MAMLAKATIMIZDA TA’LIM TIZIMI OBYEKTIV ZARURAT SIFATIDA

Annotasiya

Sifatli ta’lim – kelajak poydevoridir. Bugungi kunda insonlarning eng asosiy ma’naviy ehtiyoji bo‘lgan turli darajadagi va shakldagi bilimlar kundan kunga texnologiyalar ta’sirida boyib bormoqda. Ushbu yangi bilimlar jamiyat tomonidan kech qabul qilinishi yoki ba’zi qatlamlar tomonidan o‘zlashtirilmasligi natijasida har xil iqtisodiy-texnologik, axloqiy, huquqiy, ijtimoiy-psixologik, ekologik va boshqa muammolar yuzaga kelmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda bunday muammolarning oldini olish, turli holatlarda (vaziyatlarda) mas’uliyat hissi bilan mustaqil ravishda qaror qabul qila oladigan, hamkorlik qilishga qodir, tashabbuskor insonlarni tarbiyalash uchun ilm-ma’rifat, ta’lim taraqqiyotiga katta e’tibor berilib, sarmoya kiritilmoqda

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
40-44
162

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Jabborov , J. ., & Ilhomov, S. (2025). MAMLAKATIMIZDA TA’LIM TIZIMI OBYEKTIV ZARURAT SIFATIDA. Наука и технология в современном мире, 4(1), 40–44. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/63002
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Sifatli ta’lim – kelajak poydevoridir. Bugungi kunda insonlarning eng asosiy ma’naviy ehtiyoji bo‘lgan turli darajadagi va shakldagi bilimlar kundan kunga texnologiyalar ta’sirida boyib bormoqda. Ushbu yangi bilimlar jamiyat tomonidan kech qabul qilinishi yoki ba’zi qatlamlar tomonidan o‘zlashtirilmasligi natijasida har xil iqtisodiy-texnologik, axloqiy, huquqiy, ijtimoiy-psixologik, ekologik va boshqa muammolar yuzaga kelmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda bunday muammolarning oldini olish, turli holatlarda (vaziyatlarda) mas’uliyat hissi bilan mustaqil ravishda qaror qabul qila oladigan, hamkorlik qilishga qodir, tashabbuskor insonlarni tarbiyalash uchun ilm-ma’rifat, ta’lim taraqqiyotiga katta e’tibor berilib, sarmoya kiritilmoqda


background image

`

40

MAMLAKATIMIZDA TA’LIM TIZIMI OBYEKTIV ZARURAT SIFATIDA

Jabborov Jamshid Azimovich

Falsafa fanl. bo`y. falsafa doktori (PhD), dots.v.b

Ilhomov Sulaymon Shovkat o‘g‘li

Talaba

Xalqaro innovatsion universitet (Qarshi, O`zbekiston)

https://doi.org/10.5281/zenodo.14620501

Sifatli ta’lim – kelajak poydevoridir. Bugungi kunda insonlarning eng asosiy ma’naviy

ehtiyoji bo‘lgan turli darajadagi va shakldagi bilimlar kundan kunga texnologiyalar ta’sirida
boyib bormoqda. Ushbu yangi bilimlar jamiyat tomonidan kech qabul qilinishi yoki ba’zi
qatlamlar tomonidan o‘zlashtirilmasligi natijasida har xil iqtisodiy-texnologik, axloqiy,
huquqiy, ijtimoiy-psixologik, ekologik va boshqa muammolar yuzaga kelmoqda. Rivojlangan
mamlakatlarda bunday muammolarning oldini olish, turli holatlarda (vaziyatlarda) mas’uliyat
hissi bilan mustaqil ravishda qaror qabul qila oladigan, hamkorlik qilishga qodir,
tashabbuskor insonlarni tarbiyalash uchun ilm-ma’rifat, ta’lim taraqqiyotiga katta e’tibor
berilib, sarmoya kiritilmoqda.

Rivojlangan davlatlarning tarixiy rivojlanish yo‘lini tahlil qilganimizda, mamlakatning

jadallik bilan rivojlanishi, yoshlar ta’lim-tarbiyasi va ilm-fan, yangi texnologiyalar
rivojlanishiga beriladigan e’tibor darajasiga bevosita bog‘liq ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Shu
sababdan, yurtimizda davlat siyosatida ilm-fan rivojiga va yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga
ustuvorlik berilmoqda. Ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda
o‘qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo‘lgan hurmat-e’tiborni yanada
oshirish, ta’lim oluvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, ta’lim tizimida xususiy sektor
ishtirokini kengaytirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezident Sh.M.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning

Oliy Majlisga murojaatnomasida: “Har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini
ta’minlaydigan yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi hal qiluvchi o‘rin
tutadi. Shu sababli biz islohotlarimiz ko‘lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama
yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor
yoshlarimizga tayanamiz.

Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘

maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar,
Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz
kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror
toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari
bo‘lib xizmat qilishi lozim”, deb ta’kidlagan [1].

O‘zbekistonda zamon talablariga mos ravishda yoshlarga zarur shart-sharoitlar va

imkoniyatlarni yaratib berish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida
mustahkam huquqiy baza yaratildi (shu kungacha mamlakatimizda yoshlarga oid 100 dan
ziyod normativ huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ko‘plab xalqaro normalar ratifikatsiya
qilingan). Masalan: O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim To‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-
tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “Professional ta’lim


background image

`

41

tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari,
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlari
va boshqa normativ huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Prezident olg‘a surgan “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan, ta’lim-tarbiya

tizimidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida yurtimizda keng ko‘lamli islohotlar amalga
oshirilmoqda hamda bir qator asosiy ustuvor vazifalar belgilab olindi va amalga oshirilmoqda:

- yosh avlodga bog‘cha, maktab va oliygohda sifatli ta’lim-tarbiya berishni yo‘lga qo‘yish,

ular jismoniy va ma’naviy sog‘lom, vatanparvar insonlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha kuch
va imkoniyatlarni safarbar etish;

- yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida

mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan insonlar etib voyaga yetkazish;

- o‘g‘il-qizlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-hunarlarga

o‘rgatish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalari va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish
hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, ish va uy-joy bilan ta’minlash [1].

Mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, bog‘cha

tarbiyalanuvchilari, o‘quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni
shakllantirish vazifasi qo‘yildi. Ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashga, milliy
ta’lim-tarbiya tizimini zamon talablari asosida modernizatsiya qilishga kirishildi. Yoshlarni
yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismoniy va ma’naviy sog‘lom insonlar etib tarbiyalash, ta’lim
muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari obro‘yini ko‘tarish, ularning samarali faoliyat
yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil va tizimli ishlar amalga
oshirilmoqda.

Ta’lim tizimi yaxlit bo‘lishi uchun uning barcha bo‘g‘inlari orasida mutanosiblik va uzviy

bog‘liqlikka erishishga harakat qilinmoqda. Avvalo ta’lim-tarbiya tizimining asosiy
ustinlaridan hisoblangan maktabgacha ta’lim-tarbiya sohasi qaytadan yaratildi. Bu ishlarning
ilmiy-metodik va tashkiliy-tizimli olib borilishi uchun maktagacha ta’lim vazirligi va uning
joylardagi boshqarmalari, bo‘limlari tashkil etildi.

Milliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar orqali jamiyat hayotida

yuzaga kelayotgan ko‘plab kamchiliklarning oldini olish yoki bartaraf etish mumkin:

yoshlarning ma’naviy dunyoqarashi globallashuv ta’sirida o‘zgarib, yelgil-yelpi,

ommaviylik ustuvorligi, noformal harakat va uyushmalarga a’zolik ommalashib, ularning
“mashhurlik sindromi” turli ijtimoiy tarmoqlar orqali normaga aylanib borishining;

ijtimoiy taraqqiyot axborot texnologiyalarining globallashuvi bilan inson hayotini

tubdan o‘zgartirishi, yoshlarda axborot texnologiyalariga qiziqish bilan birga asosiy qismida
unga qaramlik holatini keltirib chiqarishining;

O‘zbekiston ta’lim tizimida eski an’ana va qadriyatlarning saqlanib qolishi, o‘tmishdan

qolgan ma’naviy ta’lim merosi, adolatsiz oqibatlarini bartaraf etish, eskilik unsurlarini jamiyat
ma’naviy ongida saqlanib qolishining;


background image

`

42

ijtimoiy hayotning yuksalishi hamda aholining ijtimoiy munosabatlaridagi demokratik

erkinliklarini kengayishi tufayli g‘arbning ayrim soxta qadriyatlarining jamiyat hayotiga kirib
kelishining;

Bugungi bozor munosabatlarining asosi bo‘lgan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka

zid nosog‘lom ehtiyojlarning vujudga kelishining.

Ta’limning sifati jamiyatni rivojlantiruvchi omil va uni harakatlantiruvchi kuch

hisoblanadi. Ta’lim qashshoqlik, muhtojlik, ijtimoiy tengsizlikka qarshi kurashishda amaliy
vosita sifatida xizmat qiladi. Ta’lim dunyoqarashni shakllantirish, insonning turmush tarzini
tanlashi va yaxshilanishini kengaytirishga yordam beradi, inson va jamiyat hayoti hamda
faoliyatining turli jihatlariga ta’sir ko‘rsatish mexanizmiga aylanadi.

Umuman, muayyan bir mamlakat doirasidagi ta’lim jarayonini isloh etishning har qaysi

modeli universal darajaga ko‘tarilishga da’vo qilishi mumkin emas. O‘zbekistonda ta’lim
tizimini isloh etish dasturini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan va amalga oshirilayotgan
barcha ishlar, birinchi navbatda, mamlakatimizning uzoq muddatli manfaatlari, hozirgi
rivojlanish bosqichining mavjud holati va xususiyatlariga javob beradi. Taraqqiyot jarayonlari
jamiyatning rivojlanishi uchun o‘z-o‘zini tashkil etish jarayonidir. Ya’ni har qanday tizim
ma’lum davrga kelganda, miqdoriy va sifatiy o‘zgarishlar natijasida yangilanishi,
innovatsiyalarni amalga oshirishi lozim bo‘ladi. Unda ilmiy bilimlar tizimi muhim o‘rin tutadi.
Chunki jamiyat murakkab, ko‘p qirrali ijtimoiy tizim, bilim esa uning muhim elementi
hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, har bir qudratli davlatning tarixiy rivojlanish yo‘li shuni

qo‘rsatadaki, mamlakatning jadallik bilan rivojlanishi, jahon hamjamiyati orasida ko‘plab
yutuqlarga erishishi, jamiyat hayotining farovon bo‘lishi hamda xalqning orzu-umidlarini
ushalishi o‘sha mamlakatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor
darajasiga bevosita bog‘liqdir. Shu ma’noda, mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga
oshirilayotgan islohotlarning pirovard maqsadi har tomonlama shakllangan intellektual
kadrlarni tayyorlash, davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada yuksaltirish va O‘zbekistonning
xalqaro nufuzini oshirish bilan bog‘liq ishlarni yanada takomillashtirishdan iboratdir.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga

murojaatnomasi. 2020 yil 29-dekabr. Xalq so‘zi, 2020, №276 (7778)
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali

kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4306-
son qarori, 03.05.2019
3.

“Xalq so‘zi” gazetasi 2021 yil 17iyun, 127 (7907) son

4.

bugun.uz/2021/08/04/ozbekistonda-maktabgacha-talim-tashkilotlar-soni-4-yil-ichida-

qanchaga-kopaygani-aytildi
5.

https://www.gazeta.uz/uz/2021/09/09/dastur

6.

Жабборов, Ж.A. (2021). Интерпретация проблемы духовных потребностей в

научных исследованиях ученых нашей страны. Общество и инновации, 2(5/S), 484–491.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss5/S-pp484-491


background image

`

43

7.

Жабборов, А. М., Жабборов, И. А., & Жабборов, Ж. А. (2015). ЭТНИЧЕСКИЕ

СТЕРЕОТИПЫ И ПСИХОЛОГИЯ САМОБЫТНОСТИ УЗБЕКСКОГО НАРОДА. Журнал
научных публикаций аспирантов и докторантов, (1), 80-83.
8.

Жабборов, А. М., & Жабборов, Ж. А. (2016). СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ

ЗНАЧИМОСТЬ

ИСПОЛЬЗОВАНИЯ

УЗБЕКСКИХ

НАРОДНЫХ

ПОСЛОВИЦ

ПРИ

СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ УЧЕБНО-ВОСПИТАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА. Журнал научных
публикаций аспирантов и докторантов, (3), 93-95.
9.

Жабборов Ж.А. Маънавий эҳтиёжлар – жамият тараққиётининг мезони //

«Трансформація суспільних наук: соціально-економічний, лінгвістичний, політичний та
it-виміри» II Міжнародна наукова конференція. 22.10.2021. Харків, UKR. 40-43 бет.
https://doi.org/10.36074/mcnd-22.10.2021
10.

Жабборов Ж.А. Ўзбекистонда таълим-тарбия тизимини объектив заруратга

мослаштириш бўйича олиб борилаётган давлат сиёсати. BARQARORLIK VA YETAKCHI
TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. (6), 2021 y. 19-28 b.
11.

Жабборов Ж.А. Илм-фанда эҳтиёжлар таснифи. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.

2021. https://doi.org/10.36074/logos-29.10.2021.v1.34
12.

Жабборов Ж.А. Постмодерн жамият зиддиятларининг маънавий эҳтиёжлар

юксалишига таъсири (фалсафий таҳлил). Традиційні та інноваційні підходи до
наукових досліджень, 149.
13.

Жабборов Ж.А. Мамлакатимиз олимларининг илмий тадқиқотларида маънавий

эҳтиёжлар муаммосининг талқини // Жамият ва инновациялар – Общество и
инновации – Society and innovations Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415. Impact
Factor: SJIF 2021 = 5.395. Б. 484-491.
14.

Jabborov J.A. Analysis of spiritual needs. ACADEMICIA: An International

Multidisciplinary …, 2021.
15.

Jabborov J.A. Ma’naviy ehtiyojlar rivojlanishining ijtimoiy-madaniy omillari. Innovative,

educational, natural and social sciences, VOLUME 1 | ISSUE 3, ISSN 2181-1784. 2021. 30-35 b.
16.

Жабборов Ж.А. Эҳтиёжлар тизимида - маънавий эҳтиёжлар. Актуальные вызовы

современной науки. II Международная научная конференция. 2017. С 62-64.
17.

Жабборов Ж.А. Ғарб олимларининг илмий тадқиқотларида эҳтиёжлар

тизимининг таҳлили. Ўзбекистон миллий ахборот агентлиги – ЎзА илм-фан бўлими
(электрон журнал). 2021. Б. 316-325.
18.

Жабборов Ж.А. Маънавий эҳтиёжлар–жамият тараққиётининг мезони. Матеріали

конференцій I Міжнародна наукова конференція «Трансформація суспільних наук:
соціально-економічний, лінгвістичний, політичний». Украина. 2021.
19.

Jabbarov J. A. Interpretatıon of needs ın the spırıtual herıtage of our ancestors. Best

journal of ınnovatıon ın scıence, research and development. ISSN: 2835-3579. 2023. SJIF:
5.493
20.

Джаббаров Д.А. (2023). ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ПОТРЕБНОСТЕЙ В ДУХОВНОМ

НАСЛЕДИИ НАШИХ ПРЕДКОВ. Лучший журнал инноваций в науке, исследованиях и
разработках,

633–636.

Источник


background image

`

44

https://www.bjisrd.com/index.php/bjisrd/article/view/1158
21.

Jabborov J.A. Society in his Life Spiritual of Needs Held Place. merican Journal of

Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 2(1), 48–51.
22.

Jabbarov J.A. INTERPRETATION OF NEEDS IN THE SPIRITUAL HERITAGE OF OUR

ANCESTORS. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 633–636.
23.

Jabbarov, J. «INCREASING NEEDS IS AN IMPORTANT FACTOR OF SOCIETY'S

DEVELOPMENT». ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE, т. 3, вып. 5, Zenodo, 5
февраль 2024 г., сс. 32–36, doi:10.5281/zenodo.10617432.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. 2020 yil 29-dekabr. Xalq so‘zi, 2020, №276 (7778)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4306-son qarori, 03.05.2019

“Xalq so‘zi” gazetasi 2021 yil 17iyun, 127 (7907) son

bugun.uz/2021/08/04/ozbekistonda-maktabgacha-talim-tashkilotlar-soni-4-yil-ichida-qanchaga-kopaygani-aytildi

https://www.gazeta.uz/uz/2021/09/09/dastur

Жабборов, Ж.A. (2021). Интерпретация проблемы духовных потребностей в научных исследованиях ученых нашей страны. Общество и инновации, 2(5/S), 484–491. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss5/S-pp484-491

Жабборов, А. М., Жабборов, И. А., & Жабборов, Ж. А. (2015). ЭТНИЧЕСКИЕ СТЕРЕОТИПЫ И ПСИХОЛОГИЯ САМОБЫТНОСТИ УЗБЕКСКОГО НАРОДА. Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов, (1), 80-83.

Жабборов, А. М., & Жабборов, Ж. А. (2016). СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ ЗНАЧИМОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ УЗБЕКСКИХ НАРОДНЫХ ПОСЛОВИЦ ПРИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИИ УЧЕБНО-ВОСПИТАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА. Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов, (3), 93-95.

Жабборов Ж.А. Маънавий эҳтиёжлар – жамият тараққиётининг мезони // «Трансформація суспільних наук: соціально-економічний, лінгвістичний, політичний та it-виміри» II Міжнародна наукова конференція. 22.10.2021. Харків, UKR. 40-43 бет. https://doi.org/10.36074/mcnd-22.10.2021

Жабборов Ж.А. Ўзбекистонда таълим-тарбия тизимини объектив заруратга мослаштириш бўйича олиб борилаётган давлат сиёсати. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. (6), 2021 y. 19-28 b.

Жабборов Ж.А. Илм-фанда эҳтиёжлар таснифи. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ. 2021. https://doi.org/10.36074/logos-29.10.2021.v1.34

Жабборов Ж.А. Постмодерн жамият зиддиятларининг маънавий эҳтиёжлар юксалишига таъсири (фалсафий таҳлил). Традиційні та інноваційні підходи до наукових досліджень, 149.

Жабборов Ж.А. Мамлакатимиз олимларининг илмий тадқиқотларида маънавий эҳтиёжлар муаммосининг талқини // Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415. Impact Factor: SJIF 2021 = 5.395. Б. 484-491.

Jabborov J.A. Analysis of spiritual needs. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary …, 2021.

Jabborov J.A. Ma’naviy ehtiyojlar rivojlanishining ijtimoiy-madaniy omillari. Innovative, educational, natural and social sciences, VOLUME 1 | ISSUE 3, ISSN 2181-1784. 2021. 30-35 b.

Жабборов Ж.А. Эҳтиёжлар тизимида - маънавий эҳтиёжлар. Актуальные вызовы современной науки. II Международная научная конференция. 2017. С 62-64.

Жабборов Ж.А. Ғарб олимларининг илмий тадқиқотларида эҳтиёжлар тизимининг таҳлили. Ўзбекистон миллий ахборот агентлиги – ЎзА илм-фан бўлими (электрон журнал). 2021. Б. 316-325.

Жабборов Ж.А. Маънавий эҳтиёжлар–жамият тараққиётининг мезони. Матеріали конференцій I Міжнародна наукова конференція «Трансформація суспільних наук: соціально-економічний, лінгвістичний, політичний». Украина. 2021.

Jabbarov J. A. Interpretatıon of needs ın the spırıtual herıtage of our ancestors. Best journal of ınnovatıon ın scıence, research and development. ISSN: 2835-3579. 2023. SJIF: 5.493

Джаббаров Д.А. (2023). ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ПОТРЕБНОСТЕЙ В ДУХОВНОМ НАСЛЕДИИ НАШИХ ПРЕДКОВ. Лучший журнал инноваций в науке, исследованиях и разработках, 633–636. Источник — https://www.bjisrd.com/index.php/bjisrd/article/view/1158

Jabborov J.A. Society in his Life Spiritual of Needs Held Place. merican Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 2(1), 48–51.

Jabbarov J.A. INTERPRETATION OF NEEDS IN THE SPIRITUAL HERITAGE OF OUR ANCESTORS. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 633–636.

Jabbarov, J. «INCREASING NEEDS IS AN IMPORTANT FACTOR OF SOCIETY'S DEVELOPMENT». ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE, т. 3, вып. 5, Zenodo, 5 февраль 2024 г., сс. 32–36, doi:10.5281/zenodo.10617432.