48
SOVETLAR MAMLAKATINING ILK YILLARIDA TURKISTONDAGI IJTIMOIY-
IQTISODIY VA SIYOSIY VAZIYAT
Abdulxayev Saydullo Ubaydullo o’g’li
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti
93.832 32 97
https://doi.org/10.5281/zenodo.16835400
Annotation:
It is impossible to scientifically analyze the specific aspects of social reforms
in Turkestan during the post-October Revolution period without understanding their sources
— that is, without deeply studying the theoretical, ideological, socio-economic, and political
factors. In this regard, it is first necessary to clearly understand what issues the social policy of
that period aimed to address and what its conceptual content consisted of.
Keywords:
social policy, inequality, class conflict, capitalist system
Аннотация:
Невозможно научно проанализировать специфические аспекты
социальных реформ в Туркестане в послереволюционный период после Октябрьской
революции без понимания их источников — то есть без глубокого изучения
теоретических, идеологических, социально-экономических и политических факторов. В
этой связи прежде всего необходимо чётко понять, какие задачи ставила перед собой
социальная политика того времени и из чего состояло её концептуальное содержание.
Ключевые слова:
социальная политика, неравенство, классовый конфликт ,
капиталистическая систем
Annotatsiya:
Turkistonda Oktyabr tuntarishidan keyingi davrdagi ijtimoiy islohotlarning
o‘ziga xos jihatlarini ilmiy tahlil qilish ularning manbalarini tushunishsiz ya'ni nazariy,
mafkuraviy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillarini chuqur o‘rganishsiz amalga oshirib
bo‘lmaydi. Bu jihatdan, avvalambor, o‘sha davr ijtimoiy siyosati qanday masalalarni hal etishi
kerak edi, uning tushunchaviy mazmuni nimadan iborat ekanligini aniq bilish lozim
Kalit so’zlar:
ijtimoiy siyosat, tengsizlik,sinfiy to'qnashuv, kapitalistik tuzum
Bolsheviklar partiyasi hokimiyatni o‘z qo‘lida qattiq ushlab turgan va uni boshqalar bilan
bo‘lishishni istamagan. Bu tugrisida Turkiston KPning II s'ezdida (1918 yil iyunь) ochiq
aytilgan edi. S'ezdda partiya hukumat va mahalliy organlar faoliyati ustidan “eng qat'iy nazorat”
ni amalga oshirishi kerak. 1919 yil iyunida bo‘lib o‘tgan Turkiston KP 3-s'ezdida partiyaning
asosiy vazifasi “mamlakat ustidan davlat boshqaruv apparatini o‘z qo‘liga olish” ekani e'lon
qilindi. Bu maqsadda, s'ezd xatto Turkiston Xalk Komissarla Soveti (XKS)ni tugutishga bordi.
Lekin 1920 yil mart oyida tugatilgan Turkiston XKS qayta tiklandi. Turkiston KP 3-s'ezdi
Turkistondagi partiya siyosati Rossiya markazidagi siyosat bilan bir xil bo‘lishi kerak deb
ochikchasiga ta'kidladi. Markazda xam, joylardagi maxalliy xokimiyatda xam davlat
apparatining mas'ul xodimlari “ partiyani odamlari yoki vakillari” (stavlenniki partii) bo‘lishi
zarur, kimga bu yoqmasa, barcha lavozimlardan «chetlatilishi» kerak.
Bunday yo‘l tutilishi hatto Turkiston MIK (Markaziy Ijroiya Komiteti)da ham norozilik
tug‘dirdi. Chunki Turkiston ulka KP TurMIKni to‘liq o‘z nazoratiga olishga harakat qilgan edi.
1919 yil yozi va kuzida Turkiston Respublikasida hokimiyat inqirozi yuzaga keldi. Bu partiya
va sovet organlari o‘rtasidagi kurash bilan bog‘liq bo‘lib, respublikada partiya-sovet
raxbariyatining yuqori doiralarida jiddiy to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi. Natijada Turkiston KP
navbatdan tashqari IV s'ezdini chaqirishga va Turkiston MIKni xam, Ulka KPni xam «silkitib»
49
(peretryaxnutь) olishga tugri keldi. U yerda “guruhbozlik” va “TurMIK, Ulka KP” o‘rtasidagi
“janjallar” keskin tanqid qilindi. Lekin Kraykom ya'ni Ulka KP hukumatni o‘ziga itoat
qildirishda “etarlicha qat'iyat” ko‘rsata olmayotganlikda ayblandi.
Turkistonga 1919 yil noyabrida markazdan Butunittifok Markaziy Ijroiya Kumitasi
(BMIK)VTSIK va Xalk Komissarlar Soveti (XKS)SNKning vakillari ya'ni Turkkomissiya keladi.
Turkkomissiya “yuqori doiralar” o‘rtasidagi yuz bergan kurashga chek qo‘yishga harakat
qilishdi. Ular bunda markaz pozitsiyasidan kelib chikib xarakat kiladilar va partiyaning
boshkaruvchanlik faoliyatini xar taraflama mustaxkamlashga, Turkistonni RSFSRning ajralmas
kismi sifatidagi statusini mustaxkamlashga xarakat kilishadi.
Lenin Turkiston Komissiyasiga murojaat qilib, uni barcha chora-tadbirlarni amalga
oshirishga rasman taklif etdi. Go‘yoki “buyuk rus imperializmi qoldiqlarini iloji boricha tezroq
yo‘q qilish” vazifasi qo‘yilgandi. Ammo aslida asosiy maqsad – Turkistonda butun mamlakat
uchun umumiy bo‘lgan harbiy-kommunistik tuzumni mustahkamlash, Turkiston
Respublikasining RSFSR tarkibiy qismi sifatidagi maqomini kuchaytirish va bu yerda
partiyaning rahbarlik rolini oshirish edi.
Turkiston komissiyasi unga yuklatilgan o‘z missiyasini qattiyat bilan amalga oshirdi.
Moskvadan berilgan keng vakolatlarga tayangan holda, u Turkistondagi asosiy boshqaruvchi
kuchga aylandi. U barcha yuqori (va quyi) darajadagi hokimiyat organlariga, rahbarlarga
ko‘rsatmalar berardi; Turkiston KP 5-ulka konferentsiyasining Turk kommunistik partiyasini
tuzish haqidagi qarorini bekor qildi; Turkiston KPning musulmonlar byurosini kiskartirdi;
TurMIK tarkibini “yangiladi”; Turkiston KPni Ulka komitetini “TurMIKni yetarlicha nazorat
qilmagan” , degan va boshka sabablar asosida uni tarkatib yubordi.
Turkkomissiya Turkistonda “sotsialistik islohotlarni” faollashtirish va qo‘zg‘olonchi
harakatlarni kuchayishiga qarshi kurashni kuchaytirishga xar taraflama harakat qildi. Bu
chora-tadbirlar barcha muxolifat kuchlarni, jumladan, qurolli guruhlarni sovet xukumatiga
qarshiligining kuchayishiga olib keldi.
Siyosiy noaniqliklar ya'ni siyosiy karama karshiliklarni kuchayishi iqtisodiy tanazzulni
yanada avj olishini, iktisodiyotni barcha tarmoklarini pasayishini, transport va moliya soxasini
inkirozini keltirib chikardi. Respublikada oziq-ovqat tanqisligi kuchayishi, kundalik extiyoj
mollarini keskin yetishmovchiligi okibatida ochlik va ommaviy epidemiyalar kelib chikdi.
Turkistonda markazga to‘la bo‘ysundirilgan ma'muriy tuzilma yaratish zaruriyati yanada
sezilarli bo‘ldi.
Bolьsheviklar partiyasi raxbarligidagi sovet xokimiyati organlari bu kiyinchiliklarning
barchasiga qarshi kurashni “revolyutsion usullar” bilan ya'ni qattiq diktatura, iqtisodiy va
noiqtisodiy majburlash va ochikdan ochik zuravonlik orqali amalga oshirildi.
Oktyabrь to‘ntarishidan so‘ng Turkistonda ham, butun mamlakat bo‘yicha bulgani kabi
asosiy ishlab chiqarish vositalari davlat (umumxalq) mulki deb e'lon qilindi. Mamlakatda
“ishchilar nazorati” o‘rnatilgandan sungi kiska vakt ichida korxonalar va asosiy tarmoqlar
milliylashtirildi. Kishlok xujaligi soxasidagi “Zamindor” (yirik yer egalari)ni va dexkon axolisini
boy kismini yerlari, chorva, inventari musodara qilindi. “Ekspluatator elementlar”
kontributsiya to‘lashga majbur qilindi, musodaralar, konfiskatsiyalar, hibslar, yashash joyidan
chiqarish va hatto kontslagerlarga joylashtirish amalga oshirildi.
References:
50
Используемая Литература:
Foydalanilgan Adabiyotlar:
1.
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q .T. “SHarq” 1998.
2.
Karimov I.A. O‘zbek xalqining islom madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasining
e’tirofi. 15-jild. Toshkent, “O‘zbekiston”, 2007.
3.
Karimov I.A.“Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” T: “O‘zbekiston” 2008.
4.
Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. Тошкент: “Ўзбекистон” нашриёт,
2021 йил, 288-бет
5.
Житов К.Е. Победа Великой Октябрьской социалистической революции в
Узбекистане. – Ташкент, 1949;
6.
Житов К.Е., Непомнин В.Я. От колониального рабства к социализму. – Ташкент,
1939;
7.
Ниалло Азиз. Очерки истории революции и гражданской войны в Киргизии и
Средней Азии. - Фрунзе, 1941;
8.
Бабаходжаев А.Х. Провал английской агрессивной политики в Средней Азии. –
Ташкент, 1955;
9.
Вокобойников Э.А. Зевелев А.И. Турккомиссия ВЦИК и Совнаркома РСФСР и
Туркбюро ЦК ВКБ (б) в борьбе за укрепление Советской власти в Туркестане. – Ташкент,
1951;
10.
Назаров М.Х. Из истории Узбекистана в период иностранной интервенции и
гражданской войны. – Ташкент, 1954;
11.
Тимошков С.П. Борьба с интервентами, белогвардейцами и басмачами в Средней
Азии. – Ташкент, 1941, ва бошқалар.
12.
Абдушукуров Р.Х. Октябрская революция, расцвет узбекской узбекской
социалистической нации и сближение ее с нациями СССР. – Ташкент, 1962;
13.
Вахобов М. Формирование узбекской социалистической нации. – Ташкент,1961;
14.
Джамалов О.Б. К вопросу об особенностях социалистического строительства в
республиках Средней Азии и Узбекистана. – Ташкент, 1957;
15.
Непомнин В.Я. Очерки истории социалистического строительства в Узбекской ССР
(1917-1937гг.). – Ташкент, 1957;
16.
Непомнин В.Я. Триумф стратегии и тактики ленинизма на Востоке. – Ташкент,
1974; Алескеров Ю.Н. Интервенция и гражданская война в Средней Азии. – Ташкент,
1959;
17.
Бабаходжаев А.Х. Провал английской политики в Средней Азии и на Среднем
Востоке. 1918-1924 гг. – Ташкент, 1962;
18.
Коканбаев А. Борьба за устанавление и упрочение Советской власти в Фергане. –
Ташкент, 1958;
19.
Зевелев А.И. Из истории гражданской войны в Узбекистане. – Ташкент, 1959;
20.
Иноятов Х.Ш. Народы Средней Азии в борьбе против интервенции и внутренней
контрреволюции. – Москва, 1984;
21.
Назаров М.Х. Туркестан в период интервенции и гражданской войны. 1918-1920 гг.
51
– Ташкент, 1961;
22.
Шамагдиев Ш.А. Очерки истории гражданской войны в Ферганской долине. –
Ташкент, 1961;
23.
Яковлев В.М. Вооруженная борьба за защиту завоевания Великого Октября в
Туркестане. Военно – исторический очерк. – Ташкент, 1958;
24.
Нуруллин Р.А. Советы Туркестанской АССР в период иностранной интервенции и
гражданской войны. – Ташкент, 1965;
25.
Нуруллин Р.А. Борьба Компартии Туркестана за осуществление политики
«военного коммунизма». – Тошкент, 1966;
26.
Яковенко Л.И. Продовольственная политика Коммунистической партии и ее
осуществление в Туркестане. (1918-1924 гг.). –Душунбе, 1974;
27.
Аминова Р.Х. Аграрная политика Советской власти в Узбекистане (1917-1920 гг.) –
Ташкент, 1963;
28.
Шамсутдинов Р.Т. Становление и развитие Советов в Средней Азии (1917-1925 гг.):
общее и особенное. –Москва, 1987;
29.
Набиев Ф.Х. Социалистическое строительство в Узбекистане в первые годы
Советской власти (1918-1920 гг.). – Самарканд, 1989;
30.
Набиев Ф.Х. Социалистическое строительство в Узбекистане в годы гражданской
войны (1918-1920 гг.). – Ташкент, 1989;
