`
32
PEDAGOGIKA TARIHI VA NAZARIYALARI
Qurbonova G.
Farg’ona viloyati
Quva tumani 23-maktab psixologi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13927704
Pedagogika
(yun. paidagogs) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va
amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Ped. institutlari va ayrim boshqa oʻquv
yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham pedagog deb
yuritiladi. Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan.
Zamonaviy pedagog bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy
hamda maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston
Respublikasida Pedagoglarga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi
sifatida yondashiladi. Pedagog tarbiya jarayonining qonuniyatlari, tarkibi va uni tashkil etish
mexanizmlarini tadqiq etadi, tarbiyaviy va oʻquv ishlarining mazmuni, tamoyillari, ularni
tashkil etish shakl, usul hamda yoʻsinlarini belgilab beradi. Shaxsni tarbiyalash, oʻqitish va
shakllantirish
Pedagogning
asosiy
funksiyasi
hisoblanadi.
Shaxsni
tarbiyalash
Pedagogikanidagi asosiy tushuncha sanalib, oila va jamiyatning barkamol shaxsni
shakllantirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini anglatadi. Tarbiya yordamida inson
shaxsining maʼnaviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda tutiladi. Dunyoqarash, eʼtiqod, ezgulik,
goʻzallik, yaxshilik, adolatga doyr qarash va koʻnikmalarning shaxs sifa-tiga aylantirilishi
tarbiya yordamidagina amalga oshiriladi. Insonlar ora-sida yashash, hayotda turmush
kechirish va faoliyat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar yigʻindi-sini
oʻzlashtirishga qaratilgan faoliyat oʻqitish tushunchasini ifoda etadi. Oʻqitish natijasida shaxs
zaruriy bilimlar bilan taʼminlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus maʼlumotni olish imkoniga
ega boʻladi. Tarbiyalash va oʻqitish natijasida odamda muayyan shaxs sifatlari shakllantiriladi.
Shaxe tarbiyalash va oʻqitish orqali oʻzida oldin boʻlmagan maʼnaviy-intellektual sifatlarga ega
boʻladi. Bu hol shaxsning umri mobaynida uzluksiz davom etadi va uning rivojlanishiga omil
boʻladi.
Inson va uni shakllantirishga doir fan sifatida Pedagogika falsafa, etika, estetika,
madaniyatshunoslik, psixologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, demografiya, tarix, adabiyot,
tibbiyot, matematika va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliq. Pedagogika fani va amaliyoti
taraqqiyotida bu fanlarning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, ilmiy xulosalarni aniqlash,
taxlil qilish hamda umumlashtirish usullaridan foydalanadi. Pedagogikada taʼlim va tarbiya
jarayonlarining qaysi jihatlarini oʻrganishdan kelib chiqadigan bir qancha soha va boʻlimlar
mavjud. Oʻqitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullari bilan shugʻullanadigan sohasi
didaktikadir. Shaxsning axloqiy sifatlarini tarkib toptirish, unda eʼtiqod, dunyoqarash, axloq
singari maʼnaviy jihatlarni shakllantirish masalalarini pedagogikaningning tarbiya nazariyasi
va amaliyoti tarmogʻi oʻz ichiga oladi. Taʼlim-tarbiyani tashkil etish, uyushtirish va uni
boshqarish singari tashkiliy-pe-dagogik ishlar qonuniyati pedagogikaning mak-tabshunoslik
sohasi tomonidan ishlab chiqiladi. pedagogika hamisha muayyan yoshdagi, maʼlum hayotiy va
akliy tajribaga ega boʻlgan kishilar bilan ish koʻradi. Shuning uchun ham pedagogikanining
qonuniyatlarini belgilashda taʼlimtarbiya oluvchining yosh xususiyatlarini hisobga olish hal
qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi. Ayrim oʻquv fanlarini oʻqitish qonuniyatlari va usullarini
`
33
oʻrgatuvchi metodika (tadris) fanlari ham pedagogikaning sohalari hisoblanadi. Bularga
nisbatan didaktika umumiy metodika hisoblanadi va har bir alohida predmeti metodikasi
xususiy didaktika sanaladi. Ammo bu xil chegaralanish anchagina shartlidir. Chunonchi,
adabiyot oʻqitish metodikasi didaktikaga nisbatan xususiy didaktika hisoblanadi, ayni vaqtda,
u mumtoz adabiyot tarixini oʻrganish metodikasi, chet el ada-biyotini oʻrganish metodikasi, xalq
ogʻzaki ijodini oʻrganish metodikasiga nisbatan umumiy metodika vazifa-sini bajaradi. Xususiy
metodikalar umumiy didaktikaga tayangan va uning nazariy umumlashmalariga asoslangan
holdagina rivojlana oladi. Ayni vaqtda, har bir aniq fanga tatbiq etilgan didaktik qonuniyatlar
oʻsha oʻquv predmetini oʻqitish tajribasidagi oʻziga xoslik bilan boyitiladi, umumiy jihatlarni
konkretlashtiradi, har bir oʻziga xoslikda oʻqitishning universal jihatlarini namoyon etadi.
Pedagogikaning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar rivojlanishining
ruhiy-jismoniy xususiyatlarini, ularni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirishdagi oʻziga
xosliklarini hisobga olib ish koʻradigan tarmogʻi defektologiyapnr. Defektologiya bolaning
qanday jismoniy nuqsonga egaligi hamda ularga beriladigan taʼlimtarbiyaning
yoʻnaltirilganligiga qarab tiflopedagogika, surdopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya
singari tarmoqlarga boʻli-nadi. Jahon yoki milliy tarbiya nazariyasi, didaktika fani hamda
amaliyo-ti jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida qanday mazmun-mundarija, shakl-shamoyil
kasb etganligi, qaysi usul va shakllardan foydalanib ish koʻrganligi, qanday natijalarga
erishganligi kabi masalalar ped. tarixi fani tomonidan tadqiq etiladi.
20-asr boshlaridan qiyosiy pedagogika fani Pedagogikaning alohida tarmogʻi sifatida
dunyoga keldi. Unda jahondagi turli xalqlarning pedagogik qarashlari va taʼlim-tarbiya tizimi
qiyosiy-genetik yoʻsinda bir-biriga solishtirilgan holda oʻrganildi. Pedagogikaning bu tarmogʻi
taʼlim-tarbiya borasidagi eng ilgor usul va yondashuvlarni solishtirish, maqsadga muvofiklarini
muayyan milliy pedagogik fan va amaliyotga tat-biq qilish imkonini beradi. Mamla-katimizda
hozircha qiyosiy ped. alohida fan sifatida shakllanmagan boʻlsada, bu borada jiddiy izlanishlar
amalga oshirilgan. Pedagogika inson faoliyatining eng qadimgi turidir. U odam bilan birga
paydo boʻlgan va odamning odamligini, uning oila, jamoa hamda jamiyat boʻlib yashashini
taʼminlab turgan fan va amaliyotdir. Insoniyat mavjud tajribalarni oʻrganish va boshqalarga
oʻrgatishni yoʻlga qoʻya boshlagan vaqtdan, yaʼni Pedagogika paydo boʻlganidan buyon hamda
shu tufayligina mavjuddir. Dastlab sof amaliy harakterga ega boʻlgan va insoniyat koʻp yillar
mobaynida orttirgan hayotiy tajribalarni yoshlarga qisqa muddatda oʻrgatishni koʻzda tutgan.
Bu Pedagogikada udum, odat, anʼana tarzida namoyon boʻlgan. Shuning uchun ham oldin xalq
pedagogikasi vujudga kelgan. Chunonchi, oʻzbek xalq Pedagogikasiga muvofiq, kichik
yoshdagilar kattalardan oldin taomga qoʻl uzatmaydi, koʻrishish uchun oldin katta qoʻl choʻzishi
lozim, ota bilan masala talashilmay-di, kattalarga ran qaytarilmaydi va boshqa Odamzodning
hayotiy va aqliy tajribasi ortib, turmush kechirish tarzi xilma-xillashib, mehnat taqsimoti
yuzaga kelib turli fanlar paydo boʻla boshlashi bilan Pedagogika ham inson faoliyatining alohida
sohasiga aylandi. Taʼlim va tarbiyaga doyr qarashlar tizimi shakllandi. Lekin bular darhol
pedagogik nazariy tizimlar sifatida emas, balki milliy fikr tarbiyaga daxldor qarashlar, aqidalar,
hikmatlar tarzida namoyon boʻldi. Yozuv paydo boʻlishi bilan pedagogik qarashlar yozuvga
koʻchiriladigan boʻldi. Antik davrdagi mu-tafakkirlarning taʼlimtarbiya borasidagi fiqolari
markazida yetuk insonni shakllantirishga intilish is-tagi turardi. Shumer, Misr, Xitoy, Hindiston
va Oʻrta Osiyodagi turli madaniymaʼrifiy obidalar moddiy madaniyat namunalarigina boʻlib
`
34
kolmay, oʻz davridagi buyuk pedagogik meros hamdir. Qadim zamonlarda paydo boʻlgan
pedagogik qarashlar koʻproq amaliy xususiyatga ega boʻlsada, ke-yinchalik Pedagogikaning
alohida fan sifatida shakllanishiga ulkan hissa qoʻshdi. Pedagogika insoniyatning axloqodobi va
maʼnaviyatigagina emas, balki akliy rivojiga ham hal qiluvchi taʼsir koʻrsatgani sababli uning
taraqqiyot darajasi jamiyatning ravnaqiga muvofiq tarzda roʻy berdi. Bir qancha mamla-
katlarning rivojiga ham, boshqalarining esa qolokligiga ham koʻpincha oʻsha mamlakatdagi
Pedagogikaning holati sabab boʻlgan. Xususan, Sharqxalqlari oʻz vaq-tida eng qad. va ilgʻor
pedagogik qarashlar tizimini yaratgan boʻlishlariga qaramay, shu tizimni zamona talablariga
muvofiq tarzda takomillashtirib bormaganliklari uchun keyinchalik ilm-fan taraqqiyoti
jihatidan qoloq holga tushib qoldilar. Aytish kerakki, marksistik falsafa barcha ijtimoiy
hodisalar kabi P.ni ham oʻzi oʻylab topgan ijtimoiyiqtisodiy qoliplarga muvofiq tarzda
izohlashga urinib keldi. Shundan kelib chiqib. P.ni partiyaviy-sinfiy xususiyatga ega deb qaraldi
va turli sinflarning P.si bir-biridan jiddiy farq qiladi hamda oʻzaro qaramaqarshi boʻladi, deb
izoxladi. Shuning-dek, marksistik yondashuvga koʻra, P. ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarga
muvofiq boʻladi, yaʼni tuzum oʻzgarishi bilan tubdan oʻzgarib, oldingi pedagogik tizim toʻliq
inkor etiladi. Holbuki, fan insoniyat tarixi marksizmda ay-tilgan besh formatsiyadan iborat
emasligini koʻrsatdi. Binobarin, shunga moslab chiqarilgan xulosalarning sunʼiy va noilmiy
ekanligi ayon boʻldi.
Oʻzbek pedagogikasi juda qadim tarixga ega boʻlib, uning dastlabki ildizlari Avestota,
Urxun-Yenisey bitiklariga, Selungur madaniyatiga borib taqaladi. Ave-stodagi ezgu fikr, ezgu
soʻz va ezgu amal haqidagi, kishilarga koʻngil maʼrifa-ti berish borasidagi qarashlar yozma
milliy pedagogik qarashlarning dastlabki namunasi boʻlib, yetuk insonni shakllantirishga
yoʻnaltirilgan. Milliy Pedagogikaning taraqqiyotida islom dini va tasavvuf taʼlimoti hal qiluvchi
oʻrin tutadi. Chunki Qurʼoni karim, Xadisi sharif va tasavvuf taʼlimo-tining markazida axloq,
komil inson maʼnaviyatini shakllantirish turardi. Komil inson taʼlim-tarbiya yordamida, yaʼni
Pedagogika vositasida tarkib toptirilishi mumkin edi. Forobiyning "Fozil odamlari', Beruniy, Ibn
Sino falsa-fiy qarashlaridan oʻrin olgan yetuk shaxslar, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy
asarlarida tasvirlangan be-nuqson odamlar, Abduxoliq Gʻijduvo-niy, Ahmad Yassaviy,
Bahouddin Naqshband, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab orzulagan komil inson uzbek
Pedagogikasining markazida turardi. 17-asrdan boshlab, milliy Pedagogikada taʼlim-
tarbiyaning mohiyatiga emas, balki tashqi jihatlariga eʼtibor kuchaydi, turmush talablarini
hisobga olmay, hayotiy za-mindan uzilish sodir boʻddi. Natijada, jamiyat taraqqiyoti susaydi,
ijtimoiy-siyosiy hayotda ham tanazzulga yuz tutildi. Pedagogikadagi biqiqlik, biryoqlamalik
kishilar ruhiyatiga koʻchdi, undan ijtimoiy tartibotlar va siyosiy qurilmalarga oʻtdi. Butun bir
davlat xonliklarga boʻlinib ketdi. Xonliklarning har birining ichida bir-biri bilan kelishmovchilik
hamda oʻzaro janjallar avj oldi. Negaki, jamiyat va unda yashaydigan insonlarning maʼnaviy
oʻrnaklari puxta tayin etilmagan edi. Rossiya bosqini va shoʻrolar zamonida milliy Pedagogika
kuchli tanazzul davrini boshdan kechirdi. Toʻgʻri, ayni shu davrda u ilmning alohida sohasi
sifatida tarkib topdi. Lekin shoʻro davridagi oʻzbek Pedagogikasi toʻligʻicha gʻarbiy asoslarga
qurilgan, begona tamoyillarga tayangan fan boʻldi. Unda millat maʼnaviy tajribasi, uning asrlar
mobaynida shakllangan anʼanalari, ruhiy toʻlgamlari hisobga olinmagandi. Shuning uchun ham
toʻliq dahriylik asosiga qurilgan begona Pedagogika koʻzlagan nati-jalarga erisha olmadi.
Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishi natijasida millim ong boʻgʻuvdan, mafkuraviy qolipdan,
`
35
buyruqqa muvofiq fiqolash zugʻumidan qutuldi. Bu hol Pedagogikaning sogʻlom aql, milliy
ruhiyat va anʼanalarga moye tarzda yoʻlga qoʻyilishiga imkon yaratdi. Bugungi oʻzbek
Pedagogikasi millat ruhiyatidagi nozik jihatlarni hisobga olgan va dunyo tarbiyashunosligidagi
eng soʻnggi yutuqlarga tayangan qolda taraqqiy etmoqda.
Xulosa qilib aytganda zamonaviy oʻzbek Pedagogikasida barkamol insonni shakllantirish
rasmiy ravishda bosh maqsad qilib belgilangan. Bu Pedagogika taʼlimtarbiya jarayonida taʼlim
oluvchi va tarbiyalanuvchilarning faol ishtirok etishlarini koʻzda tutadi. Bolalar, yoshlar
pedagogik jarayonning obʼyektigina emas, balki subʼyekti, yaʼni ijrochisi ham ekanligiga alohida
eʼti-bor qaratilmoqda. Ayni vaqtda, barcha pedagogik tadbirlar taʼlim-tarbiya oluvchilarning
mustaqil fiqolashlarini taʼminlash, ularda tarbiyalanish va oʻqishga ehtiyoj uygʻotishga
yoʻnaltirilgan xrlda tashkil etilmoqda. Bugungi oʻzbek Pedagogikasi uchun muayyan bilimlar yi-
gʻindisi emas, balki bola shaxsi bosh qadriyatga aylangan. Shuning uchun ham milliy P.da faqat
bilimli oʻquvchilar tayyorlashga emas, balki izlanuvchan, tashabbuskor shaxsni
shakllantirishga asosiy eʼtibor berilmoqda. Zamonaviy oʻzbek Pedagogikasi rivojida E. Qodirov,
S. Dolimov, Q. Axmedov, D. Shodiyev, A. Zunnunov, F. Musayev, J. Ikromov, K. Hoshimov, J.
Yoʻldo-shev, Y. Abdullayev, N. Shodiyev, M. Quronov, L. Moʻminova, B. Qodirov sin-gari olimlar
tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari muqim oʻrin tutadi.
References:
1.
Pedagogika, T., 1996; Oʻzbek pedagogikasi tarixi, T., 1997; Qurbonov Sh.,
2.
Seytxalilov E., Kadrlartayyorlash milliy dasturi: pedagogik tadqiqotlar yoʻnalishi va
muammolari, T., 1999;
3.
Oʻzbek pedagogikasi antologiyasi [tuzuvchilar: K. Hoshimov, S. Ochil], 1-, 2-j.lar, T., 1995,
1999.
Qozoqboy Yoʻldoshev.