Авторы

  • Sadoqat Turayeva
    Samarqand shahar Zarmed Universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.77910

Ключевые слова:

Krem choy bargi texnologiya kanakunjut moyi

Аннотация

Quyosh nuridan himoyalovchi krem tarkibiga kiradigan dori moddalar va asoslar fizik-kimyoviy xossalari jihatidan turlicha boʻladi. Davlat Farmakopeyasi koʻrsatmasiga koʻra fotohimoyalovchi krem dori turi tarkibiga kiradigan dorivor moddalarni asosga qoʻshishdan oldin ularni fizik – kimyoviy xossalarini bilish kerak boʻladi.


background image

`

10

MAHALLIY XOMASHYOLAR ASOSIDA MURAKKAB TARKIBLI QUYOSH

NURIDAN HIMOYALOVCHI KREM TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH

Turayeva Sadoqat Solijon qizi

Samarqand shahar Zarmed Universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15174603

Annotatsiya.

Quyosh nuridan himoyalovchi krem tarkibiga kiradigan dori moddalar va

asoslar fizik-kimyoviy xossalari jihatidan turlicha boʻladi. Davlat Farmakopeyasi koʻrsatmasiga
koʻra fotohimoyalovchi krem dori turi tarkibiga kiradigan dorivor moddalarni asosga
qoʻshishdan oldin ularni fizik – kimyoviy xossalarini bilish kerak boʻladi.

Kalit so’zlar.

Krem, choy bargi, texnologiya, kanakunjut moyi,

Kirish.

Osilma turdagi krem dorilarni tarkibiga kirgan qattiq moddalar suvda va asosda

erimaydi. Shuning uchun bu moddalarni hovonchada yaxshilab ezib, asos bilan aralashtiriladi.
Agar preparatda qattiq dorivor moddalarning 4% gacha boʻlsa, u xolda dorivor moddalar
yordamchi suyuqlik bilan maydalanadi. Yordamchi suyuqlik olinayotgan moddalrning
yarimigacha teng boʻlishi kerak (Deryagin qoidasi). Yordamchi suyuqlik asosga yaqin boʻlishi
kerak. Agarda asos ulevodorodli boʻlsa, yordamchi modda sifatida vazelin moyi, yogʻli boʻlsa
shaftoli, kungaboqar moyi, kanakunjut moyi, suvda eriydigan asos boʻlsa suv yoki glisirin
ishlatiladi. Agar qattiq dorivor modda himoyalovchi kremga nisbatan 4 % dan yuqori boʻlsa, u
holda dorivor modda yarim miqdordagi eritilgan asos bilan maydalanadi, soʻngra qolgan asos
qoʻshiladi. Aralash turdagi krem koʻp fazali surtma dorilarga kiradi. Uning tarkibiga bir vaqtda
dori moddalar erigan holda, osilma va emulsiya xolatiga boʻlishish mumkin. Bu dori shaklini
tayyorlash texnologiyasini ular tarkibiga kiruvchi oddalarning fizik- kimyoviy xususiyatlari
xisobga olinadi.Ikkala tarkibdagi fotohimoyalovchi “Fito” kremni tayyorlashda koʻk choy
damlamasidan foydalaniladi [1].

Tadqiqotning materiallari va usullari.

Choy bargidan 1:10 nisbatda qaynatma olish

uchun AU-3 (Rossiya) infundir apparatidan foydalanildi. Mahsulotlarning oʻrtacha ogʻirligini
aniqlash uchun VK-300.1 elektron tarozidan foydalanildi. Krem texnologiyasini olib borish
uchun hovonchadan foydalanildi.

Natija.

Avvalam bor koʻk choy damlamasini tayyorlash uchun, koʻk choy bargining suv

shimish koeffisenti aniqlanadi. Suv shimish koeffisenti - 1,0 g standart maydalik darajasidagi
(3-5 mm) xomashyo perfarirlangan infundir stakandagi siqib olingan keyingi ushlab qolingan
suyuqlik miqdorini aniqlash uchun koʻk choyning 3-5 mm maydalangan bargi 10,0 g infundir
apparatiga solinib, ustiga 100 ml xona haroratidagi tozalangan suv solinib 15 minut davomida
qaynatiladi va issiq holida filtrlanadi. Chunki choy bargi tarkibidagi oshlovchi moddalar issiq
suvda yaxshi eriydi. Soʻng infundirka stakanidan siqib olinadi va hajmi oʻlchanadi, bunda suv
yoʻqotish 14 ml ni tashkil etadi. Demak 100 ml 5 % koʻk choy damlamasini tayyorlash uchun
5,0 g quruq choy bargi va 107 ml tozalangan suv olamiz [2].

I-tarkib
Pasporti:

Choy bargi damlamasi 10, 0 ml
Fenil salisilat 2,0 g
Ruh oksidi 5,0 g
Vazelin 16,5 g


background image

`

11

Lanolin 16,5 g
Umumiy massasi: 50, 0 g

Pasporti:

10,0 ml choy bargi damlamasi hovonchaga solinib, suvsiz lanolin bilan aralashtiriladi.

Soʻng vazelinni chinni kosada eritilib, boshqa isitilgan hovonchaga 5,0 g rux okisidi 5,0 gr
vazelin bilan dispergirlanadi. Boshqa hovonchada 2, 0 g salol qolgan eritilgan vazelin bilan
aralashtiriladi, toki salol yaxshilab erib ketguncha. Hosil boʻlgan aralashma rux oksidi solingan
hovonchaga oʻtkaziladi. Soʻng ustiga lanolinli choy aralashmasi qoʻshilib oz-ozdan vazelinning
qolgan qismi qoʻshiladi. Bunda aralash tipdagi krem hosil boʻladi. Ushbu tarkibdagi choy va
lanolin emulsiya tipida, rux va vazelin supsenziya tipida, salol bilan vazelin eritma tipidagi
kremlar boʻlib, oxirida hammasi aralashtirilib, bitta aralash tipdagi krem hosil boʻldi. Tayyor
boʻlgan kremning sifati baholanadi. Qoʻngʻir rangli burama plastmassa qopqoqli idishga
qadoqlanadi va “sirtga” , “qorongʻi joyda saqlansin” degan yorliq bilan jihozlanadi.

II-tarkib

Choy bargi damlamasi 10,0 ml
Fenilsalisilat 2,0
Rux oksidi 5,0
Natriy tetraborat 1,0
Mum 3,0
Kanakunjut moyi 29,0
Umumiy massasi 50,0
Ushbu tarkibini tayyorlashda chinni kosachaga 3,0 g asalari mumi solinib, suv

hammomida 63- 65 S haroratda eritiladi va ustiga berilgan kanakunjut moyining yarimi
qoʻshiladi. Soʻng issiq xolda suzib olinadi. Boshqa isitilgan chinni hovonchaga 2,0 gr fenilsalisilat
solib, ustiga asalari mumi va kanakunjut moyining erigan aralashmasini solib, fenilsalisilat erib
ketguncha aralashtiriladi. Isitilgan ikkinchi hovonchaga 5,0 gr rux oksidi solinib, ustiga unga
nisbatan yarim miqdorda (Deryagin qonuni boʻyicha) kanakunjut moyi solinadi va yaxshilab
dispergirlanadi. Aralashmaga finilsalisilat, asalari mumi, kanakunjut moyi aralashmasi qoʻshib
aralashtiriladi va oz-ozdan oldindan tayyorlangan choy damlanmasidan issiq hamda (45- 50
oS) 10, ml olib, 80-85 oS haroratda natriy tetrobarat eritilib, oz- ozdan aralashmaga solinib,
oppoq koʻpiksimon krem hosil boʻlguncha aralashtiriladi. Krem ma'lum muddatda (1-2 soatga)
hovoncha sovuguncha qoldiriladi. Soʻng hovoncha chetida hosil boʻlgan tomchilar ham
emulgirlanish uchun yaxshilab aralashtiriladi. Kremning sifati baholanib, qoʻngʻir rangli
burama plastmassa qopqoqli idishga qadoqlanadi va “Sirtga”, “Qorongʻi, salqin joyda saqlansin”
degan yorliqlar bilan jihozlanadi [3].

Xulosa.

Fotohimoyalovchi kremlar tarkibidagi dorivor va yordamchi moddalarning bir-

biri bilan mos kelishi oʻrganildi va optimal tarkib ishlab chiqildi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Maxmudjanova K.S., Nazarova Z.A., Tureeva G.M., Fayzullaeva N.S., Nazirova Ya.K.

Kosmetik va parfyumer preparatlar texnologiyasi. Darslik. 2010y
2.

Дмитрук С.И. Фармацевтическая и медицинская косметология. М:ООО «Мединформ

агентство», Монография. 2007г


background image

`

12

3.

Башура А.Г., Половко Н.П. Технология косметических и парфюмерных средств.

НФАУ, Золотые страницы, Учебник. Харьков. 2002г

Библиографические ссылки

Maxmudjanova K.S., Nazarova Z.A., Tureeva G.M., Fayzullaeva N.S., Nazirova Ya.K. Kosmetik va parfyumer preparatlar texnologiyasi. Darslik. 2010y

Дмитрук С.И. Фармацевтическая и медицинская косметология. М:ООО «Мединформ агентство», Монография. 2007г

Башура А.Г., Половко Н.П. Технология косметических и парфюмерных средств. НФАУ, Золотые страницы, Учебник. Харьков. 2002г

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)