Авторы

  • Latifa Qorayeva
    Navoiy viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.45204

Ключевые слова:

jamiyat bozor fikr

Аннотация

Ta’lim jarayoni nihoyatda murakkab jarayon bo‘lganligi uchun  ta’lim samaradorligi pedagog  va o‘quvchi faolliligiga, ta’lim vositalarining mavjudligiga, ta’lim jarayonining tashkiliy, ilmiy, metodik mukammalligiga bog‘liq


background image

`

13

«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya»

nomli ilmiy-amaliy konferensiya

PЕDАGОGIK TЕХNОLОGIYALАR-O‘QUVCHILARNING QIZIQISHINI

VA IJODIY QOBILIYATLARINI SHАKLLАNTIRISH ОMILLАRI

SIFАTIDА

Qorayeva Latifa Zarifovna

Navoiy viloyat

pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish

milliy markazi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7016313

Ta’lim jarayoni nihoyatda murakkab jarayon bo‘lganligi uchun ta’lim

samaradorligi pedagog va o‘quvchi faolliligiga, ta’lim vositalarining
mavjudligiga, ta’lim jarayonining tashkiliy, ilmiy, metodik mukammalligiga
bog‘liq.

O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tuzilmalar

yaratilayotgan hozirgi kunda keng, chuqur bilimli va bilimlarni amalda qo‘llay
oladigan shaxslarga talab kuchayib bormoqda. Bilimdon va tadbirkor, ijtimoiy
faol shaxs jamiyat hayotida, mehnatda o‘zining o‘rnini topadi. Bunday faollik
vujudga kelishi uchun bilimdon va harakatchan, milliy istiqlol g‘oyasiga sodiq
bo‘lgan shaxsni shakllantirish kerak va avvalo har tomonlama rivojlangan,
sog’lom fikr yuritadigan, jahon yoshlari bilan har sohada raqobatbardosh,
ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalamoq zarur. Intellektual salohiyatli
barkamol yoshlarni tarbiyalashda esa yurtimiz har bir pedagogining o‘z kasbiga
bo‘lgan ma’suliyati va bilimlari zarur bo‘ladi.

Bugun ta’lim-tarbiya jarayoniga alohida maqsad qo‘yilgan. Bu o‘quvchilarga

ijodiy jihatdan o‘z-o‘zlarini namayon qilishlari uchun imkoniyat yaratish va
ularda ijobiy-shaxsiy sifatlarning shakllanishiga ko‘maklashishdan iborat. Shu
boisdan ham, bugungi kunda o‘quvchilarning faolligini oshirish, bilimlarini
yaxshilash

maqsadida

ta’lim

samaradorligini

oshiruvchi

pedagogik

texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Milliy ta’lim ravnaqini ta’lim tarbiya amaliyotida samarali va tejamli, yangi

shakl, vositalarni qo‘llash, izlanish orqali yuqori natijalarga erishishni ko‘zlovchi
pedagogik texnologiyalar ta’minlaydi.

Pedagogik texnologiyalar ta’lim-tarbiya jarayonini ilg’or vositalari,

metodlar, texnik vositalar, usullariga tayanib takomillashtirish tizimi
hisoblanadi. Bu tizim o‘qituvchi tomonidan yaratiladi, ta’lim-tarbiya
bosqichlarini o‘zaro bog’lashga xizmat qiladi. Uning mzmuni va vazifalarini,
maqsadini oldindan belgilash, ta’lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini
tayyorlash, o‘quvchida shakllantirish ko‘zda tutilgan ma’naviy sifatlarni
o‘zlshtirishga yo‘naltirilgan darslarni rejalashtirish kabilarni o‘z ichiga oladi.


background image

`

14

«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya»

nomli ilmiy-amaliy konferensiya

Ta’limning barcha bo‘g‘inlarini shunday tashkil etish kerakki, u yoshlarga

chuqur va asosli bilim berish bilan birga keng qamrovli fikrlashga o‘rgatsin.
Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati o‘quvchilarni qiziqtirib o‘qitish va
bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishga erishishdir. Ta’limda berilayotgan bilimlarni
o‘quvchilarning ko‘pchilik qismi puxta o‘zlashtirishi pedagogik texnologiya joriy
etilishining asosiy maqsadi hisoblanadi.

Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonining mavjud qonuniyatlariga,

mamlakatimiz rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlariga, tarixiy taraqqiyot
tajribalariga asoslanadi. Pedagogik texnologiyani yaratish milliylik va
muminsoniylik tamoyillariga, insonparvarlik va demokratiya prinsiplariga,
ijodkorlik va tashabbuskorlikka tayanadi

Bugungi kunda fan-tеxnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati nihoyatda

kеngayib, yangi tеxnologiyalar kirib kеlmoqda. Sifat o‘zgarishlari shundan
dalolat bеradiki, endilikda yangi mеtodikalarni talab etadigan va ta’lim
jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o‘zining ma’lum
xususiyatlarini joriy etadigan yangi tеxnikaviy, axborotli, audiovizualli, vositalar
ham mavjud bo‘lib, ular zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarni aniq voqеlikka
aylantirdi.

Pеdagogik tеxnologiya mohiyat-е’tibori jihatidan boshqa tеxnologiyalar

bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o‘z xususiy sohasiga,
mеtodlari va vositalariga egadir. Biroq pеdagogik tеxnologiya inson ongi bilan
bog‘liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo‘lmagan
pеdagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli
tеxnologiyalardan ajralib turadi. Uning o‘ziga xos xususiyati – tarbiya
komponеntlarini mujassamlashtirganidir.

Pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan

uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o‘quv jarayoniga, uning samarasini
oshirishga ta’sir ko‘rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi.

Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash avvalo,

pedagogik munosabatlarni rivojlantirish va demokratlashtirishni talab etadi,
chunki ularni amalga oshirmay turib qo‘llangan har qanday pedagogik
texnologiya kutilgan samarani bermaydi.

Pedagogik munosabatlarni rivojlantirish va demokratlashtirish asosidagi

pedagogik texnologiya avtoritar texnologiyaga qarama-qarshi bo‘lib, pedagogik
jarayonda hamkorlik, g‘amxo‘rlik, ta’lim oluvchilar shaxsini hurmat qilish va
e’zozlash orqali shaxsning tahsil olishi, ijod bilan shug‘ullanishi va o‘zini o‘zi
rivojlantirishiga qulay ijtimoiy va psixologik muhit yaratadi. Mazkur jarayonda


background image

`

15

«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya»

nomli ilmiy-amaliy konferensiya

o‘quvchi o‘z o‘quv faoliyatining subyekti sanaladi va pedagog bilan hamkorlikda
yagona ta’lim jarayonining subyekti - ta’lim-tarbiya vazifalarini hal etadi.

Pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshiradi,

o‘quvchilarni mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga
ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan
amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi.