`
49
IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARI ILM FAN TARAQQIYOTI
Tursunov Abdulla Baxrom oʻgʻli
Axborot texnologiyalari va menejment unversteti
Tarix yoʻnalishi 1-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15672303
Annotatsiya
Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida ilm-fan sohasida yuz bergan
oʻzgarishlar, xususan, Oʻzbekistonga koʻchirilgan ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim
muassasalari va ularning mahalliy ilm-fan taraqqiyotiga koʻrsatgan taʼsiri yoritilgan. Urush
sharoitida ham ilm-fan rivojida davom etganlik, texnik loyihalash va ishlab chiqarish
sohalarida yirik natijalarga erishilganligi asosli dalillar bilan ko‘rsatib berildi.
Kalit soʻzlar
. Fanlar akademiyasi, SAGU, Ulugʻ Vatan urushi, Rossiya, Ukraina,
Belorussiya, Moskva, Leningrad, Kiyev, Oʻzbekiston.
1941-yil 22-iyunda fashistlar Germaniyasi SSSRga qoʻqqisdan hujum boshladi. Aynan
shu vaqtdan boshlab tarix notogʻri yozilib SSSR II jahon urushining faqat 1941-1945 davrini
oladi. Mojariston, Ruminiya, Finlandiya, Italiya uning tomonidan turib urushga kirdi. Bu esa
Ulugʻ Vatan urushiga aylanib ketdi. Oʻzbek xalqining Ikkinchi jahon urushidagi ishtirokining
axloqiy-maʼnaviy jihatdan asosi shundaki, bu urushda oʻzbek xalqi fashizmdan faqat
SSSRnigina emas, eng avvalo, Oʻzbekistonni himoya qilishni, uni yana bir bosqinchidan saqlab
qolishni maqsad qilib qoʻygan edi. Bu maqsad yoʻli qoʻrbonlarsiz oʻtmadi. Shu bilan birga ilm
fan taraqqiyoti salbiy taʼsir koʻrsatdi. Bolqon yarimorolida, Belorussiya, Ukraina va
Rossiyadagi bir qator sanoat korxonalari va institutlar yurtimizga koʻchirilib keltirilgan.
Fanlar akademiyasining ochilishi respublika hayotida muhim voqea bo‘ldi, ilm-fanning
yanada taraqqiy etishi uchun mustahkam poydevor yaratildi. Tez orada yangi ilmiy
muassasalar vujudga keldi. Til, adabiyot va tarix institutlari asosida Tarix va arxeologiya, Til
va adabiyot institutlari, Sharqshunoslik instituti, Iqtisodiyot, Matematika va mexanika,
Tuproqshunoslik, Fizika-texnika institutlari va boshqa laboratoriyalar tashkil etildi.
1945 yilga kelib Fanlar akademiyasi tarkibida 23 ta ilmiy muassasa, shu jumladan, 2 ta
ilmiy tadqiqot institutlari, 2 ta laboratoriya, tajriba stansiyalari faoliyat ko‘rsata boshladi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining a’zo-xodimlari — 15 haqiqiy a’zosi, 20 muxbir a’zosi va
1265 ilmiy xodimi, shu jumladan, 54 ta fan doktori va 172 ta nomzod ilmiy tadqiqot ishlari
olib bordi. Ular orasida fizika-matematika fanlari doktori, T. A. Sariqov, kimyogar I. I.
Romanovskiy, geolog olim X. M. Abdullayev, fizik olim G. V. Karpov, adabiyotshunos Y.
Muminov, adib S. Ayni, faylasuf Oybek, biolog F. G‘ulom va boshqalar bor edi.
1
Respublika olimlari faoliyatidagi asosiy yo‘nalishlardan biri iqtisodiyotning urush davri
andozasiga solib qayta qurilishi va ishlatish, mudofaa ahamiyatiga ega bo‘lgan mahalliy xom
ashyoni o‘rganish va o‘zlashtirish, yangi resurslarni izlab topish va ulardan foydalanish,
korxonalar va dehqonchilik xo‘jaliklariga amaliy ilmiy-texnikaviy yordam ko‘rsatishdan iborat
edi. Masalan, O‘rta Osiyo industrial instituti va SAGU (O‘rta Osiyo davlat universiteti)
xodimlari Angren ko‘mirini, kauchukli o‘simlik va altinrudalarni faoliyati bilan foydalanish
1
Узбекистон тарихи (1917-1991 йиллар): Масул мухарир : К.Ражабов -Т: “Шарк”- 2001. 158 б.
`
50
imkoniyatlarini o‘rganib chiqdi. Ular amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy tavsiyalar ishlab
chiqib bordilar.
2
O'zbekiston Fanlar akademiyasining tantanali ochilish maro-simi 1943-yil 4-noyabrda
bo'ldi. Fanlar akademiyasining birinchi Prezidenti qilib taniqli olim T.N.Qori-Niyozov saylandi.
Albatta, O'zbekistondagi fan taraqqiyotida, xususan, Fanlar Akademiyasi faoliyatida
mustamlakachilik siyosati o'z asoratini qoldirdi. Ilmiy buyurtmalar Moskvadan berilar va
tasdiqlanar, ilmiy tadqiqot ishlari faqat rus tilida olib borilar edi.
3
Urush yillarida Oʻzbekiston Respublikasiga koʻplab oʻquv va ilmiy-tadqiqot muassasalari
koʻchirildi. 1941 yil noyabriga qadar Belorussiya, Ukraina va Rossiyadan 22 ta ilmiy-tadqiqot
instituti, 16 ta oliy taʼlim muassasasi va 2 ta kutubxona Oʻzbekistonda joylashtirildi. Maʼlum
maʼnoda, ushbu muassasalar faoliyati Oʻzbekistonda texnik-loyihalash ishlarining
rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Masalan, Rostovdan koʻchirilgan "Stankoproekt"
loyihalash tashkilotiga 1942 yildan boshlab Oʻzbekistonga koʻchirilgan barcha mashinasozlik
va metallurgiya korxonalarining texnik loyihalashtirish ishlari topshirildi.
4
Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov, Voronej. Odessa va boshqa shaharlardan ko'chinlib
keltırılgan 31 olly o'quv yurti va 7 harbiy akademiya qabul qilib olindi. Ularning ba'zilari
o'zaro yoki O'zbekiston oliy o'quv yurtlari bilan birlashdilar.
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida
ilm-fan sohasida yuz bergan oʻzgarishlar, xususan, Oʻzbekistonga koʻchirilgan ilmiy-tadqiqot
institutlari, oliy taʼlim muassasalari va ularning mahalliy ilm-fan taraqqiyotiga koʻrsatgan
taʼsiri yoritilgan. Urush sharoitida ham ilm-fan rivojida davom etganlik, texnik loyihalash va
ishlab chiqarish sohalarida yirik natijalarga erishilganligi asosli dalillar bilan ko‘rsatib berildi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Узбекистон тарихи (1917-1991 йиллар): Масул мухарир : К.Ражабов -Т: “Шарк”-
2001.
2.
Ўзбекистоннинг янги тарихи Қ.2. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида //
Тузувчилар: М.Жўраев, Р.Нуруллин, С. Камолов ва бошқ.; Таҳрир ҳайъати: А.Азизхўжаев
(раис) ва бошқ. — Т.: «Шарқ», 2000.
3.
O'zbekiston tarixi / H. Sodiqov, N. Lo'rayev; tahrir hayati: A.S. Sagdullayev [va boshq.];
mas'ul muharrir A. Sagdullayev, N. Abduazizova; O'zR Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat
akad., O'zbekistonning yangi tarixi markazi. -T.: «Sharq», 2011.
2
Ўзбекистоннинг янги тарихи Қ.2. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида // Тузувчилар: М.Жўраев,
Р.Нуруллин, С. Камолов ва бошқ.; Таҳрир ҳайъати: А.Азизхўжаев (раис) ва бошқ. — Т.: «Шарқ», 2000. — 487 б.
3
O'zbekiston tarixi / H. Sodiqov, N. Lo'rayev; tahrir
hayati: A.S. Sagdullayev [va boshq.]; mas'ul muharrir A. Sagdullayev, N. Abduazizova; O'zR Prezidenti huzuridagi
davlat va jamiyat akad., O'zbekistonning yangi tarixi markazi. -T.: «Sharq», 2011. - 483 b.
4
С. Сандолимов, Х. Бобожонов, С. Полатова, Н. Мустафаева, М. Хамидова, Н. Махкамова, Ш. Юсупов, К.
Садуллаев, М. Назиров, З. Холбоева, Ш. Рагимов, М. Нурсаидова, М. Солиев. Узбекистан в годы Второй
мировой войны. Монография / Ответственные редакторы: Саидолимов С., Бобожонов Х., Саъдуллаев К.
Ташкент: издание «Замин», 2024. 249 б.
`
51
4.
Сандолимов, Х. Бобожонов, С. Полатова, Н. Мустафаева, М. Хамидова, Н. Махкамова,
Ш. Юсупов, К. Садуллаев, М. Назиров, З. Холбоева, Ш. Рагимов, М. Нурсаидова, М. Солиев.
Узбекистан в годы Второй мировой войны. Монография / Ответственные редакторы:
Саидолимов С., Бобожонов Х., Саъдуллаев К. Ташкент: издание «Замин», 2024.