68
DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH JARAYONLARINI BOSHQARISH
SOHASIDAGI KADRLAR SIYOSATI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
Bekchanov Ruslan Ambiyatovich
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Metodologiya boshqarmasi bosh mutaxassisi
r.a.bekchanov.86@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.16879955
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida olib borilayotgan davlat
mulkini xususiylashtirish jarayonlari tahlil qilinib, ayni jarayondagi kadrlar siyosatining holati,
asosiy muammolari va ularning yechimlari koʻrib chiqilgan. Davlat mulkini xususiylashtirish
jarayonlarini boshqarishda inson resurslariga investitsiya kiritishning ahamiyati hamda AQSh
va boshqa rivojlangan mamlakatlar tajribasi yoritildi. Keltirilgan tahlillar amaliy misollar bilan
boyitilgan. Xulosa qismida kadrlar siyosatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ilgari suriladi.
Kalit soʻzlar:
davlat mulkini xususiylashtirish, inson resurslari boshqarish,
investitsiyalar, kadrlar siyosati, samaradorlik, iqtisodiy islohotlar.
Аннотация:
В статье проанализированы процессы приватизации государственного имущества,
проводимые в Республике Узбекистан, рассмотрено состояние кадровой политики в
данном процессе, основные проблемы и их решения. Освещена роль инвестиций в
человеческие ресурсы в сфере управления процессами приватизации государственного
имущества, а также опыт США и других развитых стран. Представленный анализ
дополнен практическими примерами. В заключении выдвигаются предложения по
совершенствованию кадровой политики.
Ключевые слова:
приватизация государственного имущества, управление
человеческими ресурсами, инвестиции, кадровая политика, эффективность,
экономические реформы.
Annotation:
This article analyzes the privatization processes of state property in the Republic of
Uzbekistan, examines the current state of personnel policy in this process, identifies key
problems and their solutions. The importance of investing in human resources in managing the
privatization of state property, as well as the experience of the USA and other developed
countries, is highlighted. The analysis is enriched with practical examples. The conclusion puts
forward recommendations for improving personnel policy.
Keywords:
privatization of state property, human resource management, investments,
personnel policy, efficiency, economic reforms.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor
munosabatlarini shakllantirish yoʻlida keng koʻlamli islohotlarni amalga oshira boshladi. Bu
islohotlarning asosiy yoʻnalishlaridan biri – davlat mulkini bosqichma-bosqich
xususiylashtirishdir. Soʻnggi yillarda Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida ushbu
jarayonlar yanada jadallashdi. Biroq davlat mulkini xususiylashtirish faqat mulkning huquqiy
maqomini oʻzgartirish emas – balki yangi boshqaruv, yangi iqtisodiy fikrlash va albatta, yangi
kadrlar siyosatini talab etadi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonida davlat mulkini
69
xususiylashtirish muhim islohotlardan biri hisoblanadi. Bu jarayon iqtisodiy samaradorlikni
oshirish, raqobat muhitini rivojlantirish va investitsiya oqimini jalb qilishga xizmat qiladi.
Davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarining muvaffaqiyati koʻp jihatdan inson
omiliga – yaʼni, kadrlar siyosatiga bogʻliq. Afsuski, soʻnggi yillarda davlat mulkini
xususiylashtirish bilan bogʻliq kadrlar siyosatida bir qator tizimli muammolar yuzaga
chiqmoqda.
Kadrlar siyosati tashkilotda malakali, bilimli va motivatsiyalangan inson resurslarini
shakllantirish va boshqarish tizimidir. Davlat ishtirokidagi korxona xususiy sektor tasarrufiga
oʻtganda, aynan kadrlar jamoasi yangi sharoitga moslashishi, korxonaning samaradorligini
taʼminlashi lozim boʻladi. Xususiy sektor uchun natijaviylik muhim boʻlganligi sababli,
kadrlarning sifat, tarkibi, boshqaruv madaniyati va xodimlar malakasi yetakchi rol oʻynayd.
Oʻzbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlari oʻtgan asrning 90-yillar
boshlaridan boshlangan boʻlib, quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
Birinchi bosqich
1991-yildan 1993-yilgacha boʻlgan davrni qamrab oldi. Bu “kichik”
xususiylashtirish deb nomlangan bosqich edi. Ushbu bosqichda davlat uy-joy fondi, savdo,
xizmat koʻrsatish tizimi, mahalliy, yengil, oziq-ovqat sanoati, avtomobil transporti, qurilish va
qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasi kichik va oʻrta korxonalarining xususiylashtirilishi
5 million nafarga yaqin fuqarolarimizga xususiylashtirilgan uy-joy mulkdorlariga aylanish
imkonini berdi, 95 foizi ilgari yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan 52268 ta savdo, maishiy
xizmat koʻrsatish, umumiy ovqatlanish, matlubot kooperatsiyasi obyektlarining mulkdorlari
paydo boʻldi. “Kichik” xususiylashtirish davrida “Mahalliy sanoat”, “Oʻzmaishiyuyushma”
(maishiy xizmat koʻrsatish), “Oʻzbeksavdo” (savdo) kabi tarmoqlarning kichik va oʻrta
obyektlari mehnat jamoalariga imtiyozlar berilgan holda jamoaviy korxonalarga va yopiq
turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Mazkur bosqich yer uchastkalarining qishloq
aholisiga yordamchi tomorqa xoʻjaliklari sifatida shaxsiy foydalanishga berilishi bilan
tavsiflanadi.
Ikkinchi bosqich
1994-1998-yillar mobayida davom etdi. Ushbu bosqichda
xususiylashtirish jarayoniga minglab oʻrta va yirik korxonalar jalb qilindi, ayni vaqtda
xususiylashtirish davlat korxonalarini ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish yoʻli
bilan amalga oshirildi (keng koʻlamli xususiylashtirish). Aynan shu davrda davlat korxonalari
negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining muomalaga ommaviy
chiqarilishi tufayli aksiyalar bozorining poydevori qoʻyildi. Barcha sanoat tarmoqlari (bazaviy
tarmoqlar bundan mustasno), shu jumladan agrosanoat majmuining keng koʻlamli
xususiylashtirilishi natijasida mamlakatda 2 million nafarga yaqin xususiylashtirilgan
korxonalar aksiyalari, ulushlari, paylarining egalari, 3 mln. nafar shaxsiy yordamchi xoʻjalik
egalari, 85 ming nafar xususiy va kichik korxonalar egalari, 14 ming nafar koʻchmas mulk
egalarini oʻz ichiga olgan mulkdorlar sinfi shakllandi. Mazkur bosqichda 5000 taga yaqin ochiq
aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi.
Uchinchi bosqich
1998-yilda boshlanib, taxminan 2003-yilga kelib yakunlandi. U
Vazirlar Mahkamasi tomonidan respublika xalq xoʻjaligi uchun strategik ahamiyatga ega
boʻlgan va xususiylashtirilmaydigan davlat mulki obyektlari roʻyxatining belgilanishi bilan
tavsiflanadi. Soʻngra ushbu roʻyxatga kiritilmagan deyarli barcha obyektlar va korxonalarni
xususiylashtirish jarayoni amalga oshirildi. Iqtisodiy rivojlanishning ushbu bosqichida davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish xalqaro texnik va moliyaviy maslahatchilarni jalb
70
qilgan holda respublikaning yirik strategik davlat korxonalarining mulk shaklini oʻzgartirishga
nisbatan alohida, tabaqalashtirilgan yondashuv bilan tavsiflanadi. Yirik sanoat korxonalarini,
yoqilgʻi-energetika majmui, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik sanoatining yordamchi va
taʼminotchi korxonalarini xususiylashtirish ushbu jarayonga chet el kapitalini keng jalb qilgan
holda amalga oshirildi, bu esa oʻrta sinfni shakllantirish uchun asos boʻldi.
Toʻrtinchi bosqich
2003-yildan 2016-yilgacha boʻlgan davrni qamrab oldi.
Xususiylashtirish mazkur bosqichining oʻziga xos xususiyatlari – bu ilgari xususiylashtirilgan
korxonalardagi davlat ulushining qisqartirilishi, investor tomonidan muayyan investitsiya
majburiyatlarining qabul qilinishi sharti bilan past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan va
iqtisodiy nochor davlat korxonalarini nol sotib olish qiymati boʻyicha xususiylashtirish tartib-
taomillarining joriy etilishidir
1
.
2017-yildan hozirgi kungacha biz xususiylashtirishning yangi –
beshinchi bosqichi
ni
kuzatmoqdamiz, u bugungi kunda ham davom etmoqda. Ushbu bosqichda xususiylashtirish
yangi sifat bosqichiga chiqdi va uning asosiy jihatlari sifatida quyidagilarni taʼkidlash mumkin:
- davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini
soddalashtirish, xoʻjalik yurituvchi subektlarning ustav fondlaridagi davlat ishtirokini
qisqartirish, xususiylashtiriladigan obyektlar negizida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- ilgari xususiylashtirilgan korxonalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yaratish;
- mahalliy hokimiyat organlarining xususiylashtirish sohasidagi vakolatlarini
kengaytirish va munitsipal mulk obyektlarini sotish tartib-taomillarini soddalashtirish;
- davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiyalashni amalga oshirish, ularning
xususiylashtirish jarayonidagi investitsiyaviy jozibadorligini oshirish;
- davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayoniga xalqaro konsalting, auditorlik
tashkilotlari va investitsiya maslahatchilarini, investitsiya banklari va boshqa ixtisoslashgan
kompaniyalarni jalb qilish tartibini soddalashtirish
2
.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi
“2025-yil uchun
xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida”
gi Farmoni
3
bilan davlat ishtirokidagi mulkni
xususiylashtirish jarayoni yangi bosqichga koʻtarildi.
Birinchidan,
Farmon bilan
115
ta
korxonadagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) va
659
ta
koʻchmas mulk obyektlari
ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotilishi
belgilandi.
Ikkinchidan,
davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish
maqsadida
quyidagilar belgilanmoqda:
2030-yil 1-yanvarga qadar
davlat ishtirokidagi korxonalarni
(mudofaa va xavfsizlik
bilan bogʻliq korxonalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan
hollar bundan mustasno)
tashkil etishga
moratoriy joriy qilinadi
;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan koʻchmas mulk sotib
1
Valijonov A.R. Xususiylashtirishning bugungi bosqichi xususiyatlari. // “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron
jurnali. – Toshkent, 2021. - №6, dekabr.
2
Valijonov A.R. Characteristics of the current stage of privatization in Uzbekistan. // Jurnal “Ekonomika
i biznes: teoriya i praktika”. – Novosibirsk, 2022. – №10-1 (92) – oktyabr 2022. – S. 54-56.
3
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “2025-yil uchun
xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni).
71
olish,
davlat funksiyasiga va davlat mulkiga egalik qilish mezonlariga mos
boʻlmagan
korxonalarni tashkil etish tashabbusi bilan chiqishga
yoʻl qoʻyilmaydi
;
bozorlar va savdo majmualari
ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati
organlarining
majburiy ishtirok etishi toʻgʻrisidagi talab bekor qilinadi
;
vazirlik va idoralar rahbarlarining
xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik
masalalari
bilan shaxsan shugʻullanadigan
oʻrinbosarlari
roʻyxati tasdiqlanadi.
Uchinchidan,
davlat mulkini xususiylashtirish boʻyicha
quyidagi
imtiyozlar
belgilanmoqda:
maydoni
10 ming
kv.m.
gacha boʻlgan davlat mulki obyektlari Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadigan tartib asosida yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqaradigan
tadbirkorlik subyektlariga
5 yil
muddatga
toʻgʻridan-toʻgʻri tekin foydalanishga
beriladi
hamda shartnoma shartlari bajarilgan taqdirda ushbu tadbirkorlik subyektlariga baholangan
qiymatda
toʻgʻridan-toʻgʻri sotiladi
;
boshlangʻich narxini bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi
qoʻllangandan keyin
ham
bir yildan ortiq muddatda
sotilmagan va xaridorlar uchun jozibador boʻlmagan
koʻchmas mulk obyektlari boshqa yuridik shaxslarning ustav kapitaliga
ulush
sifatida
kiritiladi.
Toʻrtinchidan,
davlat
mulkini
boshqarish
va
sotish
tartibini
takomillashtirish
maqsadida quyidagilar belgilanmoqda:
Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlinmalari hamda mahallada tadbirkorlikni
rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha
tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari arizasi asosida sotilgan boʻsh turgan davlat
koʻchmas mulk obyektlarini
sotishdan tushgan mablagʻlarning boshlangʻich narxidan
oshgan qismining 10
foizi
tegishlicha Savdo-sanoat palatasiga yoki hokim yordamchilarini
ragʻbatlantirish uchun tegishli jamgʻarmaga va obyekt joylashgan mahalla fuqarolar
yigʻiniga
teng ulushlarda oʻtkazib beriladi
;
ommaviy savdolarda
ikki oydan ortiq muddatda sotilmagan
davlat koʻchmas mulk
obyektlarini
(Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlaridagi obyektlar bundan
mustasno)
sotishni
jadallashtirish
maqsadida,
“E-auksion” elektron savdo platformasida akkreditatsiyadan oʻtgan
rieltorlik tashkilotlari
Davaktiv agentligi tomonidan xizmat koʻrsatish shartnomasi asosida
jalb etiladi
;
davlat ulushlari xususiylashtirishning
kamida 2
ta
usulidan
foydalanganda ham
olti oy
muddat
davomida
sotilmagan
taqdirda
, xususiylashtirish sohasidagi vakolatli davlat
organining qaroriga koʻra
aksiyadorlar (ishtirokchilar) roʻyxatidan chiqish yoki tugatish
tashabbusi bilan chiqiladi
;
davlat mulkini
xususiylashtirish dasturi qabul qilingan
kundan
eʼtiboran
xususiylashtiriladigan
davlat
mulkini
boshqa
shaxsga
oʻtkazish
,
hisobdan
chiqarish
,
garovga qoʻyish
yoki boshqacha tarzda tasarruf etish,
ularni
xatlash va
majburiy realizatsiya qilish taqiqlanadi
;
2025-yil 1-oktyabrdan boshlab
egasiz koʻchmas mulk obyektlarini davlat mulki obyekti
sifatida davlat roʻyxatiga olish boʻyicha murojaatlar tegishli sudga
Davlat aktivlari agentligi
tomonidan kiritiladi
.
Yuqoridagi iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, davlat mulkini xususiylashtirish
orqali xususiy sektor ulushini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun sharoit yaratish,
72
samarasiz ishlayotgan va istiqbolsiz korxonalarga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar kiritish
ishlarini tashkil etish yuqori kasbiy malaka va bilim talab etadi.
AQSh davlatida oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasiga koʻra inson resurslariga investitsiyalar
kiritish xodimlarni faqat ishga qabul qilish yoki maosh toʻlash bilan cheklanib qolmasdan, balki
quyidagilarni:
- xodimlarni tanlash jarayonlarining sifati;
- xodimlar malakasini oshirish va oʻqitish;
- xodimlarning mehnat faoliyati samaradorligini baholash tizimlarini joriy qilish;
- kadrlarni professional darajada rivojlantirishni ham oʻz ichiga oladi.
Shuningdek, tadqiqotlar natijasida inson resurslariga investitsiyalar kiritayotgan
tashkilotlarda mehnat unumdorligi sezilarli darajada oshganligi aniqlangan. Bu ayniqsa davlat
tashkilotlari uchun muhim, chunki ularning samaradorligi jamoat xizmatlarining sifati bilan
bevosita bogʻliq
4
.
Deloitte tahliliga koʻra, davlat yoki xususiy sektorda boʻlishidan qatʼi nazar, xodimlarga
karyerasida oʻsish va yangi salohiyatni rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratish
tashkilot uchun strategik ustunlikdir. Bunday “ichki imkoniyat bozorlari”:
- xodimlarning motivatsiyasini oshiradi,
- turgʻun ish muhitini yoʻqotadi,
- yuqori malakali kadrlarni ushlab qolishga yordam beradi,
- tashkilotdagi innovatsiyalarni ragʻbatlantiradi.
Boshqacha qilib aytganda, inson resurslariga investitsiya qilish faqat ijtimoiy majburiyat
emas, balki uzoq muddatli institutsional barqarorlik va rivojlanishni taʼminlaydigan iqtisodiy
qaror hamdir
5
.
Oʻz oʻrnida, bugungi kunda Davlat rahbari tomonidan belgilangan davlat mulkini
xususiylashtirish orqali iqtisodiyotdagi xususiy sektor ulushini oshirish va investitsiyalar
oqimini koʻpaytirishga qaratilgan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida Davlat
aktivlarini boshqarish agentligi tizimida mehnat faoliyati bilan shugʻulllanib kelayotgan
xodimlarni kasbiy malakasini va ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga
oshirilmoqda, jumladan:
- bir qator xodimlari
Xitoy Xalq Respublikasida
“Davlat ishtirokidagi korxonalarni
xususiylashtirish va Oʻzbekistonning xalqaro hamkorligi sohasidagi salohiyatini
oshirish”
mavzusida oʻtkazilgan seminarda qatnashishdi;
- ikki nafar xodim tomonidan
Birlashgan Arab Amirliklarida
biznes soha vakillariga
Oʻzbekistondagi
xususiylashtirish
jarayonlari
taqdimot
qilindi
hamda
Turkiya
Respublikasida
boʻlib oʻtgan
“Oʻzbekiston-Turkiya biznes forumi”
doirasida ishtiroki
taʼminlandi;
- bir
nafar
xodim
Shveysariyaning
Jeneva,
AQSHning
Vashington
va
Qozogʻistonning
Ostona shaharlarida boʻlib oʻtgan
Oʻzbekistonning Jahon savdo
tashkilotiga
aʼzo boʻlishi boʻyicha Ishchi guruhining yigʻilishlarida qatnashdi;
- bir nafar xodim
Yaponiyaning Tokio
shahrida boʻlib oʻtgan
“Loyihalarni boshqarish”
boʻyicha treningda
ishtirok etib, xorijiy davlatlar tajribalarini oʻrganib qaytdi.
4
https://www.tandfonline.com/doi/full/10.1080/09585192.2020.1783343?utm_source=chatgpt.com.
5
=chatgpt.com
73
Shuningdek, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida faoliyat olib borayotgan yosh
xodimlardan
2
nafari
Janubiy Koreyaning “Ajou University” universitetining “MBA in IT-
Business”
magistratura
bosqichini yakunladi hamda bugungi kunda toʻplangan bilim va
malakalarini oʻzlarining ish faoliyatlarida tadbiq etib kelmoqdalar
6
.
Inson resurslariga investitsiya — bu sarf-xarajat emas, balki uzoq muddatli strategik
foyda manbaidir.
Xulosa qilib aytganda, davlat tashkilotlarida inson resurslarga investitsiyalar kiritish
orqali quyidagilarga erishish mumkin:
samaradorlik:
mehnat unumdorligini oshiradi;
innovatsiya:
malaka oshirish va taʼlimga invesatitsiya – yangi gʻoyalar, texnologiyalar va
biznes modellarini yaratadi;
barqarorlik:
egiluvchan ish sharoitlari va xodimlarni qoʻllab-quvvatlash tashkilotning
stressga chidamliligini oshiradi;
ijtimoiy taʼsir:
aholiga koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilaydi va davlatga
ishonchni oshiradi.
Shuningdek, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan davlat mulkini xususiylashtirish
sohasidagi islohotlar, agar kadrlar siyosati bilan birga olib borilmasa, nafaqat samaradorlikni
taʼminlay olmaydi, balki ijtimoiy beqarorlik xavfini ham keltirib chiqarishi mumkin. Shuning
uchun davlat organlari, xususiy sektor va taʼlim muassasalari oʻrtasida uzviy hamkorlikda
kadrlar siyosatini shakllantirish – davr talabi.
Foydalanilgan Adabiyotlar:
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “2025-yil uchun
xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni
2.
Valijonov A.R. Xususiylashtirishning bugungi bosqichi xususiyatlari. // “Xalqaro moliya
va hisob” ilmiy elektron jurnali. – Toshkent, 2021. - №6, dekabr
3.
Valijonov A.R. Characteristics of the current stage of privatization in Uzbekistan. // Jurnal
“Ekonomika i biznes: teoriya i praktika”. – Novosibirsk, 2022. – №10-1 (92) – oktyabr 2022. –
S. 54-56.
4.
Mahesh Subramony. Investing in HR? Human resource function investments and labor
productivity
in
US
organizations.
//
https://
www.tandfonline.com
/doi/full/10.1080/09585192.2020.1783343?utm_source=chatgpt.com.
5.
Михаэль Шраге, Джефф Шварц, Робин Джонс, Дэвид Кирон, Наташа Бакли. Рынки
возможностей. Согласование инвестиций в рабочую силу и создания стоимости на
предприятии.
https://www.deloitte.com/us/en/insights/
investing-in-employees.html?utm_source=chatgpt.com
6.
www.davaktiv.uz.
7.
www.lex.uz.
6
https://davaktiv.uz/uz/news/uzsama-held-a-regular-open-dialog-leader-and-youth.
