Авторы

  • Farxod Egamberdiyev
    Axborot texnologiyalari va menejment universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
  • Ruxshona Islomova
    Axborot texnologiyalari va menejment Universiteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.105687

Ключевые слова:

Maktabgacha ta'lim bog'cha yoshi ontogenez o'yin faoliyati psixologik rivojlantirish tarbiya yosh xususiyatlari

Аннотация

Maktabgacha yosh – bu bolaning bilim jarayonlari rivojlanishining asosiy yoshi. Maktabgacha yoshdagi bolaning tafakkuri vizual – samarali  (go‘daklik davrida) vizual – obrazli rivojlanadi. Bu bolaga ob’ektlar va ularning xususiyatlari o‘rtasida aloqa o‘rnatishga imkon beradi. Bu yosh xotiraning rivojlanishi bilan tavsiflanadi, u idrokdan tobora ko‘proq ajralib turadi. Maktabgacha yosh – bu bolaning bilim jarayonlari rivojlanishining asosiy yoshi. Maktabgacha yoshdagi bolaning tafakkuri vizual – samarali  (go‘daklik davrida) vizual – obrazli rivojlanadi. Bu bolaga ob’ektlar va ularning xususiyatlari o‘rtasida aloqa o‘rnatishga imkon beradi. Bu yosh xotiraning rivojlanishi bilan tavsiflanadi, u idrokdan tobora ko‘proq ajralib turadi.


background image

`

14

MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Egamberdiyev Farxod Tuxtayevich

Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

Ijtimoiy fanlar fakulteti psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)

Ibrohimamin@mail.ru

Islomova Ruxshona

Axborot texnologiyalari va menejment

Universiteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15658054

Annotatsiya:

Maktabgacha yosh – bu bolaning bilim jarayonlari rivojlanishining asosiy

yoshi. Maktabgacha yoshdagi bolaning tafakkuri vizual – samarali (go‘daklik davrida) vizual –
obrazli rivojlanadi. Bu bolaga ob’ektlar va ularning xususiyatlari o‘rtasida aloqa o‘rnatishga
imkon beradi. Bu yosh xotiraning rivojlanishi bilan tavsiflanadi, u idrokdan tobora ko‘proq
ajralib turadi. Maktabgacha yosh – bu bolaning bilim jarayonlari rivojlanishining asosiy yoshi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning tafakkuri vizual – samarali (go‘daklik davrida) vizual – obrazli
rivojlanadi. Bu bolaga ob’ektlar va ularning xususiyatlari o‘rtasida aloqa o‘rnatishga imkon
beradi. Bu yosh xotiraning rivojlanishi bilan tavsiflanadi, u idrokdan tobora ko‘proq ajralib
turadi.

Kalit so‘zlar:

Maktabgacha ta'lim, bog'cha yoshi, ontogenez, o'yin faoliyati, psixologik

rivojlantirish, tarbiya, yosh xususiyatlari,

Kirish

. Maktabgacha ta’lim - bolalarga ta’lim va tarbiya berishga, ularni intellektual,

ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni
umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta’lim turi. Maktabgacha yoshdagi davr
o'z ichiga 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarni qamrab oladi. Maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolada o'yin, mashg'ulot jarayonida, tarbiya ta'siri bilan tasavvur boyligi ancha
kengayadi, tafakkur o'sadi, yangi ehtiyoj paydo bo'ladi, faollik ortadi. Bola o'yinda va mehnatda
boshqalarning harakatlariga ko'pincha tahdid qilib qolmasdan, balki, shu bilan birga, ba'zi
vazifalarni o'zi ham mustaqil qiladigan bo'lib qoladi. Shu sababli, bu yoshdagi bolalarda xayol
faoliyati ham kengroq va mazmunliroq bo'lib qoladi.

Asosiy qism.

Ontogenezda 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan davr bog'cha yoshi davri yoki maktabgacha

yosh davri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez o'zgarishlari
bo'lishini inobatga olgan holda 3 davrga bo'linadi:

Kichik maktabgacha davr - 3-4 yosh
O'rta maktabgacha davr - 4-5 yosh
Katta maktabgacha davr- 6-7 yosh
Bog'cha yoshidagi bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi. 3-7

yoshli davrida bolalarning asosiy faoliyati quyidagi ketma-ketlikda kechadi:

- predmetlarni o'rganishi;
- individual predmetli o'yinlar, jamoa syujetli - rolli o'yinlar;
- individual o'yinlari;
- muloqot o'yinlari;
- uy mehnati.


background image

`

15

Uch yoshli bolalarga to'g'ri tarbiya berish, ta'sir o'tkazish, ularning harakatlarini

maqsadga muvofiq yo'naltirish orqali ularda mustaqil holda ovqatlanish, kiyinish, yuvinish, o'z
o'rnini yig'ishtirish ko'nikmalarni tarkib toptirishga, ayrim topshiriq va vazifalarni puxta
bajarish malakasini shakllantirishga erishish mumkin. N. M. Shchelovanov, D. B. Elkonin va
boshqalar mazkur yosh xususiyatlarini quyidagicha tadqiq qilgan: bolaning uch yoshgacha
o'sishida erishgan yutuqlari uning xulq-atvorini, bilish jarayonlarini sifat jihatdan ancha
o'zgartirib yuboradi. Shunga qaramay, bolaning o'sishiga kattalarning ta'siri, roli
yetakchiligicha qolaveradi, lekin asta-sekin o'sib borishi mustaqilroq bo'lishini ta'minlaydi.
Ammo maktabgacha yoshdagi mustaqillik ko'pincha bolaning amaliy faoliyotda uncha kuchli
bo'lmagan shaxsiy imkoniyati doirasida kattalar yordamisiz harakat qilishida, nisbatan oz
uchrasa-da, tobelikdan qutilish tuyg'usida ro'yobga chiqadi. Bolalarga tarbiyaviy ta'sir
ko'rsatish jarayonini to'g'ri tashkil qilish orqali syujetlarining ko'lamini rejali kengaytirish
mumkin. Ontogenez psixologiyasi fanida qat'iy ifodalanganidek, bola bog'chaga kelganda uning
o'yin syujeti faqat oilaviy turmushdagi voqealarni aks ettirsa, sayrlarga olib borish, tabiatni
kuzatish natijasida o'yinning turlari ko'payib boradi. Bog'cha yoshidagi bolalar hayotida va
ularning psixik jihatidan o'sishida qiziqishning roli kattadir, qiziqish xuddi ehtiyoj kabi, bolani
biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan
bog'liq bo'lgan murakkab psixik hodisa desa bo'ladi. Bola o'yin faoliyatida maktab ta'limiga
tayyorlanib boradi, shu boisdan, unda aqliy harakatlarning yaqqol shakllari tarkib topa
boshlaydi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarning o'yin faoliyati negizida va mazmunini ular
o'z zimmasiga olgan rolning mohiyatidan kelib chiqib o'yinning barcha qoidalarga rioya qilish
tashkil etadi. Tengqurlar orasidagi bahs va tortishuvlar o'yin qoidalari va talablari qanchalik
to'g'ri bajarilayotgani haqida bo'ladi.

3-7 yoshli bolalarning psixik rivojlanishida badiiy-ijodiy faoliyat turi bo'lgan musiqaning

ahamiyati ham juda kattadir. Musiqa orqali bolalar ashula aytishga, musiqa ohangiga mos
ritmik harakatlar qilishga o'rganadilar.

Shunday qilib, maktabgacha yosh davrida o'yin yetakchi faoliyat bo'ladi. Bu davr nutqning

rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi.

Bola va kattalar orasidagi yangi munosabatlar, kattalar obrazi bolaning xatti-harakatlarini

ma'lum tomonga yo'llaydi, bu esa bola shaxsi rivojlanishida barcha yangi psixologik
tuzilmalarning paydo bo'lishida asos hisoblanadi.

Xulosa

.

Maktabgacha yosh davri bola psixikasining eng jadal rivojlanish bosqichi bo‘lib, unda

shaxs shakllanishining asosiy poydevori qo‘yiladi. Bu davrda bola atrof-muhitni faol o‘rganadi,
nutq, tafakkur, xotira va tasavvur kabi psixik jarayonlari rivojlanadi. Oila va tarbiya
muassasalarining to‘g‘ri yondashuvi bolaning individual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda
muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, pedagog va ota-onalar bolaning yoshiga mos psixologik
xususiyatlarini hisobga olib, uni to‘g‘ri yo‘naltirishlari zarur. O‘z vaqtida ko‘rsatilgan e’tibor va
qulay rivojlanish muhiti bolaning keyingi ijtimoiylashuvi va shaxs sifatida shakllanishi uchun
mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

References:

Используемая литература:


background image

`

16

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

D. G'. Muhammedova, N. M. Mullayeva, A. I. Rasulov: "Umumiy psixologiya". Toshkent.

2023-y.
2.

Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova: "Rivojlanish

psixologiyasi. Pedagogik psixologiya". T. 2018-yil.
3.

E. G'. G'oziyev: Ontogenez psixologiyasi. Toshkent- 2020.

4.

P. I. Ivanov, M. E. Zufarova: "Umumiy psixologiya". Toshkent- 2008

5.

Эгамбердиев Ф. Т. СПОРТЧИЛАРДА ИРОДАВИЙ СИФАТЛАРНИ ШАКЛЛАНТИРИШ-

ПСИХОЛОГИК МУАММО СИФАТИДА //PSIXOLOGIYA Учредители: Бухарский
государственный университет. – №. 1. – С. 116-118.
6.

Эгамбердиев Ф. Т. ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ СПЕЦИФИКА ПРОЯВЛЕНИЯ ВОЛЕВЫХ

КАЧЕСТВ В СПОРТЕ //MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS. – 2021. – С. 24.

Библиографические ссылки

D. G'. Muhammedova, N. M. Mullayeva, A. I. Rasulov: "Umumiy psixologiya". Toshkent. 2023-y.

Z. T. Nishanova, N. G. Kamilova, D. U. Abdullayeva, M. X. Xolnazarova: "Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya". T. 2018-yil.

E. G'. G'oziyev: Ontogenez psixologiyasi. Toshkent- 2020.

P. I. Ivanov, M. E. Zufarova: "Umumiy psixologiya". Toshkent- 2008

Эгамбердиев Ф. Т. СПОРТЧИЛАРДА ИРОДАВИЙ СИФАТЛАРНИ ШАКЛЛАНТИРИШ-ПСИХОЛОГИК МУАММО СИФАТИДА //PSIXOLOGIYA Учредители: Бухарский государственный университет. – №. 1. – С. 116-118.

Эгамбердиев Ф. Т. ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ СПЕЦИФИКА ПРОЯВЛЕНИЯ ВОЛЕВЫХ КАЧЕСТВ В СПОРТЕ //MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS. – 2021. – С. 24.