Авторы

  • Nigina Xalimova
    Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.51876

Аннотация

Ijtimoiy mediada targ‘ibot – bu foydalanuvchi e’tiborini jalb qilish, auditoriyaning sodiqligini shakllantirish va uzoq vaqt davomida kompaniya yoki shaxsiy brendga qiziqishni saqlab qolish uchun foydalaniladigan istiqbolli va progressiv harakatlar jamlanmasi hisoblanadi. Muvaffaqiyatli tuzilgan kontent reja esa ushbu jamlanmaning kalitidir. Kontent – bu ijtimoiy mediada o‘z faoliyatini olib borayotgan shaxs, korxona, tashkilot, brend, destinatsiya olib chiqadigan mavzu. “Kontent marketingi esa – auditoriyani jalb qilish hamda e’tiborini tortish uchun yuqori darajada saviyali va zamonaviy kontentni yaratish hisoblanadi”


background image

`

42

TURISTIK DESTINATSIYALARNING IJTIMOIY MEDIA FAOLIYATIDA

KONTENT TAQSIMOTI

Xalimova Nigina Jafarbekovna

Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13766844

Ijtimoiy mediada targ‘ibot – bu foydalanuvchi e’tiborini jalb qilish, auditoriyaning

sodiqligini shakllantirish va uzoq vaqt davomida kompaniya yoki shaxsiy brendga qiziqishni
saqlab qolish uchun foydalaniladigan istiqbolli va progressiv harakatlar jamlanmasi
hisoblanadi. Muvaffaqiyatli tuzilgan kontent reja esa ushbu jamlanmaning kalitidir. Kontent –
bu ijtimoiy mediada o‘z faoliyatini olib borayotgan shaxs, korxona, tashkilot, brend,
destinatsiya olib chiqadigan mavzu. “Kontent marketingi esa – auditoriyani jalb qilish hamda
e’tiborini tortish uchun yuqori darajada saviyali va zamonaviy kontentni yaratish
hisoblanadi”

1

.

Ijtimoiy mediada muvaffaqiyatga erishish uchun turistik destinatsiya, avvalo, bir necha

qoidalarga amal qilishi zarur. Bulardan birinchisi ko‘tarilish kuchi formulasi hisoblanadi:

Ko‘tarilish kuchi formulasi

2

:

AK+BO-MX=O‘

Bunda, “AK” – ajoyib kontent, “BO” – boshqa odamlar, “MX” – marketing xabarlari, “O‘” –

o‘sish hisoblanadi.

Ijtimoiy media orqali Buxoro turistik destinatsiyasiga tashrif buyuruvchilarning

muammolarini hal qilishga yordam beradigan maqolalar, ekspert intervyulari, muvaffaqiyatli
sayohat hikoyalari yoki videolar kabi sifatli ma’lumotlar taklif qilinishi lozim. Boshqa odamlar
omili yordamida odatdagi auditoriyadan tashqariga chiqiladi va tashqi mutaxassislar bilan
ishlar olib boriladi, bularning barchasi esa reklamasiz joyda sodir bo‘ladi. Destinatsiya
sahifasida reklama xabarlaridan voz kechilgach, asosiy e’tibor “Sizga nimani sotishimiz
mumkin?” savolidan “Biz sizga qanday yordam bera olamiz?” degan savolga o‘zgaradi. Bunda,
ijtimoiy media akkauntida turistik destinatsiyaning o‘zi targ‘ib qilinmaydi, balki,
sayyohlarning farovonligi targ‘ib qilinayapti. Reklamaga sarmoya kiritish o‘rniga
mutaxassislar kontent yaratishga, bilim olishga, fikrlarni to‘plashga va yordamga muhtoj
turistlar uni olishi mumkin bo‘lgan hamjamiyatni yaratishga sarmoya kiritadilar.

Ijtimoiy media kontent rejasi – bu jadval yoki matn ko‘rinishidagi butun oy uchun har

bir media turiga mo‘ljallangan nashrlar jadvali. Masalan, Instagram, Facebook, Telegramda
har biriga alohida o‘ziga mos bo‘lgan rejalar to‘plami. Uni quyidagi formatda tayyorlash
hamda foydalanish qulay: joylashuv (ijtimoiy media turi), e’lon qilinadigan sana va vaqt,
kontent turi, tarkibi, izoh. Bundan tashqari, ijtimoiy media kontent rejasi – brend ijtimoiy
media akkauntida e’lon qilinadigan kontentni rejalashtiruvchi va tartibga soluvchi hujjat. U
mavzular, shakllar, nashr sanalari, maqsadlari va kontentning maqsadli auditoriyasi haqidagi
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Kontent rejasi brendning kontent strategiyasini tuzishga
yordam beradi, oldindan rejalashtirishga va kontentda izchil uslub va yo‘nalishni saqlashga
imkon beradi. Bu ijtimoiy mediada auditoriyani jalb qilish va saqlab qolish uchun muhim

1

Du Plessis C. The role of content marketing in social media content communities //South African Journal of

Information Management. – 2017. – Т. 19. – №. 1. – P. 1-7.

2

Стелзнер М. Контент-маркетинг: новые методы привлечения клиентов в эпоху Интернета. – Манн, Иванов и

Фербер, 2012. – Т. 71. – 163 c.


background image

`

43

bo‘lgan postlarning izchilligi va muntazamligini saqlashga yordam beradi. Kontent reja
yordamida kontent tayyorlovchi mutaxassis yaqin kelajakda qaysi ijtimoiy media turida
qanday postlar joylash kerakligini va buning uchun nima tayyorlash kerakligini tushunadi,
masalan, matn, video yoki rasmlar to‘plami.

Kontent turi brendning turiga qarab bir biridan ko‘rininsh yoki foiz hisobida farq qilishi

mumkin. Umumiy holda ijtimoiy mediada kontentning quyidagi turlari mavjud:

1-rasm. Ijtimoiy mediada kontent turining taqsimoti

3

Promo (brend) kontent – korxona brendi haqidagi ma’lumot bo‘lib, korxona ijtimoiy

mediada nima maqsadda faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, o‘sha mahsulot yoki xizmatning
targ‘iboti hisoblanadi. U ijtimoiy media kontentining eng katta qismini tashkil qilib, korxona
akkauntiga tashrif buyuruvchilar ushbu akkaunt nima haqida va nima maqsadda faoliyat olib
borayotganligini bilishlari lozim. Uning maqsadi potensial xaridorni korxona mahsuloti yoki
tovari aynan unga kerak bo‘lgan qaror ekanligiga undashdir. Ijtimoiy mediada o‘rgatuvchi
kontent – bu muayyan mavzu, mahsulot yoki xizmat haqida auditoriyani o‘rgatish maqsadida
yaratilgan kontent hisoblanadi. Bunday kontent turi foydali kontent turi bo‘lib, korxona o‘z
sohasida qanchalik yaxshi ekanligini ko‘rsatishga va obunachilarning ishonchini oshirishga
qaratilgan. Bunda, korxona o‘z xaridorlarga o‘zlarining tovar yoki xizmatlaridan qanday
foydalanishlari mumkinligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tadilar. O‘rgatuvchi kontent
mazmunini rejalashtirish ham muhim rol o‘ynaydi, chunki u auditoriya e’tiborini jalb qilish,
brendning ma’lum bir sohada tajribasini o‘rnatish va mijozlar bilan uzoq muddatli
munosabatlarni shakllantirishga yordam beradi. Ushbu kontent turini shakllantirish brend
auditoriya uchun obro‘li va foydali bo‘lishiga yordam beradi, bu esa mijozlarning sodiqligini
oshirishga va yangi foydalanuvchilarni jalb qilishga imkon beradi. Jalb qiluvchi kontent

mijozlar e’tiborini tortuvchi mahsulot va xizmatlar to‘g’risidagi turli xil postlar hisoblanadi.
Ushbu turdagi postlarni joylashdan maqsad ijtimoiy media foydalanuvchilari korxona
akkauntiga kirgan paytda faqat ma’lumot beruvchi postlar bilan zeriktirib qo‘ymaslikdir.
Bundan tashqari, jalb qiluvchi kontent bu auditoriyani faol muloqot qilish, sharhlar qoldirish,
yoqtirishlar sonini oshirish, repost qilish va boshqa harakatlarga undaydigan kontent turidir.
Ushbu turdagi kontent ijtimoiy mediadagi faollikni oshirishga yordam beradi. Ijtimoiy

3

Tadqiqotlar asosida muallif tomonidan tuzilgan.

40%

25%

20%

10% 5%

promo(sotuvchi) kontent

o'rgatuvchi kontent

jalb qiluvchi kontent

qiziqtiruvchi kontent

shaxsiy(axborot) kontent


background image

`

44

mediadagi qiziqtiruvchi kontent – bu foydalanuvchilarni xursand qilish, tabassum, kulgi,
ajablanish va ijobiy his-tuyg‘ularni uyg‘otish maqsadida yaratilgan kontent. Bunday kontentda
odatda hazil, ijodkorlik, qiziqarli faktlar, kulgili videolar yoki rasmlar, kulgili sarlavhalar
mavjud bo‘ladi. Ijtimoiy mediadagi bunday kontent turi korxonada mavjud muammolarini
bevosita hal qilmaydi, ammo, aynan kulgili mavzular, birinchi navbatda, odamlar ijtimoiy
mediada xohlagan hamda ularni qiziqtiradigan manbadir. Ko‘ngilochar kontentni
rejalashtirish brendga ijtimoiy mediadagi auditoriya bilan ijobiy va do‘stona munosabatni
yaratishga yordam beradi, bu esa e’tiborni oshirishga, auditoriyani kengaytirishga va korxona
obro‘sini mustahkamlashga yordam beradi. Foydalanuvchilarni qiziqtirish va ularga yaxshi
kayfiyat yaratish orqali korxona taklif qilayotgan ma’lumotlarning qolgan qismi e’tibordan
chetda qolmasligiga ishonch hosil qilish mumkin. Shaxsiy (axborot ko‘rinishidagi) kontent –
korxonaning o‘zi haqidagi ma’lumotlar to‘plami. Uning asosiy vazifasi ijtimoiy mediada
brendning shaxsiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar berish orqali foydalanuvchilar ishonchni
qozonish hisoblanadi.

Xulosa.

Ijtimoiy mediada kontentning 5 turi mavjud bo‘lib, turistik destinatsiyalar

targ‘ibotida ularning foydalanish ko‘rsatkichlaridan maksimal darajada foydalanish maqsadga
muvofiqdir.

References:

1.

Khalimova, N. (2023). Analysis of instagram activity of leading tourism

destinations.

Центр научных публикаций (buxdu. Uz)

,

29

(29).

2.

Khalimova, N. (2023). Ijtimoiy media mohiyati hamda strategiyalari.

Центр научных

публикаций (buxdu. Uz)

,

29

(29).

3.

Jafarbekovna–phd, k. N. K. N. (2024). Government attention to the use of social media in

the tourism sector of uzbekistan.

Studies in economics and education in the modern world

,

3

(5),

27-33.

Библиографические ссылки

Khalimova, N. (2023). Analysis of instagram activity of leading tourism destinations. Центр научных публикаций (buxdu. Uz), 29(29).

Khalimova, N. (2023). Ijtimoiy media mohiyati hamda strategiyalari. Центр научных публикаций (buxdu. Uz), 29(29).

Jafarbekovna–phd, k. N. K. N. (2024). Government attention to the use of social media in the tourism sector of uzbekistan. Studies in economics and education in the modern world, 3(5), 27-33.