Авторы

  • Mirzomurod Nafasov
    Buxoro muhandislik-texnologiya instituti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.45201

Ключевые слова:

SAMR Hippasus Doktor

Аннотация

SAMR modeli doktor Ruben Puentedura tomonidan yaratilgan, u Hippasus ta'lim konsalting firmasining asoschisi va amaldagi prezidenti hamda Meyn Learning Technology Initiative qo'llab-quvvatlash jamoasi a'zosi hisoblanadi.


background image

`

4

«Zamonaviy dunyoda ilm

-

fan va texnologiya»

nomli ilmiy-amaliy konferensiya

O‘QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH –

SAMR MODELI.

Mirzomurod Muxamadovich Nafasov

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7049315

SAMR modeli doktor Ruben Puentedura tomonidan yaratilgan, u Hippasus ta'lim
konsalting firmasining asoschisi va amaldagi prezidenti hamda Meyn Learning
Technology Initiative qo'llab-quvvatlash jamoasi a'zosi hisoblanadi.
Doktor Puentedura 80-yillarning o'rtalarida Garvardda aspiranturada
ishlayotgan bo'lsa-da, u bakalavriatga kirish fanlari o'quv dasturining jihatlarini
qayta ko'rib chiqishni boshladi. U raqamli hikoyalarni o'z ichiga olgan ba'zi
texnologik vositalarni o'rgandi, ammo ma'lum bir vositaga xos bo'lgan hech
narsa yo'qligini aniqladi. U mavzuni tadqiq qila boshladi va oxir-oqibat SAMR
modeli yaratildi.
SAMR modeli o'qituvchilarga o'quv muhitida texnologiya integratsiyasi
darajasini aniqlashda yordam beradi. O'qituvchi birinchi navbatda
rejalashtirilgan o'quv dasturiga texnologiyani kiritishga qaror qilishi, so'ngra
texnologiya o'rganishni kuchaytiradimi yoki yo'qligini aniqlashi kerak. Maqsad -
ta'lim maydonini qayta belgilovchi texnologik vositalarini joriy etish, bu esa
pirovardida an'anaviy o'qitish usullarini nisbatan

samarali bo’lgan muqobil

o'quv muhitlari bilan almashtirish orqali amalga oshiriladi.

SAMR modeli va undan ta’lim jarayonida foydalanish bo’yicha ko’plab xorijlik
olimlar o`z tadqiqotlarida ma`lumotlar keltirib o’tganlar. ScienceDirect bazasida

2009-2021

yillar oralig’ida SAMR bilan bog’liq 230 dan ortiq ilmiy ishlar nashr

etilganini ko’rish mumkin. Jumladan, Dana Romrell va boshqalar ushbu

modelidagi to'rtta tasnifining har biriga to'g'ri keladigan faoliyat misollarini

taqdim etgan bo’lsa

, Erica Hamilton, Joshua Rosenberg va Mete Akcaoglu SAMR

modelini faoliyatga integratsiya qilish bo’yicha talkiflar berib o’tgan

. Linda Pfaffe

SAMR modelidan mLearning faoliyatini baholash va o'rganishni o'zgartirishni
qo'llab-quvvatlash uchun asos sifatida foydalanish haqida ilmiy izlanishlar olib

borgan bo’lsa, Jude Lubega va boshqalar pedagogik jarayonda AKT qo’llash
darajasini baholash uchun SAMR modelidan foydalanish bo’yicha tadqiqotlar

olib borgan. Janine Arantes esa SAMR modelini zamonaviy tadqiqotlarning eng
qiziqa

rli mavzusi ekanligini ta’kidlaydi.

SAMR(Substitute, Augmentation, Modification, Redefinition) modeli fanlarni

o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini tushuntiradi.
Modelning asosiy maqsadi o‘qituvchilarga talabalar faoliyatining

muvaffaqiyati


background image

`

5

«Zamonaviy dunyoda ilm

-

fan va texnologiya»

nomli ilmiy-amaliy konferensiya

va samaradorligini oshirish uchun zamonaviy raqamli texnologiyalarni yaratish,

takomillashtirish va ta’lim jarayoniga joriy etishda yordam berishdan iborat.

Model 4 bosqichdan iborat:

1. Substitution

Alishtirish, almashtirish.

Bu bosqich taʼlim jarayonida ilgari ishlatilgan pedagogik qurol va vositalar
oʻrnini texnik qurilma va dasturiy taʼminot majmualariga almashtiriladi. Bunda
pedagogik jarayonning funksiyasi oʻzgarmaydi. Masalan: Boʻr, doska oʻrnini

multemidal

i proyektor egallaydi. Oʻquvchi kitob oʻrniga elektron kitobdan

foydalanadi.

Bu bosqichda taʼlim jarayoni keskin oʻzgarmaydi. Oʻquvchilarning dars
jarayoniga jalb qilinganligi va faolligi darajasi bir xil boʻlib qolaveradi. Oʻqituvchi

sifatida darsning barcha jarayonida rahbarlik qiladi va sinfning markaziy

figurasi boʻlib qoladi.

2. Augmentation

Yaxshilash

Bu bosqichda bir nechta texnologiyalardan foydalangan holda taʼlim jarayoni

samaradorligini oshirilishiga erishiladi. Bunda pedagogik jarayonning funksiyasi

yaxshilanadi. “Web dasturlash” mutaxassislik fanini oʻqitish jarayonida
multimediali maʼruzalar, mavzuga oid animatsion va video roliklar (laboratoriya
ishlarini bajarishga oid video yoʻriqnomalar), shuningdek videomaʼruzalar bilan

b

oyitiladi. Oʻquvchi bunda faqat elektron kitobni oʻqishdan tashqari, animatsion

(video) roliklarni koʻrishi, laboratoriya ishlarini bajarishdan oldin video
yoʻriqnomani maxsus internet platformasida (sayt, telegram va boshq.) koʻrib
chiqishi mumkin boʻladi

.

Mobil ilova ushbu vaziyatda umumiy vazifalarni bajarish uchun samarali
vositani taklif etadi.

Masalan, o‘quvchilar testlarni qog‘ozda emas, Google Forms yordamida

topshiradilar. O'qituvchilar va o'quvchilar tomonidan materialni tushunish
darajasi haqida tezkor fikr-mulohaza olishlari mumkin.


background image

`

6

«Zamonaviy dunyoda ilm

-

fan va texnologiya»

nomli ilmiy-amaliy konferensiya

Ushbu bosqichda oʻqitishning asosiy yoʻnalishi oʻqituvchidan oʻquvchiga)
suriladi. Oʻquvchilar oʻquv jarayoniga koʻproq jalb qilinadi.

3. Modification

Mukammalashtirish.

Barcha oʻquvchilar jamoaviy ravishda AKT dan

keng foydalana boshlaydi. Bunda

oʻquvchilar

mutaxassislik fanlarida dasturiy vositalardan foydalangan holda

oldindan yaratilgan tayyor virutal laboratoriya ishlarini bajarishadi. Olingan

natijalarni boshqa oʻquvchilar bilan muhokama qiladilar. Bitta labora

toriya

ishini guruh boʻlib bajarish imkoniyati yaratiladi. Olingan natijalarni oʻquvchilar
internet muhitida kiritishlari mumkin boʻladi.

Bu an'anaviy o’qitish usulidan uzoqlashish yo'lidagi navbatdagi qadamdir.

Auditoriyadagilar uchun umumiy bo'lgan vazifalar kompyuter yoki mobil
qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.
4. Redefinition

Qayta belgilash

Bu jarayonda maxsus pedagogik dasturiy taʼminotlar orqali oʻquvchilarning
oʻzlari namoyish tajribalari, virtual laboratoriya ishlarini yaratishlari va bosh

qa

oʻquvchilarning yaratgan ishlarini taqriz qilish, izohlar qoldirishlari mumkin
boʻladi. Olingan natijalarini oʻquvchilar oʻzlarining internet kanallarida(sayt

yaratishlari), ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga yuklashlari va boshqalar bilan
muhokama qilish

lari mumkin boʻladi.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, ta’lim jarayonida o’qitishning

yangicha usul va vositalari

ni qo’llash,

ta’limiy mobil ilovalar

dan

foydalanish

va ushbu jarayonda o’qituvchi

hamda talabalar faoliyati

samaradorligini oshirishga qaratilgan SAMR modelini tadbiq etish asosida

amalga oshirish samarali bo’lishi mumkin.


background image

`

7

«Zamonaviy dunyoda ilm

-

fan va texnologiya»

nomli ilmiy-amaliy konferensiya

Adabiyotlar:

M.M.Nafasov. The effectiveness of the use of mobile technologies in the
educational process //EPRA International Journal of Multidisciplinary Research
(IJMR).

2020.

С. 142

-166.

F.M.Zakirova, M.M.Nafasov. Ta’lim jarayonida mobil ilovalardan foydalanishning
pedagogik asoslari // Academic research in educational sciences. 2022. №4. –

C.

917-925.
M.M.Naf

asov. O’zbekiston sharoitida ta’limiy mobil ilovalardan foydalanish

//innovation in the modern education system.

2022.

Т. 2. –

№. 18. –

С. 857

-

860.
Romrell D., Kidder L., Wood E. The SAMR model as a framework for evaluating
mLearning //Online Learning Journal.

2014.

Т. 18. –

№. 2.

Hamilton E. R., Rosenberg J. M., Akcaoglu M. The substitution augmentation
modification redefinition (SAMR) model: A critical review and suggestions for its
use //TechTrends.

2016.

Т. 60. –

№. 5. –

С. 433

-441.

Pfaffe L. D. Using the SAMR model as a framework for evaluating mLearning
activities and supporting a transformation of learning.

St. John's University

(New York), School of Education and Human Services, 2017.
Lubega J. T., Paul M. Adoption of the SAMR model to asses ICT pedagogical
adoption: A case of Makerere University.

2014. Arantes J. The SAMR model as a

framework for scaffolding online chat: a theoretical discussion of the SAMR

model as a research method during these “interesting” times //Qualita

tive

Research Journal.

2022.