`
35
SHAXSNING DAXLSIZLIK HUQUQI VA SHAXSIY MAʼLUMOTLAR TIZIMIDA
UNUTILISH HUQUQINING OʻRNI
Mansurova Nilufar Muxsinjon qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti
zahratushshams@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15671638
Annotatsiya.
Tezisda raqamlashtirish davrida Oʻzbekiston Respublikasida shaxsga doir
maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlashning huquqiy asoslari oʻrganilgan. Unda Oʻzbekiston
Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonuni hamda Yevropa Ittifoqining
Umumiy Maʼlumotlarni Himoya qilish Reglamenti (GDPR) tahlil qilinib, ularning oʻxshash va
farqli jihatlari aniqlangan. Shuningdek, milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga
moslashtirishning istiqbolli yoʻnalishlari koʻrsatib oʻtilgan. Tezisda, sunʼiy intellekt
texnologiyalari va shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik
masalalari ham muhokama etilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra, Oʻzbekiston shaxsga doir
maʼlumotlarni himoya qilish sohasida muhim qadamlar qoʻygan boʻlsa-da, qonunchilikni
yanada takomillashtirish, nazorat mexanizmlarini kuchaytirish va xalqaro tajribani oʻrganish
orqali milliy tizimni rivojlantirish zarur.
Kalit soʻzlar:
Shaxsga doir maʼlumotlar, maʼlumotlarni himoya qilish, Oʻzbekiston
qonunchiligi, GDPR, huquqiy asoslar, maʼlumotlar xavfsizligi, sunʼiy intellekt, shaxsiy
maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonun, maʼlumotlarni qayta ishlash, transchegaraviy maʼlumotlar
uzatish.
Zamonaviy axborot jamiyatida shaxsiy maʼlumotlarning koʻlamli yigʻilishi, qayta
ishlanishi va uzatilishi insonning daxlsizlik huquqiga nisbatan yangi muammolar
tugʻdirmoqda. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida har bir shaxsning
shaxsiy hayoti haqidagi maʼlumotlar doimiy ravishda turli elektron tizimlarda saqlanib, qayta
ishlanmoqda. Bu holatda shaxsning oʻz shaxsiy maʼlumotlari ustidan nazorat huquqi muhim
ahamiyat kasb etadi.
Shaxsiy daxlsizlik huquqi insonning tabiiy va ajralmas huquqlaridan biri sifatida tan
olingan boʻlsa-da, raqamli muhitda bu huquqning amaliy amalga oshirilishi murakkab
masalalar bilan bogʻliq. Ayniqsa, bir marta elektron tizimga kiritilgan shaxsiy maʼlumotlarning
abadiy saqlanib qolishi va ularning notoʻgʻri foydalanilishi xavfi ortib bormoqda.
Ushbu kontekstda “unutilish huquqi” tushunchasi alohida eʼtibor talab etadi. Bu huquq
shaxsga oʻzining shaxsiy maʼlumotlarini maʼlum sharoitlarda elektron tizimlardan oʻchirib
tashlash imkoniyatini beradi. Unutilish huquqi nafaqat shaxsiy daxlsizlikni himoya qilish
vositasi, balki raqamli jamiyatda insonning qadr-qimmatini taʼminlaydigan muhim
mexanizmdir.
Hozirgi kunda koʻpgina rivojlangan mamlakatlarda shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish
boʻyicha qonunchilik bazasi shakllantirilgan. Biroq, unutilish huquqining huquqiy tabiatini
aniqlash, uning boshqa huquqlar bilan oʻzaro munosabatini belgilash va amaliy amalga
oshirish mexanizmlarini yaratish masalalari hali ham dolzarb qolmoqda.
Axborot texnologiyalari taraqqiyoti kuchayib borgani sayin, maʼlumotlarning huquqiy
qadr-qimmati, ularni qonuniy hujjatlar vositasida saqlash va himoyalashga qaratilgan eʼtibor
`
36
ham tobora ortmoqda. Bugungi kunda raqamli maʼlumotlar asosiy oʻrin tutadigan dunyoda
insonlarning shaxsiy maʼlumotlarini muhofaza qilish masalasi yanada dolzarb boʻlib
bormoqda.
Maʼlumot nima? Maʼlumot – uzoq vaqt mobaynida kishining oʻrganish natijasida hosil
qilgan bilimlari yigʻindisi hisoblanadi. Shaxsga doir maʼlumot esa, muayyan jismoniy shaxsga
taalluqli boʻlgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qogʻozda
va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborotdir
1
. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi
bilan shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish masalasi global ahamiyat kasb etmoqda. Shaxsiy
maʼlumotlarni himoya qilish bilan bogʻliq turlicha yondashuvlar XIX asrning oxirida paydo
boʻlgan. Internet huquqi boʻyicha tadqiqotchi Viktor Mayer Schoenbergerning fikricha,
yevropaliklarning shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilishga boʻlgan qiziqishi XX asrga borib
taqaladi
2
.
Dunyo miqyosida maʼlumotlarni toʻplash va qayta ishlash jarayonlarini tartibga soluvchi
qonunchilik doirasini yaratishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi ham bu
global tendensiyadan chetda qolmay, 2019yilda “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi
qonunni qabul qildi. Mazkur maqolada Oʻzbekiston qonunchiligida belgilangan maʼlumotlarni
toʻplash va qayta ishlash huquqiy asoslari hamda xalqaro amaliyot, xususan, Yevropa
Ittifoqining Umumiy Maʼlumotlarni Himoya qilish Reglamenti (GDPR) doirasidagi
yondashuvlar qiyosiy tahlil qilinadi.
Milliy qonunchiligimizda shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, qayta ishlashning
huquqiy asoslari quyidagi qonun hujjatlari orqali amalga oshiriladi
1.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – Shaxsga doir maʼlumotlarni himoyalash
bilan bogʻliq eng oliy normativ huquqiy hujjat hisoblanib, uning 31-moddasida “Har bir inson
shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega boʻlish, oʻz shaʼni va qadr-qimmatini
himoya qilish huquqiga ega. Har kim yozishmalari, telefon orqali soʻzlashuvlari, pochta,
elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga
faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi.
Har kim oʻz shaxsiga doir maʼlumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek
notoʻgʻri maʼlumotlarning tuzatilishini, oʻzi toʻgʻrisida qonunga xilof yoʻl bilan toʻplangan yoki
huquqiy asoslarga ega boʻlmay qolgan maʼlumotlarning yoʻq qilinishini talab qilish huquqiga
ega” ekanligi haqidagi qoida belgilab qoʻyilgan.
2.
Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (2019-yil
2-iyul, OʻRQ-547): Bu sohadagi asosiy maxsus qonun hisoblanadi. Qonunda shaxsga doir
maʼlumotlar tushunchasiga taʼrif berilgan boʻlib, shuningdek u maʼlumotlarni yigʻish, saqlash,
qayta ishlash va ulardan foydalanishning asosiy prinsiplarini belgilaydi; Subyektning
(maʼlumotlar egasining) huquqlarini (oʻz maʼlumotlari bilan tanishish, ularga tuzatish kiritish,
qayta ishlashga rozilik berish yoki uni chaqirib olish, noqonuniy ishlov berish ustidan
shikoyat qilish va b.) mustahkamlaydi; Mulkdor (maʼlumotlar bazasiga egalik qiluvchi) va
operatorning (maʼlumotlarga ishlov beruvchining) majburiyatlarini belgilaydi; Maʼlumotlarni
1 Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi 547-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni. 02.07.2019-yil.
Elektron manba:
2 “The Solace of Oblivion” By Jeffrey Toobin
`
37
himoya qilish talablarini, jumladan, transchegaraviy uzatish shartlarini tartibga soladi;
Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni
nazarda tutadi.
3.
Axborotlashtirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni. 2003-yilda qabul
qilingan mazkur qonunda Shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlashning ilk huquqiy
asoslari Oʻzbekiston respublikasining axborotlashtirish toʻgʻrisidagi qonunida oʻzf aksini
topgan boʻlib, ushbu qonunning 13-moddasida Jismoniy shaxslarning shaxsiga taalluqli
maʼlumotlar toʻgʻrisidagi axborot maxfiy axborot toifasiga kirishi belgilab qoʻyilgan
3
.
Shuningdek, qonunning 14-moddasida yuridik va jismoniy shaxslar oʻzlari toʻgʻrisidagi
maʼlumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan erkin foydalanish, mazkur maʼlumotlarning
toʻliqligi hamda toʻgʻriligini taʼminlash maqsadida ularga aniqliklar kiritish huquqiga ega
ekanligi va bu huquq faqatgina qonun bilan cheklanishi koʻrsatilgan.
4.
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi
qonun” talablari buzilgan taqdirda Jinoyat kodeksining 141
2
-moddasida nazarda tutilgan
javobgarlik kelib chiqadi: Oʻzbekiston
Respublikasida shaxsiy maʼlumotlarni noqonuniy yigʻish, saqlash, oʻzgartirish, tarqatish
yoki yoʻq qilish, jumladan internet orqali, shuningdek belgilangan texnik va maʼlumotlar
bazasi talablariga rioya etmaslik qonunbuzarlikni tashkil etadi. Oddiy holatlarda, agar avval
maʼmuriy jazo qoʻllanilgan boʻlsa, bu qilmish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100-150
baravari miqdorida jarima, uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha
axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Agar qilmish bir guruh shaxslar tomonidan, takroran,
gʻarazli niyatlarda, xizmat mavqeyidan foydalangan holda yoki ogʻir oqibatlarga sabab boʻlgan
holda sodir etilsa, jazo yanada ogʻirlashib, 150-200 baravar jarima, 2-3 yil axloq tuzatish
ishlari, 1-3 yil ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi
belgilab oʻtilgan
4
.
5.
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 46-1-
moddasida Shaxsga doir maʼlumotlarni qonunga xilof ravishda yigʻish, tizimlashtirish, saqlash,
oʻzgartirish, toʻldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va
yoʻq qilish, xuddi shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan
Internet jahon axborot tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir
maʼlumotlariga ishlov berilayotganda jisman Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan
texnik vositalarda hamda Shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida belgilangan
tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsga doir maʼlumotlar bazalarida shaxsga doir
maʼlumotlarni yigʻishga, tizimlashtirishga va saqlashga oid talablarga rioya etmaslikning
5
huquqiy oqibatlari keltirib oʻtilgan.
6.
Vazirlar Mahkamasining Vazirlar Mahkamasining “Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov
berish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori va u
bilan tasdiqlangan “Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishda ularni himoya qilinganlik
darajasini belgilash toʻgʻrisidagi Nizom hisoblanadi.
3 Axborotlashtirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining qonuni.
4 Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat kodeksi. Elektron manba:
https://lex.uz/docs/-111453#-262300
5
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi. Elektron manba:
`
38
Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunning 9-moddasiga binoan, uning
ishtirokchilari subyekt va operator hisoblanadi. Shuningdek, subyektning vakili, mulkdor va
uchinchi shaxslar ham ishtirokchi sifatida ish yuritish mumkin. Shaxsga doir maʼlumotlarni
yigʻish huddi shu qonunning 10-moddasiga koʻra, mazkur jarayon subyektlari tomonidan oʻz
vazifalarini bajarish uchun zarur hamda yetarli boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻish
bilan shakllantiriladi. Ushbu maʼlumotlarni yigʻish, tizimlashtirish tartibi va prinsiplari
mulkdor yoki operator tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Maʼlumotlarni oʻzgartirish
va toʻldirish esa, subyektning murojaatiga binoan, operator tomonidan amalga oshiriladi
5
.
Yevropa ittifoqi hududida mazkur masala alohida norma bilan tartibga solinib, u GDPR –
General data protection regulation -Yevropa ittifoqining “Umumiy maʼlumotlarni himoya
qilish haqida” gi 2018- yil 25-maydagi reglamenti (GDPR) shaxsiy maʼlumotlarning qonuniy,
adolatli va shaffof tarzda toʻplanishi va ishlatilishini, shaxslarning shaxsiy maʼlumotlari
ustidan nazoratni taʼminlashga qaratilgan
6
. Uning maqsadlari quyidagilardan iborat:
•
Yevropa fuqarolariga oʻz shaxsiy maʼlumotlari bilan bogʻliq kuchliroq nazorat va
huquqlarni berish
•
Maʼlumotlarga ishlov berish tizimlarini soddalashtirish va yagona qonunchilik asosida
birlashtirish
•
Xalqaro miqyosda maʼlumotlar uzatilishini tartibga solish
•
Tashkilotlar uchun shaxsiy maʼlumotlar bilan ishlash majburiyatlarini aniq belgilashdan
iborat.
GDPR 4-moddasida shaxsga doir maʼlumot tushunchasiga taʼrif berib oʻtilgan boʻlib,
unda Yevropa oʻzining yondashuvini bayon etgan. Unga koʻra “shaxsni identifatsiya qilish
imkonini beradigan har qanday maʼlumot – shaxsga doir maʼlumot deb hisoblanadi. Bir
shaxsni bevosita yoki bilvosita boshqa shaxslardan ajratish imkonini beradigan maʼlumot ham
shaxsga doir maʼlumotlardir. Misol uchun, ismi, identifikatsion raqami, manzilga oid
maʼlumotlar, bundan tashqari aynan oʻsha shaxsgagina tegishli boʻlgan faktorlar, masalan
jismoniy, psixologik, genetik, diniy , iqdisodiy, madaniy va ijtimoiy jihat shaxsga doir
maʼlumotlarning tabiatini tashkil etishi belgilab qoʻyilgan. Umuman olganda, shaxsga doir
maʼlumotlarga nisbatan Yevropa qonunchiligidan koʻra hech qaysi davlat qonunchiligi
aniqroq va chuqurroq emas. Shu bilan birgalikda, shaxsga doir maʼlumotlar bilan ishlash
psinsiplari sifatida “qonuniylik”, “adolatlilik”, “shaffoflik” keltirib oʻtilgan. Ammo, shaffoflik va
adolatlilik prinsiplari ustida turli xil kelishmovchiliklar, turfa xil yondashuvlar mavjud boʻlib,
maʼlumotlarni nazorat qilishga oid davlat siyosatini ham tiyib turish ushbu qonunchilik
normasida nazarda tutilgan
7
.
Mazkur masalada bugungi kunda eng dolzarb masalalardan yana biri sunʼiy intellekt va
shaxsga doir maʼlumotlar masalasidir. Sunʼiy intellekt qurilmalarining bevosita shaxsga doir
ayrim maʼlumotlariga bevosita egalik qilishi kelajakda katta muammolarni keltirib chiqarishi
5 Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi 547-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni. Elektron manba:
6 GDPR EXPLAINED: The 6 Legal grounds for Processing Personal Data LAWFULLY:
Legal grounds for Processing Personal Data LAWFULLY - The Data Privacy Group
7 Turdibekov Jamshid Qahramon oʻgʻli// “Shaxsga doir maʼlumotlarni muhofaza qilishda fuqaroviy-huquqiy
yondashuv” BMI// TDYU, 2023-yil, 28-bet
`
39
mumkin. Sunʼiy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi soʻnggi davrda yangi bosqichga
koʻtarildi. “Dipfeyk” texnologiyasi, yaʼni neyron tarmoqlar yordamida ishlab chiqariladigan va
asl materiallardan ajratib boʻlmaydigan darajadagi foto, audio va video materiallar yaratish
hamda ovoz klonlash imkoniyatini beruvchi ilgʻor texnologik vositalar oʻzining mukammallik
choʻqqisiga erishdi. Bu esa oʻz oʻrnida shaxsiy maʼlumotlarni yanada xavf ostida ekanini
bildiradi. Sababi bu kabi tizimlar tomonidan toʻplangan barcha maʼlumotlar saqlanadi va chat-
botning keyingi avlodiga oʻtkaziladi. Bunda tizimga tasodifan yuklangan maxfiy maʼlumotlarni
oʻchirish imkonsiz sanaladi. Shu bois mazkur neyrotarmoqlardan foydalanishda, ayniqsa
shaxsiy maʼlumotlarni yuklashda juda extiyotkorlik talab etiladi. Aslini olganda, shaxsga doir
maʼlumotlarni yigʻish xavfi boʻlgan har qanday dastur, ilova ishga tushirilishdan oldin,
“Privacy policy” – “Maxfiylik siyosati” ga foydalanuvchining rozi yoki rozi emasligi soʻraladi.
Unga rozi boʻlish orqali esa foydalanuvchi oʻz maʼlumotlarini qayta ishlanishiga rozilik
bildiradi.
GDPR da ham eng asosiy jihat foydalanuvchining roziligi sanaladi, shu bois qonunga zid
vaziyatlar yuzaga kelganda dastur ishlab chiqaruvchilari har qanday javobgarlikdan ozod
qolishlari mumkin boʻladi.
Oʻtkazilgan tahlil natijalariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir
maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonuni va Yevropa Ittifoqining GDPR reglamenti oʻrtasida muhim
oʻxshashliklar mavjud. Har ikkala qonunchilik ham shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilishning
zamonaviy talablari va tendensiyalarini aks ettiradi.
Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi qonunchiligidagi
maʼlumotlarni toʻplash va qayta ishlashning huquqiy asoslari qiyosiy tahlili shuni koʻrsatadiki,
Oʻzbekiston maʼlumotlarni himoya qilish sohasida xalqaro standartlarga muvofiq qonunchilik
tizimini shakllantirishda muhim qadamlar qoʻygan. “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi
qonun GDPR doirasidagi asosiy yondashuvlarni oʻzida aks ettiradi, bu esa Oʻzbekistonning
global raqamli iqtisodiyotga integratsiyalashuvi va fuqarolar huquqlarini himoya qilish
yoʻlidagi saʼy-harakatlarini koʻrsatadi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston qonunchiligini yanada
takomillashtirish uchun imkoniyatlar mavjud. Raqamli Oʻzbekiston-2030 strategiyasi
doirasida maʼlumotlarni himoya qilish sohasidagi qonunchilik bazasini takomillashtirish,
nazorat mexanizmlarini kuchaytirish va xalqaro tajribani oʻrganish orqali milliy tizimni
yanada rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Maʼlumotlarni himoya qilish sohasidagi
qonunchilikni takomillashtirish nafaqat fuqarolar huquqlarini taʼminlash, balki
Oʻzbekistonning raqamli transformatsiyasi, xalqaro hamkorlik va investitsiyalarni jalb qilish
uchun ham muhimdir. Zamonaviy raqamli iqtisodiyotda maʼlumotlar xavfsizligi va shaxsiy
maʼlumotlar himoyasi nafaqat huquqiy, balki iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ham ega.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (2019-yil
2-iyul, OʻRQ-547-son).
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. // https://lex.uz/docs/-35869
`
40
3.
“Axborotlashtirish
toʻgʻrisida”gi
Oʻzbekiston
Respublikasi
Qonuni.
//
https://lex.uz/acts/-82956
4.
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. // https://lex.uz/docs/-111453
5.
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi. //
https://lex.uz/acts/-97664
6.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-oktabrdagi №916 sonli “Shaxsga doir maʼlumotlar
toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi
Qarori.
7.
Umumiy Maʼlumotlarni Himoya qilish Reglamenti (GDPR). // https://gdpr-info.eu/
8.
Turdibekov J. Q. “Shaxsga doir maʼlumotlarni muhofaza qilishda fuqaroviy-huquqiy
yondashuv” BMI. TDYU, 2023-yil.
9.
Toobin J. “The Solace of Oblivion”. // The New Yorker, 2014.