`
119
“HALOLLIK” UMUMIY SEMALI ATOV BIRLIKLARNING SEMANTIK
STRUKTURASI
Xo‘jayeva Umida Maxmudovna
Navoiy davlat pedagogika instituti
Ingliz tili va adabiyoti fakulteti
Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13888545
Annotatsiya.
Mazkur maqolada “Halollik” umumiy semali atov birliklarning semantik
strukturasi tahlil etilgan. Tahlil jarayonida o‘zbek tilidagi halollikka oid leksimalarning turli
nutq jarayonlarida voqelanishi yoritilgan. Maqolada “halollik” umumiy ma’noli atov
birliklarning semantik strukturasini analiz qilish jarayoni badiiy matnlar hamda ilmiy
manbalarga tayanilgan holda yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
sema, semantik struktura, halollik, leksima, umumiy sema, xususiy sema.
Annotation.
This article analyzes the semantic structure of noun units with the general
term "Honesty". In the process of analysis, the meanings of lexemes in the Uzbek language in
various speech processes are studied. Semasiology is one of the most important achievements
of linguistics. In the process of analyzing semantic structures, noun units with the meaning
"Honesty" found in various artistic and scientific sources are studied.
Key words:
Semasiology, semantic structure, lexeme, sema.
Аннотация.
В данной статье анализируется семантическая структура именной
единицы с общим термином «Честность». В процессе анализа изучаются значения
лексем узбекского языка в различных речевых процессах. Семасиология является
одним из важнейших достижений языкознания. В процессе анализа семантических
структур изучаются именные единицы со значением «Честность», встречающиеся в
различных художественных и научных источниках.
Ключевые слова:
Семасиология, семантическая структура, лексема, сема.
Kirish
Shaxsning ma’naviy sifatlarini aks ettiruvchi muhim jihatlaridan biri uning nutqi
hisoblanadi. Nutq orqali shaxsning ma’naviyatiga ma’naviy tashxis qo‘yilar ekan bu murakkab
jarayon hisoblanadi. Masalan, bir badiiy asarning bosh qahramoni va uning komillik darajasini
aks ettiruvchi matn tayyorlash uchun ijodkor nutqida ham “ma’naviyat” leksik kategoriyasiga
oid bo‘lgan so‘z va birikmalarning mavjudligi qahramonning qay darajada komil inson
ekanligini tasvirlashga zamin yaratadi. Masalan, “ma’naviyat” leksik kategoriyasiga oid muhim
sifatlardan biri “halollik” umumiy semali atov birliklardir. Mazkur ma’noviy guruhning
semantik strukturasini chuqur tahlil qilish uchun, avvalo, tilshunoslikka oid ba’zi ilmiy
atamalarning izohlarini keltirib o‘tish lozimdir. Masalan, sema, semema, leksik kategoriya yoki
semantik struktura tushunchalari tilshunoslikda qanday izohlanishini va ularga turli
manbalarda berilgan ta’riflarga e’tibor qaratamiz. Leksik ma’no mavhum va izohlash mushkul
bo‘lgan hodisa hisoblanadi. Shavkat Rahmatullayev o‘zining “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”
darsligida XX asr tilshunosligining eng muhim va samarali bo‘lgan yutuqlaridan biri
komponent analiz metodi
yani leksik ma’noni uzvlarga parchalagan holda o‘rganishning kashf
`
120
etilgani
1
deya ta’kidlagan. Komponent analiz metodi
semik analiz metodi
deb ham ataladi.
Demak, leksimalarning ma’nolarini semalarga ajratgan holda izohlash bu – ma’noni voqelikka
nisbat bergan holda izohlanishidir. Sema – yunoncha –
sema
– “belgi” so‘zidan olingan bo‘lib,
keng tushunchadan tor ma’noga qarab o‘rganib boriladi
2
.
Semantik strukturaga izoh beriladigan bo‘lsa, tilshunoslikda murakkab va tilning turli
nuqtai nazarlaridan analiz qilinadigan hodisa hisoblanadi. Muhayyo Hakimovaning
“Semasiologiya” qo‘llanmasida aytib o‘tilganidek, til leksik-semantik sistemasining asosiy
birligi bu – leksik ma’noli so‘z yoki leksima.
3
Mazkur maqolada “halollik” semali atov
birliklarning qanday leksema va qanday leksik ma’noli so‘zlar orqali ifodalanganligini tahlil
etamiz. Analiz qilish jarayonida turli badiiy asarlardan va tilning turli yo‘nalishlarini qamrab
olgan lug‘atlardan foydalaniladi. “Halollik” umumiy ma’noli atov birliklarning turli xil
leksemalar bilan ifodalanishi va leksemalar boshqa so‘zlar bilan qaysi semalarni orqali leksik
kategoriyaga birika olishi misollar orqali tahlil etilgan. Quyida “hallollik” umumiy semali atov
birliklarining semantik strukturasi tahlil etilgan.
Halollik
leksimasi bilan birikma hosil qilgan har bir birlik va so‘zlarning ma’nolari
tahliliga tizimli to‘xtalib o‘tamiz.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da keltirilgan “
halollamoq
” leksimasi anglatadigan
semalarga
4
to‘xtaladigan bo‘lsak, bu leksimaning o‘z va ko‘chma ma’nolari mavjuddir. Bu
leksema o‘z ma’nosida “
halol qilmoq, yesa, ichsa bo‘ladigan qilmoq
” ma’nolarida qo‘llaniladi.
Ko‘chma ma’noda hamda sintagmatik munosabat asosida esa
biror bir narsani oqlaydigan,
unga munosib ish qilmoq
degan ma’noda qo‘llanilgan. Masalan, “
sutni halollamoq”
birikmasiga
to‘xtaladigan bo‘lsak, bu birikmada
halollamoq
leksimasi ko‘chma ma’noda y
a’
ni “
ona sutni
oqlamoq unga munosib ish qilmoq
” ishlatilgan. Shuningdek, shu lug‘atda uchraydigan yana bir
birikma ya’ni “
qo‘lni halollamoq
” birikmasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bu birikmada
qo‘l
leksimasi o‘z ma’nosida (inson tana a’zosining nomi) emas, balki
halollamoq
leksimasi bilan
birikkan holda “
xatna qilmoq”
degan ma’noni anglatadi. Misol tariqasida Tog‘ay Murodning
“Ot kishnagan oqshom” qissasidan bir parcha keltirib o‘tilgan: “
Shoymardon – ferma mudiri,
o‘g‘lining qo'lini halolladi”.
“Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati” da keltirib o‘tilgan “
halol risq topmoq
”
birikmasini
5
izohiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu birikma keng va judayam turli xil ma’nolarni
anglatadi. Dastavval, bu birikma “
o‘z mehnati bilan tirikchilik qilish”
ma’nosini anglatadi va uni
chuqqurroq tahlil etadigan bo‘lsak, “
omonatga xiyonat qilmaslik, yetimlarni boshini silash, o‘z
mol-mulki hisobidan zakot berish, qarzlarni o‘z vaqtida qaytarish”
kabi semalari ham
mavjuddir. Albatta, bu semalar turli nutq jarayonlarida hamda boshqa leksemalar bilan
sintagmatik munosabatda namoyon bo‘ladi.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “halol” leksimasining sport sohasida ishlatiladigan
ma’nosi keltirib o‘tilgan. Ushbu leksema xalqaro termin darajasida jahon arenalarida
qo‘llnmoqda. Kurash usullaridan bir bo‘lgan “halol” leksimasi
“sof g‘alabaga erishish, hech
1
Sh. Rahmatullayev “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligi- Toshkent: “Universitet”, 2006, 50-bet.
2
Ko‘rsatilgan manbaa.
3
M.Hakimova “Semasiologiya” o‘quv qo‘llanma-Toshkent, 2008, 31-bet.
4
O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. J. I. – Toshkent: O‘zME, 2022.
5
“Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati”- Toshkent: G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi,
2010, 744-bet.
`
121
qanday qing‘ir usullarsiz g‘alabani qo‘lga kiritmoq”
,
“ustunlikka erishmoq
” semalari bilan
ma’naviyat kategoriyasiga bilvosita aloqador hisoblanadi. Misol tariqasida Nazar
Eshonqulning “Yalpiz hidi” asaridan bir jumla keltirib o‘tilgan:
– Halol! - baqirib yubordi Sharif
chavandoz. – Buni yiqitish deydi-da!
Mazkur leksema ushbu matnda “or-nomus, g‘urur, faxr, sof
g‘alaba”, “yigitlik sha’ni”, “yaqqol ustunlik” ma’nolarini ham anglatadi.
Quyida “halol” leksimasiga ma’nodosh bo‘la oladigan ba’zi bir so‘zlarning izohi va
tahliliga to‘xtalib o‘tamiz. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da mavjud bo‘lgan “sof” so‘zi ba’zi
o‘rinlarda, ya’ni ko‘chma ma’noda qo‘llanilganda, “halol” so‘ziga ma’nodoshlik hosil qila oladi.
“Sof” leksimasining o‘z va ko‘chma ma’nolariga ta’rif beradigan bo‘lsak, leksimaning o‘z
ma’nosi “toza, beg‘ubor, musaffo” kabilardir. Ushbu sememaga misol tariqasida Erkin Vohidov
o‘zining “Boychechak” she’rida tongni “sof” deya tariflaganini keltirishimiz mumkin. “Sof”
so‘zining yana bir semalaridan biri “asil, toza, boshqa unsurlar aralashmagan” ma’nosidir.
Masalan, tilimizda ko‘p uchraydigan “sof oltin” birikmasini misol tariqasida keltirishimiz
mumkin. Bu leksima ba’zi bir nutq jarayonlarida “halol” so‘ziga sinonim holda qo‘llaniladi va
bu holatda “sof” leksimasi ko‘chma ma’nosidan yani “dog‘ tushmagan, har qanday ayb
nuqsondan xoli, toza va pokiza” semalaridan foydalaniladi. Masalan, A. Muxtor ushbu
leksimani “halol” ma’nosida qo‘llagan: “Bu bozor ahliga, bu yerdagi sof-u nosof, ikir-chikir
bandalarga mening nima daxlim bor?..”( Asarlar). Ushbu holatda “sof-u nosof bandalar”
birikmasi halol yoki “harom”, “qing‘ir yo‘l bilan tirikchilik qiladigan” insonlarni ta’riflab
kelmoqda. Darhaqiqat, “sof”, “soflik”, “sofdil” kabi leksimalarning halol risq bilan hayot
kechiruvchi insonlarga nisbatan ishlatilishini kundalik hayotimizda ham uchratishimiz
mumkin.
Shu ayonki,
halol inson
birikmasiga duch kelganimizda, tasavvurimizda boshqalarga
“iltifot qiladigan”, “muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zadigan inson” gavdalanadi.
Xulosa tariqasida shuni ta’kidlash joizki, halollik leksemasi badiiy asarlar hamda izohli
lug‘atlarda bir leksimaning turli nutq kontekslarida anglatadigan bir-biriga bevosita va
bilvosita bog‘liq bo‘lgan birlikdir. Alibek Rustamov o‘zining “So‘z xususida so‘z” kitobida, tilda
bir narsaning o‘zini turlicha atash imkoniyati, nutq jarayonida so‘zlarning o‘z va ko‘chma
ma’nolaridan foydalanishni o‘ziga xos bir san’at deya takidlagan.
6
Ushbu maqolada
“ma’naviyat” leksik-semantik kategoriyasi “halollik” umumiy semali leksemasining
sintagmatik munosabati asosida anglatadigan, bir-biriga semantik bog‘liq bo‘lgan leksik tizimi
tahlil etilgan. “Halollik” semali atov birliklar tilimizda turli xil sohalarda qo‘llanishiga guvoh
bo‘ldik. Darhaqiqat, ularning turli nutq jarayonlarida har xil sohaga oid bo‘lgan ma’nolari til
foydalanuvchilari tomonidan ishlatilganida uning semantik imkoniyatlari keng ekanligini
ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, “halollik” semali atov birliklarning izohlari bilan bir qatorda
“halol” leksimasiga ma’nodosh sifatida keng qo‘llaniladigan nutqiy sinonimlarning o‘z va
ko‘chma ma’nolarda qo‘llanilganida anglatgan ma’nolarining izohlari turli ma’nolar uchun
xoslanadi. Yuqorida eslatib o‘tilgan misollar va jumlalarni chuqur tahlil qilgan holda, bir
leksema judayam keng va boy bo‘lgan semantik imkoniyatlarga ega ekanligini ko‘rishimiz
mumkin.
6
Alibek Rustamov “So‘z xususida so‘z”-Toshkent: “Yosh gvardiya”, 1987.
`
122
References:
1.
Alibek Rustamov. “So‘z xususida so‘z”. – Toshkent: “Yosh gvardiya”, 1987.
2.
“Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug‘ati”. – Toshkent: G‘ofur G‘ulom nomidagi
nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2010. –B. 744
3.
Muhayyo Hakimova. “Semasiologiya” o‘quv qo‘llanma. –Toshkent, 2008. 31-bet.
4.
Sh. Rahmatullayev. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” darsligi. – Toshkent: “Universitet”, 2006.
50-bet.
5.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”: 80000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. J. I. – Toshkent:
O‘zME, 2022.