`
52
FIRDAVSIYNING “SHOHNOMA” ASARI QAHRAMONLARI. ULARNING
KEYING DAVR EPIK POEZIYASIGA KO`CHISHI
Xoliqulova Zarnigor Azim qizi
Termiz davlat universiteti Filologiya va tillarni o`qitish fakulteti
2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15672374
Annotatsiya
Ushbu maqolada buyuk fors-tojik shoiri Abulqosim Firdavsiyning jahon durdonalari,
dunyo eposlari orasida va abadiy insoniyat merosi orasida millatning oliy adabiy durdonasi
hisoblangan “Shohnoma” asaridagi afsonaviy va mifologik qahramonlar bilan bir qatorda
tarixiy personajlar ta`rifi va ularning keying davr adabiyotiga ko`chishi haqida mulohaza
yuritiladi.
Kalit so`zlar:
Epik doston, poeziya, mifologik obrazlar, afsonaviy qahramonlar, tarixiy
personajlar Jamshid, Zahhok, Rustam, Suxrob.
Аннотация:
В статье рассматривается описание исторических персонажей,
легендарных и мифологических героев и их миграция в более позднюю литературу в
произведении великого персидско-таджикского поэта Абулкасима Фирдоуси
«Шахнаме», которое считается высшим литературным шедевром нации среди мировых
шедевров, мировых эпосов и вечным наследием человечества.
Ключевые слова:
Эпический эпос, поэзия, мифологические образы, легендарные
герои, исторические персонажи Джамшид, Заххок, Рустам, Сухроб.
Abstract:
This article discusses the description of historical characters, along with
legendary and mythological heroes, and their migration to later literature in the work of the
great Persian-Tajik poet Abulqasim Firdawsi, "Shahnama", which is considered the highest
literary masterpiece of the nation among the world masterpieces, world epics, and the eternal
heritage of humanity.
Keywords:
Epic epic, poetry, mythological images, legendary heroes, historical
characters Jamshid, Zahhok, Rustam, Sukhrob.
O`zbek adabiyoti tarixida qadimgi shohlar haqidagi rivoyatlar, afsonaviy va epik
dostonlardan iborat asarlar juda ko`plab uchraydi. Bularga misol qilib Sharafiddin Ali
Yazdiyning “Zafarnoma”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Firdavsiyning
“Shohnoma” kabi nodir asarlarini misol qilib olishimiz mumkin. Bu asarlar ichida
Firdavsiyning “Shohnoma” asari o`z davrining eng yirik epik asarlaridan biri bo`lib, o`zida
qadimgi Forsning tarixiy, madaniy va axloqiy qadriyatlarini mujassam etgan.
Abulqosim Firdavsiy 941-yilda Eronning Tus shahri yaqinidagi Boj qishlog`ida dehqon
oilasida tug`ilgan. U dastlab qishlog`idagi diniy maktabda, so`ng Tus shahri madrasalarida
tahsil oladi. Ijodkor yoshlik chog`laridayoq Sharq xalqlari tarixini zo`r zavq bilan o`rganadi,
ko`hna rivoyatlarni yozib oladi. Aytishlaricha, Xuroson hukmdori Mahmud G`aznaviy shoirga
“Shohnoma”ni yozishni topshiradi va asardagi har bir misra uchun bir dinor oltin tanga
berishni va`da qiladi. Ammo keyinchalik hukmdor va`dasidan tonib shoirga 120 dona kumush
tanga beradi. Firdavsiy bundan g`azablanib, bu tangalarni mulozimlarga taqsimlab beradi va
G`znaviyni xasislik va pastkashlikda ayblovchi hajviya yozadi. Shundan so`ng shoir o`z ona
`
53
yurtidan quvg`in qilinadi. Ijodkorning “Shohnoma” asari haqida mulohaza yuritadigan bo`lsak,
ushbu asar 30-35 yillik mehnat samarasi bo`lib, 60 ming baytdan iborat. Asar dastlab Abu
Mansur Daqiy tomonidan “Xudoynoma” degan nom bilan yozila boshlagan. Ammo ijodkor
asarning boshlanish vaqtlarida Quli tomonidan qatl ettiriladi va bu ishni Firdavsiy davom
ettiradi. Asarda qariyb 4000 yil ichida Eron zaminida hukmronlik qilgan 4 ta sulolaga mansub
50 ta podshoh hayotiga tegishli voqea-hodisalar o`z aksini topgan. Bundan tashqari
“Shohnoma”da peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar va somoniylar kabi sulolalarga mansub
bahodirlar va podshohlar haqida qahramonlik va ishqiy romantik dostonlar keltirilgan bo`lib,
ularda ta`limiy-axloqiy mazmundagi lavhalar, pand-nasihatlar, lirik she`rlar ham o`rin olgan.
Unda pahlavonlar, shohlar, amaldorlar, lashkarboshilar, olimlar, san`atkorlar, hunarmandlar,
dehqonlardan iborat bir nechta obrazlar tasniflangan. Bulardan birinchisi, mifologik obrazlar
bo`lib, bu qismda “Avesto”da qayd etilgan qadimgi miflar va kosmogonogik tasavvurlarda aks
ettirilgan Qayumars, Hushang, Tahmuras, Jamshid kabi personajlarni uchratamiz. Ikkinchi
afsonaviy qahramonlik qismi bahodirlar haqidagi Eron rivoyatlaridan iborat bo`lib, bularga
Som, Narimon, Zol, Rustam, Gev, Bijon kabi obrazlar kiritilgan. Uchinchi qism esa tarixiy
personajlardan tuzilgan bo`lib, Iskandar, Bahrom Go`r, Mazdak, Anushirvon, Xusrav Parviz
kabi qahramonlar tavsifini o`z ichiga oladi. Asarda Zahhok haqida, “Rustam va Suxrob”, “Zol va
Rudoba” hamda “Bijon va Manija” kabi dostonlar ham o`rin olgan.
“Shohnoma”dagi afsonaviy qahramonlar orasida Rustam bilan birga Kova obrazi alohida
ahamiyatga molik. Ahrimanning fitnasi bilan saltanatni egallab, ming yil davomida toj egasi
bo`lgan Zahhok mamlakat ahlini qon qaqshatib, yelkasidan o`sib chiqqan ilonlarni ularning
miyasi bilan parvarish etadi. Temirchi Kova mamlakatda zulm va zo`ravonlik avjiga chiqqan
bir davrda adolatsizlikka qarshi bosh ko`taradi. U ofat va falokat timsoli bo`lgan Zahhokka
qarshi sabr kosasi to`lgan xalq ommasini yetaklaydi va xalq qo`zg`oloniga rahbarlik qiladi.
Natijada xalq ommasining junbushga kelgan to`lqini Zahhok va uning saltanatini yemirib
tashlaydi. Ammo Firdavsiy tasavvurida yangi barpo etilajak mamlakatga oddiy temirchi
bo`lgan Kovaning xalqqa boshchilik qilishi g`ayritabiiy edi. Shu sababli ham u Zahhokning
o`rniga Jamshidning o`g`li Faridunning saltanat hukmdori bo`lgani va uning podshohlik
davrida el-u yurtda adolat tantana qilganini tasvirlashga alohida e`tibor beradi. Shu tarzda
Faridun ushbu asarda odil podshoh sifatida talqin etiladi. Asardagi eng qayg`uli dostonlardan
biri “Rustam bilan Suxrob” bo`lib, unda asar qahramoni Rustam o`zining mashur oti Raxsh
bilan ovga chiqib Turon o`lkasiga borib qoladi. U yo`lda otini o`g`irlatib qo`yadi va tasodifan
Shamangan shahriga kirib boradi. Shamangan podshosi uni izzat-ikrom bilan kutib oladi
va ziyofat boshlaydi. Bu orada shohning qizi Taxmina Rustamni yaxsh ko`rib qoladi va ular
turmush qurishadi. Rustam o`z yurtiga qaytib ketar chog`ida farzandi uchun ayoliga bir
gavhar berib ketadi. Oylar o`tib Taxmina o`g`il farzandli bo`ladi va unga Suxrob deb ism
qo`yadi. Oradan bir necha yil o`tib Suxrob onasidan otasi Rustam ekanligini bilib oladi va uni
izlab yo`lga chiqadi. Suxrob yo`lda ko`plab mardliklar ko`rsatib, Afrosiyobgacha dong taratadi.
U makkorlik bilan Eronga qarshi jangga otlanadi. Jang maydonida ota va o`g`il bir-birini
tanimasdan to`qnash keladi va ota o`g`lining ko`ksiga xanjar uradi. O`limi oldidan Suxrob
o`zini tanitadi, Rustam esa hasratlar ichida qoladi. Asarda Jamshid obrazi orqali inson
qobiliyatlari va mag`rurlikning qanchalik xavli bo`lishi yoritilgan bo`lsa, Suxrob obrazi orqali
esa ota-o`g`il o`rtasidagi rishtalarning ahamiyati va taqdir oldidagi ojizlik kabi belgilar
`
54
ko`rsatiladi. Bundan tashqari dostonda Rustamning otasi- Zal obrazi uchraydi, uning hikoyasi
ham “Shohnoma” asarida muhim o`rin tutadi. Zalning xarakteri ko`plab kuchli shaxsiy
xususiyatlarga ega. Ushbu hikoyada ota-onaga bo`lgan hurmat, shuningdek, meros va
ajdodlarga nisbatan sadoqat kabi mavzular aks ettirilgan.
Firdavsiy vafotidan so`ng, “Shohnoma” jiddiy o`zgarishlar va buzilishlarga duch keldi.
Bizgacha yetib kelgan fors tilidagi eng qadimgi “Shohnoma”ning ro`yxati 1276-1277- yillarga
to`g`ri keladi. Ushbu asarning ta`siri nafaqat Eron, balki boshqa turli mamlakatlarning
adabiyotida ham sezilarli o`rinni egallagan. Asardagi qahramonlar va voqealar ko`plab keyingi
davr epik poeziyasiga, jumladan, turk, o`zbek, qozoq adabiyotlariga katta ta`sir ko`rsatgan.
Ularning tasviri, idealizatsiyasi va qadriyatlari keying davr ijodkorlari tomonidan
o`zlashtirildi va yangi bir mazmunlar bilan boyitildi. Rustamning kuchi, jasorati va axloqi
ko`plab adabiyotda ilgari surilgan qahramon obrazlariga asos bo`ldi. Masalan, o`zbek epik
poeziyasi va “Alpomish” dostonidagi qahramonlar, bundan tashqari Hamid Olimjonning
“Oygul bilan Baxtiyor” dostonidagi Baxtiyor kabi obrazlar Rustamning ideal qahramon
obrazidan ilhomlangan. “Shohnoma” ta`sirida bir nechta tarixiy va tasavvufiy dostonlar ham
yaratilgan: « Iskandarnoma”lar, mutasavvuf shoirlar yozgan pandnoma dostonlar,
“Shahanshohnoma” nomlari bilan ijod qilingan asarlar shular jumlasidandir. Faqat
Hamidulloh Qazviniyning
“Zafarnoma” asari “Shohnoma”ning davomi bo`lib, 1335- yilgacha bo`lgan tarixiy
voqealarni o`z ichiga oladi. Sohib nomli shoir ham 1320-yilda yozilgan “Daftari dilkusho”
asarida “Shohnoma”ni davom ettirgan. Turk shoiri Uzun Firdavsiy ham Boyazidga atab
“Shohnoma” yozgan.
Xulosa o`rnida shuni aytish joizki, “Shohnoma” asari faqat Eron tarixini aks ettiribgina
qolmay, balki isoniyatning umumbashariy qadriyatlarini ifodalovchi eng muhim epik
asarlardan biridir. Bu asar keyingi davr epik poeziyasiga o`zining qahramonlari va ularning
xarakterlari orqali katta ta`sir ko`rsatdi. Doston jahon sivilizatsiyasi durdonalaridan biri
bo‘lib, uning mifologik qahramonlarida Vatanga muhabbat, shaxsga hurmat, yuksak insoniy
axloq, tafakkur musaffoligi va adolat, vijdonli va halollik, vatanparvarlik va umuminsoniy
insonparvarlik g‘oyalari mujassamlashgan. Rustam, Jamshid, Suxrob kabi qahramonlar va
ularning hikoyalari adolat, sadoqat, kurash va taqdir kabi mavzularni bir necha yillardan
buyon tarannum etib kelmoqda.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma”. Dushanbe-1964
2.
M.Choriyeva “Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asarida falsafiy ta’limotlar tahlili”
dissertatsiya. Buxoro – 2023.
3.
4.