Авторы

  • Surayyo Ibadullayeva
    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universiteti Ijtimoiy iqtisodiy fanlar fakulteti Tarix yo`nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.117251

Ключевые слова:

Alovuddin Muhammad Turkon xotun Jaloliddin Manguberdi Chingizxon Parvon jangi Sind.

Аннотация

Ushbu maqolada Anushteginiylar sulolasidan bo`lgan so`nggi Xorazmshoh sulton Jaloliddin Manguberdining taxtga kelishi, ko`chmanchi va yovuz mo`g`ul qo`shiniga qarshi kurashlari yoritiladi. Shuningdek uning sarkardalar bilan aloqalari, kelishmovchiliklar, mo`gular bilan  bo`lgan yirik janglari bilan tanishib o`tamiz.


background image

`

110

JALOLIDDIN MANGUBERDI – MOHIR SARKARDA

Ibadullayeva Surayyo Azimboy qizi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universiteti

Ijtimoiy iqtisodiy fanlar fakulteti Tarix yo`nalishi talabasi

Tel: +998333730122

E-mail: surayyoibadullayeva8@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15811373

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Anushteginiylar sulolasidan bo`lgan so`nggi Xorazmshoh

sulton Jaloliddin Manguberdining taxtga kelishi, ko`chmanchi va yovuz mo`g`ul qo`shiniga
qarshi kurashlari yoritiladi. Shuningdek uning sarkardalar bilan aloqalari, kelishmovchiliklar,
mo`gular bilan bo`lgan yirik janglari bilan tanishib o`tamiz.

Kalit so`zlar:

Alovuddin Muhammad, Turkon xotun, Jaloliddin Manguberdi, Chingizxon,

Parvon jangi, Sind.

Аннотация:

В этой статье рассматривается восшествие на престол последнего

хорезмшахского султана Джалалуддина Мангуберди из династии Ануштегинидов, его
борьба с кочевой и злой монгольской армией. Мы также познакомимся с его
отношениями с командирами, разногласиями и крупными сражениями с монголами.

Ключевые слова:

Аловуддин Мухаммад, Туркон Хотун, Джалалуддин

Мангуберди, Чингисхан, Парванская битва, Синд.

Abstract:

This article covers the accession to the throne of the last Khorezmshah Sultan

Jalaluddin Manguberdi from the Anushteginid dynasty, his struggles against the nomadic and
evil Mongol army. We will also get acquainted with his relations with the commanders,
disagreements, and major battles with the Mongols.

Keywords:

Alovuddin Muhammad, Turkon Khotun, Jalaluddin Manguberdi, Genghis

Khan, Parvan Battle, Sindh.

Sulton Jaloliddin Manguberdi tarix sahnasida o`chmas iz qoldirgan hukmdorlardan biri

hisoblanadi. Xorazm hukmdorlari tarixdan Xorazmshohlar nomi bilan mashxur bo`lganlar.
Shu qatorda Sulton Jaloliddin Manguberdi ham Anushteginiylar (1097-1231) sulolasining
so`ngi hukmdori sifatida Xorazmshoh unvonida davlatni boshqaradi. Uning davrida
Xorazmshohlar davlati chuqur inqirozda bo`lib, Chingizxon hujumlari avj olgan edi.

Xorazmshoh sulton Alovuddin Muhammad (1200-1220) avvaldan taxt vorisi qilib

Qutbiddin O`zlog`shohni tayinlagan edi. Bu Turkon xotun va uning atrofidagilarni orzu-
istaklari ifodasi sifatida amalga oshgan. Lekin sulton kasalligi kuchaygani sababli hamda onasi
Turkon xotunning asirlikka tushganini eshtgach Jaloliddin hamda uning ukalari O`zlog`shoh
va Oqshohni yoniga chaqirib shunday deydi: ”Mamlakatda hukmdorlik ishlari uzildi, davlat
asoslari kuchsizlandi va yemirildi. Bu dushmanning asl maqsadlari nima ekanligi ayon bo`ldi:
uning tirnoqlari va tishlari mamlakat badaniga qattiq botdi. Men uchun ulardan qasosni faqat
o`glim Manguberdi olishi mumkin. Shu uchun, mana, uni taxtim vorisi qilib tayinlamoqdaman.
Sizlar ikkalangiz esa unga bo`ysunishlaringiz va amriga quloq osishlaringiz kerak’’ deydi va
qilichini Jaloliddinga topshiradi. O`zi esa bir necha kundan keyin vafot etadi. [5. – B.112.].

Bu paytda Gurganchni har tomondan dushman o`rab olgan edi. Jaloliddin esa ikki

ukasini olib Xorazmga yetib keladi. Ular bilan birga yetmishga yaqin otliq lashkarlar bor edi.
Xorazmga yaqinlashganida xorazmliklar ularni otlar, qurol-yarog`lar, tug`lar bilan kutib
oldilar [5. – B.113.]. Ularning kelishi go`yoki barcha chalkashliklarga barxam berdi. Aholi


background image

`

111

ularni kelishidan quvondilar. Shunday bo`lsa ham ba`zi qavmlar Jaloliddinga bo`ysunishni
hohlamadi. Jaloliddin esa ular bilan uchrashishdan tashvishga tushar edi.

Iroq tomonda mo`g`ul xabarini eshitdi. Yolog` degan kishini Xorazm dashtiga inilari

O`zloq sulton, Go`rxon, Xumortegin va Temur mulki sohibi O`g`ul huzuriga jo`natdi. U yerda
to`son ming qattol jangchi turardi. O`zi Niso yo`li bilan Shodimog` sari yo`naldi. Ustivorga
yetgach, bir to`da mo`g`ul lashkariga duchor bo`ldi. Shom tushguncha jang qildilar. Qorong`u
tun charx uzra etagini tortganda Sulton Jaloliddin shoshilinch ravishda Shodimog` tomonga
jo`nadi [3. – B.176.]. Sulton Jaloliddin Shodimog`ga yetgandan keyin uch kun shu yerda turib
qoldi. Bu yerda qurol aslahasini hozirlash bilan band bo`ldi. Bu yerdan keyin Parvon yo`li
orqali otasi unga bag`ishlagan G`azna tomonga yo`l oladi. Jaloliddin G`aznaga yetib borganidan
keyin otasi sulton Muhammad Xorazmshohning tarqalib ketgan qo`shini uning atrofida
yig`iladi. Mirzo Ulug`bek o`zining ,,To`rt ulus tarixi” asarida shunday deydi: ,,Har tomondan
lashkar uning atrofiga kelib to`plandiki, uningdek mextar Eronda yo`q edi” [3. – B.177.]. Hirot
maliki ham Tulining hujumidan yengilganligi sababli o`z qavmi g`uriylar bilan birga sulton
Jaloliddinga kelib qo`shiladilar.

Xorazmshoh sulton Jaloliddin yurtini vayron qilgan, xalqini qonga botirgan hamda

janglarda halok bo`lgan ukalari Rukniddin, O`zlog`shoh, Oqshoh uchun Chingizxondan
shafqatsiz o`ch olish uchun ahd qilgan edi. Niso shahrida bo`lgan jangda Jaloliddinning uch
yuz kishilik lashkarini yetti yuz mo`g`ul qurshab oladi. Xorazmshohning lashkari bu jangda
mo`g`ullarni tor mor qiladi. Ushbu birinchi g`alabadan so`ng, Jaloliddinga uning amakisi Amin
al-Mulk o`n minglik askari bilan kelib qo`shildi [4. – B.23.].

Sulton Jaloliddin g`alabalari uning atrofiga vatanparvar kuchlarni birlashtira boshladi.

Xalaj qabilasi boshlig`i Sayfuddin Ig`roq, Balx hokimi A`zam malik, afg`on ko`ngillilari sardori
Muzaffar malik, qarluqlar yetakchisi Xasan Qarluq minglab lashkari bilan Jaloliddin qo`shiniga
kelib qo`shildilar [4. – B.24.].

Ushbu yig`ilgan qo`shinga Sulton Jaloliddin boshchilik qilar edi. Mo`g`ullarning qirq besh

ming lashkardan ortiq qo`shini Jaloliddinning qoshini bilan Panjsher vodiysidagi Parvon
dashtida to`qnashadi. Mo`g`ul askarlarini tajribali sarkarda Shiki Xutuxu no`yon boshqarar
edi. Jaloliddin qo`shinining o`ng qanotida Temur Malik, chap qanotida Sayfuddin Ig`roq, o`zi
esa markaziy qismiga esa o`zi boshchilik qiladi. Bu jangda ham Jaloliddin g`alaba qozonadi va
mo`gul lashkarboshisini qochishga majbur qiladi. O`ziga munosib raqib va xavfli dushmanni
ko`rgan Chingizxon keyingi jangda juda katta lashkar bilan yurish boshladi. Bu vaqtda esa
Jaloliddinning lashkarboshilari o`lja talashib o`zaro urishib ketishadi. Xorazmshoh esa ularni
murosaga keltira olmaydi. Qarluqlar, afg`onlar, xalajlar sardorlari Jaloliddin qo`shinlarini tark
etadi. Hindistonda Sind daryosi qirg`og`ida Chingizxon va Jaloliddin qo`shinlari yana to`qnash
keladi. 1221-yil 25-noyabr kuni ikki o`rtada shiddatli jang boshlanadi. Urushning uchinchi
kunida Jaloliddin tomonida 700 lashkar qoladi. Shunday bo`lsa ham u jangni davom ettiradi.
Uni jasoratidan hayratga tushgan Chingizxon shunday deydi: - Bunday o`g`ilga ota bo`lmoq
baxt. Bunday o`g`li bor otaning armoni bo`lmaydi. Sultonga o`q otmanglar, uni biror – bir xiyla
bilan tiriklayin tutinglar [4. – B.25.].

Jaloliddin daryo tomonga ot choptirib boradi. Oldidan uning onasi, xotini, kanizaklari

yugurib chiqadi. Ular sultondan o`zlarini dushman qo`lida tirik qoldirmasda, o`ldirib ketishini
yolvorishadi. Bunga chiday olmagan Jaloliddin askarlariga daryoni imo qiladi. Askarlari uni


background image

`

112

so`zsiz tushunib hukmdorni oilasini hamda o`zlarini daryoga tashlashdi. Jaloliddinning o`zi
ham otda daryoga sakraydi. Narigi qirg`oqqa o`tib oladi. Chingizxon Jaloliddinga qarshi o`q
uzdirmaydi, – agar shunday o`g`lim bo`lganda edi deb aytadi. Bungacha chingizxon hech bir
hukmdor yoki sarkardaga tan bermagan va o`ziga munosib raqib ko`rmagan edi. Sind daryosi
bo`yidagi jang eng halokatli janglardan biri sifatida tarixda qoldi. Jaloliddin Sind daryosidan
kechib o`tganidan so`ng qolgan-qutgan jangchilarini to`plab, Shimoliy Hindiston hududida bir
qancha davlatlar hukmdorlari bilan munosabat o`rnatishga harakat qildi. Uning ayanchli
ahvolidan Jud tog`larida joylashgan Shatra viloyati podshohi foydalanmoqchi bo`ldi. Ming
otliq va besh ming piyoda askari bilan Jaloliddinga hujum qildi. Bu jangda Jaloliddin va uni
askarlari g`olib boladi, hindlarning askarlari tarqatib yuboriladi. Bu g`alabadan keyin sultonni
birinchi bo`lib Sind, Uchcha, Mo`lton, Lohur va Peshovar hokimlari tan oldi.

Birozdan so`ng, Jaloliddinning ukasi Pirshoxni tashlab ketgan amirlari Sanjaqonxon,

Elchi Pahlavon, O`rxon, Sayirja va Tekchoroq xonkishilar ham o`z askarlari bilan kelib unga
qo`shildilar [2. – B.201.]. Jaloliddin har tomondan madad olganidan so`ng o`z qo`shinlarini
Qubachaning mulklari tomon surdi. Uzoq davom etgan qamaldan so`ng bir necha shahar,
Parasravor va Tarnuj qal`alarini qo`lga kiritdi. Mulklaridan ayrilgan Qubacha Shimoliy
Hindiston hokimi sulton Shamsiddin Eltutmish al-Mu`izziydan yordam oladi va yana
urishishga qaror qiladi. Biroq yengiladi. Bu orada Shamsiddin Eltutmish tomonidan ham
hujum bo`ladi. Eltutmish 30 ming otliq, 100 ming piyoda, 300 ta fil bilan unga qarshi chiqadi,
ammo tez orada Jaloliddinga xayrihox ekanligini bildirib, harakatni to`xtatadi. Jaloliddin
Hindistondaligida o`z nomidan kumush tangalar zarb etadi, barcha mahalliy mulklarda uning
nomiga xutba o`qiladi.Biroq shimoliy Hindiston hokimlarini kelgindi sultonga bog`liqlik
qanooatlantirmasdi. Eltutmish, Qubacha va boshqa hokimlar – rojalar, lashkarboshilar va
o`lkalarning noiblari Jaloliddindan qutilish haqida kelishib oldilar [2. – B.203.].

Ular bilan bo`lgan qator janglarda qo`li baland kelgan bo`lganiga qaramay, bu yerda

muqim o`rnashish, ittifoqchilar topish mushkul ekanligini anglab, u yerdan Eronga, 1224 yili
esa Ozarbayjonga kelib, uni zabt etdi. Shu vaqtdan e`tiboran Jaloliddinning Ozarbayjon, Eron,
Iroq, Gurjiston va Rum hududlaridagi faoliyati boshlandi [1. – B.27]. Jaloliddinning Bag`dod
xalifalari, Ko`niya sultoni Alouddin Qayqubod, uch aka – uka Ayyubiylar, Gurjiston podshosi
Rusudana va boshqa hukmdorlar bilan ittifoq tuzish yo`lidagi harakatlari natijasiz tugadi.
Jaloliddinning amalga oshmay qolgan urinishlariga bir necha shaxslarning bilib – bilmay
qilgan xatolari va ochiqchasiga qilgan to`sqinliklari sabab bo`ldi. Ular orasida Jaloliddinning
vaziri Sharofulmuluk alohida o`rin tutadi.

Jaloliddinning kuchsizlanganidan xabar topgan Ismoiliylar bu haqida Mo`g`ullarga xabar

berdilar. 1231 yil avgust oyida mo`g`ullar uning qarorgohiga qo`qqisdan hujum qilishdi.
Jaloliddin amiri O`rxonga dushmanni chalg`itishni buyurib, yolg`iz o`zi tog` tomon ot qo`yadi.
Orqadan yetib kelgan ikki mo`g`ulni o`ldirib, yo`lida davom etdi. Diyorbakr qishloqlaridan
birida uni kurd qaroqchilari qo`lga tushiradilar. Bulardan biri Jaloliddinning sulton ekanligiga
ishonmay va Axlot qamali paytida xorazmiylar tomonidan o`ldirilgan akasining o`chini olish
maqsadida nayza sanchib uni o`ldiradi [1. – B.28].

Xulosa qilib aytadigan bo`lsak Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyati murakkab

davrni o`z ichiga oladi. Buyuk sarkarda va jangchi sifatida qaralsada uning yuritgan
diplomatiyasi o`zi o`ylaganchalik natijalarni bermagan. Bunga sabab o`z atrofida yig`ilgan


background image

`

113

kuchlarni sadoqatsiz ekanligida. Shuning uchun ham har borgan joyida yaqinlari tomonidan
xiyonatga uchrab turgan, bu esa ittifoqchilaridan ham ayrilishiga sabab bo`ladi. Shunday
bo`lsa ham sulton Jaloliddin Manguberdining qahramonliklari, yurti uchun qilgan harakatlari
sababli bizning tariximizda chuqur iz qoldirdi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Буриев О. Тошев Н. Жалолиддин Мангуберди. - Тошкент: Фан, 1999. – 70 б.

2.

Бунёдов З. Ануштагин Хоразмшохлар давлати. – Тошкент,1998. – 256 б.

3.

Мирзо Улугбек. Турт улус тарихи. – Тошкент: Чулпон, 1994. – 352 б.

4.

Содиков Х. Султон Жалолиддин Мангуберди. – Тошкент: Art Flex,2009. – 54 б.

5.

Шихобиддин Мухаммад ан-Насавий. Султон Жалолиддин Мангуберди хаёти

тафсилоти. – Тошкент: Ёзувчи, 1999. – 432 б.

Библиографические ссылки

Буриев О. Тошев Н. Жалолиддин Мангуберди. - Тошкент: Фан, 1999. – 70 б.

Бунёдов З. Ануштагин Хоразмшохлар давлати. – Тошкент,1998. – 256 б.

Мирзо Улугбек. Турт улус тарихи. – Тошкент: Чулпон, 1994. – 352 б.

Содиков Х. Султон Жалолиддин Мангуберди. – Тошкент: Art Flex,2009. – 54 б.

Шихобиддин Мухаммад ан-Насавий. Султон Жалолиддин Мангуберди хаёти тафсилоти. – Тошкент: Ёзувчи, 1999. – 432 б.