Авторы

  • Gulxayo Sobirova
    Farg’ona viloyati Rishton tumani 21-BMSM o’qituvchisi
  • T.B. G’ofurbekov
    Ilmiy rahbar: san’atshunoslik fanlari doktori, professor

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.51886

Ключевые слова:

ta’lim texnologiyasi interaktiv (interfaol) metodlar loyihalash baholash didaktik o’yin musiqiy-tarixiy va nazariy fanlar.

Аннотация

Ushbu maqolada o’qitishning zamonaviy usullaridan foydalanish orqali ta’lim samaradorligiga erishish yo’llari haqida so’z yuritilib, bolalar musiqa va san’at maktablarida musiqiy-tarixiy va nazariy fanlarni o’qitishda natijadorlikni yuqori ko’rsatkichlarini qayd etishga qartilgan zamonaviy pedagogic texnologiyalar turlari va ularning xususiyatlari bayon etilgan.


background image

`

11

BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARI TA’LIM JARAYONIGA

ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI TADBIQ ETISH

Sobirova Gulxayo Aktamjonovna

Farg’ona viloyati Rishton tumani

21-BMSM o’qituvchisi

T.B.G’ofurbekov

Ilmiy rahbar: san’atshunoslik fanlari doktori,

professor

https://doi.org/10.5281/zenodo.13738952

Annotatsiya

: Ushbu maqolada o’qitishning zamonaviy usullaridan foydalanish orqali

ta’lim samaradorligiga erishish yo’llari haqida so’z yuritilib, bolalar musiqa va san’at
maktablarida musiqiy-tarixiy va nazariy fanlarni o’qitishda natijadorlikni yuqori
ko’rsatkichlarini qayd etishga qartilgan zamonaviy pedagogic texnologiyalar turlari va
ularning xususiyatlari bayon etilgan.

Kalit so’zlar:

ta’lim texnologiyasi, interaktiv (interfaol) metodlar, loyihalash, baholash,

didaktik o’yin, musiqiy-tarixiy va nazariy fanlar.

APPLYING MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES TO THE EDUCATIONAL

PROCESS OF CHILDREN’S MUSIC AND ART SCHOOLS

Sobirova Gulkhayo Aktamjonovna

Teacher at children’s music and

art schools №21in Rishtan district,

Fergana region

T.B.Gafurbekov

Scientific advisor: doctor of art studies, professor

Annotation:

This article talks about ways to achieve educational efficiency through the

use of modern methods of teaching, focusing on recording high performance indicators in the
teaching of musical-historical and theoretical subjects in children's music and art schools.
types of pedagogical technologies and their characteristics are described.

Keywords:

Educational technology, interactive methods, design, assessment. didactic

game, musical-historical and theoretical subjects.


Bolalar musiqa va san’at maktablarida mutaxassislik fanlar bilan bir qatorda olib

borilayotgan musiqiy – tarixiy va nazariy fanlarni o’qitishga bo’lgan talabning kuchayishi,
o’qituvchini dars jarayonlariga innovatsion yondashgan holda yangi pedagogik texnologiya va
interfaol metodlardan foydalanib, o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishini oshirish va sifatli
ta’lim berishga undamoqda.

Ma’lumki, an`anaviy ta’limda o’quvchilar faoliyati passiv tinglovchi sifatida tashkil etilib,

ta’lim jarayonini o’qituvchi boshqaradi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan
ta’lim-tarbiya jarayonida esa barcha texnologiyalar shaxsga ya’ni o’quvchiga yo’naltirilgan
bo’lib, ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar hamkorlikda ishtirok etadilar.

Bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim sohasida ro’y berayotgan tub burilishlar har bir

ta’lim muassasasida didaktika sohasini jonlantirishni, ta’lim samaradorligini oshirishni,
raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashni talab etadi. Ishonch bilan aytish mumkinki, ta’limni


background image

`

12

texnologik asosga qurish sifat darajasini oshirishga, natijalarni kafolatlash tizimiga o’tishga,
o’z-o’zini takomillashtiruvchi mexanizmlarni yaratishga xizmat qiladi. Ta’lim texnologiyasi
yordamida o’qituvchi faoliyati yangilanadi, o’quvchi - yoshlarda mustaqil va ijodiy fikrlash,
bilimga intilish, o’z ustida ishlash, izlanish, o’z-o’zini rivojlantirish tizimli ravishda shakllanadi.

Ta’lim texnologiyasi

- o’qituvchining kasbiy faoliyati samaradorligini oshiruvchi va

ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan xatti -
harakatlar yig’indisidir

1

.

Ta’lim texnologiyasi bosqichlari

- loyihalashtirish, amalga oshirish, nazorat qilish

va

baholash

dan

iborat.

Loyihalash

- mo’ljallangan maqsad, uni amalga oshirish usuli va vositalari yig’indisini

aniqlashdir.

Ta’lim loyihasini

amalga oshirish

da quyidagi ishlarga alohida e’tibor qaratiladi:

- o’rganilayotgan mavzu bo’yicha maqsad, vazifalar bilan o’quvchilarni oldindan

tanishtirish, muammo, topshiriqlarni, shuningdek, uy vazifalarni bajarish tartibi, paytini e’lon
qilish, mavzuni to’liq o’zlashtirish bo’yicha ko’rsatmalar berish, etalon darajasida o’zlashtirish
me’yorlarini aytib berish;

- o’quvchilarning faol, mustaqil faoliyatini rag’batlantirish, bolalar diqqatini mavzu

mazmuniga tortish, uni qanday o’rgatish zarurligini aytib, bilishga qiziqish uyg’otish o’qish
o’rganishga havas, muammolarni bajarishga ehtiyoj uyg’otish. Emotsiyalar, tafakkur
hodisalari bilimlarni o’quv holatlariga tatbiq etish yo’llari orqali mavzu bo’yicha ma’lumotlar
to’plash, to’plangan ma’lumotlar asosida mavzuni to’liq yorituvchi ma’ruza yaratish va o’quv
jarayoniga tadbiq qilingan natijalariga ko’ra ushbu ma’ruzaga o’zlashtirishga oid o’zgartirish,
qo’shimcha, tuzatishlarni belgilash;

Nazorat qilish –

baholash

blokining vazifasi - qo’yilgan maqsadni amalga

oshirilganligini aniqlash, har chorakda va I, II yarimyilliklarda nazorat darslarini o’tkazish va
o’quvchilarning javoblariga ko’ra ularning natijalarini tahlil qilib, zarur hollarda kelgusidagi
harakatlarga o’zgartirishlar kiritiladi. Shunungdek, qo’yilgan ta’limiy maqsad va olingan
natijalarning mosligi xulosalanadi.

Bo’lajak musiqa ijrochisi yoki nazariyotchisiga zamonaviy ta’lim berishda avvalo ularga

aniq bilimlar berish, bilimlarga asoslangan ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ulardan
kelgusidagi faoliyatlarida unumli foydalanishlarini ta’minlashda texnologik yondashuv juda
o’rinli.

Ma’lumki, an’anaviy ta’lim XVII asrda Ya.A.Komenskiyning didaktik tamoyillari asosida

shakllanib, hozirda o’quv muassasalarida eng ko’p qo’llanilayotgan sinf-dars tizimidan iborat.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosan shu tizimni turli yo’nalishlarda takomillashtirish
maqsadlarida yaratilib, ayni vaqtda rivojlanib bormoqda. Ta’lim samaradorligini oshirish va
o’quvchi shaxsini kamol toptirish, mustaqil fikrlash, zaruriy bilimlarni olishga intilishlarini
kuchaytiruvchi turli pedagogic texnologiyalar amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Quyida ularning
ayrimlariga to’xtalib o’tamiz.

O’quvchi-yoshlar ishtirokini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan

pedagogik texnologiyalar

(muammoli o’qitish texnologiyalari, loyihaviy texnologiyalar,

1

SH.S.Shoyimova, M.K.Xoshimova,Sh.R.Mirzayeva, M.M.Qo’ziboyeva. Ta’lim texnologiyalari. Toshkent 2020. 13-bet.


background image

`

13

tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi texnologiyalar, tayanch konspektlar, o’yinli
texnologiyalar);

Shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalar

(hamkorlikda o’qitish texnologiyalari,

insonparvarlikka asoslangan pedagogik texnologiyalar va b.).

Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari

(o’quvchi shaxsining ijobiy sifatlarini, ayrim

sohalardagi bilimlarini, o’quv motivatsiyasini, bilish ehtiyojlarini va ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish texnologiyalari);

O’quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilishga asoslangan pedagogik

texnologiyalar

(tabaqalashtirilgan,

individuallashtirilgan,

dasturlashtirilgan

ta’lim

texnologiyalari, modulli

o’qitish, ta’limning jamoa usuli, guruhli o’qitish, kompyuterli ta’lim

texnologiyalari);

Interfaol metodlar va texnologiyalar

(innovatsion texnologiyalar, interaktiv usullar,

grafik organayzerlar, rolli-didaktik o’yinlar, treninglar);

Ta’limda axborot texnologiyalari

(multimediya, prezentatsiya, audio-video

materiallar, internet, masofaviy ta’lim, ommaviy ochiq onlayn kurslar, videokonferensiya,
o’rgatuvchi mobil ilovalar);

Tarbiyaviy texnologiyalar

(estetik -axloqiy munosabatlar sohasini shakllantirishga

yo’naltirilgan emotsional-badiiy va emotsional-axloqiy texnologiyalar, shaxsning o’z-o’zini
rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirishga yo’naltirilgan texnologiyalar, notiqlik, seminar-
treninglar, to’garaklar, ma’naviy tadbirlar); Bulardan tashqari,

xususiy

(o’quv fanlari),

alternativ

hamda

mualliflik pedagogik texnologiyalari

yo’nalishlari ham mavjud

2

.

Bugun bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonini samaradorligini

ta’minlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interaktiv metodlarni qo’llash tajribasi
Respublikamizda ham jadal tus olgan.

Interaktiv metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga

undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushuniladi. Bu
metodlar qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faollikka chorlaydi. Ta’lim oluvchi
butun dars jarayonida ishtirok etadi

3

.

Interaktiv ta’lim metodlaridan har bir o’qituvchi o’zining pedagogic mahorati va ta’lim

mazmunidan kelib chiqqan holda foydalanish imkoniyatiga ega. Shuningdek, ushbu
metodlardan foydalanishda ta’lim oluvchilarnig psixikasini ham yodda tutish zarur.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha Shveytsariyalik psixolog Jan Piaje (1896-1980)

Bola

psixikasi rivojlanishining to’rt bosqichi nazariyasi

ni ishlab chiqadi. Bular quyidagi

bosqichlar:
1.

Sensomotor bosqich (tug’ilgandan 2 yoshga to’lguncha)—jismoniy his tuyg’ular: teri

sezgisi, ochlik, og’riq, shovqin, yorug’lik va boshqalarga munosabat shakllanadi.
2.

Faoliyatgacha bosqich (2 — 7 yosh) — bola o’ziga atrofdagilar ko’zi bilan qaraydi. Bunda

ijobiy muhitning ahamiyati katta. Bola o’ziga ijobiy baho berishi yaxshi rivojlanishga, past
baho berishi, aksincha natijaga olib keladi.

2

SH.S.Shoyimova, M.K.Xoshimova,Sh.R.Mirzayeva, M.M.Qo’ziboyeva. Ta’lim texnologiyalari. Toshkent 2020. 31-32-

betlar.

3

Amanova A.N. O’zbekistondagi gen muhandisligi soxasining istiqbollari va mavzuni o’qitishda interfaol metodlardan

foydalanish. “Journal of natural science” N2(7) 2022 y.


background image

`

14

3.

Aniq faoliyat bosqichi (7 — 11 yosh) — faktlarni qiyoslash, obyektiv aqliy xulosalar

chiqarish, atrofdagilarning tan olishiga erishish va bolalarcha egotsentrizmdan xalos bo’lish,
mavjud me’yor va qoidalarni o’zlashtirish bosqichi.
4.

Rasmiy faoliyat bosqichi (11 — 15 yosh) — mustaqil fikrlashga intilish bilan hayotiy

qadriyatlarni qayta baxolash, shaxsiy e’tiqodlar, qadriyatlarga munosabat, yangi odamlar
bilan o’zaro munosabatlar, umidlar, kelgusi yo’lni tanlash, biror ma’naviy qahramon yoki
faoliyat sohasiga e’tibor va qiziqishlarning yo’nalganligi, axborotlarni jadal to’plash bosqichi.

Nima uchun ushbu nazariyani keltirganimizni anglagandirsiz? Xa albatta, ta’lim-tarbiya

jarayonida pedagog yuqoridagi nazariyani yodda tutgan holda, o’quvchining rivojlanish
darajasiga mos va uning mantiqiy, intellektual va shaxsiy o’sishiga yordam beruvchi ta’lim
texnologiyalaridan foydalanishi zarur.

Bugungi kun pedagoglarining asosiy vazifasi o’quvchida erkin fikrlash, mustaqil faoliyat,

tashabbuskorlik, faollik, mustaqil o’qish va rivojlanish malakasini hosil qilishdir. Ma’lumki,
o’quv materialni yaxshi o’zlashtirish uchun shunchaki tinglab, yozib o’tirish yetarli emas, balki
ushbu material ustida faol ishlash, o’ylash, muhokama qilish, takrorlash, yordamchi
vazifalarni bajarish kerak.

Interaktiv (ingl. “interaction”, “inter” – o’zaro, “action” – harakat, faollik bo’lib, o’zaro

faoliyat, o’zaro harakat) o’qitishda o’qituvchidan mashg’ulot davomida o’quvchi va o’qituvchi
o’rtasidagi o’zaro ta’sir darajasining bir ko’rinishidan ikkinchisiga mavzu maqsadiga bog’liq
holda ustamonlik bilan ravon o’tishi talab etiladi. Ta’lim oluvchi mashg’ulotda “passiv”
tinglovchi sifatida emas, balki “aktiv” ishtirokchi sifatida qatnashadi. Bu metodlarning o’ziga
xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o’quvchilarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi, jamoa
bo’lib fikrlashi va ishlashi orqali amalga oshiriladi

4

.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha interaktiv usullardan foydalanilganda shaxsning

barcha psixik bilish jarayonlari (sezgi, diqqat, idrok, tasavvur, xotira, aql, tafakkur, nutq,
xayol), psixik holatlari (his-tuyg’u, emotsiya, qiziqish, iroda, ruhlanish) faol ishga tushib,
o’quvchi vazifani bajarish, muammoni yechish uchun mustaqil ravishda izlanib, fikrlash
doirasini kengaytirishga va rivojlantirishga yo’naltiriladi

5

.

Pedagogik adabiyotlarda 100 dan ortiq interaktiv metod, texnologiya va strategiyalar

bayon qilingan. Xususan: “Aqliy hujum” (“Miya hujumi”,“Fikrlar hujumi”), “Kim ko’proq, kim
tezroq?” (“Blits-so’rov”), “Muammoli vaziyat”, “Akademik munozara”, “Bahs-munozara”,
“Debat”, “Buni bilasizmi?” (“Differensial diagnostika”), “Rolli o’yin”, “Bumerang”
(“Charxpalak”) “Qor bo’ron”, “Akvarium”, “Uch bosqichli intervyu”, “Qora quti”, “Sinkveyn”,
“Galereyani aylanish” (“Pinbord”), “Asalari galasi”, “3x4”, “Nazariya va amaliyot”, “SCORE”,
“Chaynvord”, “Esse”, “Muzyorar”, “Kubik”, “Intervyu”, “Press-konferensiya”, “Intellektual
futbol”, “Toifalash jadvali”, “Zinama-zina”, “Rezyume” (“Yelpig’ich”), “Venn diagrammasi”,
“Pinbord”, “Klaster” (Tarmoqlar), “Nima uchun?”, “Qanday?”, “Baliq skeleti”, “Nilufar guli”,
“Insert”, “SWOT-tahlil”, “FSMU” “Konseptual jadval”, “BBB”, “Kaskad”, “Piramida” (“Ierarxiya”),
“T-sxema”, “Assesment”, “Aql xaritasi”, (“Mind map”), “Tushunchalar tahlili”, “Loyiha”, “Keys-

4

SH.S.Shoyimova, M.K.Xoshimova,Sh.R.Mirzayeva, M.M.Qo’ziboyeva. Ta’lim texnologiyalari. Toshkent 2020. 66-bet.

5

O’sha manba


background image

`

15

stadi”, “Skarabey”, “Rotatsiya”, “OSKI” (“OSCE”), “Blits-o’yin” (tartiblashtirish), “Tayanch
konspekt” va boshqalar.

Ushbu metod, texnologiya, grafik organayzer va strategiyalarning har biri o’z yaratilish

tarixi, maqsad-vazifalari va qo’llanilish xususiyatlariga ega. Darsni mazmunli va o’quvchilar
uchun qiziqarli etib olib borishda yuqorida keltirilgan interaktiv metod va tehnologiyalardan
bir darsda bir nechtasini qo’llash mumkin. Bu o’qituvchining pedagogik mahoratiga bog’liq
holda amalga oshiriladi. Yuqorida keltirib o’tilgan metod va texnologiyalardan musiqiy-tarixiy
va nazariy fanlarni o’qitish jarayonida o’rinli foydalanish, o’quvchilarni o’tilgan mavzu
bo’yicha kerakli bilim, ko’nikma va malakalarni egallab borishlariga yanada ko’proq imkon
beradi. Shuningdek o’qituvchining o’z ustida doimiy ishlashi natijasida o’quvchilarni aqliy
rivojlanishiga, mustaqil fikrlashga o’rgatuvchi mualliflik metodlari ham shakllanishi tabiiy hol.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, zamonaviy pedagogic texnologiyalarni dars jarayoniga tadbiq
qilish orqali ta’lim samaradorligiga erishilishi va har bir fan oldiga qo’yilgan maqsad va
vazifalarning to’laqonli bajarilishi tajribalarimiz natijasida ma’lum bo’lmoqda.

References:

1.

SH.S.Shoyimova,

M.K.Xoshimova,

Sh.R.Mirzayeva,

M.M.Qo’ziboyeva.

Ta’lim

texnologiyalari. Toshkent 2020.
2.

Amanova A.N. O’zbekistondagi gen muhandisligi soxasining istiqbollari va mavzuni

o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish. “Journal of natural science” N2(7) 2022.
3.

Mirhayitova S.I. Pedagogik texnologiya. Toshkent 2020.

4.

Nishonova Z, Alimova G. Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi. Toshkent 2006.

5.

Mamadjanova E. Musiqiy-tarixiy fanlarni o‘qitish uslubiyoti. Toshkent 2020.

Библиографические ссылки

SH.S.Shoyimova, M.K.Xoshimova, Sh.R.Mirzayeva, M.M.Qo’ziboyeva. Ta’lim texnologiyalari. Toshkent 2020.

Amanova A.N. O’zbekistondagi gen muhandisligi soxasining istiqbollari va mavzuni o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish. “Journal of natural science” N2(7) 2022.

Mirhayitova S.I. Pedagogik texnologiya. Toshkent 2020.

Nishonova Z, Alimova G. Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi. Toshkent 2006.

Mamadjanova E. Musiqiy-tarixiy fanlarni o‘qitish uslubiyoti. Toshkent 2020.