Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research https://inlibrary.uz/index.php/zdif
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.
ru-RU info@in-academy.uz Tue, 19 Aug 2025 17:30:48 +0800 OJS 3.3.0.8 http://blogs.law.harvard.edu/tech/rss 60 “MAYSARANING ISHI” VA “QIYIQ QIZNING QUYILISHI” KOMEDIYALARIDA KOMIK XARAKTER https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/133434
Ushbu kichik tadqiqotda Hamza Hakimzoda Niyoziy va Uilyam Shekspir komediyalarida komik xatakter tadqiq etilgan bo‘lib, Sharq va G‘arb adabiyoti qiyosiy planda o‘rganilgan. Tadqiqotimiz davomida, ayniqsa, Aristotelning “Poetika”asariga tayanilib, ular nazariy qismlarda o‘z aksini topgan. Shuningdek, Hamza va Shekspirning besh tomlik kitoblari asosiy manbaa bo‘lib xizmat qilgan.
Osiyo Siddiqova Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/133434 Tue, 05 Aug 2025 00:00:00 +0800 JADIDLARNING SAFAR XOTIRALARIDA ZAMONAVIY TA’LIM XUSUSIDAGI QARASHLARNING AKS ETISHI VA UNI AMALGA OSHIRISHLARI https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/133433
Ushbu maqolada jadid mutafakkirlaridan Mahmudxo'ja Behbudiy hamda Is'hoxon Ibratning xorijga qilgan sayohatlari davomida zamonaviy ta'lim xususidagi qarashlari va uni Turkistonda joriy qilishdagi o'rni,ahamiyati borasida xulosalar berilgan.
Feruza Urakova Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/133433 Wed, 06 Aug 2025 00:00:00 +0800 МЕХАНИЗМ СБЫТА В ХОЗЯЙСТВАХ ОЦЕНКА ТЕНДЕНЦИЙ РАЗВИТИЯ https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/133432
В данной статье будут рассмотрены такие ключевые аспекты, как разработка маркетингового механизма фермерских хозяйств в сельскохозяйственном секторе, анализ существующих проблем и факторов, направленных на повышение конкурентоспособности, разработка эффективного маркетингового механизма фермерских хозяйств, использование цифровых технологий и инновационных маркетинговых инструментов, сегментация рынка, ценовая политика и брендинг. В исследовании также рассматриваются практические методы и подходы, необходимые для успешного сбыта и повышения конкурентоспособности сельскохозяйственной продукции на рынке, включая вопросы производства экологически чистой продукции и повышения качества.
Гулрух Назарова Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/133432 Wed, 06 Aug 2025 00:00:00 +0800 SIROJIDDIN SAYYID SHE`RLARIDA VATAN MAVZUSI https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/133431
Ushbu maqolada Sirojiddin Sayyidning hayoti, ijodi va uning vatan mavzusidagi she`rlari tahlil qilinadi.Shuningdek, maqolada shoirning vatanparvarlik g`oyalari to`g`risida ham fikr yuritiladi.
Dilnoza Samadova Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/133431 Mon, 11 Aug 2025 00:00:00 +0800 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA CHET TILINI O‘QITISHDA GENDER YONDASHUV ASOSIDA TA’LIM METODLARINI TANLASHNING ILMIY ASOSLARI https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/133430
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda chet tilini o‘qitishda gender yondashuv asosida ta’lim metodlarini tanlashning ilmiy asoslari yoritiladi. Tadqiqotda gender pedagogikasi, psixolingvistika va didaktik yondashuvlar integratsiyasi asosida ta’lim jarayonini optimallashtirish yo‘llari tahlil qilinadi. Qizlar va o‘g‘il bolalarning til o‘rganishdagi psixologik, kognitiv va motivatsion xususiyatlari qiyosiy o‘rganilib, metod tanlashda individual yondashuvning ahamiyati asoslab beriladi. Shuningdek, gender tenglikni ta’minlaydigan va o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyani shakllantiruvchi interaktiv, differensial va ijodiy metodlar tavsiya etiladi.
Marjona Sharifzoda Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/133430 Mon, 11 Aug 2025 00:00:00 +0800 PEDAGOGIKA OLIY TA’LIMIDA KOLLABORATIV MADANIYAT: NAZARIY ASOSLAR, METODIK YONDASHUV VA KOMPETENSIYALAR https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/133429
Ushbu maqola pedagogika oliy ta’limida kollaborativ madaniyatni shakllantirishning nazariy va metodik asoslarini yoritadi. Hamkorlikka yo‘naltirilgan o‘qitish, kichik guruhlar, fasilitatorlik roli, o‘zaro hurmat va mas’uliyat, kreativ hamda tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi usullar tahlil qilinadi. Vygotskiyning yondashuvi asosida talabaning ijtimoiy-psixologik barqarorligi, motivatsiyasi va kompetensiyalarini kuchaytirish yo‘llari asoslanadi; jamoaviy qaror va konstruktiv nizolar ko‘rib chiqiladi. Natijada ta’lim jarayonining demokratlashuvi, tengdoshlar hamkorligi va kompetensiyalar mustahkamlanadi.
Gulira’no Badalova Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/133429 Mon, 11 Aug 2025 00:00:00 +0800 ИЖРО ҲУЖЖАТИНИ ИЖРО ЭТМАГАНЛИК УЧУН МАЪМИРИЙ ВА ЖИНОИЙ ЖАВОБГАРЛИК МАСАЛАЛАРИ: БОЛАНИ ОЛИБ БЕРИШ ВА УЧРАШТИРИШ МИСОЛИДА https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134828
Ўзбекистон Республикаси Оила кодексининг 11-моддасида оилавий ҳуқуқларни ҳимоя қилиш суд томонидан фуқаролик суд ишларини юритиш қоидалари бўйича, Оила содексда назарда тутилган ҳолларда эса, васийлик ва ҳомийлик органлари ёки бошқа давлат органлари томонидан амалга оширилади
Guliruxsor Axmedova Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134828 Mon, 11 Aug 2025 00:00:00 +0800 МУСТАҚИЛ ТАЪЛИМ АСОСИДА ТАЛАБАЛАРДА АХБОРОТ МАДАНИЯТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ХУСУСИЯТЛАРИ https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134827
Ушбу тезиста мустақил таълим асосида талабаларда ахборот маданиятини шакллантириш хусусиятлари ва олий таълим муассасалари талабаларида ахборот маданиятини шакллантириш ижтимоий-иқтисодий ҳаракатларни изчил, узлуксиз, тизимли ва мақсадга мувофиқ ташкил этиш ва кутилган натижаларга эришиш ҳақида тушунчалар берилган.
Гулбану Досанова Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134827 Mon, 11 Aug 2025 00:00:00 +0800 DEVELOPING A DIGITAL ECOSYSTEM IN TRANSPORT: THEORETICAL FOUNDATIONS AND GLOBAL EXPERIENCE https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134825
In recent years, the modernization of public transport systems has become a key factor in sustainable urban development, especially in rapidly urbanizing countries such as Uzbekistan. The shift from traditional transport models to digital ecosystems is driven by the need to achieve efficiency, convenience, and sustainability. A digital transport ecosystem represents a network of interconnected components and technological services that facilitate delivery, management, and optimization within transport systems.
Asror Komilov Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134825 Mon, 11 Aug 2025 00:00:00 +0800 СУРИШТИРУВ ВА ДАСТЛАБКИ ТЕРГОВ ЖАРАЁНИДА ЙЎЛ ҚЎЙИЛАДИГАН ПРОЦЕССУАЛ ХАТОЛАР: ҲУҚУҚИЙ ТАБИАТИ ВА САБАБЛАРИ https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134820
Мазкур мақолада жиноят ишини тергов қилиш босқичи: суриштирув ва дастлабки терговда суриштирувчи ва терговчилар томонидан йўл қўйилаётган процессуал хатоликлар, уларни тезкорлик билан ва самарали бартараф қилиш масалалари, қонун нормаларини қўллашда юзага келаётган амалий муаммоларнинг назарий ва амалий жиҳатлари таҳлил қилинган. Шунингдек, дастлабки тергов хатоларини бартараф қилишнинг самарали механизмларидан бири бўлган прокурор назоратига оид ҳуқуқий асослар, амалий муаммолар таҳлил қилинган.
О.Б. Акбутаев Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134820 Tue, 12 Aug 2025 00:00:00 +0800 TА’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134818
Mazkur maqolada pedagogik texnologiyalar va ularning zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Dasturlashtirilgan o‘qitish, kompyuterli ta’lim va innovatsion pedagogik texnologiyalar, jumladan, loyihalar uslubi kabi yondashuvlar talabalarning bilim olish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.
Mahliyoxon Mingboyeva Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134818 Tue, 12 Aug 2025 00:00:00 +0800 SOVET TUZUMI DAVRIDA XOTIN –QIZLARNING TA’LIMIGA BO’LGAN MUNOSABAT https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134816
Bugungi kunga kelib,jamiyatimizda har bir jabhada xotin-qizlarning roli yanada ortib bormoqda. Ayniqsa yangi Ozbekiston yillarida muhtaram Prezidentimiz SH.Mirzioyev boshchiligidagi olib borilayotgan islohotlar zaminida jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, gender tenglik masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda.
Nilufarxon Maxmudova , Muzrobjon Abdullayev Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134816 Tue, 12 Aug 2025 00:00:00 +0800 SOVETLAR MAMLAKATINING ILK YILLARIDA TURKISTONDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY VA SIYOSIY VAZIYAT https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134814
Turkistonda Oktyabr tuntarishidan keyingi davrdagi ijtimoiy islohotlarning o‘ziga xos jihatlarini ilmiy tahlil qilish ularning manbalarini tushunishsiz ya'ni nazariy, mafkuraviy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillarini chuqur o‘rganishsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu jihatdan, avvalambor, o‘sha davr ijtimoiy siyosati qanday masalalarni hal etishi kerak edi, uning tushunchaviy mazmuni nimadan iborat ekanligini aniq bilish lozim
Saydullo Abdulxayev Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134814 Tue, 12 Aug 2025 00:00:00 +0800 1991–2000-ЙИЛЛАРДА ЎЗБЕКИСТОН КИШЛОКЛАРИДА ТАЪЛИМ ТИЗИМИНИНГ АХВОЛИ https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134812
1991-йил—Ўзбекистон Республикаси тарихида янги саҳифа очилган йил сифатида таърифланади. Мустақилликнинг илк босқичларида мамлакатдаги барча соҳалар қатори таълим тизими ҳам туб ислоҳотларга муҳтож эди. Айниқса, қишлоқ мактабларидаги вазият янада оғирроқ бўлиб, таълим сифатининг пасайиши, моддий-техник базанинг етарли эмаслиги ва ўқитувчи кадрлар танқислиги каби муаммолар долзарб бўлиб қолди.
Ирода Турсунова Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134812 Tue, 12 Aug 2025 00:00:00 +0800 JINOIY DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISH VA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARI https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134810
Maqolada jinoiy daromadlarni legallashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashishning nazariy-huquqiy asoslari, xalqaro standartlari hamda milliy qonunchilikdagi huquqiy mexanizmlar tahlil qilingan. Jinoiy daromadlarni legallashtirish tushunchasi, uning uch bosqichi — joylashtirish, qatlamlashtirish va integratsiya jarayonlari batafsil yoritilgan. Korrupsiyaning iqtisodiy hamda huquqiy oqibatlari, jumladan, davlat boshqaruvi samaradorligiga, iqtisodiy rivojlanishga va huquq ustuvorligiga salbiy ta’siri ilmiy manbalar va olimlar fikrlari asosida ochib berilgan.
Shuxrat Xomidov Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134810 Wed, 13 Aug 2025 00:00:00 +0800 ЎЗБЕКИСТОНДА АРХЕОЛОГИК ТАДҚИҚОТЛАР ТАРИХШУНОСЛИГИ (МУСТАҚИЛЛИК ЙИЛЛАРИДА ҚАДИМГИ СУҒДИЁНА ЁДГОРЛИКЛАРИДАГИ ҚАЗИШМАЛАР МИСОЛИДА) https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134808
Ўзбекистоннинг давлат мустақиллигига эришиши жамият ҳаётининг барча жабҳаларида бўлгани каби илм-фан ва таълим соҳаси, жумладан, археология фани ҳамда археологик фаолиятда ҳам туб ўзгаришлар юз беришига замин яратди. Аввало соҳани ривожлантиришда замон талабларидан ортда қолган, бирёқлама таълимот ва ёндашувлар ўрнини аста-секинлик билан янгича қарашлар, турли-туман фикрлар эгаллай бошлади. Археологик тадқиқотларда жаҳон илм-фанига интеграциялашув жараёни жадаллашди. Бу эса мамлакат ҳудудидаги тадқиқотларда турли халқаро қўшма археологик экспедициялар фаолиятининг йўлга қўйилишида ўз ифодасини топди. Жумладан, Афросиёб ёдгорлигини тадқиқ этиш борасида 1988 йилда Ўзбек – Француз археологик экспедицияси ташкил этилди.
Д. Ботиров Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134808 Wed, 13 Aug 2025 00:00:00 +0800 O‘ZBEK SO‘MI KURSI VA UNING TASHQI SAVDOGA TA’SIRI (EKSPORT VA IMPORT TAHLILI MISOLIDA) https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134805
O‘zbekiston iqtisodiyotida milliy valyuta – so‘mning kursi tashqi savdo jarayonlariga muhim ta’sir ko‘rsatadi. So‘mning qadrsizlanishi yoki mustahkamlanishi eksport va import hajmidagi o‘zgarishlar orqali mamlakat iqtisodiy barqarorligiga bevosita ta’sir qiladi. Ushbu maqolada so‘m kursi dinamikasi va uning eksport-import operatsiyalariga ta’siri tahlil qilinadi.
Muzaffarbek Xoliqnazarov Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134805 Wed, 13 Aug 2025 00:00:00 +0800 O‘ZBEKISTONDA DAVLAT XIZMATLARINI RAQAMLASHTIRISH JARAYONIDA IJTIMOIY TARMOQLARNING KOMMUNIKATIV VA TRANSFORMATIV ROLI: IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL (“DAVLAT XIZMATLARI SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA ISTIQBOL VA MUAMMOLARI” SHO‘BA https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134803
Mazkur tezisda O‘zbekistonda davlat xizmatlarini raqamlashtirish jarayonida ijtimoiy tarmoqlarning kommunikativ va transformativ roli ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil etiladi. Ijtimoiy tarmoqlar davlat va fuqaro o‘rtasidagi muloqotni faollashtirib, fuqarolik ishtirokini kuchaytiruvchi va boshqaruvdagi ochiqlikni ta’minlovchi platformaga aylanmoqda. Tezis ushbu imkoniyat va chaqiriqlarni konseptual yondashuvda tahlil qiladi.
Javlon Iymanov , Jahongirmirzo Mirzajonov Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134803 Thu, 14 Aug 2025 00:00:00 +0800 DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH JARAYONLARINI BOSHQARISH SOHASIDAGI KADRLAR SIYOSATI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134800
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida olib borilayotgan davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlari tahlil qilinib, ayni jarayondagi kadrlar siyosatining holati, asosiy muammolari va ularning yechimlari koʻrib chiqilgan. Davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarini boshqarishda inson resurslariga investitsiya kiritishning ahamiyati hamda AQSh va boshqa rivojlangan mamlakatlar tajribasi yoritildi. Keltirilgan tahlillar amaliy misollar bilan boyitilgan. Xulosa qismida kadrlar siyosatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ilgari suriladi.
Ruslan Bekchanov Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134800 Thu, 14 Aug 2025 00:00:00 +0800 PROSPECTS FOR THE DEVELOPMENT OF THE LEGAL CULTURE OF THE ENTREPRENEUR IN NEW UZBEKISTAN https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134798
The article talks about fundamental reforms being implemented at a new stage of development of our country, compliance with the legal order established by the state in the formation of the legal culture of an entrepreneur, strengthening democratic principles, as well as issues of its development.
A.A. Sofiev Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134798 Fri, 15 Aug 2025 00:00:00 +0800 TADBIRKORLIK FAOLIYATI VUJUDGA KELISHI MASALASIGA DOIR https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134795
Mazkur maqolada mumtoz manbalardagi, Sharq va G‘arb, Qadimgi Yunoniston mutafakkirlari, mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatining zamonaviy ko‘rinishlarini targ‘ib qilgan jadidlarning qarashlaridagi tadbirkorlik faoliyati, uning vujudga kelishi, tadbirkorning faoliyatida huquqiy madaniyatning o‘rni haqida so‘z boradi.
A.A. So‘fiev Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134795 Fri, 15 Aug 2025 00:00:00 +0800 ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИНИНГ ТЕЗКОР БЎЛИМЛАРИ ТОМОНИДАН ГИЁҲВАНДЛИККА ҚАРШИ КУРАШДА ЖАМОАТЧИЛИК БИЛАН ҲАМКОРЛИК ФАОЛИЯТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134794
Тезисда Ўзбекистон Республикаси ички ишлар органлари тезкор бўлинмаларининг гиёҳвандликка қарши курашдаги ўрни ва вазифалари таҳлил қилинади. Шу билан бирга, соғлиқни сақлаш, божхона, таълим тизими ва жамоатчилик билан ҳамкорлик йўналишлари ёритилади. Мавжуд қонунчилик ҳужжатлари, амалий тажрибалар, расмий статистик маълумотлар ва илмий-тадқиқотлар асосида тизимдаги муаммолар аниқланади. Шунингдек, гиёҳвандликка қарши Миллий стратегия доирасида фаолият юритувчи Давлат комиссияси ва Наркотикларни назорат қилиш миллий маркази ишининг самарадорлиги кўриб чиқилади. Жамоатчилик иштирокини кучайтиришнинг ҳуқуқий ва ташкилий механизмлари таҳлил этилади.
Жасурбек Боймирзаев Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134794 Mon, 18 Aug 2025 00:00:00 +0800 IJTIMOIY MOBILLIK VA MIGRATSIYA JARAYONLARI https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135122
Bugungi globallashuv davrida ijtimoiy mobillik va migratsiya jarayonlari jamiyatning rivojlanishi va barqarorligini belgilovchi muhim omillardan hisoblanadi. Ijtimoiy mobillik — bu shaxs yoki guruhlarning jamiyat ierarxiyasida yuqoriga ko‘tarilishi yoki pastga tushishi jarayoni bo‘lsa, migratsiya — kishilarning doimiy yoki vaqtinchalik ravishda boshqa hududga yoki mamlakatga ko‘chib o‘tishidir. Har ikkala jarayon jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Lola Karimova Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135122 Mon, 18 Aug 2025 00:00:00 +0800 PIRLS MEZONLARI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING MATNNI TUSHUNISH DARAJASINI BAHOLASH USULLARI VA METODIKASI https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135295
Ushbu maqolada PIRLS baholash tizimi mezonlari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni tushunish darajasini aniqlash usullari yoritiladi. Maqolada matnni tushunishga oid ko‘nikmalar: asosiy fikrni aniqlash, tafsilotlarni ajratish, sabab-oqibatni anglash, xulosa chiqarish va matnga baho berish kabilar baholashda qanday mezonlar asosida mavzu chuqur yoritilib boradi.
Iroda Akramova Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135295 Tue, 19 Aug 2025 00:00:00 +0800 КОНСТИТУЦИЯВИЙ ИҚТИСОДИЁТ ВА ТАДБИРКОРЛАР ҲУҚУҚИНИ ҲИМОЯЛАШНИНГ КОНСТИТУЦИЯВИЙ-ҲУҚУҚИЙ МЕХАНИЗМИНИНГ НИСБАТИ https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135294
Мақолада мамлакатимизда конституциявий иқтисод ва тадбиркорлар ҳуқуқини ҳимоялашнинг Конституциявий-ҳуқуқий механизмларининг ўзаро нисбати масаласи илмий назарий жиҳатдан таҳлил этилган. Шунингдек, миллий иқтисодий тизимнинг конститутциявий ривожланиши тадқиқ қилинган.
Марат Юлдашкулов Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135294 Tue, 19 Aug 2025 00:00:00 +0800 MERONIMLARNING ELEKTRON KORPUSLARDAGI TAQDIMOTI VA TAHLILI https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135293
Ushbu tezisda meronimlarning elektron korpuslardagi taqdimoti va ularning lingvistik tahlili masalalari yoritiladi. Tadqiqotda meronimik munosabatlarning leksik-semantik xususiyatlari, ularning turli kontekstlarda qo‘llanilishi hamda korpus materiallarida qayd etilish darajasi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ingliz va o‘zbek tillari korpuslari asosida meronimlarning ifodalanishidagi umumiy va farqli jihatlar aniqlanadi. Elektron korpuslardan foydalanish meronimlarning qo‘llanish doirasi va semantik imkoniyatlarini chuqurroq tahlil qilishga yordam beradi. Natijada, meronimik munosabatlarning leksikografik va tarjimashunoslikdagi ahamiyati ham asoslab beriladi.
Sojida Mustafaeva Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135293 Tue, 19 Aug 2025 00:00:00 +0800 KREDIT SHARTNOMALARINING SUDLOVLILIGI https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135292
Kredit shartnomalarning sudlovliligi zamonaviy fuqarolik huquqi va sud amaliyotining dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari hamda jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomalari, ularning shartlari, bajarilmasligi yoki noto‘g‘ri bajarilishi oqibatida yuzaga keladigan nizolar ko‘plab sud ishlarining asosini tashkil etadi. Ushbu tezisda kredit shartnomalarining huquqiy tabiati, sudlovlilik mezonlari, hududiy va predmet bo‘yicha sud yurisdiksiyasi, xalqaro element mavjud bo‘lganda yuzaga keladigan kollizion masalalar hamda amaliyotda uchraydigan muammolar keng tahlil etiladi. Shuningdek, milliy qonunchilik va xalqaro tajriba asosida kredit shartnomalariga oid nizolar bo‘yicha sudlovlilik masalalarini hal qilishning samarali mexanizmlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Muxlis Murodov Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135292 Tue, 19 Aug 2025 00:00:00 +0800 ВЛИЯНИЕ ЯЗЫКОВОЙ ИНТЕРФЕРЕНЦИИ НА РАЗВИТИЕ ДИСКУРСИВНОЙ КОМПЕТЕНЦИИ ПО РКИ У УЧАЩИХСЯ СРЕДНИХ ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛ УЗБЕКИСТАНА https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135291
В этой работе экспериментально исследуется влияние лингвострановой интерференции на построение дискурсивной компетенции среднеобразованных узбекских школьников при изучении русского языка как иностранного. На основе анализа причин интерференции, её проявлений в устной и письменной речи, автор обосновывает возможные методики устранения её последствий в учебной практике.
Зарнигор Набиева , Саидахон Абдуллаева Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135291 Tue, 19 Aug 2025 00:00:00 +0800 CHALLENGES IN TRANSLATING CULTURE-BOUND HUMOUR IN ENGLISH SITCOMS INTO UZBEK https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135290
This study investigates the challenges of translating culture-bound humour in English sitcoms into Uzbek, focusing on the linguistic, cultural, and pragmatic factors that influence humour transfer. Sitcom humour often relies on wordplay, idiomatic expressions, cultural references, and socio-political contexts specific to English-speaking audiences. When translated into Uzbek, such humour may lose its intended effect due to differences in cultural background, comedic traditions, and audience expectations. The research examines subtitling and dubbing practices, identifying strategies such as adaptation, substitution, explicitation, and omission used to preserve comedic impact. Special attention is given to culturally loaded jokes, puns, and intertextual references that resist direct translation. By drawing on translation theory and audiovisual translation studies, the paper highlights the role of translator creativity and cultural competence in ensuring humour accessibility. The findings contribute to improving cross-cultural humour translation and enhancing audience engagement with foreign media.
Xurshidaxon Mamadaliyeva Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135290 Tue, 19 Aug 2025 00:00:00 +0800 ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИНИ ТАРТИБГА СОЛИШДА НОРМАТИВ-ҲУҚУҚИЙ БАЗАНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ВА КОДИФИКАЦИЯЛАШ МУАММОЛАРИ https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135289
Мазкур мақолада тадбиркорлик субъектларини давлат томонидан қўллаб-қувватлаш мақсадида қабул қилинган норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар ва уларнинг самарадорлиги таҳлил қилинади. COVID-19 пандемиясининг туризм ва тадбиркорликка таъсири, қонунчиликдаги зиддиятлар ва уларни бартараф этиш учун кодификациялашнинг аҳамиятига алоҳида эътибор қаратилади. Шунингдек, хориж мамлакатларида тадбиркорлик қонунчилиги тизимлаштирилиши ва Ўзбекистонда Тадбиркорлик кодекси лойиҳасининг ишлаб чиқилиши жараёнлари муҳокама қилинади. Мақола амалдаги қонунчиликни такомиллаштириш ва уни бир бутун тизимга келтиришнинг заруриятини таъкидлайди.
Саламат Сапарбаев Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135289 Tue, 19 Aug 2025 00:00:00 +0800 ALISHER NAVOIY ASARLARIDA IDEAL INSON KONSEPSIYASI https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135288
Mazkur maqolada Alisher Navoiyning badiiy merosida “komil inson” konsepsiyasining talqini tahlil etiladi. Mutafakkirning ilm, ma’rifat, adolat, axloqiy poklik, insonparvarlik va vatanparvarlik haqidagi qarashlari, shuningdek, u ilgari surgan ideal inson timsolining asosiy fazilatlari ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Tadqiqotda “Hayrat ul-abror”, “Saddi Iskandariy” kabi dostonlardan hamda “Xamsa” qahramonlari obrazlaridan misollar keltirilib, komil insonning axloqiy, ma’naviy va ijtimoiy qiyofasi ochib beriladi. Maqolada Navoiy qarashlarining bugungi davr uchun ham dolzarbligi ta’kidlanadi va komil inson ta’limotining zamonaviy jamiyat ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutishi ko‘rsatiladi.
MAXLIYO MIRZAAXMEDOVA Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135288 Tue, 19 Aug 2025 00:00:00 +0800 ЁШЛАР ДУНЁҚАРАШИДА ВАТАНПАРВАРЛИК ТУЙҒУСИ ВА ҲИССИНИ РЎЁБГА ЧИҚАРИШДА ИСТИҚБОЛЛИ ВАЗИФАЛАР https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135518
Mazkur maqolada yoshlar dunyoqarashida vatanparvarlik tuyg‘usi va hissini shakllantirishning nazariy jihatlari tahlil qilingan. Vatanparvarlik faqat siyosiy yoki ma’naviy tarbiyaning bir yo‘nalishi sifatidagina emas, balki shaxsning dunyoqarashini belgilaydigan, uning ijtimoiy faolligini ta’minlaydigan asosiy omil sifatida ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda falsafiy, ijtimoiy va mafkuraviy yondashuvlardan foydalanilgan holda, yoshlar ma’naviyatida vatanparvarlik hissining o‘rni ochib berilgan. Shu bilan birga, globallashuv sharoitida yoshlar dunyoqarashida milliy qadriyatlar va ma’naviy immunitetning ahamiyati nazariy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada istiqbolli vazifa sifatida yoshlarning ma’naviy-axloqiy qiyofasini mustahkamlash, milliy mafkuraviy barqarorlikni ta’minlash va yoshlar dunyoqarashini chuqur ilmiy tahlil qilish zarurati ko‘rsatilgan.
O‘tkirjon Xamrakulov Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135518 Thu, 21 Aug 2025 00:00:00 +0800 O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA TURIZM ATAMALARINING MILLIY XUSUSIYATLARI https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135517
Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillarida turizm sohasi atamalarining shakllanishi, ularning lingvokulturologik va milliy xususiyatlari tahlil qilingan. Har ikki tilga xos bo‘lgan terminologik yondashuvlar, madaniy asoslar va milliy qadriyatlarning tilga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Misollar asosida ikki til orasidagi semantik farqlar, terminlarning moslashuvi, shuningdek, mavzuning amaliy ahamiyati yoritilgan.
Dilnoza Yulchiyeva Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135517 Fri, 22 Aug 2025 00:00:00 +0800 “АЛ-МУФАССАЛ” АСАРИДА ЖАР ҲАРФЛАРИНИНГ ЁРИТИЛИШИ https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135516
Мазкур тезисда Маҳмуд Замахшарийнинг “Ал-Муфассал” асарининг учинчи фасли — ҳарфлар сўз туркуми ва унинг биринчи боби, яъни жар ҳарфлари (кўмакчи сўзлар)нинг ёритилиши таҳлил қилинади. Асарда араб тилида қаратқич келишигини талаб қилувчи турли кўмакчи сўзлар, уларнинг маъно қирралари ва қўлланиш имкониятлари изоҳланган.
Мунира Ниязалиева Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135516 Mon, 25 Aug 2025 00:00:00 +0800 NAVOIY XAMSASIDA FARHOD VA MAJNUN TIMSOLLARINING QIYOSIY TAHLILI https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135853
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Xamsa” to‘plamiga kiruvchi “Farhod va Shirin” hamda “Layli va Majnun” dostonlaridagi bosh qahramonlar – Farhod va Majnun timsollari qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada mazkur obrazlar orqali ifodalangan muhabbat turlari, ruhiy-ma’naviy olamlar va shaxsiy kamolot yo‘llari o‘rganiladi. Navoiy ijodida ikki xil sevgi timsoli qanday talqin etilganligi ochib beriladi.
Munisa Qurbonova Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135853 Tue, 26 Aug 2025 00:00:00 +0800 BOLA NUTQIDA GENDERGA OID DISKURSIV XUSUSIYATLARNING SHAKLLANISHI VA ULARNING LINGVISTIK TAHLILI https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135852
Til – inson tafakkuri, madaniyati va ijtimoiy tajribasining asosiy ko‘zgusi bo‘lib, shaxsning jamiyatdagi o‘rnini belgilovchi eng muhim vositalardan biridir. Bola nutqining shakllanishi nafaqat lingvistik jarayon, balki psixologik, sotsial va madaniy omillarning murakkab o‘zaro ta’siri natijasidir. Shu jarayonda gender omili, ya’ni jinsga xos nutqiy va kommunikativ xususiyatlar, alohida o‘rin tutadi.
Diloromxon Shokirova Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135852 Tue, 26 Aug 2025 00:00:00 +0800 “QUSH TILI” TURKUMIDAGI DOSTONLARDA HIKMATLI SO‘ZLARNING BADIIY TALQINI https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135851
Ushbu maqolada “Qush tili” turkumiga mansub dostonlarda uchraydigan hikmat, maqol, ibora va hadislarning badiiy talqini o‘rganiladi. Asosiy e’tibor mazkur janrda diniy-ma’naviy merosning poetik ifodalanishiga, ramziy ma’nolar tizimi va noma shaklidagi bayon uslubiga qaratiladi. Shuningdek, hikmat va hadislarning mazmun-mohiyati, ularning asar poetikasidagi o‘rni hamda badiiy ta’sir kuchi tahlil qilinadi.
Shahlo Halimova Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135851 Tue, 26 Aug 2025 00:00:00 +0800 UNLILАR BILАN BОGʻLIQ FОNЕTIK JАRАYONLАR https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135850
Ushbu maqolada unlilar bilan bogʻliq fonetik jarayonlar tahlil qilinadi. Unlilarning talaffuzi va ularning nutqdagi oʻzaro taʼsiri natijasida yuzaga keladigan fonetik oʻzgarishlar koʻrib chiqiladi. Maqolada unlilar bilan bogʻliq asosiy fonetik jarayonlarning sabablari, shakllari va nutqdagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari tilshunoslik va fonetika sohasida amaliy va nazariy ahamiyatga ega boʻlib, tilning fonetik tizimini yaxshiroq anglashga yordam beradi.
Ahrorbek Umirzaqov Copyright (c) 2025 https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/135850 Tue, 26 Aug 2025 00:00:00 +0800