KRAUDFANDING FAOLIYATI TURLAR VA ULARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
91-93
0
Поделиться
Xoliqova, G. (2024). KRAUDFANDING FAOLIYATI TURLAR VA ULARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Наука и технология в современном мире, 3(12), 91–93. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/52134
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada kraudfanding faoliyatiga umumiy tushunchalar berilgan, bunga doir olimlarning fikrlari o’rganilgan. Kraudfanding faoliyati turlariga keltirilgan, ularning o’ziga xos jihatlari hamda huquqiy tabiatiga e’tibor qaratilgan. Kraudfanding faoliyatini fuqarolik huquqiy tartibga solish masalalari haqida so’z yuritilgan. Kraudfandingning eng muhim afzalliklaridan biri, uning internet orqali amalga oshirishning qulay ekanligi, mablag‘ yig‘ish jarayonlarining soddalashtirilganligi va ommaviy shaklda amalga oshirilishidir. Bunda platformga joylashtirilgan loyiha foydalanuvchilarga ma’qul bo‘lsa, tez fursatda zarur mablag‘ni yig‘ish imkoniyati mavjuddir.


background image

`

91

KRAUDFANDING FAOLIYATI TURLAR VA ULARNING O’ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Xoliqova Gavhar Ramazon qizi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tayanch doktoranti

Gavharkholiqova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14195582

Annotatsiya.

Maqolada kraudfanding faoliyatiga umumiy tushunchalar berilgan, bunga

doir olimlarning fikrlari o’rganilgan. Kraudfanding faoliyati turlariga keltirilgan, ularning
o’ziga xos jihatlari hamda huquqiy tabiatiga e’tibor qaratilgan. Kraudfanding faoliyatini
fuqarolik huquqiy tartibga solish masalalari haqida so’z yuritilgan. Kraudfandingning eng
muhim afzalliklaridan biri, uning internet orqali amalga oshirishning qulay ekanligi, mablag‘
yig‘ish jarayonlarining soddalashtirilganligi va ommaviy shaklda amalga oshirilishidir. Bunda
platformga joylashtirilgan loyiha foydalanuvchilarga ma’qul bo‘lsa, tez fursatda zarur
mablag‘ni yig‘ish imkoniyati mavjuddir.

Kalit so’zlar:

kraudfanding, kraudinvesting, kraudlending, internet, investitsiya,

kraudfanding platformasi, kredit, aksiya, innovatsion-loyiha

.

Kraudfanding - internet orqali kichik ulushdagi mablag’larning katta guruhdagi shaxslar

tomonidan to’planishi bo’lib, u kichik biznesning yuqori darajadagi rivojlanishiga sabab
bo’lishi mumkin. Bunda odatda o’z faoliyatlarni amalga oshirish uchun mablag’ masalasida
qiyinchilikka duch kelayotgan kichik tadbirkorlar, kompyuter va internet orqali pul
mablag’larini investitsiya qilish istagidagi shaxslarni topishlari mumkin.

Kraudfandingning asosiy g’oyasi bu, pul mablag’larini ko’pchilik shaxslarning oz

miqdordagi hissasi orqali to’planishidir.

1

Internetdan foydalangan holda, tadbirkor real

vaqtda, qo’shimcha xarajatlarsiz millionlab investorlarni topish imkoniyatiga ega bo’ladi.

2

Bugungi kunda kraudfanding faoliyatining bir biridan farq qiluvchi bir necha turlari

mavjuddir. Ushbu faoliyatning alohida turlarga ajratilishi uni huquqiy tartibga solish
jarayonida qulaylik tug’diradi.

Dunyo miqiyosida kraudfanding investorlarni mukofotlash nuqtai nazardan pullik va

pullik boʼlmagan turlarga boʼlinadi. Masalan, innovatsion-loyihalarni yohud umuman
innovatsion faoliyatni kraudfanding moliyalashtirishda investorni mukofatlash kesimida
turlicha modellari mavjud

Notijorat kraudfanding

faoliyatida xayriya sifatida biror narsa, ma’lum miqdordagi

mablag’ yoki biror bir huquqni oluvchiga ma’lum bir umumiy foydali maqsad uchun ishlatish
vazifasi yuklatiladi.

Notijorat shakldagi kraudfanding (donation-basedcrowdfunding) faoliyatida donor pul

mablag’larini hech qanday shartlarsiz xayriya qiladi. Ushbu kraudfanding faoliyatida
investorlar uchun asosiy motivatsiya nomoddiy ko’rinishdagi qadryatlardir.

1

See Paul Belleflamme, Thomas Lambert & Armin Schwienbacher, Crowdfunding: Tapping the Right Crowd 2

(Center for Operations Discussion and Research, Discussion Paper No. 2011/32, 2011), available at

http://ssrn.com/abstract=1836873.

2

Stuart R. Cohn & Gregory C. Yadley, Capital Offense: The SEC’s Continuing Failure to Address Small Business

Financing Concerns, 4 N.Y.U. J. L. & BUS. 1, 6 (2007).


background image

`

92

Tijorat kraudfanding

munosabatlari oldi-sotdi shartnomalari asosida vujudga keladi.

Bunday turdagi kraudfanding faoliyatida loyihani moliyalashtirganlik uchun moddiy
shakldagi rag’batlantirish nazarda tutiladi.

S.S.Petrovich Kraudfanding faoliyatini 2 turga yani, tijorat va notijorat turga bo’ladi.

Unga ko’ra notijorat kraudfanding faoliyati xayriya shartnomasi tuzish orqali amalga
oshiriladi.

V.A.Kuznetsov kraudfandingni quyidagi 4 ta turga bo’ladi: xayriya, shartli ravishda

qaytariladigan, kraudinvesting, kraudlending kabi turlardir.

D.A.Kotenkoning fikriga ko’ra esa kraudfanding faoliyatini quyidagi 3 ta guruhga bo’lish

mumkin. Bular, bepul yoki shartli ravishda bepul kraudfanding, shartli ravishda
qaytariladigan kraudfanding, shuningdek, so'zsiz qaytariladigan kraudfanding

A.O.Klinovning fikriga ko’ra esa kraudfandingning bir biridan farq qiladigan 5 ta modeli

mavjuddir. Bular xayriya modeli, shartli qaytarish modeli, oldindan egalik qilish modeli,
kraudinvesting va kraudlending.

Kraudfanding faoliyatini moliyaviy jihatdan tijorat va notijorat singari katta ikki guruhga

ajratish mumkin bo’lib, bu o’ta umumiy tushuncha hosil qiladi. Quyida ommaviy
moliyalashtirish faoliyati davomida yuzaga keladigan fuqarolik huquqiy munosabatlarda,
tijorat va notijorat kraudfanding faoliyatining o’zi ham fuqarolik huquqiy jihatdan yana bir
nechta turlarga bo’lib ko’rib chiqamiz. Endi esa yuqorida olimlar tomonidan keltirilgan
kraudfanding faoliyati turlariga ta’rif berib o’tamiz.

Xayriya kraudfanding.

Notijorat maqsadlarda, masalan, muhtojlarga yordam berish

yoki xayriya tashkilotlarini qo'llab-quvvatlash uchun pul yig'ish uchun foydalaniladi.

Aksiyadorlik kraudfanding.

Ushbu turdagi karudfanding adabiyotlarda kraudinvesting

deb yuritilib, xoʼjalik jamiyatiga qarashli boʼlgan qimmatli qogʼozlar ochiq savdo (IPO – Initial
public offer)ga qoʼyiladi, oqibatda investorga mukofot tariqasida xoʼjalik jamiyatiga qarashli
qimmatli qogʼoz (odatda aksiya), mulk, dividentlar yoki jamiyatning umumiy yigʼilishida ovoz
berish huquqi kabilar taqdim etilishi mumkin.

3

Umuman olganda, bu aksiyalarni sotib olishga

o'xshaydi.

Kraudlending.

Bu loyihalarni kreditlash mexanizmi bo'lib, ishtirokchilar pulni xayriya

qilmasdan, balki foiz evaziga qarzga berishadi.

Mukofotlashga asoslangan kraudfanding.

Ishtirokchilar o'z depozitlari uchun

bonuslar oladigan biznesdagi eng keng tarqalgan usuli hisoblanadi. Loyiha mualliflari
homiylarga quyidagi bonuslarni taklif qilishlari mumkin:
- mahsulot yoki xizmatga chegirmalar;
- mahsulotga eng birinchilardan bo’lib ega bo’lish, xizmatlarni birinchilardan foydalanish
imkoniyati;
- savdoga kirish;
- kompaniya logotipi tushirilgan suvenirlar;
- markali mahsulotlar;
- ishlab chiqarishga ekskursiyalar;
- yillik xizmat obunalari;

3

Griffin Z.J. Crowdfunding: Fleecing the American Masses. Journal of Law, Technology & theInternet, 2013, vol. 4,

iss. 2, pp. 375–410. URL: https://scholarlycommons.law.case.edu/cgi/viewcontent


background image

`

93

-homiylarning nomlarini rasmiy veb-saytga joylashtirish yoki loyiha
- mualliflaridan individual yozma minnatdorchilik;

homiylarni qiziqtirishi mumkin bo'lgan boshqa bonuslar.
Kraudfaningning faoliyatining barcha turlari muayyan turdagi loyihaga mos keladi va

loyiha egasi o’z maqsadlari hamda faoliyat yo’nalishlaridan kelib chiqib, ularning ma’lum bir
turini tanlashlari mumkin.

References:

1.

See Paul Belleflamme, Thomas Lambert & Armin Schwienbacher, Crowdfunding:

Tapping the Right Crowd 2 (Center for Operations Discussion and Research, Discussion Paper
No. 2011/32, 2011), available at http://ssrn.com/abstract=1836873.
2.

Stuart R. Cohn & Gregory C. Yadley, Capital Offense: The SEC’s Continuing Failure to

Address Small Business Financing Concerns, 4 N.Y.U. J. L. & BUS. 1, 6 (2007).
3.

Gedda D., Nilsson B., Säthén Z. et al. Crowdfunding: Finding the Optimal Platform for

Funders and Entrepreneurs. Technology Innovation Management Review, 2016, vol. 6, iss. 3,
pp. 31–40.
4.

Griffin Z.J. Crowdfunding: Fleecing the American Masses. Journal of Law, Technology &

the

Internet,

2013,

vol.

4,

iss.

2,

pp.

375–410.

URL:

https://scholarlycommons.law.case.edu/cgi/viewcontent

Библиографические ссылки

See Paul Belleflamme, Thomas Lambert & Armin Schwienbacher, Crowdfunding: Tapping the Right Crowd 2 (Center for Operations Discussion and Research, Discussion Paper No. 2011/32, 2011), available at http://ssrn.com/abstract=1836873.

Stuart R. Cohn & Gregory C. Yadley, Capital Offense: The SEC’s Continuing Failure to Address Small Business Financing Concerns, 4 N.Y.U. J. L. & BUS. 1, 6 (2007).

Gedda D., Nilsson B., Säthén Z. et al. Crowdfunding: Finding the Optimal Platform for Funders and Entrepreneurs. Technology Innovation Management Review, 2016, vol. 6, iss. 3, pp. 31–40.

Griffin Z.J. Crowdfunding: Fleecing the American Masses. Journal of Law, Technology & the Internet, 2013, vol. 4, iss. 2, pp. 375–410. URL: https://scholarlycommons.law.case.edu/cgi/viewcontent