`
100
OCРHIQLIQ VA SHAFFOFLIQ KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING
MUHIM VOSITALARIDAN BIRI
Turdikulov Shuxrat Xudoykulovich
Toshkent shahar hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi
akademiyasi tadqiqotchisi, sotsiologiya fanlari bo‘yicha
falsafa doktori (PhD), dotsent.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15803669
Annotatsiya:
Davlat hokimiyati organlarining jamoatchilik oldidagi ochiqligi va
shaffofligi bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining yangi
konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va qarorlar asosida
tayyorlangan. Shuningdek, maqolada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi eng muhim
masalalar, muammolar va ularning yechimlari, davlat hokimiyati organlari faoliyatining
ochiqligi va shaffofligi masalalari ko‘rib chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
korrupsiya, shaffoflik, ochiqlik, axborot xavfsizligi, davlat boshqaruvi,
jamoatchilik, qonun ustuvorligi.
ОТКРЫТОСТЬ И ПРОЗРАЧНОСТЬ ЯВЛЯЮТСЯ ОДНИМ ИЗ ВАЖНЕЙШИХ
ИНСТРУМЕНТОВ В БОРЬБЕ С КОРРУПЦИЕЙ
Турдикулов Шухрат Худойкулович
начальник отдела внутреннего антикоррупционного контроля хокимията
города Ташкента, научный сотрудник Академии государственного управления
при Президенте Республики Узбекистан, доктор философии (PhD)
по социологическим наукам, доцент.
АННОТАЦИЯ
Открытость и прозрачность органов государственной власти перед
общественностью является одной из наиболее актуальных проблем современности.
Данная статья подготовлена на основе Закона Республики Узбекистан «Об
открытости деятельности органов государственной власти и управления», новой
Конституции Республики Узбекистан, указов и постановлений Президента Республики
Узбекистан. В статье также рассматриваются наиболее важные вопросы, проблемы и
пути их решения в сфере противодействия коррупции, вопросы открытости и
прозрачности деятельности органов государственной власти.
Ключевые слова:
коррупция, прозрачность, открытость, информационная
безопасность, государственное управление, общественность, верховенство закона.
OPENNESS AND TRANSPARENCY ARE AMONG THE MOST IMPORTANT
TOOLS IN THE FIGHT AGAINST CORRUPTION
Turdikulov Shukhrat Khudoykulovich
Head of the Internal Anti-Corruption Control Department of the Head of the internal
anti-corruption control department of the Tashkent City administration,
`
101
Researcher at the Academy of Public Administration under the President of the
Republic of Uzbekistan, Doctor of Philosophy (PhD)
in sociological sciences, Associate Professor
ANNOTATION
The openness and transparency of government bodies to the public is one of the most
pressing issues of our time.
This article is based on the Law of the Republic of Uzbekistan "On Openness of Activities
of State Authorities and Administration," the new Constitution of the Republic of Uzbekistan,
and decrees and resolutions of the President of the Republic of Uzbekistan. The article also
examines the most critical issues, problems, and their solutions in the field of combating
corruption, as well as matters of openness and transparency in the activities of government
bodies.
Keywords:
corruption, transparency, openness, information security, public
administration, public, rule of law.
ASOSIY QISM
Respublikamizda davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi fuqarolar va
davlat organlari o‘rtasidagi doimiy va sifatli aloqa vazifasini bajaruvchi muhim elementlardan
biridir.
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va ularning barcha sohalariga keng joriy etilishi
natijasida davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi munosabatlar rivojlandi, korrupsiyaning
oldini olishga muhim qadam bo‘ldi.
Davlat boshqaruvida shaffoflik tushunchasi yanada mas’uliyatli va samarali faoliyat
yuritish uchun asos bo‘lib, bu ma’muriy boshqaruv nazariyasida muhim yutuq hisoblanadi.
Ochiqlik va shaffoflik haqiqatdan ham korrupsiyaga qarshi kurashishning muhim
vositalaridan biri bo‘lib, u:
1. Hisobdorlikni oshiradi: ochiqlik davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatini
jamoatchilik nazorati ostida ushlab turishga yordam beradi. Shaffoflik qarorlar qanday qabul
qilinayotgani, resurslar qanday taqsimlanayotgani va davlat xizmatlari qanday
ko‘rsatilayotgani haqida ma’lumot beradi. Bu esa, o‘z navbatida, mansabdor shaxslarning
hisobdorligini oshiradi;
2. Korrupsiya uchun imkoniyatlarni kamaytiradi: shaffoflik korrupsion sxemalarni
yashirishni qiyinlashtiradi. Qarorlar va jarayonlar qanchalik ochiq bo‘lsa, korrupsiya
holatlarini aniqlash va ularga qarshi chora ko‘rish shunchalik oson bo‘ladi;
3. Jamoatchilik ishonchini mustahkamlaydi: ochiq va shaffof faoliyat davlat organlariga
jamoatchilik ishonchini oshiradi. Bu esa, o‘z navbatida, korrupsiyaga qarshi kurashga
jamoatchilikning faol jalb etilishiga olib keladi;
4. Ma’lumot olish imkoniyatini ta’minlaydi: shaffoflik jamoatchilikka davlat faoliyati
haqida ma’lumot olish imkoniyatini beradi. Bu esa fuqarolarga qarorlar qabul qilishda ishtirok
etish va davlat organlari faoliyatini nazorat qilish imkonini beradi.
Shu sababli, ko‘plab davlatlar korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyalarida ochiqlik va
shaffoflikni ustuvor vazifa sifatida belgilaydilar.
`
102
Mustaqillikdan keyingi yillarda Davlat tashkilotlarining barchasi fuqarolar uchun yopiq
bo‘lgan, ko‘pchilik fuqarolarning ommaviy axborotdan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoev rahnamoligida ochiqlik va korrupsiyaga qarshi kurashni tartibga
soluvchi qonunchilikning ishlab chiqilishi, albatta shu vaqtgacha bo‘lib kelgan “maxfiylik
madaniyati”ning qoralanishiga olib keldi.
O‘zbekiston Respublikasining yangi konstitutsiyasi 33-moddasida:
- har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega;
- har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega;
- Davlat Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-
sharoitlar yaratadi deb belgilab qo‘yilgan.
Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashga faqat qonunga
muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa
shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat
tartibini ta’minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir
oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur bo‘lgan doirada yo‘l qo‘yiladi
1
.
Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash uchun ko‘plab amaliy qadamlar mavjud. Masalan,
davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish, davlat budjetining ijrosi haqidagi
hisobotlarni muntazam ravishda chop etish, mansabdor shaxslarning daromadlari va mol-
mulki to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni ochiq qilish, hamda axborot olish erkinligini ta’minlash
shular jumlasidandir. Bundan tashqari, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish uchun
jamoatchilik kengashlari va kuzatuv guruhlarini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining
ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasida Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
faoliyati ochiqligining asosiy prinsiplari qilib, ular tomonidan taqdim etiladigan axborotdan
hammaning foydalanishi mumkinligi, uning o‘z vaqtida berilishi va ishonchliligi, ular
faoliyatining oshkoraligi va shaffofligi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati
to‘g‘risidagi axborotni izlash, olish va tarqatish erkinligi, davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari faoliyati to‘g‘risida axborot taqdim etishda fuqarolarning o‘z sha’ni va qadr-
qimmatini tajovuzlardan, o‘z shaxsiy hayotiga aralashuvlardan himoya qilishga bo‘lgan
huquqlari va qonuniy manfaatlariga, shuningdek fuqarolar va yuridik shaxslarning o‘z
ishchanlik obro‘sini himoya qilishga bo‘lgan huquqlariga rioya etish belgilangan
2
.
Shuningdek, fuqarolarning axborotni erkin izlash va olishga doir konstitutsiyaviy
huquqlarini amalga oshirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi, shaffofligi
va hisobdorligini ta’minlash, ularning ochiqlik borasidagi samaradorlik ko‘rsatkichlarini
belgilash hamda faoliyatini ilg‘or xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy etish
maqsadida barcha davlat tashkilotlarida, ularning ochiqlik sohasida amalga oshiriyotgan
ishlarni baholash uchun Ochiqlik indeksi joriy etilgan
3
. Ushbu indeks asosida barcha davlat
tashkilotlari, shuningdek, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik
1
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi, 2023 yil.
2
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi 2014 yil
5 maydagi O‘RQ-369-sonli qonuni.
3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va
baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 14 iyundagi PF-154-sonli farmoni.
`
103
jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalari, O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi
kurashish agentligi rahbarligidagi baholash komissiyasi tomonidan har yili baholanib boriladi.
Natijasi, Agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.
Ochiqlik va korrupsiyaga qarshi kurashni tartibga soluvchi qonunchilikning ishlab
chiqilishidan oldin fuqarolar qandaydir ma’lumot, axborot yoki hujjat olish uchun albatta
davlat tashkilotlarga murojaat qilishgan. Bu jarayondan davlat tashkilotlarining ayrim nopok
xodimlari manfaatdor bo‘lishgan. Chunki davlat tashkilotlarining yopiqligi bilan, ishdagi
kamchiliklarni yashirishga va fuqarolardan pora talab qilishga shart-sharoit yaratilgan.
Shuning uchun ayrim fuqarolarda davlat tashkilotlariga nisbatan paydo bo‘lgan salbiy
munosabat xozirgi kungacha saqlanib kelmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar ham ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Elektron hukumat platformalari, onlayn xizmatlar va ma’lumotlar bazalari davlat
xizmatlaridan foydalanishni osonlashtiradi va ma’lumotlarga kirish imkoniyatini kengaytiradi.
Bu esa, o‘z navbatida, korrupsiya xavfini kamaytiradi.
Respublikada davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa
ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-
taomillarni tubdan qisqartirish, inson omilini kamaytirish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi
4
.
Hozirgi kunda davlat xizmatlarini jismoniy va yuridik shaxslar uchun foydalanishga
oson, qulay va shaffof shakllarda ko‘rsatish ko‘lamini oshirish, aholining masofadan turib
elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda
davlat xizmatini ko‘rsatishda barcha uchun teng sharoitlarni vujudga keltirish orqali inklyuziv
muhitni yaratish maqsadida respublikamizning barcha tumanlarida faoliyat olib borayotgan
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan
168 ta xizmatlarga davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
Internet tarmog‘i orqali yaratilgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali esa 720
ta xizmatlarga
davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda
5
.
Shuningdek, Toshkent shahrida 2020 yilda “Xalq nazorati” elektron portali, davlat
tashkilotlari hamda jamoatchilik o‘rtasidagi samarali hamkorlikni ta’minlash maqsadida ishga
tushirilgan edi.
Ushbu elektron portali, shahar hokimiyatiga kelib tushgan murojaatni avtomatik tarzda
aniq ijrochiga zudlik bilan yetkazib beradi, har bir murojaatga muayyan javob muddati
belgilanadi va javoblar portalda ochiq holda e’lon qilinadi va uning ko‘rib chiqilish jarayonini
murojaatchi onlayn kuzatib borishi hamda bajarilganligini mustaqil baholashi mumkin. Agar
murojaatchi tomonidan masalaning bajarilganligi tasdiqlanmasa, ushbu masala yechilmaydi
va tumani hokimiyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlariga (KPI) o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi.
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari
agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2017 yildagi PQ-3430-sonli qarori.
5
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni
qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
2022 yildagi PF-113-sonli farmoni.
`
104
Portal saytida taqdim etilayotgan elektron xizmatlar quyidagi muammolarini hal
qilishga qaratilgan.
“Xalq nazorati” orqali uydan chiqmay, avtomobildan, kafeda, do‘konda yoki ko‘chada
sayr qilib yurgan paytda ham elektron xizmatlardan foydalanish mumkin.
Buning uchun shunchaki ro‘yxatdan o‘tib, mavjud muammo haqida xabar yuborish
kifoya.
Portalning maqsad va vazifalari
- foydalanuvchilar tomonidan yuborilgan xabarlarda ko‘rsatilgan kommunal,
infratuzilmaviy, axborot va boshqa turdagi muammolarni hal etish bo‘yicha takliflarni amalga
oshirish va kamchiliklarni bartaraf etishda mas’ul ijrochilar ishini tashkil qilish;
- aholiga elektron makon doirasida davlat va mas’ul idoralar bilan hamkorlik qilish
imkoniyatini yaratish;
- shahar aholisi bilan munosabatlarda “qog‘ozsiz hujjat aylanishi” tamoyilini joriy etish;
- kommunal va boshqa xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida ularni ko‘rib
chiqishning shaffof mexanizmlarini yaratish, muddatlarni qisqartirish va muammolarning hal
etilishi ustidan ariza beruvchining shaxsiy nazoratini ta’minlash;
- aholining davlat tashkilotlariga murojaat qilish bilan bog‘liq xarajatlarini kamaytirish
6
.
2025 yil 16-iyun kuni Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda bir
oy ichida Toshkent shahrida qo‘llanilib kelayotgan “Xalq nazorati” elektron portalini butun
respublika bo‘yicha barcha vazirlik, idora, hokimliklarda joriy qilish topshirig‘ini berildi.
Yuqorida ko‘rsatilgan tizimlarning yaratilganligi bilan, byurokratik tusiqlarning
kamayishiga, ma’lumot olishning tezkorligi oshishiga, oshkoralik va shaffoflikning
ta’minlanishiga, inson omilining kamayishiga va eng muhimi korrupsiyaning oldini olishiga
erishildi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Shuni ta’kidlash joizki, ochiqlik va shaffoflik korrupsiyaga qarshi kurashning yagona
yechimi emas. Bu boshqa choralar, jumladan, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud tizimini
isloh qilish, ta’lim va tarbiyani kuchaytirish bilan birga olib borilishi kerak bo‘lgan muhim
vositadir. Faqat shundagina korrupsiyani to‘liq yengish va adolatli jamiyat qurish mumkin.
Ochiqlik va shaffoflikni targ‘ib qilishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini ham
alohida qayd etish lozim. Nodavlat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik
faollari hukumat faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirib, korrupsiya holatlarini aniqlash va
ularga qarshi kurashishda muhim o‘rin tutadi. Ularning mustaqilligi va faoliyati uchun qulay
sharoitlar yaratish ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashning muhim shartidir.
Bundan tashqari, xalqaro hamkorlik korrupsiyaga qarshi kurashda katta ahamiyatga
ega. Xalqaro tashkilotlar bilan tajriba almashish, ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish va qo‘shma
loyihalarni amalga oshirish korrupsiyaga qarshi kurashning samaradorligini oshirishga
yordam beradi. Shuningdek, xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash davlatning
imijini mustahkamlash va investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, ochiqlik va shaffoflik jarayonida barcha manfaatdor tomonlarning
ishtirokini ta’minlash muhim. Davlat organlari, fuqarolik jamiyati, biznes va ommaviy axborot
6
https://dgov.uz/ru/solution-detail/43/
`
105
vositalari o‘rtasida konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yish orqali korrupsiyaga qarshi
kurashning samarali strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish mumkin.
XULOSA
Aholining huquqiy ongi va savodxonligini oshirish muhim ahamiyatga ega.
Korrupsiyaning xavfi, uning oqibatlari va unga qarshi kurash usullari haqida keng
jamoatchilikni xabardor qilish orqali har bir fuqaroni korrupsiyaga murosasiz bo‘lishga
undash lozim. Bunda ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari va nodavlat
tashkilotlarning roli katta.
Korrupsiyaga qarshi kurashda jazoning muqarrarligi prinsipiga qat’iy rioya qilish lozim.
Korrupsiyaviy jinoyatlarda aybdor bo‘lgan shaxslar, ularning mansabi va mavqeidan qat’i
nazar, qonun oldida javob berishlari shart. Bunday holatlarda ochiq va adolatli sud
jarayonlarini o‘tkazish va jazo choralarining og‘irligi korrupsiyaga qarshi kurashning
samaradorligini ta’minlaydi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash korrupsiyaga
qarshi kurashning uzluksiz jarayonidir. Bunda barcha manfaatdor tomonlarning faol ishtiroki,
xalqaro hamkorlik va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish,
ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga erishish
mumkin.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi, 2023 yil.
2.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining
ochiqligi to‘g‘risida”gi 2014 yil 5 maydagi O‘RQ-369-sonli qonuni.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining
ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022
yil 14 iyundagi PF-154-sonli farmoni.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2017 yildagi PQ-
3430-sonli qarori.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish,
byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini
rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yildagi PF-113-sonli
farmoni.
6.
https://dgov.uz/ru/solution-detail/43/