`
47
O’SIMLIKLARDAN OLINGAN ALKALOIDLAR VA ULARNING FARMAKOLOGIK
XUSUSIYATLARI
Ismoilova Shodiyabonu Rayimjon qizi
Alfraganus Universiteti tibbiyot fakulteti davolash yo'nalishi 1-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15671983
Annotatsiya
Alkaloidlar – azotli organik birikmalar bo’lib, ular ko’pincha dorivor o’simliklardan
olinadi va meditsina, farmatsiya, toksikologiya sohalarida keng qo’llaniladi, asosan esa
o’simliklarda uchraydi va ko’plab farmalogik xususiyatlarga ega. Ushbu maqolada
alkaloidlarning manbalari, kimyoviy tuzilmalari, farmalogik xususiyatlari va tibbiyotdagi
qo’llanilishi yoritiladi.
KALIT SO’ZLAR:
Alkaloidlar, dorivor o’simliklar, farmalogik faol moddalar, morfiy,
rezeroin, vinkristin, fitokimyo, biologik faollik, antitumor ta’siri, analgetiklar, farmasevtik
texnologiyalar, geneik muhandislik.
Alkaloidlar – kuchli fiziologik faollikka ega. Ular asosan urug’ pallali o’skimliklar
(dvoichnolistnye) guruhiga mansub oilalarga tegishlidir : makdoshlar (Papaveraceae)
qo’ng’iroqdoshlar (Solanaceae), kofedoshlar (Rubiaceae), zig’irdoshlar (Linaceae) va
boshqalar.
Kimyoviy tuzilish jihatidan alkaloidlar pirrol, piperidin, indol, tropan, isoquinoline va
boshqa guruhlarni o’z ichiga oladi. Bu tuzilmalar ularning organizmdagi ta’sirini belgilaydi.
Ko’pgina alkaloidlar past dozada foyadali bo’lsa- da, yuqori dozada kuchli toksik ta’sir
ko’rsatadi. masalan : strychnine va nikotin juda zaharli. Shuning uchun ham ularning dori
shaklidagi qo’llanilishi qat’iy nazorat ostida bo’lishi kerak.
Hozirgi vaqtda alkaloidlarning sintetik analoglari va yarim sintetik hosilalari ishlab
chiqilmoqda (masalan, tramadol- morfning sintetik o’xshashi).
Farmakologik xususiyatlari.
1.
Og’riq qoldiruvchi (analgetik) xususiyat – morfiy kabi opioid alkaloidlar og’riqni bosh
miya darajasida bostirish xususiyatiga ega. Ular og’ir jarrohlik yoki onkologik
kasalliklarida keng qo’llaniladi.
2.
Neyrostimulyator ta’sir - kofein va nikotin markaziy asab tizimini qo’zg’atadi,
xushyorlikni oshiradi, lekin ortiqcha dozada qaramlik va toksiklik chaqiradi.
3.
Antispazmodik va antixolinergik – atropin muskul spazmlarini kamaytiradi, yurak
urishini tezlashtiradi, ko’z qorachig’ini kengaytiradi.U oftalmologiyada va
zaharlanishlarda mototsiklin antagonist sifatida qo’llaniladi.
4.
Antimalarial xususiyat – kinin alkaloidi Plasmodium parazitlariga qarshi samarali. Ilgari
malyariya davolashda asosiy vosita hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda alkaloidlar – o’simliklar tomonidan sintez qilinadigan, bilogik
jigatdan faol va ko’p qirrali ta’sirga ega moddalar bo’lib, zamonaviy farmatsiyaning ajralmas
qismi hisoblanadi. Kelajakda ularning yangi farmalogik xossalari ochilishi ehtimoldan xoli
emas. Ularning terapevtik foydasi bilan birga ehtiyotkorlik va aniq dozlashni talab qilishi
ularni o’rganishni talab qiladi.
`
48
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Karimov B “ Farmakognoziya asoslari “. T : 2020
2.
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi “ Dorivor o’simliklar va ularning
farmalogik xususiyatlari “ bo’yicha uslubiy qo’llanma, Toshkent, 2021
3.
G’ulomova N,K. “ Fitokimyo va alkaloidlar “ Toshkent farmasevtika institute, 2020
4.
Sh.M. Xudoyberganov, M.Yu Yusupova. “ Farmasevtika kimyo“, O’zbekiston farmasevtika
akademiyasi nashriyoti, 2019.
5.
I. M Azimov . “ O’simliklardan olingan alkaloidlar va ularning biologik faolligi “ ilmiy
maqolalar to’plami, “ Tibbiyot va farmatsiya “ jurnali, 2021 – yil .
6.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST). “ Tanlangan dorivor o’simliklar bo’yicha
monografiyalar “ tarjima nashri, Toshkent, 2018.