SOVET TUZUMI DAVRIDA XOTIN –QIZLARNING TA’LIMIGA BO’LGAN MUNOSABAT

Annotasiya

Bugungi kunga kelib,jamiyatimizda har bir jabhada xotin-qizlarning roli yanada ortib bormoqda. Ayniqsa yangi Ozbekiston yillarida muhtaram Prezidentimiz SH.Mirzioyev boshchiligidagi olib borilayotgan islohotlar zaminida jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, gender tenglik masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
46-47

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Maxmudova , N. ., & Abdullayev , M. (2025). SOVET TUZUMI DAVRIDA XOTIN –QIZLARNING TA’LIMIGA BO’LGAN MUNOSABAT. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(19), 46–47. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdif/article/view/134816
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Bugungi kunga kelib,jamiyatimizda har bir jabhada xotin-qizlarning roli yanada ortib bormoqda. Ayniqsa yangi Ozbekiston yillarida muhtaram Prezidentimiz SH.Mirzioyev boshchiligidagi olib borilayotgan islohotlar zaminida jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, gender tenglik masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda.


background image

46

SOVET TUZUMI DAVRIDA XOTIN –QIZLARNING TA’LIMIGA BO’LGAN

MUNOSABAT

Maxmudova Nilufarxon Adixamovna

Mustaqil tadqiqotchi: Andijon tumanidagi 32-maktab direktori, magistir

nilufarxonmahmudova@gmail.com 88-162-34-04

Ilmiy rahbar:

Abdullayev Muzrobjon

https://doi.org/10.5281/zenodo.16831429

Annotatsiya.

Bugungi kunga kelib,jamiyatimizda har bir jabhada xotin-qizlarning roli

yanada ortib bormoqda.

Ayniqsa yangi Ozbekiston yillarida muhtaram Prezidentimiz SH.Mirzioyev

boshchiligidagi olib borilayotgan islohotlar zaminida jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish,
gender tenglik masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda.

Kalit so‘zlar:

totalitar rejim, mafkura, kommunistik partiya, millat, siyosat, shaxs, ateizm,

targ’ibot, insonparvarlik, vatanparvarlik

Mustaqillik tufayli xalqimiz tarixshunosligida soxtalash tirilgan sovet davri tarixini

yangicha va xolis yondashuv asosida milliy goya nuqtai nazaridan mushohada qilish uchun
imkoniyat yuzaga keldi.

RKP(b)ning XIII s’ezdida qabul qilingan «Ishchi va dehqon ayollar o’rtasida olib

boriladigan ish to’g’risida"gi qarorda «partiya qo’mitalari tomonidan SHarq mehnatkash
ayollari o’rtasida olib boriladigan ishga rahbarlik qilish, ishlab chiqarish va partiyaga jalb
etishni kuchaytirish» masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Qaror asosida ayollar o’rtasida olib
boriladigan ishni kuchaytirish uchun maxsus jamgarma tashkil etildi.

Sovet hokimiyati ayollarga ta’lim berish ularni ozod qilishning muhim mexanizmlaridan

biri deb qaragan. SHuning uchun sovet hukumatining Turkistondagi xotin-qizlarni ijtimoiy
hayotga tortishga doir dastlabki va muhim tadbirlaridan biri ularni ta’limga jalb etish va savodli
qilish bo’lib, bunga erkaklar va ayollar yenghuquqliligiga erishishining zaruriy sharti sifatida
qaraldi.

Natijada dastlabki maxsus xotin-qizlar maktablari tashkil etildi. Birinchi xotin- qizlar

maktabi Toshkentning Beshyog’och dahasida Bashorat Jalilova tomonidan 1917 yilning
dekabrida tashkil etilgan edi. Unda 42 nafar xotin-qizlar tahsil olgan. 1918 yilda Toshkentda 4
ta xotin-qizlar maktablari faoliyat ko’rsata boshlagan. Totalitar rejim mamlakatda o’z
tarafdorlari sonini va markazning itoatkor xizmatkorlarini ko’paytirish singari siyosiy
maqsadlardan kelib chiqib, xotin-qizlardan arzon ishchi kuchi sifatida foydalanish, qolaversa,
ularni o’z siyosatini so’zsiz bajaruvchi itoatkor qatlamga aylantirishdek g’arazli maqsadlar
yashiringan rejalar asosida niqoblangan mustamlakachilik siyosatni “ayyorona” tadbirlar
orqali amalga oshirishga intildi 1919–1920 yillardan boshlab xotin-qizlar institutlari, o’rta
texnik o’quv yurtlari tashkil etilib, ularda mahalliy millatga mansub qizlar ham ta’lim olgan.
Biroq ular ta’lim oluvchilarning 7–8 foizini tashkil etar edi, xolos. Ayniqsa, qishloqlarda
qizlarning o’qishga qatnashi qiyin masala bo’lib, aholining yangi maktablar borasidagi
tushunchalari hali shakllanmagan edi.

O’zbek ayollarining o’z vazifasiga nisbatan mas’uliyat bilan yondoshuvi tufayli urush

yillarida xalq xo’jaligida ma’lum yutuqlarga erishildi. SHu bilan birga, respublikaning barcha
viloyatlarida agitator xotin-qizlar tomonidan fashizm ustidan g’alabaga ruhlantiruvchi, xalq
xo’jaligini rivojlantirishda vatanparvarlik his-tuyg’ularini shakllantirishga qaratilgan


background image

47

ma’ruzalar muntazam o’qib borilgan, davra suhbatlari tashkil etilgan. Bunday tadbirlar qizil
choyxona va boshqa madaniy-oqartuv muassasalarida olib borilgan.

References:

Используемая Литература:

Foydalanilgan Adabiyotlar:

1.

O’ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLARGA MUNOSABAT (X X ASRNING 20-80 YILLARI

MISOLIDA) (o’quv qo’llanma) NILUFAR JO’RAEVA
2.

Abdullaeva D. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ayolning roli.// O’zbekistonda oila,

davlat va jamiyat kuril ishida ayollarning roli va gender muammolari: Ilmiy-amaliy konf.
Ma’ruzalari to’plami. — T.: 1999. — B. 38—42.
3.

An’analar, din va ayollarning ijtimoiy maqomi / / O’zbekiston Respublikasi xotin-

qizlarining ahvoli to’g’risida ma’ruza, RBEC / / Undz, 1999. — 95 b.
4.

Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash (Davriy to’plam,

№1). — T.: 1999. — 218 b.
5.

Kamolov U. O’zbekistonda xotin-qizlar maorifining rivojlanishi/ / Sovet maktabi. 1974.

№1.B. 16—21.
6.

Rahimova G. Jadidlar va ayollar masalasi / / Adabiy meros.1992. №1. B. 63—66

Bibliografik manbalar

O’ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLARGA MUNOSABAT (X X ASRNING 20-80 YILLARI MISOLIDA) (o’quv qo’llanma) NILUFAR JO’RAEVA

Abdullaeva D. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ayolning roli.// O’zbekistonda oila, davlat va jamiyat kuril ishida ayollarning roli va gender muammolari: Ilmiy-amaliy konf. Ma’ruzalari to’plami. — T.: 1999. — B. 38—42.

An’analar, din va ayollarning ijtimoiy maqomi / / O’zbekiston Respublikasi xotin-qizlarining ahvoli to’g’risida ma’ruza, RBEC / / Undz, 1999. — 95 b.

Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash (Davriy to’plam, №1). — T.: 1999. — 218 b.

Kamolov U. O’zbekistonda xotin-qizlar maorifining rivojlanishi/ / Sovet maktabi. 1974. №1.B. 16—21.

Rahimova G. Jadidlar va ayollar masalasi / / Adabiy meros.1992. №1. B. 63—66