`
51
QUYOSH ENERGIYASIDAN FOYDALANISH
Usmonov Kamoliddin Eshqulovich
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”
Milliy tadqiqot universiteti o`qituvchisi t.f.f.d.
Uraimova Xonzodabegim Mirzaaziz qizi
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Yarbekova Mohinur Mirzabek qizi
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”
Milliy tadqiqot universiteti 3-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15410870
Annotatsiya:
Ushbu maqola quyosh energiyasi haqida ma’lumotlar va quyosh
energiyasining qishloq xo'jaligi va agrosanoatni rivojlantirishdagi potentsial rolini o'z ichiga
oladi. Quyosh energiyasining afzalliklaridan foydalanish va turli xil agrotexnika ishlarini
bajarish uchun mo’ljallangan.
Аннотация:
В данной статье содержится информация о солнечной энергетике и
потенциальной роли солнечной энергетики в развитии сельского хозяйства и
агропромышленности. Он предназначен для использования преимуществ солнечной
энергии и выполнения различных агротехнических работ. Кроме того, в этой статье
также освещаются проведенные до сих пор исследования по улучшению сельского
хозяйства с помощью различных приложений.
Abstract:
This article contains information about solar energy and the potential role of
solar energy in the development of agriculture and agro-industry. It is designed to use the
advantages of solar energy and perform various agrotechnical works. In addition, the research
conducted so far on improving agriculture through various applications is also highlighted in
this paper.
Kalit so‘zlar:
quritish, energiyani saqlash, quyosh energiyasi, radiochastotalar, PV
nasoslari, quyoshli ekinlarni quritish, quyosh orqali sug’orish.
Ключевые слова:
сушка, накопление энергии, солнечная энергия, радиочастоты,
фотоэлектрические насосы, солнечная сушка урожая, солнечное орошение.
Keywords:
drying, energy storage, solar energy, radio frequencies, PV pumps, solar crop
drying, solar irrigation.
KIRISH
Saxovatli Quyosh milliard yillardan buyon o’z nurini Yerga sochib turadi. Quyosh nuri ham
energiya. Odamlar uni elektr tokiga aylantirishni o’rganib oldilar. Buning uchun maxsus
yarimo’tkazgichli asboblar — fotoelementlar yaratilgan. Ular birgalikda quyosh batareyasini
tashkil qiladi. Quyosh radiatsiyasi energiyasini amalda foydalanish uchun qulay bo’lgan
energiya turlariga aylantirib berish masalalari bilan shug’ullanadigan texnika sohasi
geliotexnika deb ataladi. Geliotexnika yordamida elektr energiyasi yetib bormagan joylar
(masalan, chorvadorlar istiqomat qiladigan joylar) ni elektr toki bilan ta’minlash, uylarni elektr
nurlari yordamida isitish, issiq xonalarni isitish va boshqa ko’pgina ishlar amalga oshirilgan.
Yerga uzatiladigan Quyosh energiyasining miqdori, hozirda dunyoda ishlab
chiqarilayotgan energiya miqdoridan taxminan, 20 marta ko’pdir. Ammo, Quyosh nurlari
oqimining zichligi kam bo’ladi, shu sababli bu energiya juda qimmat turadi.
`
52
Hozirgi vaqtda Quyosh energiyasi quyi potensialli (harorati 100 gradusga qadar bo’lgan)
issiqlikkka aylantirladi va undan kommunal xo’jalik issiq suv ta’minotida, qishloq xo’jalik
mahsulotlarini (mevalar) quritishda foydalaniladi.
Yoz oylarida suv ta’minoti uchun mo’ljallangan quyoshli qurilmalar ayniqsa, asqotadi.
Ulardan qishloq joylarida foydalanish katta samara beradi. Chunki maishiy qulaylikni shahar
sharoitiga yaqinlashtiradi.
Ma'lumotlarga ko’ra, dunyoda 2 milliondan ortiq quyosh issiqlik tizimi ishlab turibdi.
AQShda quyosh kollektorlarining umumiy maydoni 15 million kvadrat metrni, Yaponiyada 12
million kvadrat metrni, Yevropa Ittifoqi davlatlarida esa umumiy maydoni 20 million kvadrat
metrga yaqin quyosh kollektorlari hamda Isroilda mamlakat issiq suv ta'minotining 75 foizini
ta'minlaydigan 1millionga yaqin quyosh moslamasi ishlayapti.
Respublikamiz Quyosh energiyasini o’zlashtirish uchun dunyoda qulay bo’lgan hududlar
sirasiga kiradi. Bizda, O’zbekistonda quyoshli kunlar yiliga 2200 dan 3000 soatgacha davom
etadi. Bu vaqt ichida Quyosh energiyasi “jala’ si yiliga har kvadrat metrga 1200 dan 1700
kilovatt soatni tashkil qiladi. Bu quyosh nurlanishi Portugaliya ko’rsatkichlariga tengligini
yoxud mamlakat yoqilqi-energitika hajmida munosib o’ringa ega bo’lgan Yaponiya
ko’rsatkichlaridan ikki barobar yuqori ekanligini ko’rsatadi. O’zbekistonning qayta
tiklanadigan energiya manbalarining salohiyati 51 million tonna neft ekvivalentiga teng. Agar
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining texnikaviy salohiyatidan to’liq foydalanilsa,
atmosfera havosiga chiqariladigan 450 million tonnaga yaqin is gazining (uglerod ikki oksidi)
bartaraf qilinishiga sharoit yaratiladi. Hozirgi kunda mamlakatimizda energiya resurslarining
asosini uglevodorodlar: tabiiy gaz va neft tashkil qiladi. Umumiy energiya quvvatlari 11000 MVt
dan ortiqroq bo’lib, Markaziy Osiyo birlashgan energiya tizimi quvvatlarining 50% i
mamlakatimiz hissasiga to’g’ri keladi. Respublikamizning yalpi quyosh energiyasi salohiyati
50973 mln.t.n.e., texnikaviy salohiyati esa 176,8 mln.t.n.e. Lekin, hozirgi kunda quyosh
energiyasining faqatgina 3% i o’zlashtirilgan xolos.
Fotoelektrik stansiyalarni ishlab chiqarishni tashkil qilish bo’yicha amaliy qadamlar
yurtimizda 2003 yilning aprelida "Foton" OAJ tomonidan O’zbekiston Respublikasi Fan va
texnika davlat qo’mitasi huzuridagi Texnologiyalar transferasi agentligi tashabbusi bilan
boshlandi. Hozirgi kunda quvvati 100 dan 12000W gacha bo’lgan fotoelektr stansiyalar ishlab
chiqarilib, amalda qo’llanilmoqda.
Navoiy viloyatining Uchquduq shahri hududida quyosh elektrostansiyalari faoliyat
ko’rsatmoqda, parniklar isitilmoqda, oziq ovqat mahsulotlari quritilib xalqimizning kori holiga
yaramoqda. Bu masalani rivojlantirishning to’g’anoq bo’lgan tomonlari ham mavjud bo’lib,
quyosh nurini elektr energiyaga aylantiradigan fotoelementlarning yuqori temperaturaga
bardosh bera olmasligi, fotoelementlar narxining qimmatligidir. Bu sohada esa butun dunyo
olimlari qatori o’zbek olimlari ham ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Natijada hozirgi kunda
fotoelementlardan Kremniy (Si) FIK 15% dan 20 % gacha, Arsenet galliy (SaAs)
fotoelementining FIK 30% dan 40% gacha orttirildi. Shu bois ularning sirtini tashqi muhitdan
himoyalash hisobiga uning FIK yana ko’paymoqda. Shuning uchun ham olimlar fotoelementni
kamroq ishlatish maqsadida konsentratorlardan foydalanishni ham bir necha variantini tavsiya
etdilar.
Quyida yuqori temperturalar hosil qilinadigan konsentratorlar tasvirlangan.
`
53
Quyosh energiyasi yordamida hozirgi vaqtda Yer ostidan suvlar chiqarib olinadi. Buning
natijasida ishlab chiqarish va turar joylarda maishiy qulayliklar ta’minlanadi. Meva-sabzavotlar
yetishtirilib, yem- xashaklar o’stiriladi.
Respublikamiz poytaxti Toshkentga yaqin joyda Tyan-Shan tog’ining janubiy g’arbiy
etagida ajoyib ilmiy ishlab chiqarish metallurgiya kompleksi barpo etilgan.
Unda har biri taxminan 50 metr kvadrat maydonni egallovchi qaytargich oynadan iborat
62 dona geliostat qurilma kompleksi o’rnatilgan.
Bu oynalar elektr uzatkichlar yordamida, avtomatik ravishda Quyoshdan qolmay
harakatlanadi. Shu tufayli o’rnatilgan pechlar har kuni 8 soatdan, yozda esa 10 soatdan ishlaydi.
Quyoshli pechlar o’ta toza, yuqori haroratga bardoshli materiallarni eritishga imkon
beradi. Ular hozirga qadar faqat laboratoriya sharoitida oz miqdorda olinadi. 3000 gradusdan
yuqori harorat rejimida pechining issiqligi har qanday aralashmadan holi, shuning uchun
eritilayotgan materialning strukturasiga ta’sir etuvchi omillarning imkoni yo’q. Ilmiy texnika
taraqqiyotining hozirgi rivojlanish bosqichida shunday toza qotihmalarga bo’lgan talab juda
katta.
Hozir Rossiya Federatsiyasi Krasnodar shahrining chekkasida barpo etilgan bir
qishloqning hamma uylarida, energiya ta’minotida quyoshli batareyalar o’rnatilgan. Bu
uylarning janub tomonlari odatdagi panel oynalar bilan yopilgan. Ularning yuzasida o’ta sezgir
fotoelementlar o’rnatilgan. Ular har qanday ob-havo sharoitida tok ishlab chiqaradi.
Masalan, iyul va avgust oylarida bitta ‘tom’ 60 kilovatt soatdan ziyod elektr energiyasi
ishlab chiqaradi. Boshqa oylarda Quyosh elektr stansiyasi (QES) ning quvvati birmuncha
pasayib, 10 kilovatt soatgacha yetadi. Shunga qaramasdan, ancha miqdor energiya qoladi, uni
tumanning umumiy energiya tarmoqlariga beradi.
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida Respublikada yagona bo’lgan geliobug’qozon
ishlaydi. Bu qurilma shaharning sharqiy qismida joylashgan uy-joylarni va maktablarning issiq
suv ta’minoti bilan ta’minlaydi.
Amerika Qo’shma shtatlarining “Arko solar” firmasi muhandislari Yerga tushayotgan
Quyosh umumiy nurining 11,2 foizini elektr energiyasiga aylantirish usulini ishlab chiqdilar.
Hozirgi vaqtda Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish borasida ilmiy-tadqiqotlar
jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Yaqinda Toshkentda Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beradigan
moslama qurilib, ishga tushurildi. O’zbekiston televideniyasining bitta dasturi uning
energiyasidan foydalanib ishlamoqda.
XULOSA
Noan’anaviy qayta tiklanuvchi energiya manbalari — insoniyat kelajagini barqaror,
ekologik toza va energiyaviy jihatdan mustaqil tarzda qurishda hal qiluvchi o‘rin tutadigan
manbalardir. Bular orasida ayniqsa quyosh energiyasi eng salohiyatli va eng keng tarqalgan
`
54
manba hisoblanadi. Quyosh nuri butun dunyo bo‘ylab bepul va doimiy manba bo‘lib, uni elektr
energiyasiga aylantirish texnologiyalari so‘nggi yillarda jadal rivojlanmoqda. Quyosh panellari
(fotovoltaiklar) va quyosh issiqlik stansiyalari yordamida uy xo‘jaliklari, sanoat korxonalari va
qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun katta hajmdagi energiyani arzon va ekologik toza usulda
ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.
Quyosh energiyasidan foydalanish nafaqat energetika sohasidagi resurslarga bo‘lgan
bosimni kamaytiradi, balki global isish va atrof-muhit ifloslanishining oldini olishga ham xizmat
qiladi. Masalan, quyosh elektr stansiyalari an’anaviy issiqlik elektr stansiyalaridan farqli
o‘laroq, atmosferaga zararli gazlarni chiqarmaydi. Bundan tashqari, ularning ekspluatatsiya
xarajatlari ham nisbatan past, texnik xizmat ko‘rsatish oddiy va xavfsizlik darajasi yuqori.
Shuningdek, shamol energiyasi, geotermal issiqlik, biomassa va kichik gidroenergiya
manbalari ham bugungi kunda jahonning ko‘plab mamlakatlarida faol qo‘llanilmoqda. Bu
manbalar har bir hududning iqlimiy va geografik xususiyatlariga mos ravishda qo‘llaniladi va
shu orqali energiya ishlab chiqarish tizimlarining diversifikatsiyasini ta’minlaydi. Ayniqsa,
qishloq joylarida bu texnologiyalar aholining energiyaga bo‘lgan ehtiyojini qoplashda samarali
vosita bo‘lmoqda.
Kelajakda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining roli yanada ortadi. Energetika
xavfsizligini ta’minlash, iqlim o‘zgarishlarining oldini olish, yashil iqtisodiyotga o‘tish va
barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashda bu manbalarning o‘rni beqiyosdir. Bunda davlat
siyosati, xalqaro hamkorlik, ilmiy-texnikaviy yutuqlar va xususiy sektor sarmoyalari muhim rol
o‘ynaydi. Ayniqsa, quyosh energiyasini ommaviy va keng miqyosda qo‘llash imkoniyati
O‘zbekiston kabi quyoshli iqlimga ega mamlakatlar uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, noan’anaviy qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tish
insoniyatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolariga barqaror yechim bo‘lishi mumkin.
Quyosh energiyasi esa bu yo‘ldagi eng istiqbolli va qudratli manbalardan biri sifatida alohida
e’tiborni talab qiladi. Shunday ekan, bu yo‘nalishda ilmiy izlanishlar, texnologik rivojlanish va
aholining ongini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish zarur.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
F.H. Cocks, "Energiyaga talab va iqlim o'zgarishi", WILEY-VCH Verlag GmbH & Co. KGaA,
Weinheim, Germaniya, 2009 yil, 156, 168-170-sahifalar
2.
K. Singhal, G. Prajapati, "Quyosh energiyasi bilan ishlaydigan urug'larni ekish mashinasi",
Xalqaro amaliy muhandislik tadqiqotlari jurnali -13 son 2018 yil, 259-262-sahifalar
3.
Fermer xo‘jaliklarida suvni boshqarish bo‘yicha (OFWM)- uch yil (2016-17 dan 2018-19-
yilgacha), Panjob hukumati, Pokiston, 2019 yil
4.
Kashin N.A. “O‘simlik mahsulotlarini infraqizil nurlanish bilan quritish // Qishloq xo‘jaligi
ulgurji savdosi.” Yangi texnologiyalar – 2000 yil, 17-20 sahifalar
5.
K.E. Usmonov, X.M. Uraimova “Meva va sabzavotlarni qayta ishlash texnologiyasi” Science
and innovation in the education system
6.
Italiya – 2023 yil