Авторы

  • Rahimjon Maxmudov
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.51927

Ключевые слова:

NPL muammoli kreditlari yuqori rentabellik kredit riski kredit portfel diversifikatsiya kredit siyosati.

Аннотация

Ushbu maqolada muammoli kreditlar, shuningdek, xarakatsiz kreditlar (NPL) qarz oluvchi to‘lov majburiyatlarini bajarmagan kreditlarni boshqarish bilan bog‘liq muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari o‘rganilgan. Xususan, banklarda muammoli kreditlar moliyaviy barqarorlik va rentabellik uchun katta xavf tug‘diradi. NPLning yuqori darajasi bankning kapital bazasini yemirishi, likvidligini pasaytirishi va kreditlash imkoniyatlarini yomonlashtirishi mumkin. Muammoli kreditlarning vujudga kelishida ko‘pincha kreditni noto‘g‘ri baholash, iqtisodiy tanazzul, sohaga oid inqirozlar va qarz oluvchilarni noto‘g‘ri boshqarish kabi sabablar asos bo‘ladi.


background image

`

16

TIJORAT BANKLARIDA MUAMMOLI KREDITLAR VA ULARNI QISQARTIRISH

YO‘LLARI

Maxmudov Rahimjon Hamid o‘g‘li

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi

mr.rahimjon10@gmail.com

ORCID-0009-0003-9374-9423

https://doi.org/10.5281/zenodo.13907924

Annotatsiya:

Ushbu maqolada muammoli kreditlar, shuningdek, xarakatsiz kreditlar

(NPL) qarz oluvchi to‘lov majburiyatlarini bajarmagan kreditlarni boshqarish bilan bog‘liq
muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari o‘rganilgan. Xususan, banklarda muammoli
kreditlar moliyaviy barqarorlik va rentabellik uchun katta xavf tug‘diradi. NPLning yuqori
darajasi bankning kapital bazasini yemirishi, likvidligini pasaytirishi va kreditlash
imkoniyatlarini yomonlashtirishi mumkin. Muammoli kreditlarning vujudga kelishida
ko‘pincha kreditni noto‘g‘ri baholash, iqtisodiy tanazzul, sohaga oid inqirozlar va qarz
oluvchilarni noto‘g‘ri boshqarish kabi sabablar asos bo‘ladi.

Kalit so‘zlar:

NPL, muammoli kreditlari, yuqori rentabellik, kredit riski, kredit portfel,

diversifikatsiya, kredit siyosati.


Tijorat banklarida muammoli kreditlar (NPL) bankning barqarorligi va rentabelligi uchun

katta xavf tug‘diradi. Muammoli kreditlar iqtisodiy tanazzul, qarz oluvchilarning qarzlarini
to‘lamasliklari, risklarni noto‘g‘ri baholash va boshqa turli omillar ta’sirida kelib chiqishi
mumkin. Banklarda muammoli kreditlarni qisqartirish natijasida ularning kredit portfelini
moliyaviy sog‘lomlashtirish, omonatchilar va investorlar ishonchini saqlab qolishga xizmat
qiladi. Muammoli kreditlar hajmini minimallashtirish uchun banklar oldini olish, erta
aralashuv, risklarni boshqarish va tartibga solishga mexanizmlarini samarali qo‘llash talab
etiladi.
1.

Oldini olish (Prevention). Bu kredit riskini oldindan samarali baholash, ehtiyotkorlik bilan

kreditlash amaliyoti va kredit portfelini diversifikatsiya qilish orqali amalga oshiriladi.
Muammoli kreditlarni kamaytirishning asosiy usullaridan biri bu kredit riskini aniqlik bilan
baholash jarayonini amalga oshirishdir. Banklar potentsial qarz oluvchilarning moliyaviy
holati, kredit tarixi va to‘lov qobiliyatini hisobga olgan holda kreditga layoqatliligini har
tomonlama baholashlari kerak.

Banklar oqilona kreditlash amaliyotiga rioya qilishlari kerak, xususan, kredit miqdorini

hisoblash, qoplash koeffitsientini, mijozning pul aylanmasini va boshqa ko‘rsatgichlarini
sinchkovlik bilan tekshirish lozim. Ushbu choralar kredit riskini minimallashtiradi.

Undan tashqari kredit portfelini turli sektorlar, tarmoqlar va geografik mintaqalar

bo‘yicha diversifikatsiya qilish risk kontsentratsiyasini yumshatishga va bank sektoriga xos
iqtisodiy pasayishlarning ta’sirini kamaytirishga yordam beradi.


background image

`

17

1-rasm. Muammoli kreditlar hajmini minimallashtirish mexanizmlari

1

2.

Erta aralashuv (Early Intervention). O‘z vaqtida monitoring va kuzatuvlarni olib orish,

banklarda kreditlar monitoringining mustahkam tizimini yaratish orqali muammoli
kreditlarning vujudga kelishi va mijozlarida yuzaga kelayotgan qiyinchilik belgilarini erta
aniqlash imkonini beradi. Erta aniqlash banklarga kreditlarning NPLga aylanishining oldini
olish uchun ta’sirchan choralar ko‘rish imkonini beradi.

Qarz oluvchilar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelganda, banklar qarz oluvchilarning

o‘zgaruvchan sharoitlarini hisobga olgan holda, kredit shartlarini, foiz stavkalarini va to‘lov
jadvallarini qayta ko‘rib chiqish, kredit shartlarini o‘zgartirish, kutish va kredit shartnomasini
qayta tuzish variantlarini taklif qilishlari mumkin.

Undan tashqari qarz oluvchilarga kredit bo‘yicha maslahat xizmatlaridan foydalanish

imkoniyatini berish, ularga moliyaviy qiyinchiliklarni engish va kredit to‘lovlarini qaytarish
uchun strategiyalarni ishlab chiqishda yordam beradi.
3.

Risklarni boshqarish (Risk Management). Samarali risklarni boshqarish siyosati orqali

banklar kredit jarayonining barcha jihatlarini, ya’ni kelib chiqishdan tortib to undirish va
undirishgacha bo‘lgan masalalarni qamrab oluvchi risklarni boshqarish bo‘yicha keng qamrovli
siyosatlarni ishlab chiqishi va amalga oshirishi kerak.

Banklarda muntazam stress testlardan o‘rkazish, bu esa banklarga salbiy iqtisodiy

stsenariylar ostida kredit portfellari qanday ishlashini baholashga yordam beradi. Bu banklarga
potentsial zaif tomonlarini aniqlash va favqulodda vaziyatlar rejalarini ishlab chiqish imkonini
beradi.
4.

Normativ muvofiqlik (Regulatory Compliance). Banklar ichun prudentsial me’yorlar

banklar faoliyatini tartibga soluvchi organlar tomonidan o‘rnatilgan prudentsial me’yorlarga,
shu jumladan kapitalning yetarliligi to‘g‘risidagi talablarga, aktivlar sifatini tasniflash va
aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish bo‘yicha
yo‘riqnomalarga va stress testlari topshiriqlariga rioya qilishlari kerak.

1

Muallif tomonidan tuzildi.

Oldini olish

(Prevention)

Erta

aralashuv

(Early

Intervention)

Risklarni

boshqarish

(Risk

Management

)

Normativ

muvofiqlik

(Regulatory

Compliance)


background image

`

18

Banklar nazorat qiluvchi organlarga NPL va kredit sifati ko‘rsatkichlari to‘g‘risida aniq va

shaffof hisobot taqdim etishi kerak, bu esa tartibga soluvchi organlarga tizimli risklarni
samarali nazorat qilish va hal qilish imkonini beradi.

References:

1.

https://www.theglobaleconomy.com/rankings/nonperforming_loans/

2.

Kryklii, O. A., & Krukhmal, O. V. (2014). Problem loans management system in a bank.

Актуальні проблеми економіки, (5), 409-415.
3.

Asfaw A.S., Bogale H.N., Teame T.T. Factors affecting non-performing loans: case study on

development bank of Ethiopia central region //International journal of scientific and research
publications. – 2016. – Т. 6. – №. 5. – С. 656-670.
4.

Joseph, M.T., Edson.G, Manuere, F., Clifford, M., & Michael, K. (2012). Non-Performing

Loans in Commercial Banks: A case of CBZ Bank Limited in Zimbabwe. Interdisciplinary Journal
of Contemporary Research in Business, Volume 4.
5.

Majumder D. Non-performing loans in banking sector of Bangladesh: causes and effect.

International Journal of Applied Economics, Finance and Accounting 2020, Vol. 6, No. 1, pp. 22-
29
6.

Brahmana R., Puah C., Chai M. Natural disaster and local bank non-performing loan: Case

of Nias tsunami 2004 //Economics Bulletin. – 2016. – Т. 36. – №. 4. – С. 2413-2421.
7.

Comprehensive Credit Assessments – Faster Capital

8.

Diversification: Maximize Your Returns with a Diversified Portfolio Plan - FasterCapital

9.

Credit Risk Management Best Practices (defisolutions.com)

10.

https://www.researchgate.net/publication/355256448_Big_Data_and_Artificial_Intellig

ence_to_Support_Risk_

Management_A_Systematic_Literature_Review

11.

Mamadiyarov, Z. (2020). Тижорат банкларида муаммоли кредитларнинг вужудга

келиш сабаблари ва уларни камайтириш йўллари. Архив научных исследований, (26).
12.

Mamadiyarov, Z., & Karimov, K. (2024). Tijorat banklarida kredit riski va uni boshqarish

usullari. Страховой рынок Узбекистана, 1(6), 57-60.
13.

Мамадияров, З. Т. (2021). Банкларни трансформация қилиш шароитида масофавий

банк хизматлари билан боғлиқ рискларни бошқариш. Экономика и финансы
(Узбекистан), (5 (141)), 12-21.

Библиографические ссылки

Kryklii, O. A., & Krukhmal, O. V. (2014). Problem loans management system in a bank. Актуальні проблеми економіки, (5), 409-415.

Asfaw A.S., Bogale H.N., Teame T.T. Factors affecting non-performing loans: case study on development bank of Ethiopia central region //International journal of scientific and research publications. – 2016. – Т. 6. – №. 5. – С. 656-670.

Joseph, M.T., Edson.G, Manuere, F., Clifford, M., & Michael, K. (2012). Non-Performing Loans in Commercial Banks: A case of CBZ Bank Limited in Zimbabwe. Interdisciplinary Journal of Contemporary Research in Business, Volume 4.

Majumder D. Non-performing loans in banking sector of Bangladesh: causes and effect. International Journal of Applied Economics, Finance and Accounting 2020, Vol. 6, No. 1, pp. 22-29

Brahmana R., Puah C., Chai M. Natural disaster and local bank non-performing loan: Case of Nias tsunami 2004 //Economics Bulletin. – 2016. – Т. 36. – №. 4. – С. 2413-2421.

Comprehensive Credit Assessments – Faster Capital

Diversification: Maximize Your Returns with a Diversified Portfolio Plan - FasterCapital

Credit Risk Management Best Practices (defisolutions.com)

Mamadiyarov, Z. (2020). Тижорат банкларида муаммоли кредитларнинг вужудга келиш сабаблари ва уларни камайтириш йўллари. Архив научных исследований, (26).

Mamadiyarov, Z., & Karimov, K. (2024). Tijorat banklarida kredit riski va uni boshqarish usullari. Страховой рынок Узбекистана, 1(6), 57-60.

Мамадияров, З. Т. (2021). Банкларни трансформация қилиш шароитида масофавий банк хизматлари билан боғлиқ рискларни бошқариш. Экономика и финансы (Узбекистан), (5 (141)), 12-21.