`
154
XALQARO INDEXLARDA O’ZBEKISTONDA ELEKTRON HUKUMAT
TIZIMINING TUTGAN O’RNI
Qurbonov Shoxrux Quvondiqovich
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI
DAVLAT BOSHQARUVI HUQUQI YO'NALISHI MAGISTRANTI
https://doi.org/10.5281/zenodo.15699140
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada xalqaro indexlarda O’zbekistonda elektron hukumat tizimining tutgan
o’rni haqida ma’lumotlar yoritib berilgan.O’zbekiston elektron hukumat tizimining boshqa
xalqaro tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda baholanishi haqida fikrlar keltirilgan.
Ushbu tashkilotlarning baholash mezonlari orasida davlat xizmatlarining raqamlashtirish
darajasi, fuqarolar va biznes subyektlari uchun elektron xizmatlarning mavjudligi va sifati,
ma’muriy jarayonlarning shaffofligi, ma’lumotlarning ochiq va erkin olinish imkoniyatlari,
kiberxavfsizlik darajasi va raqamli savodxonlik ko‘rsatkichlari haqida asoslab berilgan.
KALIT SO’ZLAR
Elektron hukumat, raqamlashtirish, davlat boshqaruvi, raqamli savodxonlik, IKT.
Zamonaviy dunyoda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va fuqarolar bilan
muloqotni takomillashtirish maqsadida elektron hukumat tizimlarining joriy etilishi muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Elektron hukumat konsepsiyasi davlat xizmatlarini raqamlashtirish,
ma’muriy jarayonlarni avtomatlashtirish va shaffoflikni ta’minlash orqali boshqaruv tizimini
modernizatsiya qilishga qaratilgan strategik yondashuvdir. O‘zbekiston Respublikasi ham bu
global tendensiyalar doirasida o‘z elektron hukumat tizimini rivojlantirish bo‘yicha keng
ko‘lamli islohotlar amalga oshirmoqda. Mamlakatda 2017-yildan boshlab amalga
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar davri elektron hukumat sohasida ham muhim
o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Davlat xizmatlarini raqamlashtirish, “yagona darcha” prinsipini
joriy etish, elektron hujjat aylanishini tashkil etish va fuqarolar uchun qulay elektron
platformalar yaratish kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan choralar mamlakat elektron
hukumat rivojlanish darajasining xalqaro reytinglarda aks etishiga olib keldi. Xalqaro
tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda amalga oshiriladigan baholash jarayonlari
O‘zbekiston elektron hukumat tizimining rivojlanish sur’atlarini va erishilgan yutuqlarni
obyektiv ko‘rsatib bermoqda.
O‘zbekiston elektron hukumat tizimini bir nechta nufuzli xalqaro tashkilotlar muntazam
ravishda baholaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘zining Elektron Hukumat Rivojlanish
Indeksi orqali mamlakatlarning raqamli boshqaruv tizimlarini baholaydi. Bu indeks onlayn
xizmatlar subindeksi, telekommunikatsiya infratuzilmasi subindeksi va inson kapitali
subindeksidan tashkil topadi. Jahon Banki o‘zining “Raqamli hukumat barometr” loyihasi
doirasida mamlakatlarning raqamli transformatsiya jarayonlarini baholaydi va raqamli
identifikatsiya, raqamli to‘lovlar hamda raqamli platformalar kabi yo‘nalishlarda tahlillar olib
boradi. Jahon Iqtisodiy Forumi o‘zining “Global Raqobatbardoshlik Hisoboti”da raqamli
infratuzilma
va
texnologiyalardan
foydalanish
darajasini
baholaydi.
Xalqaro
Telekommunikatsiya Ittifoqi (ITU) mamlakatlarning IKT rivojlanish indeksini tayyorlaydi va bu
indeks elektron hukumat rivojlanishining muhim komponentlarini o‘z ichiga oladi. OECD
`
155
tashkiloti ham o‘zining “Raqamli hukumat ko‘rsatkichlari” orqali a’zo bo‘lmagan mamlakatlar,
jumladan O‘zbekistonni ham baholaydi. Ushbu tashkilotlarning baholash mezonlari orasida
davlat xizmatlarining raqamlashtirish darajasi, fuqarolar va biznes subyektlari uchun elektron
xizmatlarning mavjudligi va sifati, ma’muriy jarayonlarning shaffofligi, ma’lumotlarning ochiq
va erkin olinishi imkoniyatlari, kiberxavfsizlik darajasi va raqamli savodxonlik ko‘rsatkichlari
mavjud.
O‘zbekistonning davlat xizmatlarini raqamlashtirish sohasidagi yutuqlari bir qator
xalqaro reytinglarda ijobiy o‘zgarishlar shaklida o‘z aksini topgan. “my.gov.uz” yagona davlat
xizmatlar portali orqali 400 dan ortiq elektron xizmat ko‘rsatilayotgani BMT Elektron Hukumat
Indeksida mamlakatning onlayn xizmatlar bo‘yicha reytingini sezilarli darajada yaxshilashga
olib keldi.
BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (E-Government Development Index)
mamlakatlarning elektron hukumatni qurish va raqamlashtirishdagi yutuq va kamchiliklarini
aks ettiruvchi o‘ziga xos ko‘zgu sanaladi. Yangi e’lon qilingan reytingda (UN E-Government
Survey 2022) an’anaviy yetakchilar deyarli o‘zgarmadi: Daniya, Finlyandiya, Janubiy Koreya
bosh uchlikda. Ahamiyatli jihati, har ikki yilda yangila-nadigan ushbu reytingda O‘zbekiston bir
yo‘la 18 pog‘ona yuqorilab, jahon mamlakatlari orasida 69-o‘rinni egalladi. Bu mamlakatning
elektron hukumatni qurish tarixidagi shu paytgacha e’tirof etilgan eng yaxshi natijasi.
Solishtirish uchun: 2012 yilda mamlakat 91-o‘rinda (indeks 0,5099), 2014 yilda 100-o‘rin da
(0,4695), 2016 yilda 80-o‘rinda (0,5434), 2018 yilda 81-o‘rinda (0,6207), 2020 yilda 87-o‘rinda
(0,6665) bo‘lgan. Shunisi e’tiborga molikki, o‘tgan yillar davomida, garchi O‘zbekistonning
elektron hukumatni rivojlantirish indeksi tinmay o‘sib, ya’ni yaxshilanib borsa-da, reytingdagi
o‘rni pasayishda davom etgan. Bu bizdan o‘zib ketgan mamlakatlar-da o‘sish sur’ati nisbatan
yuqoriroqligi bilan izohlanadi. 2022-yilgi reytingda mamlakatimiz “katta sakrash”dan tashqari,
indeks ko‘rsatkichla rini ham yaxshilab olganiga guvoh bo‘lamiz
1
. Ma’lumot uchun: BMTning
Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi uch asosiy ustunga qu rilgan: OSI (Online Service
Index)- Onlayn xizmat larni rivojlantirish indeksi; Til (Telecommunications Infrastructure
index) Telekommunikasiya infratuzilmasi indeksi, HCI (Human Capital Index) Inson kapitali
indeksi. O‘zbekistonning 2022 yildagi subindekslari quyidagicha. Onlayn xizmatlarni
rivojlantirish 0,7440 Inson kapitali 0,7778: Telekommunikasiya infratuzilmasi 0,6575.
Shuningdek, O‘zbekiston Jahon bankining “GovTech” reytingida hukumat va davlat xizmat lari
sektori bo‘yicha 37 pog‘onaga (198 mamlakat ichida 43-o‘rin), raqamli ko‘nikmalar va davlat
xizmatlaridagi innovasiyalar bo‘yicha esa 65 pogo-na yuqoriladi (4-o‘rinni egalladi). “Open data
Inception”ning 2022 yilgi tahliliga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoning 201 ta mamlakatlari orasida
ochiq ma’lumotlar manbalari va ular soni bo‘yicha 4-o‘ringa chiqdi (124 ta ochiq ma’lu motlar
manbalari bilan). My.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmat lari portali Statistik ma’lumotlarga
ko‘ra, hozirgi kunda dunyo aholisining 60 foizdan ko‘prog‘i internet Boshqa mamlakatpar
qatori O‘zbekistonda ham raqamli texnologiyalar va elektron hukumatni rivojlantirish, bu
orqali fuqarolarga qo‘shimcha. qulayliklar yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ochiqlik va shaffoflik asosida xalqni siyosiy jarayonlar va davlat boshqaruviga jalb etish,
shuningdek, aholiga davlat xizmatla rini taqdim etish ko‘lami o‘sib bormokda. Jumladan, 2022
1
UN E-Government Survey, report New York, 2022
`
156
yilda Yagona interaktiv dav pat xizmatlari portalida (YaIDXP, my.gov.uz) 70 dan ziyod yangi
xizmatlar ishga tushirilib, hozirgi kunda ular soni 400 tadan oshirildi (2021 yil da 305 ta edi).
Bu xizmatlardan o‘tgan yili 12 mln aholi foydalandi (2021 yilda 9 mln bo‘lgan) Shulardan 240
ta xizmatdan bepul foydalanish imkoniyati mavjud. Pulli xizmatlardan my.gov.uz orqali
foydalanilganda 10 foiz chegirma belgilangan. YaIDXP foydalanuvchilari soni 2022 yil av valiga
nisbatan 2,9 baravar, ya’ni qariyb 3 mlnga ortib, 4 mlndan oshdi (2021 yilda 1,1 mln).
Foydalanuvchilar gender statistikasida erkaklar - 57.93 foizni, ayollar 42,07 foizni tashkil etgan.
Yosh bo‘yicha eng ko‘p foydalanuvchilar 25-34 yoshlarga to‘g‘ri keladi (33,4%). My.gov.uz ning
mobil ilovasida ham o‘tgan yil da 50 turdagi yangi onlayn xizmatlar joriy qilinib, umumiy son
165 taga yetkazildi. 38 turdagi xizmatlardan foydalanishda elektron raqamli imzo bilan
tasdiqlash talabi bekor qilindi. YaIDXP xizmatlaridan onlayn foydalanish ortidan birgina 2022
yilda aholining 36 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘i iqtisod qilinishiga erishildi.
2024-yilda O‘zbekiston elektron hukumat va raqamli infratuzilma yo‘nalishida sezilarli
natijalarga erishdi. Xalqaro reytinglar shuni ko‘rsatmoqdaki, mamlakatimiz bu borada
barqaror rivojlanib bormoqda.
Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi – 0.79990 ball bilan O‘zbekiston dunyoda 63-
o‘rinni egallagan
2
. Bu ko‘rsatkich davlat xizmatlarining raqamlashtirilayotgani va fuqarolar
uchun qulayliklar yaratilayotganini bildiradi.
Elektron ishtirok indeksi – 0.6986 ball bilan dunyoda 53-o‘rin
3
. Bu shuni anglatadiki,
fuqarolar davlat boshqaruvida, ayniqsa onlayn platformalarda faolroq ishtirok etmoqda. Ya’ni,
jamoatchilik fikrini inobatga olish darajasi oshib bormoqda.
Onlayn xizmatlar indeksi – 0.7648 ball, 63-o‘rin
4
. Davlat xizmatlarining Internet orqali
taqdim etilishi tobora rivojlanmoqda. Bu esa odamlarning qog‘ozbozlikdan holi, tezkor va ochiq
xizmatlardan foydalanishiga imkon beradi.
Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi – 0.8769 ball
5
. Bu juda yuqori ko‘rsatkich
sanaladi. Demak, mamlakatimizda Internet va raqamli aloqa infratuzilmasi jahon standartlariga
yaqinlashib bormoqda.
Inson kapitali indeksi – 0.7580 ball
6
. Bu esa ta’lim, sog‘liqni saqlash va umuman, aholining
bilim va salohiyat darajasi tobora yuksalayotganidan darak beradi. O‘zbekiston bugungi kunda
raqamli transformatsiya yo‘lida izchil qadamlar qo‘ymoqda. Yuqoridagi indekslar mamlakatda
elektron xizmatlar, infratuzilma va inson salohiyatiga jiddiy e’tibor berilayotganini ko‘rsatadi.
Agar shu sur’atda davom etilsa, yaqin yillarda O‘zbekiston bu yo‘nalishlarda yanada yuqori
pog‘onalarga ko‘tarilishi mumkin.
2
UN E-Government Knowledgebase, 2024 manba: https://publicadministration.un.org/egovkb/en-us/Data/Country-
3
UN E-Government Knowledgebase, 2024 manba: https://publicadministration.un.org/egovkb/en-us/Data/Country-
4
UN E-Government Knowledgebase, 2024 manba: https://publicadministration.un.org/egovkb/en-us/Data/Country-
5
UN E-Government Knowledgebase, 2024 manba: https://publicadministration.un.org/egovkb/en-us/Data/Country-
6
UN E-Government Knowledgebase, 2024 manba: https://publicadministration.un.org/egovkb/en-us/Data/Country-
`
157
2024-yilgi Hukumat AIga tayyorlik indeksida
7
O‘zbekiston 53,45 ball to‘plagan holda 188
davlat orasida 70-o‘rinni egalladi.Bu natija uni Markaziy Osiyodagi eng yuqori reytingdagi
davlatga aylantiradi.Kengroq Janubiy va Markaziy Osiyo mintaqasida O‘zbekiston Hindiston va
Turkiyadan keyin uchinchi o‘rinda turadi
8
. O‘zbekistonning 2024-yildagi mavqei o‘tgan yillarga
nisbatan sezilarli yaxshilanishdir. 2020-yilda mamlakat 37,17 ball bilan dunyoda 95-o‘rinni
egalladi.2023-yilda u 43,79 ball bilan 87-o‘ringa ko‘tarildi.Shunday qilib, 2020-yildan buyon
O‘zbekiston 25 pog‘onaga, 2023-yildan 2024-yilgacha esa 17 pog‘onaga ko‘tarildi.Ushbu izchil
yuksalish sur'ati va bir yil ichida 17 pozitsiyaga sezilarli sakrash so‘nggi siyosat tashabbuslari
va hukumatning sun’iy intellektga yo‘naltirilgan sarmoyalari aniq va o‘lchanadigan natijalar
berayotganidan dalolat beradi. Bu O‘zbekiston sun’iy intellektning global tendensiyalariga
shunchaki munosabatda bo‘lmay, balki o‘zining raqamli kelajagini faol shakllantirayotganini,
o‘zini global sun’iy intellekt landshaftida dinamik o‘yinchi sifatida ko‘rsatayotganini
ko‘rsatadigan samarali amalga oshirish va strategik bashoratga ishora qiladi.
9
2024-yilgi “SI hukumatga tayyorlik indeksi” bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari ichida
O‘zbekiston eng yuqori o‘rinni – 70-pog‘onani egallagan. Bu O‘zbekistonning sun’iy intellekt
sohasidagi davlat siyosatiga tayyorligi va raqamli infratuzilmasi nisbatan rivojlanganini
ko‘rsatadi. Undan keyingi o‘rinda Qozog‘iston (76-o‘rin) turibdi, bu ham mintaqada
raqobatbardosh SI siyosat yuritayotgan davlat ekanini anglatadi. Tojikiston (131-o‘rin),
Qirg‘iziston (134-o‘rin) va ayniqsa Turkmaniston (153-o‘rin) esa bu borada sezilarli orqada
qolmoqda. Bu farqlar hukumatlar tomonidan SIni rivojlantirishga berilayotgan e’tibor,
infratuzilma va kadrlar salohiyatidagi tafovutlar bilan izohlanadi. Mintaqaviy kontekstda
O‘zbekiston yetakchi pozitsiyani egallagan bo‘lsa-da, global raqobatda hali ko‘p ishlar qilish
kerak. Shu reyting O‘zbekiston uchun SI sohasida yanada faol siyosat yuritish, qonunchilik va
texnologik rivojlanishni chuqurlashtirish zarurligini ko‘rsatadi
10
.
Jahon bankining GovTech Yetuklik Indeksi (GTMI) davlat boshqaruvini raqamli
o‘zgartirishning asosiy jihatlarini to‘rtta asosiy yo‘nalish bo‘yicha baholaydi: asosiy davlat
tizimlarini qo‘llab-quvvatlash, xizmatlar ko‘rsatishni yaxshilash, fuqarolarni jalb qilish va
GovTech uchun qulay muhitni rivojlantirish.Indeksda ichki va tashqi ko‘rsatkichlar, jumladan,
BMTning elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (EGDI) va ITU Global kiberxavfsizlik indeksi
(GCI) komponentlaridan foydalaniladi. 2022-yilda O‘zbekiston GTMI hisobotida GovTech
yetakchilari (A guruhi) qatoridan joy oldi.Bu shuni anglatadiki, mamlakat GovTech
tashabbuslariga jiddiy e’tibor qaratayotgan va davlat boshqaruvini raqamli o‘zgartirishda
yuqori darajadagi etuklikni namoyish etayotgan davlatlar qatoriga kiradi
11
.
Ookla Global Speedtest Index millionlab foydalanuvchilar testlari asosida har oy butun
dunyo boʻylab internet tezligi maʼlumotlarini taqqoslaydi.U aniq mahalliy o‘lchovlarni
ta’minlash uchun keng server infratuzilmasidan foydalangan holda ma'lum bir joy uchun odatiy
internet ishlashini ko‘rsatish uchun individual tajribalarni jamlaydi. Ookla Speedtest global
indeksi 2025-yilgi mobil internet tezligi bo‘yicha 72-o‘rinda, keng polosali tarmoqda esa 76-
7
Artificial Intelligence Index Report, 2024
8
9
Government AI Readiness Index 2024
10
Artificial Intelligence Index Report, 2024
11
GovTech Maturity Index (GTMI), 2022 manba: https://www.worldbank.org/en/programs/govtech/gtmi-Intro
`
158
o‘rinni egallagan
12
. O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha ajoyib natijalarga erishdi. Mobil
internetni yuklab olish tezligi 2020-yil mayidagi 11,20 Mbit/s dan 2025-yilning aprelida 112,51
Mbit/s gacha ko‘tarildi.Ruxsat etilgan keng polosali ulanish tezligi ham xuddi shu davrda 26,48
Mbit/s dan 166,45 Mbit/s gacha sezilarli darajada oshdi.Bu o‘sish tendensiyasi global
reytinglarda o‘z aksini topdi: mobil internet 2020-yildagi 133-o‘rindan 2025-yilda 62-o‘ringa
ko‘tarildi.Internetning umumiy kirib borishi barqaror o‘sib bordi va 2023 yilga kelib aholining
89 foizini tashkil etadi.2023 yilda maishiy internetning kirib borishi 96,2 foizga yetdi.2022
yildan beri mobil keng polosali ulanish 100% dan oshdi.
AKTni rivojlantirish indeksida esa 2023-yil 75-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2024-yilda shu
ko‘rsatkich saqlab qolingan.
13
The Economist Intelligence Unit tomonidan har yili ishlab chiqariladigan va Facebook
tomonidan buyurtma qilingan Inklyuziv Internet Index mamlakatlarni to‘rtta asosiy toifa
bo‘yicha saralaydi. 2020-yilgi Inklyuziv Internet Indexda O‘zbekiston umumiy 59,50 ball bilan
100 mamlakat ichida 69-o‘rinni egalladi
14
.
O‘zbekiston 2023-yilda 134 ta iqtisod orasida 82-o‘rindan ko‘tarilib, Tarmoqqa
tayyorgarlik indeksi reytingida barqaror o‘sish tendensiyasini ko‘rsatdi.2024 yilda 133 ta
iqtisod orasida 81-oʻringa koʻtarildi.Uning balli ham 2023-yildagi 43,94dan 2024-yilda 44,87
gacha ko‘tarildi.Bu umumiy raqamli rivojlanish va tayyorlikning barqaror, kamtarona bo‘lsa-da
yaxshilanishini ko‘rsatadi
15
.
O‘zbekistonda elektron hukumat rivojlanishining xalqaro reytinglardagi o‘rni va tahliliy
ko‘rsatkichlarini o‘rganish natijasida mamlakat raqamli transformatsiya sohasida erishgan
muhim yutuqlari yaqqol namoyon bo‘ldi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Elektron Hukumat
Rivojlanish Indeksida O‘zbekistonning 87-o‘rindan 69-o‘ringacha ko‘tarilishi va boshqa xalqaro
reytinglardagi ijobiy dinamika mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli
raqamlashtirish siyosatining samaradorligini tasdiqlaydi. “my.gov.uz” davlat xizmatlar portali
orqali 400 dan ortiq elektron xizmat ko‘rsatilishi, mobil ilovalar orqali davlat xizmatlaridan
foydalanish imkoniyatlarining kengayishi va 15 milliondan ortiq foydalanuvchining
platformaga ro‘yxatdan o‘tishi mamlakatning raqamli boshqaruv tizimidagi yuqori sur'atli
o‘sishni ko‘rsatadi. Elektron hukumat tizimining shaffoflik va ochiqlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha
erishilgan natijalar, ayniqsa Transparency International reytingida 45 pozitsiyalik
yaxshilanish, davlat boshqaruvida axborot ochiqligini ta’minlash yo‘lidagi muvaffaqiyatli
qadamlarni aks ettiradi. Raqamli imzo va elektron hujjat aylanishi tizimining joriy etilishi, 500
mingdan ortiq raqamli imzo sertifikatining berilishi va davlat organlarida hujjat aylanishining
90% gacha elektron formatda amalga oshirilishi zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini
muvaffaqiyatli o‘zlashtirishdan dalolat beradi. Tadqiqot davomida aniqlangan ba'zi
kamchiliklar ham mavjud bo‘lib, telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish,
12
Speedtest Global Index, 2025 manba: https://www.speedtest.net/global-index/uzbekistan
13
ICT Development Index, by Country 2025 manba: https://worldpopulationreview.com/country-rankings/ict-
14
Inclusive Internet Index, 2020 manba:https://composite-indicators.jrc.ec.europa.eu/explorer/indices/3i-
index/inclusive-internet-index
15
The Network Readiness Index (NRI), 2023
manba:https://download.networkreadinessindex.org/reports/countries/2023/uzbekistan.pdf
`
159
ba'zi kategoriadagi ma’lumotlarning ochiqligini oshirish, turli tizimlar o‘rtasidagi integratsiyani
takomillashtirish va kiberxavfsizlik choralarini mustahkamlash zaruriyati mavjudligi aniqlandi.
2020-yildan 2025-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonning turli xalqaro indekslar
boʻyicha koʻrsatkichlari tahlili deyarli barcha koʻrsatkichlar, jumladan, GovTech, ochiq
maʼlumotlar, elektron hukumat, sunʼiy intellektga tayyorlik, internet tezligi va penetratsiya
boʻyicha yaxshilanishning izchil va aniq tendensiyasini koʻrsatadi. Bu salmoqli muvaffaqiyat
ko‘p jihatdan kuchli siyosiy iroda va hukumatning strategik tashabbuslari, xususan, “Raqamli
O‘zbekiston 2030” strategiyasi tufaylidir.Strategiya AI strategiyalarini rasmiylashtirdi, IT-
parklarga sarmoya kiritdi va telekommunikatsiya infratuzilmasini yangiladi. Natijada
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda bir qancha raqamli sohalar, jumladan sun’iy intellektga tayyorlik
va ochiq ma’lumotlar bo‘yicha yaqqol yetakchiga aylandi. Kelajakda O‘zbekiston elektron
hukumat tizimining rivojlanishi uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, blokchejn
tizimlaridan foydalanish, Internetga ulanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va raqamli
savodxonlik darajasini oshirish muhim yo‘nalishlar hisoblanadi. Xalqaro tajribalardan
foydalanish va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish orqali O‘zbekiston o‘zining elektron
hukumat tizimini yanada takomillashtirish va global reytinglarda yuqoriroq o‘rinlarni egallash
imkoniyatiga ega. Umumiy holda, O‘zbekiston elektron hukumat rivojlanishi sohasida erishgan
yutuqlar mamlakatning zamonaviy raqamli davlat sari yo‘lda muhim qadamlar qo‘yganligini va
bu jarayon kelajakda ham izchil davom ettirilishi zarurligini ko‘rsatadi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston elektron hukumat sohasida sezilarli yutuqlarga erishdi. Bu
faqat texnologik taraqqiyot emas, balki davlat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar sifat
jihatidan o‘zgarganidan dalolatdir. Elektron hukumat – bu davlat xizmatlarini tezkor, shaffof va
adolatli taqdim etish yo‘lidagi bosqich, u orqali davlat boshqaruvi aholiga yaqinlashmoqda,
uning ehtiyojlarini inobatga olmoqda.
My.gov.uz portali, raqamli xizmatlarning kengayishi, elektron imzo, mobil ilovalar orqali
xizmatlar ko‘lamining ortishi – bularning barchasi jamiyatning davlatga bo‘lgan ishonchini
oshirishga xizmat qilmoqda. Bugun millionlab fuqarolar bu xizmatlardan foydalanmoqda va bu
orqali davlat xizmatlarining ochiqligi, qulayligi va ishonchliligi ortmoqda. Statistik
ko‘rsatkichlardan ko‘ra muhimrog‘i – oddiy fuqarolarning hayotida sezilayotgan qulayliklardir.
BMT, Jahon banki, ITU, OECD kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan O‘zbekistonning
reytinglarda yuqorilashi mamlakatdagi raqamli transformatsiyaning jahon miqyosida e’tirof
etilayotganini ko‘rsatadi. Masalan, BMTning EGDI indeksida 87-o‘rindan 63-o‘ringa ko‘tarilish
yoki sun’iy intellektga tayyorlik bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi bo‘lishi – bu raqamli
siyosatning tizimli yondashuv bilan olib borilayotganidan dalolatdir.
Ayniqsa, ochiq ma’lumotlar bo‘yicha yuksalish, raqamli imzo tizimining keng joriy etilishi,
hujjat aylanishining 90% dan ortig‘i elektron formatda amalga oshirilayotgani – bular ham
davlatda zamonaviy boshqaruv tamoyillari amalda qo‘llanilayotganini bildiradi. Shuningdek,
internet tezligi, mobil aloqa sifati, keng polosali tarmoqning rivojlanishi fuqarolarning raqamli
xizmatlardan keng foydalanishiga asos yaratmoqda.
Raqamli hukumat nafaqat xizmat ko‘rsatadi, balki fuqaroni qarorlar qabul qilish
jarayonlariga jalb qiladi. Elektron ishtirok indeksining o‘sib borayotgani jamiyatdagi faollik va
davlatning bunga ochiqligini anglatadi. Endi aholining fikri, taklifi va ishtiroki davlat
siyosatining ajralmas qismiga aylanmoqda.
`
160
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
UN E-Government Survey, report New York, 2022
2.
UN
E-Government
Knowledgebase,
2024
manba:
https://publicadministration.un.org/egovkb/en-us/Data/Country-Information/id/186-
Uzbekistan
3.
Artificial Intelligence Index Report, 2024
https://infocom.uz/en/news/ozbekiston-global-suniy-intellektga-tayyorgarlik-
indeksida-17-pogona-yuqoriladi
5.
Government AI Readiness Index 2024
6.
Artificial Intelligence Index Report, 2024
7.
GovTech
Maturity
Index
(GTMI),
2022
manba:
https://www.worldbank.org/en/programs/govtech/gtmi-Intro
8.
Speedtest
Global
Index,
2025
manba:
https://www.speedtest.net/global-
ICT
Development
Index,
by
Country
2025
manba:
https://worldpopulationreview.com/country-rankings/ict-development-index-by-country
10.
[Inclusive
Internet
Index,
2020
indicators.jrc.ec.europa.eu/explorer/indices/3i-index/inclusive-internet-index
11.
The
Network
Readiness
Index
(NRI),
2023
manba:https://download.networkreadinessindex.org/reports/countries/2023/uzbekistan.p
df