658ЎЗБЕКИСТОНДА АРХЕОЛОГИК ТАДҚИҚОТЛАР ТАРИХШУНОСЛИГИ (МУСТАҚИЛЛИК ЙИЛЛАРИДА ҚАДИМГИ СУҒДИЁНА ЁДГОРЛИКЛАРИДАГИ ҚАЗИШМАЛАР МИСОЛИДА)
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134808

Ўзбекистоннинг давлат мустақиллигига эришиши жамият ҳаётининг барча жабҳаларида бўлгани каби илм-фан ва таълим соҳаси, жумладан, археология фани ҳамда археологик фаолиятда ҳам туб ўзгаришлар юз беришига замин яратди. Аввало соҳани ривожлантиришда замон талабларидан ортда қолган, бирёқлама таълимот ва ёндашувлар ўрнини аста-секинлик билан янгича қарашлар, турли-туман фикрлар эгаллай бошлади. Археологик тадқиқотларда жаҳон илм-фанига интеграциялашув жараёни жадаллашди. Бу эса мамлакат ҳудудидаги тадқиқотларда турли халқаро қўшма археологик экспедициялар фаолиятининг йўлга қўйилишида ўз ифодасини топди. Жумладан, Афросиёб ёдгорлигини тадқиқ этиш борасида 1988 йилда Ўзбек – Француз археологик экспедицияси ташкил этилди.
Д. Ботиров
Copyright (c) 2025
2025-08-132025-08-134195960O‘ZBEK SO‘MI KURSI VA UNING TASHQI SAVDOGA TA’SIRI (EKSPORT VA IMPORT TAHLILI MISOLIDA)
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134805

O‘zbekiston iqtisodiyotida milliy valyuta – so‘mning kursi tashqi savdo jarayonlariga muhim ta’sir ko‘rsatadi. So‘mning qadrsizlanishi yoki mustahkamlanishi eksport va import hajmidagi o‘zgarishlar orqali mamlakat iqtisodiy barqarorligiga bevosita ta’sir qiladi. Ushbu maqolada so‘m kursi dinamikasi va uning eksport-import operatsiyalariga ta’siri tahlil qilinadi.
Muzaffarbek Xoliqnazarov
Copyright (c) 2025
2025-08-132025-08-134196163O‘ZBEKISTONDA DAVLAT XIZMATLARINI RAQAMLASHTIRISH JARAYONIDA IJTIMOIY TARMOQLARNING KOMMUNIKATIV VA TRANSFORMATIV ROLI: IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL (“DAVLAT XIZMATLARI SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA ISTIQBOL VA MUAMMOLARI” SHO‘BA
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134803

Mazkur tezisda O‘zbekistonda davlat xizmatlarini raqamlashtirish jarayonida ijtimoiy tarmoqlarning kommunikativ va transformativ roli ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil etiladi. Ijtimoiy tarmoqlar davlat va fuqaro o‘rtasidagi muloqotni faollashtirib, fuqarolik ishtirokini kuchaytiruvchi va boshqaruvdagi ochiqlikni ta’minlovchi platformaga aylanmoqda. Tezis ushbu imkoniyat va chaqiriqlarni konseptual yondashuvda tahlil qiladi.
Javlon Iymanov Jahongirmirzo Mirzajonov
Copyright (c) 2025
2025-08-142025-08-144196467DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH JARAYONLARINI BOSHQARISH SOHASIDAGI KADRLAR SIYOSATI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134800

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida olib borilayotgan davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlari tahlil qilinib, ayni jarayondagi kadrlar siyosatining holati, asosiy muammolari va ularning yechimlari koʻrib chiqilgan. Davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarini boshqarishda inson resurslariga investitsiya kiritishning ahamiyati hamda AQSh va boshqa rivojlangan mamlakatlar tajribasi yoritildi. Keltirilgan tahlillar amaliy misollar bilan boyitilgan. Xulosa qismida kadrlar siyosatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ilgari suriladi.
Ruslan Bekchanov
Copyright (c) 2025
2025-08-142025-08-144196873PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF THE LEGAL CULTURE OF THE ENTREPRENEUR IN NEW UZBEKISTAN
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134798

The article talks about fundamental reforms being implemented at a new stage of development of our country, compliance with the legal order established by the state in the formation of the legal culture of an entrepreneur, strengthening democratic principles, as well as issues of its development.
A.A. Sofiev
Copyright (c) 2025
2025-08-152025-08-154197476TADBIRKORLIK FAOLIYATI VUJUDGA KELISHI MASALASIGA DOIR
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134795

Mazkur maqolada mumtoz manbalardagi, Sharq va G‘arb, Qadimgi Yunoniston mutafakkirlari, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatining zamonaviy ko‘rinishlarini targ‘ib qilgan jadidlarning qarashlaridagi tadbirkorlik faoliyati, uning vujudga kelishi, tadbirkorning faoliyatida huquqiy madaniyatning o‘rni haqida so‘z boradi.
A.A. So‘fiev
Copyright (c) 2025
2025-08-152025-08-154197780ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИНИНГ ТЕЗКОР БЎЛИМЛАРИ ТОМОНИДАН ГИЁҲВАНДЛИККА ҚАРШИ КУРАШДА ЖАМОАТЧИЛИК БИЛАН ҲАМКОРЛИК ФАОЛИЯТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134794

Тезисда Ўзбекистон Республикаси ички ишлар органлари тезкор бўлинмаларининг гиёҳвандликка қарши курашдаги ўрни ва вазифалари таҳлил қилинади. Шу билан бирга, соғлиқни сақлаш, божхона, таълим тизими ва жамоатчилик билан ҳамкорлик йўналишлари ёритилади. Мавжуд қонунчилик ҳужжатлари, амалий тажрибалар, расмий статистик маълумотлар ва илмий-тадқиқотлар асосида тизимдаги муаммолар аниқланади. Шунингдек, гиёҳвандликка қарши Миллий стратегия доирасида фаолият юритувчи Давлат комиссияси ва Наркотикларни назорат қилиш миллий маркази ишининг самарадорлиги кўриб чиқилади. Жамоатчилик иштирокини кучайтиришнинг ҳуқуқий ва ташкилий механизмлари таҳлил этилади.
Жасурбек Боймирзаев
Copyright (c) 2025
2025-08-182025-08-184198184IJTIMOIY MOBILLIK VA MIGRATSIYA JARAYONLARI
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135122

Bugungi globallashuv davrida ijtimoiy mobillik va migratsiya jarayonlari jamiyatning rivojlanishi va barqarorligini belgilovchi muhim omillardan hisoblanadi. Ijtimoiy mobillik — bu shaxs yoki guruhlarning jamiyat ierarxiyasida yuqoriga ko‘tarilishi yoki pastga tushishi jarayoni bo‘lsa, migratsiya — kishilarning doimiy yoki vaqtinchalik ravishda boshqa hududga yoki mamlakatga ko‘chib o‘tishidir. Har ikkala jarayon jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Lola Karimova
Copyright (c) 2025
2025-08-182025-08-184198587PIRLS MEZONLARI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING MATNNI TUSHUNISH DARAJASINI BAHOLASH USULLARI VA METODIKASI
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135295

Ushbu maqolada PIRLS baholash tizimi mezonlari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni tushunish darajasini aniqlash usullari yoritiladi. Maqolada matnni tushunishga oid ko‘nikmalar: asosiy fikrni aniqlash, tafsilotlarni ajratish, sabab-oqibatni anglash, xulosa chiqarish va matnga baho berish kabilar baholashda qanday mezonlar asosida mavzu chuqur yoritilib boradi.
Iroda Akramova
Copyright (c) 2025
2025-08-192025-08-194198890КОНСТИТУЦИЯВИЙ ИҚТИСОДИЁТ ВА ТАДБИРКОРЛАР ҲУҚУҚИНИ ҲИМОЯЛАШНИНГ КОНСТИТУЦИЯВИЙ-ҲУҚУҚИЙ МЕХАНИЗМИНИНГ НИСБАТИ
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135294

Мақолада мамлакатимизда конституциявий иқтисод ва тадбиркорлар ҳуқуқини ҳимоялашнинг Конституциявий-ҳуқуқий механизмларининг ўзаро нисбати масаласи илмий назарий жиҳатдан таҳлил этилган. Шунингдек, миллий иқтисодий тизимнинг конститутциявий ривожланиши тадқиқ қилинган.
Марат Юлдашкулов
Copyright (c) 2025
2025-08-192025-08-194199193MERONIMLARNING ELEKTRON KORPUSLARDAGI TAQDIMOTI VA TAHLILI
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135293

Ushbu tezisda meronimlarning elektron korpuslardagi taqdimoti va ularning lingvistik tahlili masalalari yoritiladi. Tadqiqotda meronimik munosabatlarning leksik-semantik xususiyatlari, ularning turli kontekstlarda qo‘llanilishi hamda korpus materiallarida qayd etilish darajasi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ingliz va o‘zbek tillari korpuslari asosida meronimlarning ifodalanishidagi umumiy va farqli jihatlar aniqlanadi. Elektron korpuslardan foydalanish meronimlarning qo‘llanish doirasi va semantik imkoniyatlarini chuqurroq tahlil qilishga yordam beradi. Natijada, meronimik munosabatlarning leksikografik va tarjimashunoslikdagi ahamiyati ham asoslab beriladi.
Sojida Mustafaeva
Copyright (c) 2025
2025-08-192025-08-194199498KREDIT SHARTNOMALARINING SUDLOVLILIGI
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135292

Kredit shartnomalarning sudlovliligi zamonaviy fuqarolik huquqi va sud amaliyotining dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari hamda jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomalari, ularning shartlari, bajarilmasligi yoki noto‘g‘ri bajarilishi oqibatida yuzaga keladigan nizolar ko‘plab sud ishlarining asosini tashkil etadi. Ushbu tezisda kredit shartnomalarining huquqiy tabiati, sudlovlilik mezonlari, hududiy va predmet bo‘yicha sud yurisdiksiyasi, xalqaro element mavjud bo‘lganda yuzaga keladigan kollizion masalalar hamda amaliyotda uchraydigan muammolar keng tahlil etiladi. Shuningdek, milliy qonunchilik va xalqaro tajriba asosida kredit shartnomalariga oid nizolar bo‘yicha sudlovlilik masalalarini hal qilishning samarali mexanizmlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Muxlis Murodov
Copyright (c) 2025
2025-08-192025-08-1941999101ВЛИЯНИЕ ЯЗЫКОВОЙ ИНТЕРФЕРЕНЦИИ НА РАЗВИТИЕ ДИСКУРСИВНОЙ КОМПЕТЕНЦИИ ПО РКИ У УЧАЩИХСЯ СРЕДНИХ ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛ УЗБЕКИСТАНА
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135291

В этой работе экспериментально исследуется влияние лингвострановой интерференции на построение дискурсивной компетенции среднеобразованных узбекских школьников при изучении русского языка как иностранного. На основе анализа причин интерференции, её проявлений в устной и письменной речи, автор обосновывает возможные методики устранения её последствий в учебной практике.
Зарнигор Набиева Саидахон Абдуллаева
Copyright (c) 2025
2025-08-192025-08-19419102105CHALLENGES IN TRANSLATING CULTURE-BOUND HUMOUR IN ENGLISH SITCOMS INTO UZBEK
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135290

This study investigates the challenges of translating culture-bound humour in English sitcoms into Uzbek, focusing on the linguistic, cultural, and pragmatic factors that influence humour transfer. Sitcom humour often relies on wordplay, idiomatic expressions, cultural references, and socio-political contexts specific to English-speaking audiences. When translated into Uzbek, such humour may lose its intended effect due to differences in cultural background, comedic traditions, and audience expectations. The research examines subtitling and dubbing practices, identifying strategies such as adaptation, substitution, explicitation, and omission used to preserve comedic impact. Special attention is given to culturally loaded jokes, puns, and intertextual references that resist direct translation. By drawing on translation theory and audiovisual translation studies, the paper highlights the role of translator creativity and cultural competence in ensuring humour accessibility. The findings contribute to improving cross-cultural humour translation and enhancing audience engagement with foreign media.
Xurshidaxon Mamadaliyeva
Copyright (c) 2025
2025-08-192025-08-19419106109ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИНИ ТАРТИБГА СОЛИШДА НОРМАТИВ-ҲУҚУҚИЙ БАЗАНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ВА КОДИФИКАЦИЯЛАШ МУАММОЛАРИ
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135289

Мазкур мақолада тадбиркорлик субъектларини давлат томонидан қўллаб-қувватлаш мақсадида қабул қилинган норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар ва уларнинг самарадорлиги таҳлил қилинади. COVID-19 пандемиясининг туризм ва тадбиркорликка таъсири, қонунчиликдаги зиддиятлар ва уларни бартараф этиш учун кодификациялашнинг аҳамиятига алоҳида эътибор қаратилади. Шунингдек, хориж мамлакатларида тадбиркорлик қонунчилиги тизимлаштирилиши ва Ўзбекистонда Тадбиркорлик кодекси лойиҳасининг ишлаб чиқилиши жараёнлари муҳокама қилинади. Мақола амалдаги қонунчиликни такомиллаштириш ва уни бир бутун тизимга келтиришнинг заруриятини таъкидлайди.
Саламат Сапарбаев
Copyright (c) 2025
2025-08-192025-08-19419110112ALISHER NAVOIY ASARLARIDA IDEAL INSON KONSEPSIYASI
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135288

Mazkur maqolada Alisher Navoiyning badiiy merosida “komil inson” konsepsiyasining talqini tahlil etiladi. Mutafakkirning ilm, ma’rifat, adolat, axloqiy poklik, insonparvarlik va vatanparvarlik haqidagi qarashlari, shuningdek, u ilgari surgan ideal inson timsolining asosiy fazilatlari ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Tadqiqotda “Hayrat ul-abror”, “Saddi Iskandariy” kabi dostonlardan hamda “Xamsa” qahramonlari obrazlaridan misollar keltirilib, komil insonning axloqiy, ma’naviy va ijtimoiy qiyofasi ochib beriladi. Maqolada Navoiy qarashlarining bugungi davr uchun ham dolzarbligi ta’kidlanadi va komil inson ta’limotining zamonaviy jamiyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutishi ko‘rsatiladi.
MAXLIYO MIRZAAXMEDOVA
Copyright (c) 2025
2025-08-192025-08-19419113116ЁШЛАР ДУНЁҚАРАШИДА ВАТАНПАРВАРЛИК ТУЙҒУСИ ВА ҲИССИНИ РЎЁБГА ЧИҚАРИШДА ИСТИҚБОЛЛИ ВАЗИФАЛАР
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135518

Mazkur maqolada yoshlar dunyoqarashida vatanparvarlik tuyg‘usi va hissini shakllantirishning nazariy jihatlari tahlil qilingan. Vatanparvarlik faqat siyosiy yoki ma’naviy tarbiyaning bir yo‘nalishi sifatidagina emas, balki shaxsning dunyoqarashini belgilaydigan, uning ijtimoiy faolligini ta’minlaydigan asosiy omil sifatida ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda falsafiy, ijtimoiy va mafkuraviy yondashuvlardan foydalanilgan holda, yoshlar ma’naviyatida vatanparvarlik hissining o‘rni ochib berilgan. Shu bilan birga, globallashuv sharoitida yoshlar dunyoqarashida milliy qadriyatlar va ma’naviy immunitetning ahamiyati nazariy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada istiqbolli vazifa sifatida yoshlarning ma’naviy-axloqiy qiyofasini mustahkamlash, milliy mafkuraviy barqarorlikni ta’minlash va yoshlar dunyoqarashini chuqur ilmiy tahlil qilish zarurati ko‘rsatilgan.
O‘tkirjon Xamrakulov
Copyright (c) 2025
2025-08-212025-08-21419117122O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA TURIZM ATAMALARINING MILLIY XUSUSIYATLARI
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135517

Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillarida turizm sohasi atamalarining shakllanishi, ularning lingvokulturologik va milliy xususiyatlari tahlil qilingan. Har ikki tilga xos bo‘lgan terminologik yondashuvlar, madaniy asoslar va milliy qadriyatlarning tilga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Misollar asosida ikki til orasidagi semantik farqlar, terminlarning moslashuvi, shuningdek, mavzuning amaliy ahamiyati yoritilgan.
Dilnoza Yulchiyeva
Copyright (c) 2025
2025-08-222025-08-22419123124“АЛ-МУФАССАЛ” АСАРИДА ЖАР ҲАРФЛАРИНИНГ ЁРИТИЛИШИ
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135516

Мазкур тезисда Маҳмуд Замахшарийнинг “Ал-Муфассал” асарининг учинчи фасли — ҳарфлар сўз туркуми ва унинг биринчи боби, яъни жар ҳарфлари (кўмакчи сўзлар)нинг ёритилиши таҳлил қилинади. Асарда араб тилида қаратқич келишигини талаб қилувчи турли кўмакчи сўзлар, уларнинг маъно қирралари ва қўлланиш имкониятлари изоҳланган.
Мунира Ниязалиева
Copyright (c) 2025
2025-08-252025-08-25419125126NAVOIY XAMSASIDA FARHOD VA MAJNUN TIMSOLLARINING QIYOSIY TAHLILI
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135853

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Xamsa” to‘plamiga kiruvchi “Farhod va Shirin” hamda “Layli va Majnun” dostonlaridagi bosh qahramonlar – Farhod va Majnun timsollari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada mazkur obrazlar orqali ifodalangan muhabbat turlari, ruhiy-ma’naviy olamlar va shaxsiy kamolot yo‘llari o‘rganiladi. Navoiy ijodida ikki xil sevgi timsoli qanday talqin etilganligi ochib beriladi.
Munisa Qurbonova
Copyright (c) 2025
2025-08-262025-08-26419127129BOLA NUTQIDA GENDERGA OID DISKURSIV XUSUSIYATLARNING SHAKLLANISHI VA ULARNING LINGVISTIK TAHLILI
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135852

Til – inson tafakkuri, madaniyati va ijtimoiy tajribasining asosiy ko‘zgusi bo‘lib, shaxsning jamiyatdagi o‘rnini belgilovchi eng muhim vositalardan biridir. Bola nutqining shakllanishi nafaqat lingvistik jarayon, balki psixologik, sotsial va madaniy omillarning murakkab o‘zaro ta’siri natijasidir. Shu jarayonda gender omili, ya’ni jinsga xos nutqiy va kommunikativ xususiyatlar, alohida o‘rin tutadi.
Diloromxon Shokirova
Copyright (c) 2025
2025-08-262025-08-26419130133“QUSH TILI” TURKUMIDAGI DOSTONLARDA HIKMATLI SO‘ZLARNING BADIIY TALQINI
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135851

Ushbu maqolada “Qush tili” turkumiga mansub dostonlarda uchraydigan hikmat, maqol, ibora va hadislarning badiiy talqini o‘rganiladi. Asosiy e’tibor mazkur janrda diniy-ma’naviy merosning poetik ifodalanishiga, ramziy ma’nolar tizimi va noma shaklidagi bayon uslubiga qaratiladi. Shuningdek, hikmat va hadislarning mazmun-mohiyati, ularning asar poetikasidagi o‘rni hamda badiiy ta’sir kuchi tahlil qilinadi.
Shahlo Halimova
Copyright (c) 2025
2025-08-262025-08-26419134137UNLILАR BILАN BОGʻLIQ FОNЕTIK JАRАYONLАR
https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135850

Ushbu maqolada unlilar bilan bogʻliq fonetik jarayonlar tahlil qilinadi. Unlilarning talaffuzi va ularning nutqdagi oʻzaro taʼsiri natijasida yuzaga keladigan fonetik oʻzgarishlar koʻrib chiqiladi. Maqolada unlilar bilan bogʻliq asosiy fonetik jarayonlarning sabablari, shakllari va nutqdagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari tilshunoslik va fonetika sohasida amaliy va nazariy ahamiyatga ega boʻlib, tilning fonetik tizimini yaxshiroq anglashga yordam beradi.
Ahrorbek Umirzaqov
Copyright (c) 2025
2025-08-262025-08-26419138141